O’zbekiston tarixi 7-sinf
Download 0.97 Mb.
|
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan
III.Yangi mavzu bayoni:
Qadimdan Arabiston yarim orolidagi arablar tarqoq holda yashardilar. VII asr boshlarida Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlanadi. Bu buyuk e’tiqod yakka xudolikka asoslangan islom dini edi. Allohning rasuli (elchisi) Makka shahrida dunyoga kelgan Muhammad (s.a.v. sallalohu alayhi vasallam) binni Abdulloh (570-632) bu harakatga rahnamolik qiladi. Islomni qabul qilib, rasulullohga ergashgan uning izdoshlari "muslim" (musulmonlar)deb atalgan. Ular insonlarning Xudo oldida teng ekani, rizq-ro’zini barchaga yaratguvchining o’zi yetkazib berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlik barham topishi haq ekanini targ’ib etadilar. Islom bayrog’i ostida Makka shahrida boshlangan Islom dini targ’iboti Madinaga ko’chadi. Muhammad (s.a.v.) 630-yilda arablarni yagona davlatga birlashtiradi. Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr (632-634) xalifa deb e’lon qilinadi. Arab qabilalarining islomni qabul qilib, siyosiy jihatdan yagona hokimiyatga birlashuvida, islomning jahon dinlaridan biriga aylanishida islom aqidalari, huquqiy va axloqiy me’yorlarini o’z ichiga qamrab olgan Qur’oni Karimning ahamiyati buyuk bo’ldi. Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Eron kabi ko’p mamlakatlar bo’ysundirilib, behisob o’ljalarga ega bo’lgan Arab xalifaligi harbiy yurishlarni bizning o’lkamizga qaratdi. 651-yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. So’ngra hozirgi Afg’onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataganlar. Uning markazi Marv shahri edi. Bu viloyatni boshqarish uchun maxsus noib tayinlanib, u Marvda turar edi. Arablar bu yerda o’rnashib olgach, Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni zabt etishga tayyorgarlik ko’radilar. Bu yerlarni arablar Movarounnahr, ya’ni "daryoning narigi totoni" deb atardilar. Arablar Movvorounnarga dastlab uni bosib olish uchun emas, balki harbiy jihatdan tayyorgarlik ko’rish, mahalliy hukmdorlarni sinash maqsadida yurish qiladi. Movarounnahrga ilk bor hujumlar 654-yilda Maymurg’ va 667-yilda Chag’oniyondan boshlanadi. Narshaxiyning yozishicha, 673-yilning kuzida xalifa Muoviya I (661-680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o’tib, Buxoro muzofotiga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro hukmdori qo’shinlarini yengadi va o’z foydasiga sulh tuzib, bir lak (yuz ming) dirham hajmida boj undiradi. Bojdan tashqari arablar 4 ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat ko’p o’ljalar bilan Marvga qaytadilar. Yo’l-yo’lakay arablar Termiz shahrini egallaydilar. Shunday qilib, arablarning Movarounnahrga tomon qilgan dastlabki yurishlari boylik orttirish maqsadida amalga oshirgan talonchilikdan iborat edi. Movarounnahrning zabt etilishi VII asr oxirlarida arablar Movarounnahrni uzil-kesil bosib olishga kirishadilar. 704-yilda Qutayba ibn Muslim Xurosonga noib qilib tayinlanadi. Qutayba harbiy yurishni 705-yilda Balx viloyati atroflarini zabt etishdan boshlaydi. Tez orada Chag’oniyon hokimi jangsiz taslim bo’ladi. 707-yilda Qutayba katta qo’shin bilan Poykandni qamalga oladi. 50 kunlik qamal natijasida Poykand egallanib, qo’lida qurol tutishga qodir bo’lgan barcha erkak zoti qirib tashlanadi, shahar esa vayron etiladi. Buxoroliklar har yili xalifalikka boj to’lash, uylarining yarmini arablarga bo’shatib berishga majbur etiladi. Qutayba Buxoro shahrining markazida joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidiga aylantirdi, Sug’diy tili va xatida bitilgan asarlarni yo’qotdi. Mahalliy aholini islom diniga kiritishga harakat qildi. Shu maqsadda masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun 2 dirhamdan pul hadya etishni joriy etdi. 710-yilda Qutayba Naxshab va Keshni bosib olib, Samarqandga hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko’radi. Biroq, Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay fursat Qutaybani Sug’d yurishini kechiktirib, Xorazmga qo’shin tortishga jalb etadi. Negaki, Xorazm shohi Chag’on ukasi Hurzod boshliq xalq qo’zg’olonidan qo’rqib, 711-yilda yordam so’rab Qutaybaga murojaat qiladi. Hurzod garchi dushman qo’li bilan tor-mor qilinib, o’ldirilsa-da, Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o’z mustaqilligini yo’qotib, arablarning bojdoriga aylanadi. Uning qo’shini esa Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. 712-yilda Qutayba qo’shinlari Samarqandga tashlanadi. Bu davrda ixshid Tarxun taxtdan tushirilib, uning o’rniga G’urak (710-737) Sug’dga podsho qilib ko’tarilgan edi. G’urak arablarga qarshi g’ayrat bilan kurash olib bordilar. Kuchlar teng bo’lmaganligi oqibatida Samarqand taslim bo’ladi. G’urak bilan Qutayba o’rtasida sulh tuzilib, arablarga bir yo’la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirham hisobida boj to’lash, 30 ming nafar odam berish, shaharda bironta ham askar saqlamaslik, ichki shaharni arablarga bo’shatib berish, masjid barpo qilish kabi shartlarni bajarishga majbur etiladi. Bularning evaziga Qutayba G’urakni Samarqand, Kesh va Naxshabga hokim qilib tayin etadi. Shunday qilib, u arablarga qaram bo’lib qoladi. 713-yilda Qutayba qo’shinining bir qismi Сhoсh viloyatiga, o’zi boshliq asosiy kuch esa Farg’ona vodiysi tomon yo’l oladi. Сhoсh vohasi bosib olinib, Chochning poytaxti Madinat ash-Shosh, juda ko’p qal’a va qo’rg’onlar hamda qishloqlarga o’t qo’yilib vayron etiladi. 715-yilning boshida esa Farg’ona vodiysini uzil-kesil egallab, Koshg’argacha kirib boradi. Нamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlanadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling