O’zbekiston tarixi 7-sinf


Download 0.97 Mb.
bet13/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. O’tgan mavzuni so’rash:
1.Milodiy 555-yilda qanday voqea sodir bo'ladi?
A.turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo'ylarigneha cho'zilgan keng o'lkalarni ogallaydilar
B.turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo'ylarini zabl etadi
C.lurklnr Shimoliy Kavkazning bopoyon yerlarini egallab, Qrim yarimoroliga kirib boradilar
D. Sosoniylar Toxariston va Chag'oniyonni eftaliylardan tortib oladilar
2.Turk xoqonligidan ...-yillarda zarbaga uchragan Eftaliylar davlati bir asrdan oshiqroq hukmronlikdan so'ng, tamomila barbod bo'ladi.
A.558 B.575-576 C.563-567 D.IV asrning 60-yillarida
3.Turklar nechanchi yilda eftaliylar davlati yerlariga bostirib kirib, Parak va irning markazi Chochni egalladi?
A. 555-yil B. 558-yil C. 563-yil D. 567-yil
4.Turk xoqonligi qachon ikkiga bo'linib ketadi?
A.VI asrning o'rtalarida B. VI asrning 80-yillarida
C.VI asr boshida D.VI asrning 60-yillarida
5.Turk xoqonligida o'n ming qo'shin qo'mondoni nima deb atalgan?
A.yabg'u yoki jabg'u B.o'n o'q el C.shod D.o'n o'q budun
6. Turk xoqonligida chorvador aholi nima deb atalgan?
A.yabg'u yoki jabg'u B.o'n o'q el C.budun D.o'n o'q budun
III.Yangi mavzu bayoni:
G’arbiy turk xoqonligi tasarrufiga O’rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning bir qismi kirardi. Uning markazi Yettisuv edi. G’arbiy xoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan Sharqiy xoqonlikdan mutlaqo ajralib turardi. Sharqiy xoqonlik aholisining asosiy qismi chorvador ko’chmanchilar edi. G’arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi esa o’troq dehqonchilik, hunarmandсhilik va savdo-sotiq bilan mashg’ul edi. VII asrning birinchi choragida G’arbiy xoqonlik nihoyatda kuchayadi. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa Sind daryosi bo’ylariga borib taqaladi. Xoqon To’n yabg’u (618-630) hukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilinadi. Viloyat hokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog’lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning "yabg‘u" unvoni beriladi. Natijada ular xoqonning noibiga aylanadilar. Shu bilan birga O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi. Ular huzuriga xoqonlikning noiblari - tudunlar yuboriladi. Biroq ichki kurash oqibatida G’arbiy turk xoqonligi zaiflashib boradi. Turk xoqonligiga birlashgan aholining hayoti ham, xo’jaligi ham turlicha edi. Ko’chmanchilarning asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo’lgan. Yilqichilik va tuyachilik muhim o’ringa ega edi. Chorvador ko’chmanchilar orasida mulkdorlar va ularning xizmatida esa ko’plab qul, cho’ri va xizmatkorlar bo’lardi. Mulkdorlarning eng yirik vakili xoqonning o’zi edi. Xoqonlikda shaharlar va qishloqlar ko’p bo’lgan. Aholisi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanardi. Dehqonchilikda asosan don ekinlari: bug’doy, arpa, sholi va tariq ekilardi. Paxta, beda ekish, bog’dorchilik va tut ko’chatlari o’tqizish hamda uy hayvonlarini boqish bilan shug’ullanilar edi. Shahar hunarmandchiligida kulolchilik, to’qimachilik, sarrojlik, miskarlik, temirchilik va zargarlik anсha-munсha rivoj topgan edi. Shaharlarda hunarmandchilikning kengayishiga turklar katta ta’sir ko’rsatadilar. Сhunki qadimda ularda kasb-hunarning ko’pgina sohalari nihoyatda rivoj topgan edi. Turk hunarmandlari yasagan zeb-ziynatlar va qurol-yarog’lar xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi bilan ayniqsa ajralib turardi. Farg’ona va Sug’dda oltin, mis, temir va simob, Iloq (Eloq)da qo‘rg‘oshin, kumush va oltin qazib olinardi. Iсhki va tashqi savdo-sotiq ishlari ham shahar aholisining asosiy mashg’ulotlaridan biri edi. Bu davrda ayniqsa Sug’d savdogarlarining mavqeyi baland edi. Xoqon savdo ahli bilan juda yaxshi munosabatda edi. Сhunki xoqon boshliq turk mulkdorlari orttirgan boyliklarini savdo karvonlari orqali turli mamlakatlarga yuborar va tashqi savdodan katta foydaga ega bo’lar edi. Eron bilan munosabatlarning keskinlashuvi oqibatida bu davrda karvon yo’llari janubdan shimolga tomon ko’chgan edi. VII asrning birinchi yarmida G’arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o’rtasida iqtisodiy aloqalar ayniqsa faollashdi. Bu davrda Xitoyga 9 marotaba savdo elchiligi yuboriladi. Birgina 627 -yilning o’zida Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushona (Jizzax va O’ratepa viloyatlari)dan birlashgan juda katta savdo Karvoni Xitoyga yetib boradi. Shunday qilib, G’arbiy turk xoqonligiga birlashgan aholining dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullangan o’troq qismi madaniy jihatdan ilg’or bo’lib, xoqonlikning ijtimoiy va iqtisodiy turmushida yetakchi rolni o’ynagan. VI-VII asrlarda O’rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarni egallash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi. Yer va suvdan ajralib qashshoqlashib borayotgan ozod ziroatkor-kashovarzlar mulkdor dehqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi. Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi aholi bosh ko’tarishga majbur bo’ladi. Shunday xalq qo’zg’olonlaridan biri 585-586-yillarda Buxoroda yuz beradi. Qo’zg’olonga xoqon xonadoniga mansub Abruy boshchilik qiladi. Qo’zg’olon natijasida Abruydan jabrlangan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, Turkiston va Taroz atrofiga borib o’rnashadilar. Ular turk xoqoniga murojaat qilib, qo’zg’olonchilarga qarshi kurashda yordam berishni so’raganlar. Turk xoqoni Qoracho’rin o’g’li Sheri Kishvar (El Arslon) boshliq qo’shin yuboradi. Abruy o’ldirilib, qo’zg’olon bostiriladi. Kadivar va xizmatkorlar o’z xo’jayinlari - dehqonlarga qaytariladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling