38-Darsning mavzusi: Amir Temur saltanatining tashkil topishi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi, olib borgan harbiy yurishlari tarixi bilan yaqindan tanishtirish
Tarbiyaviy: O`quvchilarni Amir Temur shaxsi orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni tarixiy bilim va ko’nikmalarini yanada oshirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og’zaki, yozma
Dars usuli: ma’ruza, savol-javob, test, aqliy hujum
Dars jihozi: elektron darslik, darslik, xarita, rasmlar, kartotekalar
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. O’tgan mavzuni so’rash:
1. Tabl nima?
A. davlat bayrog'i B.katta nog'ora C.qo'shinning zaxira qismi D.ko'chma chodir
2.1370-yil Shibirg'on Amir Temurga bo'ysundiriladi va uning hokimi ...
A.qatl qilindi B.haj ziyoratiga yuborildi C.umrbod zindonga tashlandi D.Amir Temur xizmatiga o'tadi
3.Qachon Amir Temur rasman Movarounnahrning ainiri deb e'lon qilinadi?
A.1366-yilning bahorida B.1370-yil 10-aprelida C.1370-yil 11-aprelda D.1381-yil 10-aprelida
4.Kim tomonidan Amir Temurga Oliy hokimiyat ramzi — tabl bilan yalovbayroq tortiq qiladi?
A.Said Baraka B.Mavlonzoda Samarqandiy C.Tug'luq Temur D.Shayx Shamsiddin Kulol
5.Amir Temurga jangsiz taslim bo'lgan hududlarni aniqlang.
1. Balx 2. Qavsiya 3. Sabzavor 4. Shibirg'on 5. Urganch 6. Saraxs 7. Jom
A.2, 3, 6, 7 B.1, 3, 5, 7 C.2, 4, 5, 6 D. 4, 5, 6, 7
Do'stlaringiz bilan baham: |