O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ta’lim jarayoni


Ish  bilan  band  bo’lgan  jami  aholi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana09.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1938
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Ish  bilan  band  bo’lgan  jami  aholi  –  ishchi  kuchi  (iqtisodiy  faol  aholi)ning 
ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan qismi. 
Ishlab  chiqarish  –  ma’lum  davrda  alohida  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar 
tarmoqlar  va  iqtisodiy  sektorlar  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  tovar  va  xizmatlar 
qiymati. 
Ishlab  chiqarish  infratuzilmasi  –  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  uchun 
tashqi  shart-sharoitlarni  ta’minlovchi  tarmoqlar  majmui  bo’lib,  o’z  ichiga 
temir  va  avtomobilь  yo’llari,  elektr,  gaz  va  suv  ta’minoti,  aloqa 
kommunikatsiyalari, ombor xo’jaligi va boshqalarni oladi. 
Ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash  –  ishlab  chiqarishni  zamonaviy 
texnologiyalar  bilan  jihozlash,  uni  ma’naviy  jihatdan  yangilash,  tarkibiy  jihatdan 
texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon. 
Ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalashning  asosiy  yo’nalish  va  vositalari  bo’lib 
quyidagilar  hisoblanadi:  korxonalardan  eskirgan  asbob-uskunalarni  chiqarib; 
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan almashtirish; mahalliy resurslar asosida 
ishlab  chiqarishga  innovatsion  texnologiyalarni  joriy  etish;  ishlab  chiqarilayotgan 
mahsulot  assortimentini  kengaytirish;  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  pasaytirish  va 
resurslarni  tejash; sifatni boshqarish  va sertifikatlash  tizimini  joriy  etish; chiqitsiz 
va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. 
Ishsizlik  –  iqtisodiy  jihatdan  aktiv  (faol)  aholining  bir  qismi  o’z  kuchini 
qo’llay olmay «ortiqcha» bo’lib, mehnat zaxirasi armiyasi bo’lib qolish hodisasi.  
Kapital 
qurilish 

yangi 
qurilish, 
korxonalarni 
kengaytirish, 
rekonstruktsiya  qilish,  zamonaviylashtirish  va  texnika  bilan  qayta  jihozlash, 
asosiy  vositalarni  mukammal  ta’mirlash,  shu  jumladan  loyiha-qidiruv 
ishlarini bajarish. 
Kapital  ta’mirlash  –  asosiy  vositalarni  yirik  ko’lamda  butkul  detallari, 
qismlarini almashtirish bilan bog’liq qayta ta’mirlash tushuniladi. 
Kasanachilik  –  yirik  sanoat  korxonalari  bilan  tuzilgan  shartnoma  asosida  uy 
sharoitida mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish. 
«Katta yigirmalik» – 20 ta yirik mamlakatlar guruhi bo’lib, unga  jahondagi 
eng  boy  mamlakatlar    va  yirik  rivojlanayotgan    davlatlar  kiradi  va  ular  xissasiga 
jahon yalpi ichki mahsulotining 90 foiz ulushi to’g’ri keladi. 
Kichik  biznes  sub’ektlari  –  korxona  ko’lami,  ishlab  chiqarish  hajmi, 
ishlovchilar  soni,  moliyaviy  mablag’lari  miqdori  va  boshqalar  jihatidan 
imkoniyatlari  cheklangan  ishlab  chiqaruvchi  sub’ektlar.  Respublikamizda 
kichik 
biznes 
sub’ektlari  toifasiga  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar, 
mikrofirmalar va kichik korxonalar kiradi.   
Kichik  korxona  –  kichik  biznes  sub’ektlarining  bir  turi  bo’lib, 
mamlakatimizda  amaldagi  qonunchilikka  ko’ra  sanoat  ishlab  chiqarishning  ayrim 
tarmoqlarida  (masalan,  yengil  va  oziq-ovqat  sanoati,  metallga  ishlov  berish  va 

 
 
 
asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, mashinasozlik, 
metallurgiya,  yoqilg’i-energetika  sanoati  va  boshqalarda)  50  kishigacha,  xizmat 
ko’rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik korxona hisoblanadi. 
«Qishloq  qurilish  bank»  aktsiyadorlik  tijorat  banki  –  qishloq qiyofasini va 
qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va 
ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash 
tizimini  keng  joriy  etish  maqsadida  hamda  «Qishloq  taraqqiyoti  va  farovonligi  yili»  Davlat 
dasturiga  muvofiq  2009  yil  30  martda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Qishloq 
qurilish bank» aktsiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq «G’alla-
bank» aktsiyadorlik tijorat banki negizida tashkil etilgan. «Qishloq qurilish bank» aktsiyadorlik 
tijorat bankining ustav kapitali 150 milliard so’m miqdorida shakllantirilgan. 
Kon’yunktura  –  bu  bozorda  ma’lum  bir  vaqtda  yuzaga  kelgan  iqtisodiy 
holatdir  (asosan  talab  hamda  taklif  nisbati  va  u  bilan  bog’liq  bo’lgan  narxlar 
darajasi orqali yuzaga keladi). 
Kredit – jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo’sh mablag’larlarini 
muayyan tamoyillar asosida qaytarish sharti bilan foydalanishga berish jarayonida 
vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlar majmui.  
Makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  –  mamlakat  yaxlit  iqtisodiyoti  darajasidagi 
ijtimoiy-iqtisodiy  jarayon  va  hodisalarni  o’lchash  va  baholash  imkoniyatini 
beruvchi  ko’rsatkichlar.  Masalan,  yalpi  ichki  mahsulot,  milliy  daromad,  iqtisodiy 
o’sish, ishsizlik, inflyatsiya darajasi va boshqalar. 
Mamlakat to’lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo’jaliklari, korxonalar 
va davlat) va chet elliklar o’rtasida ma’lum vaqt (odatda bir yil) oralig’ida amalga 
oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar bo’yicha to’lovlar summasining nisbati bo’lib, 
u  o’z  ichiga  savdo  balansi,  xizmatlar  balansi,  o’tkazmalar  balansi  va  kapital 
operatsiyalarini oladi. 
Melioratsiya  –  yerning  unumdorligini  tubdan  yaxshilashga    qaratilgan 
tashkiliy-xo’jalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi. 
Mehnat  bozori  –    mehnatga  qobiliyatli  aholining  ish  bilan  band  bo’lgan  va 
band  bo’lmagan  qismlari  va  ish  beruvchilar  o’rtasidagi  munosabatlarni  hamda 
ularning  shaxsiy  manfaatlarini  hisobga  oluvchi  shartnomalar  asosida  ishchi  kuchi 
xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi, shuningdek, unga bo’lgan talab va taklif 
o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, 
ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir. 
Mikrokredit  –  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  va  boshlang’ich 
sarmoyani  shakllantirishga  beriladigan  kreditlar.  Mikrokreditlar:  a)  yuridik  shaxs 
maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlik faoliyati uchun – eng kam ish haqining 50 
barobarigacha;  b)  mikrofirma  va  dehqon  xo’jaliklariga  eng  kam  ish  haqining  100 
barobarigacha;  v)  fermer  xo’jaligiga  eng  kam  ish  haqining  200  barobarigacha 
beriladi. 
Mikrofirma  –  kichik  biznes  korxonasining  bir  turi.  Mamlakatimizda      sanoat 
ishlab  chiqarishning  tarmoqlarida  20  kishigacha,  xizmat  ko’rsatish  sohasida  10 
kishigacha,  savdo  va  umumiy  ovqatlanish  sohasida  5  kishigacha  ishlovchi 
korxonalar mikrofirma hisoblanadi. 

 
 
 
Modernizatsiya    ob’ektni    takomillashtirish,  yaxshilash,  yangilash,  uni 
yangi  talab  va  me’yorlarga,  texnik  shart-sharoitlarga,  sifat  ko’rsatkichlariga 
moslashtirish. 
Moliya tizimi – moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi 
moliyaviy muassasalar majmuasi. 
«Navoiy»  erkin  industrial-iqtisodiy  zonasi  –  jahon  standartlariga  javob 
beradigan  va  jahon  bozorlarida  talab  qilinadigan  mahsulot  ishlab  chiqarishni 
ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish 
uchun  xorijiy  investitsiyalarni,  birinchi  galda  to’g’ridan-to’g’ri  investitsiyalarni 
jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek Navoiy viloyatining 
sanoat  salohiyatini,  ishlab  chiqarish,  transport-tranzit  va  ijtimoiy  infratuzilmasini 
rivojlantirish  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008  yil  3 
dekabrdagi  «Navoiy  viloyatida  erkin  industrial-iqtisodiy  zona  tashkil  etish 
to’g’risida»gi  qarori  asosida  tashkil  etilgan.  «Navoiy»  erkin  industrial-iqtisodiy 
zona  hududida  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  faoliyatining  asosiy  yo’nalishi  – 
zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar 
va  modullar,  innovatsiya  texnologiyalarini  joriy  etish  hisobiga  yuqori 
texnologiyali,  jahon  bozorlarida  raqobatbardosh  mahsulotlarni  keng  ko’lamda 
ishlab chiqarishdan iborat. 
Narx – tovar qiymatining puldagi ifodasi. 
Nodavlat  va  jamoat  tashkilotlari  –  davlatga  qarashli  bo’lmagan,  ammo 
ma’lum  qonunlar  yoki  me’yoriy  hujjatlarga  bo’ysungan  holda  faoliyat 
ko’rsatadigan tuzilmalar nodavlat va jamoat tashkilotlari hisoblanadi. 
Protektsionizm  –  davlatning  xorij  raqobatidan  ichki  bozorni  himoya  qilish 
siyosati,  mamlakatga  olib  kelinayotgan  tovarlarga  yuqori  bojlar  belgilaydi,  ayrim 
tovarlarni olib kelish cheklanadi yoki umuman taqiqlanadi. 
Pudrat  –  shartnoma  yoki  xo’jalik  yuritishning  bir  turi.  Bir  tomonning 
ikkinchi tomon talabiga ko’ra belgilangan ishni bajarishi to’g’risidagi shartnoma. 
Pul  -  kredit  siyosati  –  davlat  tomonidan  iqtisodiy  o’sishni  ta’minlash 
maqsadida  pul  muomalasini  tashkil  etish  va  barqarorligini  ta’minlash  uchun 
amalga oshiriladigan barcha chora-tadbirlar majmui. 
Pul  –  hamma  tovar  va  xizmatlar  ayirboshlanadigan,  umumiy  ekvivalent 
sifatida  foydalaniladigan,  boshqa  barcha  tovarlar  qiymatini  ifodalaydigan  maxsus 
tovar. 
Rekonstruktsiya  (qayta  tiklash) 

  faoliyat  yuritayotgan  korxonani  ma’naviy 
va  jismoniy  eskirgan  qurilma  va  asbob-uskunalarni  ishlab  chiqarishni 
mexanizatsiyalashtirish  va  avtomatlashtirish,  texnologik  bo’g’inlar  va  yordamchi 
xizmatdagi nomutanosibliklarni yo’qotish yo’li bilan almashtirish yordamida to’liq 
yoki  qisman  o’zgartirish.  Qayta  tiklashda  eski  tsexlar  o’rniga  yangi  tsexlarni 
qurishga ruxsat beriladi.  
Rentabellik  –  korxona  faoliyatining  foydalik  darajasi.  Uning  uch  xil 
ko’rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va 
sotilgan  mahsulot  rentabelligi.  Bu  ko’rsatkichlarni  balansdagi  (sof)  foyda 
ko’rsatkichini  korxona  aktivlarining  o’rtacha  yillik  qiymati,  muomalaga 

 
 
 
chiqarilgan  aktsiyalar  miqdori,  xususiy  kapital  miqdori  va  sotilgan  mahsulot 
tannarxiga nisbati bilan aniqlanadi. 
Salьdo -  muayyan  vaqt davomida  moliyaviy  tushumlar  va  sarflar,  eksport  va 
import  qiymati  (savdo  balansi  salьdosi),  xorijiy  to’lovlar  va  tushumlar  (to’lov 
balansi salьdosi) o’rtasidagi farq. 
Samarali 
iqtisodiy 
siyosat 
  davlatning  iqtisodiyotni  barqaror 
rivojlantirishga  qaratilgan,  har  tomonlama  asoslangan,  izchil  va  o’zaro 
uyg’unlashtirilgan chora-tadbirlari majmui. 
Servis  –  jismoniy  va  yuridik  shaxslarga,  umuman  keng  aholi  qatlamiga 
xizmat  ko’rsatish;  ishlab  chiqarish-texnika  maqsadlarida  mahsulotlarni,  moddiy-
maishiy,  xo’jalik  va  boshqa  sanoat  mahsulotlarini  sotish  hamda  ularni  ishlatish 
bilan bog’liq  bo’lgan xizmat ko’rsatish sohalari. 
Soliq  imtiyozi  –  soliq  to’lovchilarning  ayrim  toifalariga  qonun  hujjatlarida 
belgilangan tartibda soliq to’lashdan to’liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli. 
Soliq  stavkasi  –  soliqlarni  hisoblashda  soliq  bazasining  har  bir  birligi 
hisobiga to’g’ri keladigan soliq me’yori. 
Soliqlar  –  belgilangan  va  muayyan  miqdorlarda  undiriladigan,  muntazam, 
qaytarib  berilmaydigan  va  beg’araz  xususiyatga  ega  bo’lgan,  byudjetga 
yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari tushuniladi. 
Talab  –  xaridor,  iste’molchilarni  bozorda  muayyan  tovarlarni,  ne’matlarni 
sotib  olish  istagi;  bozorga  olib  chiqilgan  va  pul  imkoniyatlari  bilan  ta’minlangan 
ehtiyojlar. 
Tannarx  –  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  uni  sotish  bilan  bog’liq  barcha 
xarajatlar. 
Tashqi  qarz  –  mamlakat  hukumati,  moliya-kredit  tashkilotlari,  yirik 
korxonalarining  boshqa  mamlakatlar  moliya-kredit  muassasalaridan  qarzga  olgan 
moliyaviy mablag’larining jami hajmi. 
Telekommunikatsiya  –  simli,  radio,  optik  yoki  boshqa  elektromagnit 
tizimlardan  foydalanib  signal,  belgi,  matn,  tasvir  va  tovushlarni  yoki  boshqa 
ko’rinishdagi  axborotni  uzatish,  qabul  qilish  va  unga  ishlov  berish  jarayoni. 
Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  asosida  ma’lumotlarni  masofadan 
uzatish jarayoni.  
Tijorat  banklari  –  sanoat  va  savdoni  qisqa  muddatli  kreditlar  bilan 
ta’minlash,  shuningdek  xususiy  mijozlarga  turli  turdagi  bank  xizmatlarini 
ko’rsatishga ixtisoslashgan banklar. 
Unifikatsiya  –  turli  xildagi  mahsulotlar,  detallar,  uzellar  va  boshqa  
qo’llaniladigan  materiallar  va  texnologik  jarayonlarni  ratsional  jihatdan  bir 
xilligini ta’minlash. 
Fermer  xo’jaligi  –  ijaraga  berilgan  yer  uchastkalaridan  foydalangan  holda 
qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqarishi  bilan  shug’ullanuvchi  mustaqil  xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt. 
Fond  bozori  –  qimmatli  qog’ozlar  va  boshqa  moliyaviy  vositalarning  oldi-
sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor. 
Xalqaro  valyuta  jamg’armasi  –  xalqaro  savdo  va  valyuta  hamkorligini 
rivojlantirishga  ta’sir  ko’rsatish  maqsadida  1944  yilda  tashkil  etilgan  xalqaro 

 
 
 
valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta jamg’aramasi – a’zo davlatlar o’rtasida 
valyuta-kredit  munosabatlarini  tartibga  solib  turish  va  ularga  to’lov  balansining 
kamomadi bilan bog’liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el valyutasida qisqa 
va  uzoq  muddatli  kreditlar  berish  yo’li  bilan  moliyaviy  yordam  ko’rsatish  uchun 
mo’ljallangan  hukumatlararo  tashkilot.  XVJ  o’z  amaliy  faoliyatini  1947  yil  1 
martdan boshlagan. 
Xalqaro tashkilotlar – ularning har biri xalqaro siyosatda o’zlarining faoliyat 
maqsadlari  yo’nalishlariga  qarab,  yer  yuzi  taraqqiyotida  egallab  turgan 
mavqelariga  qarab,  umuman  xalqaro  siyosiy-amaliy  munosabatlar  jarayonida 
harakatlarga  kirishadigan  boshqa  xalqaro  tashkilotlar  tizimidagi  maqomlariga 
qarab ahamiyat kasb etadilar. 
Xizmat  ko’rsatish  sohasi  –  ijtimoiy  ishlab  chiqarishning  moddiy-
buyumlashgan  ko’rinishga  ega  bo’lmagan  iste’mol  qiymatlarini  yaratishga 
yo’naltirilgan sohalari. U o’z ichiga moddiy xizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, 
savdo,  maishiy  xizmat  va  boshqalar)  hamda  nomoddiy  xizmatlar  ko’rsatish 
(huquqiy maslahatlar berish, o’qitish, malaka oshirish va boshqalar)ni oladi. 
Xususiy  tadbirkorlik  –  bu  fuqarolar  (alohida  fuqarolar)  tomonidan 
o’zlarining  tavakkalchiliklari  va  mulkiy  javobgarliklari  ostida,  shaxsiy  daromad 
(foyda)  olish  maqsadida  amaldagi  qonunchilik  doirasida  amalga  oshiriladigan 
tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir. 
SHaxsiy daromad – jismoniy shaxslarning soliq to’lagunga qadar daromadi. 
Eksport – tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar 
va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. 
Emissiya  –  qog’oz  pullarning  g’aznaxonaga  yoki  boshqa  davlat  moliya 
organlari  tomonidan  muomalaga    chiqarilishi;  barcha  shakldagi  pul  belgilarini 
muomalaga chiqarish. 
Erkin  industrial  -  iqtisodiy  zona  –  mamlakat  hududining  xorijiy  mamlakatlar 
tomonidan  turli  shakllardagi  hamkorlikdagi  tadbirkorlik  bilan  shug’ullanishlari 
uchun  ruxsat  etilgan  qismi.  Mazkur  zonalarda  maxsus  imtiyozli  shart-sharoitlar, 
jumladan,  imtiyozli  soliqlar,  bojxona  to’lovlari,  ijara,  viza  olish,  valyuta 
ayirboshlash, mehnatga yollashning qulay tartiblari belgilangan bo’ladi. 
Yalpi  ichki  mahsulot  –  mamlakatda  bir  yil  davomida  ishlab  chiqarilgan  jami 
pirovard tovar va xizmatlarning bozor qiymati. 
 
VI.4. Mavzu buyicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar 
tayyorlash 
 
Talabaga muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik darajasi har-xil bo’lgan 
masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan testlar tuzish topshiriladi.  
Bunda  o’qituvchi  tomonidan  talabaga  testga  quyiladigan  talablar,  uni  tuzish 
qonun-qoidalar,  qanday  maqsad  ko’zda  tutilayotganligi,  turli  savollar  tuzishda 
mavzuning munozarali holatlarini qanday amalga oshirish lozimligi, topshiriqlarni 
tuzish usullari bo’yicha yo’l-yo’riqlar beriladi. Konsulьtatsiya paytlarida bajarilgan 
ishlarning  holati  va  talabalarning  javob  berish  darajasi  nazorat  qilinadi  (qayta 
ishlanishi, aniqlashtirish yoki to’ldirish taklif etilishi mumkin). 

 
 
 
 
1-namuna 
 
MAVZU: IBTIDOIY JAMOA TUZUMINING DAVRLARGA 
BO’LINISHI VA UNING XUSUSIYaTLARI  
 
Testlar 
1. Ibtidoiy kishilarning tashqi qiyofasiga o’z ta’sirini o’tkazgan omil? 
A) Qadimgi odamlarning yashash tarzlari 
B) Yer yuzidagi tabiiy sharoitlar 
S) Ibtidoiy tuda  
D) Urug’-aymoqchilik  
 
2. Qadimgi odamlar hayotidagi eng buyuk hodisa 
A) Mehnat qurollarini yasash 
B) Olovni kashf qilish  
S) Dehqonchilik  
D) Bronza qurollaridan foydalanish 
3. Eng qadimgi odamlarning dastlabki uyushmasi 
A) Urug’-aymoqchilik 
B) Ibtidoiy tuda 
S) Qabila  
D) Urug’ 
 
4. Ibtidoiy jamoa tuzumining qaysi davrida odamlar o’troq hayot kechirishga 
o’tgan? 
A) O’rta paleolitda 
B) Neolitda 
S) So’nggi paleolitda  
D) Mezolitda 
5. Qadimgi odamlar to’dasi uchun juda katta fojea nima bo’lgan? 
A) O’rmonning yonishi 
B) Onaning vafoti 
S) Makonda olovning o’chib qolishi 
D) Oziq-ovqatning tugab qolishi 
 
6. Qadimgi odamlar tirikchiligining bosh manbai nima hisoblangan? 
A) CHorvachilik 
B) Dehqonchilik 
S) Termachilik, ovchilik 
D) To’g’ri javob yo’q 
 
7. Urug’ jamoasi qanday davrlarga bo’linadi? 
A) Eng qadimgi davrga  
B) O’rta davrga 

 
 
 
S) So’nggi davrga 
D) Ota va ona urug’i davrlariga 
8. Eng qadimgi odamlar faoliyatida qaysi davrga kelib urug’ jamoasiga o’tish 
uchun shart-sharoit vujudga kelgan? 
A) Ibtidoiy to’da davrining oxiriga kelib 
B) Bronza davrida 
S) Qadimgi odamlar paydo bo’lganda 
D) Temir davrida 
 
9.  Xorazm  vohasida  «Kaltaminor»  madaniyati  qaysi  jamoaning  madaniyati 
hisoblanadi? 
A) Dehqonlarning 
B) CHorvadorlarning 
S) Hunarmandlarning 
D) Hammasi noto’g’ri 
 
10. So’nggi paleolitda odamlarning kiyim boshlari – 
A) Gazlamadan tayyorlana boshlagan 
B) Yirik shoxli va mo’ynali hayvonlarning terisidan 
S) Daraxt yaproqlaridan 
D) Har xil matolardan 
 
11. Quyidagi arxeologik manzilgohlardan qaysi biri qadimda Markaziy Osiyo 
dehqonlarining ikkinchi qarorgohi hisoblanadi? 
A) CHaqmoqli 
B) Zamonbobo 
S) Joytun 
D) Sarazm   
 
12.  Kishilik  jamiyatida  qanday  jarayonlar  erkaklar  mehnati  va  mavqeining 
birinchi darajali kasb etishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan? 
A) Dehqonchilikning vujudga kelishi 
B) CHorvachilikning paydo bo’lishi 
S) Ovchilik bilan shug’ullanish 
D) Hammasi to’g’ri 
 
13.  Mezolit  davriga  oid  qoya  tasvirlari  O’zbekistonning  qaysi  hududidan 
topilgan va o’sha manzilgoh qanday ataladi? 
A) Samarqand viloyatidan, Omonqo’ton 
B) Farg’ona viloyatidan, Selung’ur 
S) Surxondaryo viloyatidan, Zarautsoy 
D) Navoiy viloyatidan, Uchtut 
 
14. Eng qadimgi odamlar idishni ilk bor nimadan tayyorlashgan? 
A) Loydan 

 
 
 
B) Yog’ochdan 
S) Loy va yog’ochdan 
D) Misdan 
 
15.  Temir  buyumlardan  birinchi  bo’lib,  mil.  avv.  XIV-XII  asrlarda  kimlar 
foydalanganlar? 
A) Orol bo’yi sohillarida massagetlar 
B) Kichik Osiyoda xettlar 
S) Sirdaryo shimolida saklar 
D) Eronda elamlar 
 
16. Mil.avv. 3-2 mln. yillar oldin yashagan odamlarning dastlabki vakillaridan 
biri bo’lgan «ishbilarmon odam» qoldiqlari qaerdan topilgan? 
A) Indoneziyaning Yava orolidan 
B) Xitoyning Pekin viloyatidan 
S) SHarqiy Afrikaning Olduvoy darasidan 
D) Frantsiyaning Ashel mavzesidan 
 
17.  Insoniyat  taraqqiyotining  birinchi  bosqichida  odamlar  ibtidoiy  to’da 
tarzida  yashaganliklari  ma’lum.  Ibtidoiy  to’da  asta-sekin  qanday  jamoaga 
aylangan? 
A) Matriarxat 
B) Qarindosh-urug’chilik 
S) Qabila  
D) Urug’ 
 
18. Qadimgi odamlarda diniy e’tiqodning paydo bo’lganligini bildiruvchi tog’ 
qoyasiga chekilgan qoya tasvirlari ilk marta qaerda topilgan? 
A) SHarkiy Afrikaning Olduvoy darasidan 
B) Ispaniyaning Altamir tog’idan 
S) Indoneziyaning Yava orolidan 
D) Surxondaryoning Teshiktosh g’oridan 
 
19.  Qadimgi  odamlar  hayotida  yangi  tosh  asri  neolit  davrining  boshlanishi 
qanday voqea bilan belgilanadi? 
A) Turar joylarning qurilishi bilan 
B) Sopol idishlarning kashf qilinishi bilan 
S) G’ildirakning kashf qilinishi bilan 
D) Urug’-jamoasiga o’tish bilan  
20. «Neolit inqilobi» deganda nimani tushunasiz? 
A) Ijtimoiy mehnat taqsimoti 
B) O’zlashtirishdan ishlab chiqarishga o’tish 
S) Ona urug’i davridan ota urug’i davriga o’tish 
D) Sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikning paydo bo’lishi 
Munozarali savollar 

 
 
 
 
1.Vatanimiz  hududida  ibtidoiy  odamlar  manzilgohlarini  topib  o’rgangan 
olimlardan kimlarni bilasiz? 
2.Ibtidoiy odamlar hayotiga oid qanday topilmalarni bilasiz? 
3.Ibtidoiy jamiyat qanday davrlarga bo’linadi va nima uchun? 
4.Paleolit  davriga  doir  odamlarning  manzilgohlari  qaerlarda  va  kimlar 
tomonidan topib o’rganilgan? 
5.Paleolit davrida odamlar nimalarni kashf etishgan? 
6.Urug’chilik  jamoasi  qaysi  davrda  shakllanadi,  uning  bosqichlarini 
bilasizmi? 
7.Uq-yoy qachon kashf etildi, uning inson hayotidagi ahamiyati nimada? 
8.Mezolit  davriga  oid  odamlar  manzilgohlari  qaerlarda,  kimlar  tomonidan 
topib o’rganilgan? 
9.Neolit davri manzilgohlarini sanang, ularni topib o’rgangan olimlar kimlar? 
10.Neolit davrida odamlar nimalarni kashf etishgan? 
11.Ishlab chiqarish xo’jaligi nima, u qachon shakllandi? 
12.Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik qachon vujudga keldi? 
13.Bronza davrida odamlar hayotida qanday yangiliklar sodir bo’ldi? 
14.O’troq  dehqonchilik,  sug’orma  dexqonchilikning  shakllanishi  haqida 
nimalarni bilasiz? 
15.Bronza  davriga  oid  manzilgohlarni,  ularni  topib  o’rgangan  olimlarni 
bilasizmi?   
 
 
2-namuna 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling