O’zbekiston tarixi 7-sinf
Amir Temur Ardasher Qavchin, Joku Barlos va Usmon Abboslarni qanday lavozimga tayinlaydi?
Download 0.97 Mb.
|
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.Amir Temurning Xorazmga birinchi yurishidan qancha vaqt otib, u uzil-kesil boysundiriladi A.16 yil B.12 yil C.8 yil D.6 yil III.Yangi mavzu bayoni
10.Amir Temur Ardasher Qavchin, Joku Barlos va Usmon Abboslarni qanday lavozimga tayinlaydi?
A.Davlatning xazinasini boshqaruvchi etib B.Tashqi aloqalarni yo'lga qo'yuvchi elchi etib C.Tobe hududlarni boshqaruvchi etib D.Yirik harbiy bo'linmalarning boshliqlari etib 11.Tug'luq Temur Mova- rounnahrga bostirib kirgach, Kesh hokimi Hoji Barlos qayerga qochadi? A.Xorazmga B.Xurosonga C.Eronga D.Hindistonga 12.Amir Temurning Xorazmga birinchi yurishidan qancha vaqt o'tib, u uzil-kesil bo'ysundiriladi? A.16 yil B.12 yil C.8 yil D.6 yil III.Yangi mavzu bayoni: Amir Temur saltanatiga xavf solib turuvchi kuchlar hali bartaraf etilmagan edi. Bir tomondan, Mo‘g‘uliston xonlari Chig‘atoy ulusini birlashtirishga intilib tinchlik bermasdi. Ikkinchi tomondan, Oltin O‘rda va Oq O‘rdaga bo‘linib ketgan Jo‘ji ulusi xonlari ham shimoliy hududlar hamda Xorazm tomondan xavf solib turardi. Biroq bu davrda Amir Temur davlati uchun eng kuchli xavf Oq O‘rda va Oltin O‘rdalar tomonidan edi. Avval Amir Temur Oltin O‘rdaga zarba berib, uni kuchsizlantirishga harakat qiladi. Lekin u Jo‘ji ulusini o‘z davlatiga qo‘shib olish niyatida emas edi. Amir Temur Oltin O‘rdaning Movarounnahrga tutashgan sharqiy qismini o‘z ta’siri ostiga olish hamda uning poytaxti Saroy Berka orqali o‘tadigan karvon yo‘lini Movarounnahr tomon burib yuborishni ko‘zlaydi. Amir Temur o‘z maqsadini amalga oshirish uchun Jo‘ji ulusidagi o‘zaro ichki kurashdan uddaburonlik bilan foydalanadi. Oltin O‘rdada toj-taxt uchun ayovsiz kurash boshlangan edi. Bunday sharoitda ba’zi chingiziylar turli tomonlarga qochib jon saqlaganlar. Ulardan biri To‘xtamish Oq O‘rdadan qochib Samarqandga keldi. Amir Temur unga izzat-hurmat ko‘rsatdi, oxir-oqibatda u Amir Temur yordamida Oltin O‘rda taxtini egalladi. Keyinchalik To‘xtamish xoinlik yo‘liga kiradi. U Amir Temurga qarshi ochiq- dan ochiq kurashga o‘tadi. Natijada Amir Temur To‘xtamishga qarshi uch marta qo‘shin tortishga majbur bo‘ladi. So‘nggi shiddatli jang 1395-yilning 15-aprelida Shimoliy Kavkazda Tarak (Terek) daryosi bo‘yida sodir bo‘ldi. Shiddatli muhoraba (to‘qnashuv, jang) uch kun davom etdi. Bu safar Amir Temur qo‘shini dushmanga qarshi otdan tushib, uni kamondan o‘qqa tutish usulini qo‘lladi. O‘q va qilich zarbiga chiday ol- magan To‘xtamish qo‘shinining safi buzilib, orqaga chekindi va tarqalib ketdi. To‘xtamishxon sanoqligina askari bilan changalzorga kirdi va ta’qib etib kelayotgan askarlardan bekindi. Rusiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Y. Yakubovskiylarning ta’kidlashicha, Amir Temurning To‘xtamish ustidan qozongan g‘alabasi faqat O‘rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo‘shinlari o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1402-yil 20-iyulda Anqara yaqinida, Chubuq mavzeyida sodir bo‘ladi. Bu jang tarixda «Anqara jangi» deb ataladi. Uch kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan hammasi bo‘lib 360 ming nafar, shu jumladan, Sohibqiron Amir Temurning taxminan 200 ming, usmonlilar sultonining 160 ming askari qatnashadi. Janggohning qulay qismiga joylashtirilgan qo‘- shinning markaziy qismiga Amir Temurning o‘zi qo‘mondonlik qiladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohibqiron kuchla- ri turk qo‘shinini tor-mor etadi. Sulton Boyazid asirga olinadi. Uning bilan birga o‘g‘li Muso Chalabiy ham asirga tushadi. Amir Temur rumlik askarlarni ta’qib etib Bursa va O‘rta de- ngizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etadi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham beradi. Amir Temurga Misr ham o‘z itoatkorligini izhor etadi. Vizantiya va boshqa nasroniylik olamidan Boyazidga beriladigan bojlar endi Amir Temurga to‘lanadigan bo‘ldi. Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o‘z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki Sohibqiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi. Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur 1404-yilning 27-noyabrida 200 ming qo‘shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning to‘satdan vafot etib qolishi (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi. Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar bo‘lgan g‘oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bun- dan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo‘ylari, Balxash ko‘li va Elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo‘ysundirilgan mam- lakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag‘dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir. Karvon yo‘llarida rabotlar, qal’alar, ko‘priklar, shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog‘-u bo‘stonlar barpo etdi. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi qadimiy karvon yo‘llarini tikla- di. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo‘shdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida O‘zbekistonda davlatchilikning yuksalishida muhim o‘rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda «Sohibi jahon» hamda «Sohibi adl» - «Adolat sohibi» nomlari bilan ulug‘lanadi. Xalqaro UNESKO tashkiloti- ning tashabbusi bilan 1996-yilda Amir Temurning tavallud kuni keng miqyosda nishonlandi va shu yil «Amir Temur yili» deb e’lon qilindi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling