O`zbekiston tarixi davlat muzeyi


Download 25.21 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi25.21 Kb.
#1579972
  1   2   3
Bog'liq
nozi hisobot



O`ZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYI
O’zbekiston Fanlar Akademiyasining yirik ilmiy tekshirish va madaniy-ma’rifiy muassasalaridan biri. 1876 yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan. 1883 yil Turkiston ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirildi. Etnografiya, arxeologiya, numizmatika, harbiy-tarix bo’limlari bo’lgan (1903). 1918 yil Turkiston o’lka xalq muzeyiga, 1922 yildan Turkiston Bosh muzeyiga, 1925 yildan O’rta Osiyo Bosh muzeyiga aylantirildi. 1943 yildan O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb nomlangan. 1969-92 yillar Oybek nomidagi O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb atalgan. 1992 yil 21 apreldagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qaroriga muvofiq, bir necha muzeylarni birlashtirish asosida hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi. Muzey O’zbekiston va O’rta Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy obidalarini saqlash va o’rganish bo’iicha mamlakatda yirik ilmiy tekshirish markazi hisoblanadi. Hozirgi kunda uning zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, san’at va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi. Buning 60 mingdan ortig’ini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortig’ini etnografiya yodgorliklari tashkil etadi. Unda mahalliy o’lkashunoslar, o’tmish bilan qiziquvchi havaskorlardan to’plangan o’lka tarixiga oid numizmatika, arxeologiya, uy-ro’zg’or buyumlari va fotosuratlardan iborat kollektsiyalar ham mavjud. Arxeologiya fondida arxeologik yodgorliklardan topilgan ashyolar, devoriy tasvirlar, uy-ro’zg’or buyumlari, mehnat qurollari, qadimiy yozuvlar tasvirlangan ashyolar va boshqalar buyumlar saqlanadi. Numizmatika fondida esa eng qadimiy davrlardan to shu kungacha zarb etilgan oltin, kumush, mis tangalar, pullar, oltin va kumush medallar va podsho sulolalarining muhrlari jamlangan. Muzeydagi etnografiya fondi esa nihoyatda qimmatli buyumlardan iborat bo’lib, xalqimizning uyanjomlari, kiyim- kechaklari, zargarlik buyumlari, xalq hunarmandchiligining hamma sohasiga oid ish qurollari va mahsulotlaridan namunalar — har bir etnografiya hududning o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shulardan 10 mingdan ortig’i o’zbek xalqining ijtimoiy hayotiga oid bo’lsa, 6 mingi O’zbekiston hududida yashovchi boshqa millatlarga taalluqlidir. Muzeyning yangi ekspozisiyasi O’zbekistonni jahon tsivilizasiyasi taraqqiyotiga qo’shgan hissasini, shu bilan birga O’zbekiston hududidagi tarixiy-madaniy jarayonlarning eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar bo’lgan taraqqiyotini o’zida aks ettirgan. Yunon-Baqtriya, Kushon, Ko’hna Xorazm, Naxshab, Buxoro va Chochda zarb qilingan tangalar alohida diqqatga sazovor. Bu tangalarda mahalliy hukmdorlarning qiyofasi, boshqalarida esa qabila belgilari yoki tamg’alari zarb qilingan. Muzey ekspozisiyasida O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Temuriylar, Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklariga mansub tangalar namoyish etilgan. Muzey arxiv va kutubxonaga ega. Muzey faoliyati davomida olimlar tomonidan ilmiy asarlar, ilmiy va ommabop kitoblar, albom, buklet va turli ko’rsatkichlar hamda maktab o’quvchilari va talabalar tarbiyasi uchun ilmiy-metodik qo’llanmalar nashr etib kelmoqda. Ular orasida keyingi yillarda nashr etilgan “Temuriylar sulolasining tangalari” (1996); “O’zbek milliy kiyimlari” (2002); “Farg’ona vodiysidagi milliy ozodlik kurashlari” (2003); “Toshkentning yangi shahar qismi tarixi” (2004) kabi nashrlar bor. Muzeyda 4 ta fan doktori va 4 ta fan nomzodi ishlaydi. 2003 yil aprelda muzey qoshida ilmiy-metodik kengash tashkil qilingan. Muzey 1964 yildan 1887 yil qurilgan sobiq Turkiston davlat palatasi binosida faoliyat yurgizgan. 1992 yil apreldan sobiq Lenin muzeyi binosiga ko’chib o’tdi. Mazkur bino (1970, me’mori E.Rozanov, V.Shestopalov va boshqalar) Toshkent shahrining markazida Sharof Rashidov shoh ko’chasida joylashgan. Bino murabba tarhli, 20 ta zal (umumiy ekspozitsiya maydoni 3,2 ming kvadrat metr), ma’ruzalar (500 kvadrat metr) hamda konferentsiya (170 kvadrat metr) zallari, ustaxonalar, fond, ish xonalaridan iborat. An’anaviy pan jara uslubida ishlangan quyosh nuridan saqlovchi to’siqlar oddiy geometric shakldagi binoga jozibadorlik baxsh etgan; keng yo’lka (pandus) bino oldi maydoniga olib borib, 2-qavat vestibyuli bilan bog’lanadi. Bino 1999-2003 yillarda qayta ta’mirlandi (me’mor R.Iskandarov va boshqalar), ichki tuzilishi o’zgartirildi, yangi dizaynda zamonaviy texnika bilan jihozlandi. Ustaxonalar, fond hamda xodimlarning ish xonalari 1-qavatda joylashgan. Bino intereri milliy an’analarda (ganchkorlik — M.Usmonov va boshqalar; yog’och o’ymakorligi — Q.Haydarov va boshqalar) ziynatlangan, ta’mirlash davrida mahobatli devoriy rasmlar (rassom A. Ikromjonov, A.Aliqulov) bilan bezatilgan. Jannat Ismoilova.

Download 25.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling