O’zbekiston resublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 451.83 Kb. Pdf ko'rish
|
ishlab-chiqarish-va-texnologik-jarayonlar Вставить подложку
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishchi yurish
- Yordamchi yurish
Yordamchi o’tish – texnologik amalning tugallangan qismi bo’lib, ishchi va
dastgoh harakatlaridan tashkil topib, binobarin, sirtlarning shakli, o’lchamlari va Texnologik amal (TA) deb, – bitta ishchi joyda uzluksiz bajariluvchi texnologik jarayonning tugallangan qismiga aytiladi. (GOST 14.301–83) sifati o’zgarishi bilan bog’liq bo’lmay, ammo texnologik o’tish uchun zarur bo’lgan harakatlarga tushuniladi. Masalan: tanavorlarni o’rnatish, keskich asboblarni almashtirish va h. k. lar kiradi. Ishchi yurish – texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, keskich asbobning tanavorga nisbatan bir marta siljishidan tashkil topib, tanavorning shakli, o’lchamlari, yuzalar tozaligi yoki xossalari o’zgarishiga tushuniladi. Yordamchi yurish – texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, keskich asbobning tanavorga nisbatan bir marta siljishidan tashkil topib tanavorning shakli, o’lchamlari, yuzalar tozaligi yoki xossalari o’zgarishi kuzatilmasdan, lekin ishchi yurishni bajarish uchun zarur bo’lgan harakatga tushuniladi. Buni salt yurishlar desa ham bo’ladi. O’rnatish – texnologik amalning qismi bo’lib, ishlov beriluvchi tanavorlar yoki yig’iluvchi yig’ilma birliklarning moslamaga o’zgarishsiz mahkamlangan holatiga tushuniladi. Texnologik amallar, bir yoki bir necha o’rnatuvlarda bajarilishi mumkin. Masalan: tokarlik dastgohida po’lat valikni uch quloqli patronga o’rnatib bitta tarafiga ishlov berib bo’lgandan keyin uni bo’shatib, birinchi ishlov berilgan tomoni bilan uch quloqli patronga qaytadan o’rnatib, ikkinchi tomoniga ishlov berilib, TA tugatilsa, TA ikkita o’rnatuvda bajarilgan hisoblanadi va h.k. Yo’ni, TA bitta, ikkita va birnecha o’rnatuvlarda bajarilishi mumkin. Ishchi joy – Mehnat predmetlari joylashgan korxona strukturasining elementar bo’lagi (u erda ishni bajaruvchilar, ular tomonidan ishlatiluvchi texnologik asbob-uskunalar, konveyerning qismi, vaqtinchalik uskunalar, yuk ko’taruvchi kranlar joylashtiriladi), 1.1–rasmga qarang (GOST 14.004–83). 1.1-rasm. Ishchi joy sxemasi: a)- tokarni; b)- chilangarni. 1-dastgoh (verstak), 2-asbob- uskuna shkafi, 3- ishchi, 4- tahta panjara, 5- stol, 6-yashik, 7-shkaf, 8-kran. Download 451.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling