O’zbekiston tarixi 7-sinf
Katolik missionerlari bu —
Download 0.97 Mb.
|
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Amir Temur vorislaridan qaysi biri Angliya qiroli Genrix IV bilan diplomatik aloqalarni faol olib borgan
- 6."Buyuk Temur tarixi" va "Temur qarorgohi" nomli risola muallifi kim A.B.D.Grekov B.A.Yu.Yakubovskiy C.M.Krelov D.Klavexo III.Yangi mavzu bayoni
2.Katolik missionerlari bu —
A.Katolik dinini boshqa xalqlarga yoyish maqsadida targ'ibot bilan shug' ullanuvc hilar B.Boshqa dinlar bilan madaniy aloqalar o'rnatish tarafdarlari C.Bareha xristian elchilari D.Katolik dinini muhofaza qiluvchilar 3.Klavixo boshliq lspaniya elchilari Samarqandda bo'lgan vaqtni aniqlang. A.1402-1404-yillar B.1403-yilning yanvar-may oylari C. 1404-yilning sentabr-noyabr oylari D.1403-yil boshidan, 1405-yil boshigacha 4.Amir Temur vorislaridan qaysi biri Angliya qiroli Genrix IV bilan diplomatik aloqalarni faol olib borgan? A.Halil Sulton B.Mironshoh Mirzo C.Shohrux Mirzo D.Mirzo Ulug'bek 5.G'arbda qaysi temuriy shahzoda katolik oqimining homiysi sifatida shuhrat qozondi? A.Pirmuhammad B.Jahongir Mirzo C.Shohrux Mirzo D.Mironshoh Mirzo 6."Buyuk Temur tarixi" va "Temur qarorgohi" nomli risola muallifi kim? A.B.D.Grekov B.A.Yu.Yakubovskiy C.M.Krelov D.Klavexo III.Yangi mavzu bayoni: Sohibqiron 1405-yil 18-fevral kuni Xitoy tomon yurish vaqtida, qahraton qishda, O‘tror shahrida vafot etadi. Amir Temur vafot etgach, uning bir necha o‘n yillar davomidagi sa’y-harakatlari natijasida barpo etilgan yirik saltanat parchalana boshladi. Buning asosiy saba- bi saltanat tasarrufiga olingan yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga cho‘zilgan bo‘lib, ularni yagona bir markazdan turib boshqarish murakkab edi. Buning ustiga ulardagi muxolafatchi kuchlar ajralib chiqish uchun qulay payt kutardilar.Saltanatning parchalanishiga Amir Temur vorislari o‘rtasidagi toj-taxt ilinjida uzoq yillar davom etgan o‘zaro ziddiyat va urushlar sabab bo‘ldi. Amir Temur vafoti oldidan taxt vorisi etib nabirasi Pirmu- hammadni (Kobul, Qandahor va Hindiston viloyatlarining hukmdori) tayinlagan edi. Pirmuhammadni taxtga o‘tqizish tarafdorlari kuchli bo‘lsa-da, biroq Mironshohning o‘g‘li Xalil Sulton Mirzo o‘zboshimchalik bilan 1405-yilning 18-mart kuni Samarqandni egallab, o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qiladi. Pirmuhammadning yo‘lini to‘sib, uning rejalarini buzib yuborish niyatida hatto u Amudaryoning o‘ng tomonidagi yerlarni ham o‘z hokimiyatiga qo‘shib oladi. Xalil Sulton garchi bobosidan qolgan xazinalar vositasida Sohibqironning nufuzli a’yon va kiborlaridan ma’lum qismini o‘z tarafiga og‘dirib Movarounnahr taxtini egallagan bo‘lsa-da, ammo ko‘p vaqt o‘tmay u Amir Temurning sadoqatli amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning kuchli noroziligi va isyoni- ga duch keladi. Birinchi bo‘lib Turkiston hamda Farg‘onaning hokimi amir Xudoydot bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar. Hatto Xalil Sultonning ukasi Sulton Husayn Mirzo Amudaryoning chap sohilidagi viloyatlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatmoq niyatida akasiga qarshi bosh ko‘taradi. O‘z navbatida Amir Temur taxtining qonuniy valiahdi Pirmu- hammad Amudaryodan kechib o‘tib, Xalil Sultonga qarshi Na- saf tomonga askar tortadi. Movarounnahrda boshlangan sulola kurashlari shu tariqa avj olib ketadi. Oqibatda Xurosonda Shohrux, Balx, G‘azna va Kandahorda Pirmuhammad, G‘arbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohning o‘g‘illari Umarshayx Mirzo bilan Abu Bakr Mirzolar hokimi mutlaq bo‘lib oladilar. Sirdaryodan shimoldagi viloyatlar: Turkiston, Sabron, O‘tror, Sayram amir Berdibekning tasarrufida qola- di. O‘ratepa bilan Farg‘onani amir Xudoydot Husayniy egallab oladi. Xorazmni esa Oltin O‘rdaning nufuzli amirlaridan Idiku bosib oladi. Pirmuhammad 1407-yil 22-fevralda vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo‘lida halok bo‘ladi. 1408-yil 22-aprel kuni Qoraqo‘yunli turkmanlarning qabila boshlig‘i Qora Yusuf bilan bo‘lgan jangda Mironshoh halok bo‘ladi. Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qo‘lidan ketadi. 1409- yil bahorida Movarounnahrda vaziyat yanada keskinla- shadi. Amir Xudoydot O‘ratepa va Shohruxiya shaharlarini osongina qo‘lga kiritib, Samarqand tomonga askar tortadi. Sheroz yaqinidagi Zarafshon daryosi bo‘yida sodir bo‘lgan jangda Xalil Sulton qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi, o‘zi esa asirga olinadi. Shu davrda Xurosondagi amirlar isyonini bostirishga ulgurgan Shohrux endilikda butun e’tiborini Movarounnahrga qara- tadi. Chunki u ota yurtidagi hodisalarga loqayd qaray olmasdi. 1409-yil 25-aprelda u Amudaryodan o‘tib, Samarqand sari yurish qiladi. Qariyb besh yil davom etgan o‘zaro kurash va isyonlar xalqning jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Temuriyzodalar va amirlar o‘rtasidagi kurashga xotima berish maqsadida Shohrux boshlagan harakat mamlakat fuqarolarining ko‘pgina tabaqalari tomonidan quvvat- lanadi. Shu bois Movarounnahrdagi beboshliklarga chek qo‘yilib, Movarounnahr va Xurosonda o‘z hukmronligini o‘rnatadi hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishga muvaffaq bo‘ladi. Shohruxning uzoq hukmronligi davrida Amir Temur saltanatining asosiy qismi uning qo‘li ostida saqlanib qolsa-da, ammo bu ulkan mamlakat ikki davlatga bo‘lingan edi. Ulardan biri Amudaryodan janubda joylashgan Shohrux boshchiligidagi davlat bo‘lib, uning markazi Hirot shahri edi. Ikkinchisi esa Amudaryodan shimolda Movarounnahr va Turkiston hududida Ulug‘bek boshchiligidagi davlat bo‘lib, Samarqand uning poytaxti edi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling