O’zbekiston tabiatini shakllantiruvchi omillar. O’zbekiston hududining orografik tuzilishi


Tog` oraligi va tog` oldi botiqlari


Download 386 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana25.03.2023
Hajmi386 Kb.
#1295547
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1 маъруза №2 (1)

Tog` oraligi va tog` oldi botiqlari. Bular tog` daryolarining konussimon 
yoyilmalaridan hosil bo’lgan, relyefi to’lqinsimon, o’r-qirli qiya tog` oldi 
tekisliklaridan va yirik daryolarning yuzasi biroz qiya terrasalaridan iborat 
tekisliklardir. 
O’zbekistondagi eng katta tog` oraligi botiqlaridan biri Farg`ona vodiysidir. 
Vodiyni g`arbda Mo’g`iltog`, shimoli-g`arbda Qurama, Chotqol, sharqda Farg`ona, 
Oto’ynoq, janubda Turkiston va Oloy tog` tizmalari o’rab turadi. Vodiy faqat g`arb 
tomonda torgina(eni 9-40 km.) «Xo’jand» yo’lagi orqali Dalvarzin va Mirzacho’l 
tekisliklariga tutashib ketadi. Yer yuzasi O’zbekiston qismida past-baland tekislikdan 
iborat, vodiy sharqdan markaziga va g`arbga tomon pasayib boradi (Kampirovatda 
812 m.dan Xo’jandda 320 m.gacha). Farg`ona botig`ini o’rab turgan adirlarning 
dengiz sathidan balandligi 600-1200 m. Adirlar ortidagi tog` oldi (1200-2000 m) va 
tog` zonasi (2000-5000 m.) qo’shni davlatlar hududida joylashgan. Farg`ona 
vodiysini Sirdaryo bir-biriga teng bo’lmagan ikki qismga-shimoliy va janubiy 
qismlarga bo’lib turadi. Janubiy Farg`ona keng tog` oldi tekisliklari va Sirdaryoning 
uchinchi terrasasidan iborat. Shimoliy Farg`onada esa tog` oldi tekisligi juda ensiz
daryoning uchinchi terrasasi umuman yo’q. Tog` oldi tekisligini Sirdaryo o’zani 
kesib o’tib, balandligi 20 metrlik jarlik orqali daryoning ikkinchi tarrasasi bilan 
qo’shilgan. 
Farg`ona botig`i atrofini lyossli baland tekisliklar-adirlar o’rab turadi. Ular 
neogen va to’rtlamchi davrlarda hosil bo’lgan konglomerat, qumtosh, mergel va 
qumoqlardan tashkil topgan bo’lib, usti lyoss va lyossimon qumoqlar bilan 
qoplangan. Adir tepalari soylar, quruq jarlar bilan parchalangan. Vodiyning shimoli-
g`arbida va janubi-sharqida adirlar past tog`lardan adir orti botiqlari bilan ajralib 
turadi. Bu botiqlar tog`lardan oqib tushayotgan soylarning konussimon yoyilmalari 
bilan qoplangan. 

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling