O’zbekiston tarixi 7-sinf


Download 0.97 Mb.
bet98/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

Tarbiyaviy: O`quvchilarni Amir Temur shaxsi orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni voqea-hodisalarni tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og’zaki, yozma
Dars usuli: suhbat, ma’ruza, test, savol-javob
Dars jihozi: elektron darslik, darslik, xarita, rasmlar, kartotekalar, AKT
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. O’tgan mavzuni so’rash:
1.Amir Temur hukmronligi davrida Oltin O'rdaning poytaxti qaysi shahar edi?
A.Saroy Botu B.Saroy Berka C.Orenburk D. Izmir
2.Amir Temur va Oltin O'rda xoni To'xtamishxon o'rtasida necha marta jang bo'lgan?
A.Ikki marta B.Uch marta C.To'rt marta D.Besh marta
3.1395-yil 15-aprelda Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi bo'yida Amir Temur kim bilan jang qiladi?
A.Tug'luq Temur bilan B.Mamay bilan C.Boyazid Yildirim bilan D.To'xtamishxon bilan
4.To'xtamish bilan jangda Amir Temur qanday harbiy usuini qo'llaydi?
A.Ortga chekinib, pistirmadan hujumga o'tish B.Otdan tushib, kamondan o'qqa tutish
C.Harbiy fillarni jangga solish D.To'lg'ama
5."Amir Temurning To'xtamish ustidan qozongan g'alabasi faqat O'rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi", deb aytilgan jumlaning muallifini toping.
A.B.D.Grekov va A.Yu.Yakubovskiylar B.Klavixo va M.Krelovlar
C.A.Yu.Yakubovskiy va M.Krelovlar D.Klavexo va B.D.Grekovlar
6.Amir Temurning uch yillik yurishi qachon amalga oshirilgan?
A.1370-1373-yillarda B.1391-1394-yillarda C.1386-1388-yillarda D.1395-1397-yillarda
7.O'rta asrlarda Muzaffariylar va Jaloyiriylar qayerda hukmronlik qilishgan?
A.Iroq va Falastinda B.Janubiy Xuroson va Hindistonda C.Eronda D. Suriyada
8. Amir Temur qachon Hindistonga yurish qilib, Dehlini egallaydi?
A.1386-1388-yillarda B.1392-1396-yiIlarda C.1397-yilda D.1398-1399-yillarda
9.Quyidagi omillarning qaysi biri Boyazid va Temur o'rtasidagi to'qnashuvga olib keldi?
A.Yevropa davlatlarining Temurni Boyazidga qarshi urushda ко'так bermoqchiligi
B.Boyazidning qoraquyunlilar, muzaffariylar, jaloyiriylarning Temurga qarshi kurashini qo'llab- quwatlashi
C.Boyazidning Temur sha'niga haqoratli so'zlar aytishi
D.Boyazidning Amir Temurdan Kavkaz hududini talab qilishi
10.Anqara yonidagi jangda har ikkala tomondan qancha qo'shin ishtirok etgan?
A.410 ming B. 270 ming C.360 ming D.390 ming
11.Amir Temur va Boyazid o'rtasida necha marta xat almashinilgan?
A.3 marta B.5 marta C.2 marta D.4 marta
12.Anqara yonida Temur Boyazid qo'shinlari ustidan g'alaba qozongan edi. Natijada ...
A.Salibchilarning Yaqin Sharqdagi so'nggi qarorgohiga barham berildi
B.Xristian olamidan Boyazidga beriladigan bojlar endi Amir Temurga beriladigan bo'ldi
C.Amir Temurga Misr o'z itoatkorligini izhor qiladi
D.Barcha javoblar to'g'ri
13.1402-yil 20-iyuldagi Amir Temurning jangi tarixda qanday ataladi?
A."Loy jangi" B."Qunduzcha jangi" C."Anqara jangi" D."Izmir jangi"
14.Amir Temur qaysi sanada vafot etadi?
A.18-martda B.22-yanvarda C.18-fevralda D.22-fevralda
15.Amir Temurning to'satdan vafot etib qolishi tufayli qaysi yurishi amalga oshmay qoladi?
A.Mo'g'uliston ustiga B.Sharqiy Hindistonga C.Yunonistonga D. Xitoyga
16.Amir Temur mamlakatni nech yil idora qilgan?
A.35 yil B.34 yil C.36 yil D.30 yil

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling