Tarbiyaviy: O`quvchilarni o’zaro hurmat, ahillik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni voqea-hodisalarni tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og’zaki, yozma
Dars usuli: suhbat, ma’ruza, test, savol-javob
Dars jihozi: elektron darslik, darslik, xarita, rasmlar, kartotekalar, AKT
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. O’tgan mavzuni so’rash:
1.1409-yilning bahorida kim tomonidan Amir Temur davlatining ma'lum qismi birlashtiriladi?
A.Mironshoh B.Shohruh C.Halil Sulton D.Pirmuhammad
2.Mirzo Ulug'bek Movarounnahr va Turkiston hokimi qilib tayinlanganida nccha yoshda edi?
A.o'n ikki yoshda B.o'n besh yoshda C.o'n yetti yoshda D.o'n to'qqiz yoshda
3.1449-yil oktabrda mag'lubiyatga uchragan Mirzo Ulug'bekni shaharga kiritmaslik maqsadida Samarqand darvozalari kim tomonidan berkitib qo'yildi?
A.Muhammad Miskin B.Abdulaziz C.Alouddavla D.Mironshoh Qavchin
4.1394-1449-yillarda yashab o'tgan temuriy shahzoda qaysi?
A.Mirzo Ulug'bek B.Abdullatif C.Umarshayx Mirzo D.Abu Bakr Mirzo
5.Ma'lumki, Tarnob jangidan so'ng Ulug'bek o'g'li Abdullatifga Hirot taxtini olib bergan edi. Abdullatif Hirotda qancha payt hukmronlik qilgan?
A.bir oy B.olti oy C.o'n besh kun D.yigirma yetti kun
6.Qaysi voqeadan keyin Ozarbayjon va Iroq temuriylar qoiidan chiqib ketdi?
A.Amir Temurning to'satdan vafot etishi
B.Pirmuhammadning Pir Ali Toz boshchiligidagi fitnaning qurboni bo'lishi
C.Qora Yusuf bilan bo'lgan jangda Mironshohning halok bo'lishi
D.Shohruxning nabirasi isyonini bostirish paytida vafot etishi
7.Shayx Nuriddin boshchiligidagi qo'zg'olonchilar va Ulug'bek o'rtasidagi jang qayerda bo'lgan edi?
A.Sheroz qishlog'ida B.Bulung'ur anhori yaqinida C.Kalif yonida D.Qizilravot mavzeida
Do'stlaringiz bilan baham: |