O’zbekiston resublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 451.83 Kb. Pdf ko'rish
|
ishlab-chiqarish-va-texnologik-jarayonlar Вставить подложку
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Holat (pozitsiya) deb, – moslamaga o’zgarishsiz mahkamlangan ishlov beriluvchi tanavor yoki yig’iluvchi yig’ma birlikning moslama bilan birgalikda, keskich asbobga yoki dastgohning biron qo’zg’olmas qismiga nisbatan egallagan, o’rniga aytiladi. Holat asosan: to’xtab–to’xtab aylanuvchi holatli stollarda (agregat dastgohlarida): chiziqli yoki aylanma harakatlanuvchi konveyerlarda (avtomatik liniyalar, MIT, MIU, MAL va MAI) kuzatiladi. Masalan: bironta oddiy vtulka shaklidagi detal ichki teshigiga to’rt holatli agregat dastgohida ishlov berish kerak bo’lsin (1.2 – rasm). 1.2- rasm. 4 holatli agregat dastgohi: 1 holat- tanavorni o’rnatish va tushirish. 2 holat-parmalash, 3 holat-zenkerlash, 4 holat-razvertkalash Harakat (priyom) – texnologik o’tuv yoki uning qismini bajarishda, bir maqsadga birlashtirilgan tugallangan ishchi harakatlarining yig’indisi. Masalan, tanavorni moslamaga o’rnatib va tushirib, yordamchi o’tishni bajarishda ketma-ket quyidagi harakatlarni bajarish kerak bo’ladi: yashikdan tanavor olinsin, moslamaga o’rnatilsin va mahkamlansin, dastgoh ishga tushirilsin. Dastgoh to’xtatilsin, tanavor moslamadan bo’shatilsin va jihoz yashikka solib qo’yilsin va hokazo. Xulosa: Mamlakatimiz iqtisodiyotida tub o’zgarishlar amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo’nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo’liga izchil o’tayotganligi, mamlakat eksport salohiyati kengayayotganligi ishlab chiqarishning har bir sohasi oldiga yangi vazifalarni qo’ydi. Jumladan, mashinasozlik sanoatini rivojlantirish, xalqimizni yuqori sifatli, mashinalar va buyumlar bilan ta’minlash mashinasozlik sanoati xodimlari oldida turgan muhim vazifalardandir.Mashinasozlikda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar, ularning tarkibiy tuzilishi va asosiy tushunchalari haqida nazariy, amaliy va tajribaviy bilimlarni shakllantirish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Alikulov D.E., Holiqberdiev T.U., Satarxanov A.I. Mashinasozlik texnologiyasi kursidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qo’llanma (I- II qism). T.: ToshDTU, 2007, 85 b. 2. Базров Б.М. Основы технологии машиностроeния, М.: Машино- строение, 2007, -736 с. илл. 3. Базров Б.М. Модульная технология в машиностроении.-М.: Машино- строение, 2001,- 368 с., илл. Download 451.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling