O’zbekiston tarixi 7-sinf


Mirzo Umar ibn Mironshohga quyidagi qaysi hudud suyurg'ol shaklida berilgan?


Download 0.97 Mb.
bet102/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

7.Mirzo Umar ibn Mironshohga quyidagi qaysi hudud suyurg'ol shaklida berilgan?
A.Ozarbayjon, G'arbiy Eron, Iroq, Armaniston, Gurjiston
B.Farg'ona,Tarozdan to Xo'tangacha C.Xuroson, Mozandaron, Ray va Seiston
D.Toshkent, Sayram, O'tror va Asparadan to Xitoy chegarasigacha
8.Amir Temur saltanatida Dargohni kim boshqargan?
A.Bosh vazir B.Dargoh amiri C.Dodxoh D.Oliy hukmdor
9.Askariy qismlarni viloyatlardan to'plash bilan qaysi mansabdagi amaldor shug'ullangan?
A.Sarxang B.sohibi shurat C.bahodir D.tavochi
10.Amir Temur qo'shinining asosiy jangovar qismi ... edi.
A.markaz B.burong'or C.juvong'or D.barcha javob to'g'ri
11.Amir Temur lashkarining "tuman" deb atalgan harbiy bo'limnasi qancha askardan iborat bo'lgan?
A.10 000 B.1000 C.100 D.10
12.Amir Temur qo'shinining so'l qanoti nima deb atalgan?
A.manglay B.burong'or C.qanbul D.juvong'or
13.Amir Temur qo'shinining o'ng qanoti nima deb atalgan?
A.manglay B.burong'or C.qanbul D.juvong'or
14.Qo'shinni yitti qismga bo'lib joylashtirish tartibini birinchi bo'lib Amir Temur joriy qilganligi haqida kim yozib qoldirgan?
A.Ali Yazdiy B.A.Yu.Yakubovskiy C.Ibn Arabshoh D.Klavixo
15.Amir Temur qo'shini qanotlarini yon tomondan qo'riqlagan askariy qo'shilmalar nima deb atalgan?
A.manglay B.burong'or C.qanbul D.juvong'or


III.Yangi mavzu bayoni:
Amir Temurning Vatanimiz va jahon tarixida tutgan o‘rni. Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar bo‘lgan g‘oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo‘ylari, Balxash ko‘li va Elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo‘ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag‘dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi qadimiy karvon yo‘llarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotigaAmir Temur Shahrisabzda otasi va o‘g‘li Jahongirning qabri ustiga maqbara qurdirdi, katta jome masjidini bunyod etdi. Shah­risabzda dunyoga dong‘i ketgan mashhur Oqsaroy qad ko‘tardi. Oqsaroyning koshinkor va parchinkor peshtoqining guldor naqshlari orasiga «Agar bizning quvvat va qudratimizga ishon- masang, bizning imoratlarimizga boq», degan xitobnoma bitilgan. Turkiston shahrida Ahmad Yassaviy maqbarasini bino qilishda ham shunday maqsad nazarda tutilgan.
Amir Temur jahon va milliy tarixchilarning e’tirofida. Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida O‘zbekistonda davlatchilikning yuksalishida muhim o‘rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda “Sohibi jahon” hamda “Sohibi adl” – “Adolat sohibi” nomlari bilan ulug‘lanadi. Xalqaro YUNESKO tashkilotining tashabbusi bilan 1996-yilda Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi keng miqyosda nishonlandi va shu yil O‘zbekistonda “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi.
Amir Temurning asosiy tarixiy xizmati shundan iboratki, aynan uning hukmronligi davrida Yevropa va Osiyo qit’alari ilk bor o‘zlarining bir geosiyosiy maydonda yashayotganliklarini his etdilar. Bu, xususan, bugun juda muhim. Chunki insoniyat shuni tushundiki, biz hammamiz bir-birimizga chambarchas bog‘liq, o‘zaro aloqadorlikda yashar ekanmiz, demak, endi yangi va xavfsiz dunyo tartiboti o‘rnatish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling