O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ta’lim jarayoni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana09.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1938
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

 
 
 
beradi.  Ayritom  va  Ko’hna  Termizda  Budda  ibodatxonalari  ochilgan.  Fayoztepa, 
Quva,  Xolchayon,  Dalvarzin  kabi  ko’hna  shaharlarda  ham  saroylar, 
ibodatxonalar  ochilib,  ular  yuksak  madaniyatga  ega  ekanligi  kuzatilgan.  1972 
yilda Dalvarzintepadan (Surxondaryo) tilla buyumlar xazinasi (32 kg) topilgan. Bu 
xazina  orasida  antik  davrga  oid  bilaguzuk,  halqalar,  to’g’alar,  bo’yin 
taqinchoqlari kabi san’at buyumlari ham bor. Umuman, antik davr Qang’, So’g’d, 
Farg’ona  yerlarida  mavjud  bo’lgan  madaniyat  o’z  taraqqiyotining  yangi 
bosqichiga ko’tariladi. 
 
Tayanch tushunchalar
Mehnatning dastlabki yirik taqsimoti, ixtisoslashgan hunarmandchilik, sun’iy 
sug’orma  dehqonchilik,  savdo  va  madaniy  aloqalar,  qadimgi  Misr  va  undagi 
qatlamlar,  Mesopotamiya,  urug’  madaniyati,  ilk  shaharsozlik,  Baqtriya, 
Sug’diyona, Xorazm, «Avesto», qadimgi Farg’ona, Qang’, Kushonlar. 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Isomiddinov M.I. Sopolga bitilgan tarix. Toshkent, 1993.  
2.Pidaev SH.R. Sirli kushonlar saltanati. Toshkent, 1990. 
3.Pugachenkova G.A.,  Rtveladze  E.V.  Severnaya  Baktriya-Toxaristan.  Tashkent, 
1990. 
4.Sagdullaev A.S. Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda. Toshkent, 1996. 
5.O’zbekiston  tarixi.  Mualliflar  jamoasi.  A. Sagdullaev,  B. Eshov  tahriri  ostida. 
Toshkent, 1997, ikkinchi nashri -1999. 
6.Baqtriya-Tohariston qadimda va o’rta asrlarda. To’plam, Samarqand, 1993. 
7.Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000. 
 
VI.6. Amaliy mazmundagi nostandart masalalar yechish 
 
Bir  mavzu  yoki  bo’lim  bo’yicha  nostandart,  alohida  yondashib  qilinadigan, 
nazariy ahamiyatga ega bo’lgan amaliy topshiriqlarga yondashib talab qilinadigan 
ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. 
Amaliy  topshiriqlar  masalani  hal  qilishning  optimal  variantlarini  izlashga  va 
ishlashga qaratilgan bo’lishi kerak. 
Talabaning  qiziqishi  va  qobiliyatiga  qarab,  ilmiy  topshiriqlar  berish, 
o’qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy ishlar tayyorlash va chop ettirish mumkin. 
Bu  jarayonni  amalga  oshirishda  rahbar  o’qituvchi  va  talabadan  ijodiy 
yondashuv  talab  etiladi.  Jumladan,  ma’lum  mavzu  bo’yicha  ta’lim  muassasi  yoki 
respublika  miqyosida  tashkil  etiladigan  talabalar  hamda  yosh  olimlar  ilmiy 
ijodlariga bag’ishlangan turli ilmiy-nazariy konferentsiyalarda ishtirok etish. 
SHuningdek,  mustaqil  ta’lim  jarayoniga  oid  mavzular  mazmun  mohiyatini 
yoritib  beruvchi  turli  slaydlar  taqdimotini  amalga  oshirish  ham  tavsiya  etiladi. 
Yoki  bo’lmasa,  texnologik  vositalar  yordamida  ma’lum  vaqtga  (masalan,  40 
daqiqa)  mo’ljallangan  biror  bir  mavzuning  dars  ishlanmasini  taqdimot  tarzida 
ishlab chiqish va himoya etish ham o’ziga xos ijobiy natija beradi. 

 
 
 
 
 
   Namuna 
 
Mavzu: 
O’zbekiston davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi tarixiy 
zarurat sifatida.  
SHaxs va tarix. 
 
Taqdimotning texnologiyasi 
 
Vaqti – 40 daqiqa 
Tinglovchilar soni 30 nafar 
Taqdimotning shakli 
Vizual ma’ruza 
Taqdimotning rejasi 
1. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga 
kiritishi tomon yo’l tutishi. 
2. Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi  
    xalqimiz tarixida mislsiz voqea. 
3. Davlat ramzlarining qabul qilinishi  
4. Islom Abdug’anievich Karimov yangi 
O’zbekistonning birinchi Prezidenti. SHaxs va 
tarix. 
Maqsadi:  Mustaqillik  o’tmishi  ulug’  xalqimizning  asriy  orzulari  ro’yobi,  buyuk 
kelajak  sari  ezgu  niyatlar  bilan  taraqqiyot  yo’lini  belgilagan  millatimizning  ming 
yillik tarixida mislsiz voqea ekanligini      talabalar ongiga singdirish.    
Pedagogik vazifalar: 
-XX 
asrning 
80-yillari 
ikkinchi 
yarmidan  Sobiq  sho’rolar  davlatidagi 
ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  paro-
kandalik oqibatlariga to’xtalish; 
-Ma’muriy buyruqbozlik, totalitar 
boshqaruvning inqirozi sabablarini 
ochib berish;  
-I.A.Karimov 
rahnamoligida 
bosh-
langan  islohotlar  dasturi  hayotiy  va 
milliy 
manfaatlardan 
kelib 
chiqil-
ganligiga e’tibor qaratish; 
-Mustaqillik  tarixiy  zarurat  ekanligini 
tushuntirish; 
-Davlat  ramzlarining  qabul  qilinishi  va 
uning  tarixiy 
ahamiya-tiga 
e’tibor 
qaratish; 
-Jahon  mamlakatlari  misolida  buyuk 
shaxslarning  millati  tarixida  tutgan 
o’rniga baho berish.   
Faoliyatning natijalari
Tinglovchi: 
-XX  asrning  80-yillaridagi  xalqaro 
munosabatlar,  SHo’rolar  mamlakati-
ning  parchalanib  ketishi  sabablari  va 
oqibatlari  yuzasidan  shaxsiy  fikrga  ega 
bo’ladi; 
-Totalitar, 
ma’muriy 
buyruqbozlik 
tuzumi  mazmun  mohiyatiga  tushunib 
yetadi; 
-O’z  ongida  Davlat  ramzlariga  bo’lgan 
hurmat 
hissini 
shakllantiradi 
va 
rivojlantiradi; 
-I.A.Karimovning 
siyosiy 
va 
islohotchilik faoliyati bilan tanishadi; 
-Mustaqillikning  mazmun  mohiyatini 
tushunib, shu Vatanga munosib far-zand 
bo’lish hissini shakllantiradi.  
Taqdimot uslubi va texnikasi 
Vizual  ma’ruza,  blits-so’rov,  bayon 

 
 
 
qilish, klaster, “ha-yo’q” texnikasi 
Taqdimot vositalari 
Ma’ruza  matni,  proektor,  tarqatma 
materiallar, Jahon siyosiy xaritasi 
Taqdimot shakli 
Jamoa, guruh va juftlikda ishlash 
Taqdimot shart-sharoitlari 
Proektor, kompьyuter bilan jihoz-langan 
auditoriya 
 
Taqdimotning texnologik xaritasi 
Bosqichlar 
vaqti 
Faoliyat mazmuni 
 
Himoyaga chiquvchi 
Tinglovchi 
1-bosqich 
Kirish 
(5 min.) 
1.1.Mavzu, 
uning 
maqsadi, 
o’quv 
mashg’ulotidan  kutilayotgan  natijalar  ma’lum 
qilinadi 
1.1.Eshitadi, yozib 
oladi 
2-bosqich. 
Asosiy 
(25 min.) 
2.1.Tinglovchilarning  e’tiborini  jalb  etish  va 
bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-
javoblar o’tkazadi. 
-“Vatan” tushunchasga qanday izoh berasiz? 
-Mustaqillik deganda nimani tushunasiz? 
-Davlat  ramzlari  qabul  qilingan  sanalarni 
bilasizmi? 
-Referendum nima? 
-Saylov bilan referendumning farqi nimada? 
2.2.Vizual  materiallardan  foydalangan  xolda 
ma’ruzani bayon etishda davom etadi. 
Davlat  mustaqilligining  qo’lga  kiritili-shidan 
oldingi  va mustaqillikning dastlabki yillaridagi 
ijtimoiy-siyosiy  islohotlar  haqida  ma’lumot 
beradi. 
2.3.Talabalarga  mavzuning  asosiy  tushuncha-
lariga  e’tibor  qaratishni  va  yozib  olishni 
ta’kidlaydi. 
2.1. Eshitadi. 
Navbat bilan bir-
birini takrorla-may 
atamalarga izoh 
beradi. 
O’ylaydi, javob 
beradi va to’g’ri 
javobni eshitadi. 
 
 
2.2.Sxema va 
jadvallar bilan 
tanishib, ularning 
mazmunini 
muhokama qiladi. 
 
2.3.Eslab qoladi. 
Tarixiy faktlar va 
ta’riflarni yozib olib 
ularga misollar 
keltiradi. 
3-bosqich 
Yakuniy 
(10 min.) 
3.1.Mavzuga  yakun  yasaydi  va  talabalar 
e’tiborini asosiy masalaga qaratadi. 
3.2.Faol 
ishtirok 
etgan 
tinglovchilarni 
rag’batlantiradi.  “Mustaqillik  menga  va  men 
mustaqillikka  nima  nima  berdim”  mavzusida 
250-300 so’zdan kam bo’lmagan hajmda qisqa 
insho yozib kelish vazifa qilib beriladi. 
Faol tinglovchilar baholanadi. 
3.1.Eshitadi, o’z 
fikrlariga aniqlik 
kiritadi. 
3.2.Topshiriqni 
yozib oladi. 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Vizual materiallar 
 
1-savol. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi tomon  
yo’l tutishi. 
 
1-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-ilova 
 
Vatan ozodligi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimiz 
 
- To’maris, SHiroq, Spitamen 
      
- Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Torobiy 
 
ВАТАН (арабча – она юрт) – инсон яшаб турган, униб-ўсган жой, 
ҳудуд,  ижтимоий  муҳит,  мамлакат.  Ватан  остонадан  бошланади. 
Ватанни кенг ва тор маънода тушуниш мумкин. Тор маънода Ватан бу – 
инсон  чақалоқлигида  она  алласини  эшитган  бешиги.  Ватан  бу  – 
инсоннинг ота-онаси, оиласи. Ватан бу  – инсон туғилиб ўсган қадрдон 
маҳалласи,  қишлоғи  ва  эл-юрти.  Кенг  маънода  Ватан  бу  –  серқуёш, 
жаннатмакон  диёримиз  ЎЗБЕКИСТОН!  Ватан  инсон  учун  энг 
муқаддас  макон.  Чунки  юқорида  келтирилган  манзил  ва  маконларни 
инсон 
ҳеч 
қачон 
бошқа 
нарсага 
алмаштирмайди, 
пулга 
айрибошламайди, сотиб ололмайди ёки сотмайди!  
Ўз  юртини,  ўз  Ватанини  севмаган  инсон,  ўзга  юртни  ҳам  сева 
олмайди.Бундай  инсонлар  ватангадоликка  маҳкумдирлар.  Зеро 
муқаддас  динимиз  таомилига  кўра  Ватанни  суймоқ  иймондандир! 
(Ҳадис).
 

 
 
 
- Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur 
 
- Po’latxon, Muhammad Ali Eshon (Dukchi Eshon) 
 
- Jadidchilik namoyondalari: Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy,    
   Abdurauf Fitrat, CHo’lpon, Usmon Nosir 
 
- Istiqlolchilik harakati rahnamolari: Madaminbek, SHermuhammadbek,  
                                                                      Junayidxon, Ibrohimbek                       
- SHo’ro davri qatag’on qurbonlari 
  
 
 
 
3-ilova 
 
O’zbekistonning Davlat mustaqilligi tomon ilk qadamlari 
 
1989 yil 
  
23 iyun     -   I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasining birinchi kotib etib  
saylandi 
21 oktyabr -  O’zbekiston Oliy Sovetida «Davlat tili to’g’risida»gi qonun  
   
qabul qilindi.  
                  -   O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi 
25 noyabr   -   O’zbekiston rahbariyati Milliy siyosiy masalalarni holislik  
   
bilan tahlil etishni Ittifoq raxbariyatidan talab qildi 
1990 yil 
18 fevral   -  O’zbekiston Oliy Kengashiga saylovlar bo’lib o’tdi.  
                       Oliy Kengash 1990-1994 yillarda faoliyat ko’rsatdi. 
24 mart       -  O’zbekistonda PREZIDENTLIK lavozimi ta’sis etildi 
                       I.A.Karimov O’zbekistonning birinchi Prezidenti etib 
    
      
saylandi  
20 iyun       -  «Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilindi 
                    -   I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaning  
    yangi loyihasini  yaratish bo’yicha maxsus komissiyasi tuzildi 
17 oktyabr   -  «O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor  
 
 
   iqtisodiyotiga o’tishning asosiy printsiplari» umumxalq  
 
 
   muxokamasiga qo’yildi 
15 noyabr     -  «O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining  
                        tarkibini tasdiqlash to’g’risida»  Prezident farmoni e’lon  
 
 
    qilindi 
 
1991 yil 
15 fevral     -  Oliy Kengashning «Davlat ramzlari to’g’risida» maxsus  

 
 
 
 
 
     qarori qabul qilindi.  
1 mart           -  Respublika Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. 
22 iyul          -  «O’zbekiston hududida joylashgan Ittifoqqa bo’ysunuvchi  
                          korxonalarni O’zbekiston tasarrufiga o’tkazish to’g’risida»  
 
 
     Oliy Kengash qarori qabul qilindi. 
19-21 avgust -  Moskvada G.Yanaev rahbarligida davlat to’ntarishiga urinish.  
                          SHo’rolar mamlakatida Favqulodda holatning e’lon  
 
 
      qilinishi 
19 avgust      -   I.A.Karimov Hindistonga davlat tashrifidan qaytdi 
21 avgust      -  O’zbekiston Prezidentining farmoni bilan «Favqulodda  
 
 
      holat Davlat Komiteti» ning faoliyati O’zbekiston  
 
 
      qonunlariga zid  va noqonuniy deb e’lon qilindi 
25 avgust      -  Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo’mitasi  
 
 
     O’zbekiston tasarrufiga o’tkazildi. 
 
 
 
 
 
 
 
2-savol. Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi xalqimiz tarixida 
mislsiz voqea. 
 
4-ilova 
 
 
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ҳуқуқий
 
асослари
 
 «Ўзбекистон  Республикасининг  Давлат  мустақиллиги  асослари 
тўғрисида»ги  ҚОНУНИ  1991  йил  31  августда  қабул  қилинган.                                                  
17 моддадан иборат 
Ўзбекистон  Республикасининг  давлат  мустақиллиги  тўғрисида 
ОЛИЙ КЕНГАШ БАЁНОТИ 
1991 йил 31 августда қабул қилинган. 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5-ilova 
 
 
 
 
 
 
3-savol. Davlat ramzlarining qabul qilinishi. 
6-ilova 
 
 
 
 
DAVLAT  BAYROG’I  –
 
davlatning  asosiy  ramzlaridan  biri  bo’lib,  uni 
boshqa  davlatlardan  farqlovchi  belgisidir.  Davlat  bayrog’i  davlat  mustaqilligining 
ramzi sifatida davlat rahbari joyida, oliy qonun chiqaruvchi organ, hukumat, davlat 
tashkilotlari,  elchixonalar,  konsulliklar  binolarida,  xalqaro  qatnovdagi  havo  va 
dengiz  kemalarida  va  boshqa  qonunlarda  belgilab  qo’yilgan  vaziyatlarda 
ko’tariladi. 
Davlat  bayrog’i  har  bir  mustaqil  xalqning  dini,  qadriyati,  an’anasi  va  milliy 
ruhiyatidan kelib chiqib yaratiladi. SHuning uchun ham davlat bayrog’ini haqorat 
СУВЕРЕНИТЕТ  (фр.  souverainite  –  олий  ҳокимият)  – 
ҳокимиятнинг  устунлиги  ва  мустақиллиги.  Суверенитетнинг  икки 
хил  кўриниши  фарқланади.  Давлат  суверенитети  ва  халқ 
суверенитети.  
Давлат  суверенитети  ҳозирги  давлатшунослик  фанида 
давлатнинг  ички  ва  ташқи  сиёсатидаги  тўла  мустақиллиги 
сифатида  талқин  этилади.  Халқ  суверенитети  халқнинг  давлатни 
бошқаришдаги  тўла  ҳукмронлиги,  халқ  ҳокимияти,  халқ 
бошқарувини англатади. 
 
Ўзбекистон  Республикасининг  Давлат  мустақиллигини  эълон 
қилиш тўғрисида ОЛИЙ КЕНГАШ ҚАРОРИ 
 
                                                           1991 йил 31 августда қабул 
қилинган. 

 
 
 
qilgan  va  unga  nisbatan  hurmatsizlik  qilgan  shaxs  jinoyat  qonunchiligiga  binoan 
jazoga tortilishi belgilab qo’yilgan. 
 
 
 
 
 
DAVLAT GERBI – 
davlatning rasmiy emblemasi bo’lgan farqlovchi belgisi. 
Bayroq, pul belgilari, muhrlar va ba’zi bir rasmiy hujjatlarda aks ettiriladi. Davlat 
gerbining  mazmuni  konstitutsiya  yoki  maxsus  qonun  bilan  belgilanadi. 
O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasiga  binoan,  Davlat  gerbi  Oliy 
Kengashning  1992  yil  2  iyulь  kuni  bo’lgan  X  sessiyasida  “O’zbekiston 
Respublikasining  Davlat  gerbi  to’g’risida”gi  qonunni  qabul  qilish  bilan 
tasdiqlangan. 
O’zbekiston  Respublikasining  Davlat gerbi dumaloq ko’rinishiga  ega  bo’lib, 
uning o’ng tomoni bug’doy boshoqlari, so’l tomoni ochilgan paxta chanoqlari aks 
ettirilgan  davlat  bayrog’i  bilan  o’ralgan  chambardan  iborat.  Gerbning  markaziy 
qismida  Humo  qushi,  uning orqasida tog’lar,  daryolar  va serquyosh  o’lkamizning 
manzarasi  aks  etgan.  Gerbning  yuqori  qismida  yarim  oyli  ozodlik  ramzi  –  sakkiz 
burchakli  yulduz  tasvirlangan.  Gerbning  pastki  qismida  davlat  bayrog’ini 
ifodalovchi uch rangdagi chambar tasmaga “O’zbekiston” deb yozib qo’yilgan. 
 
 
DAVLAT  GIMNI
 
(yun.  hymnos  –  madhiya,  maqtov  ashullasi,  tantanali 
qo’shiq)  –  Vatanni,  davlatni,  tarixiy  voqealarni,  ularning  qahramonlarini 
ulug’lovchi  she’riy-musiqiy  asar,  davlatning  ramzlaridan  biri.  O’zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
5-moddasiga 
binoan, 
O’zbekiston 
Respublikasining  Davlat  madhiyasi  uning  tasvirlanishi  va  rasmiy  qo’llanilish 
tartibi  qonun  bilan  belgilanadi.  “O’zbekiston  Respublikasining  davlat  madhiyasi 
to’g’risida” gi qonuni 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan

 
7-ilova 
 

 
 
 
 
 
 
 
4-savol. Islom Abdug’anievich Karimov yangi O’zbekistonning birinchi 
Prezidenti. SHaxs va tarix. 
 
8-ilova 
ISLOM ABDUG’ANIEVICH KARIMOV 
 
Davlat  va  siyosat  arbobi.  O’zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti. 
1938  yil 30  yanvarda  Samarqandda  tug’ilgan.  O’rta  Osiyo  politexnika instituti va 
Toshkent xalq xo’jaligi institutini tugatgan.  
1960  yildan
  «Tashselьmash»  zavodida  avval  master  yordamchisi,  so’ng 
master, texnolog lavozimida ishladi. 
1961  yildan
  CHkalov  nomidagi  Toshkent  aviatsiya  ishlab  chiqarish 
birlashmasida  avval  muhandis,  so’ngra  yetakchi  muhandis-konstruktor  bo’lib 
ishladi. 
1966-1983 yillarda
 O’zbekiston Davlat Reja komitetida fan va yangi texnikani 
joriy etish bo’limining bosh mutaxassisi, so’ngra Respublika Davlat Reja komiteti 
raisining birinchi o’rinbosari lavozimida ishladi 
1983 yildan
 O’zbekiston Moliya vaziri. 
1986 yildan
 O’zbekiston Ministrlar Soveti Raisining o’rinbosari – Respublika 
Davlat Reja komitetining Raisi. 
1986  yil
  dekabrdan  1989  yil  iyun  oyigacha  Qashqadaryo  viloyati  partiya 
komitetining birinchi kotibi. 
1989  yil 
iyun  oyidan  O’zbekiston  Kompartiyasi  Markaziy  komitetining 
birinchi kotibi.  
1990  yil
  24  martda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashi  sessiyasida 
O’zbekiston Prezidenti etib saylandi. 
1991  yil
  29  dekabrda  birinchi  bor  muqobillik  asosida  tashkil  etilgan 
umumxalq saylovida xalq tomonidan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti etib 
saylangan. 
1995  yil
  26  martda  umumxalq  Referendumida  I.A.Karimovning  Prezidentlik 
vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirildi. 
 
ЎЗБЕКИСТОН 
РЕСПУБЛИКАСИНИНГ 
МАЪМУРИЙ-
ҲУДУДИЙ ТУЗИЛИШИ – Ўзбекистон Республикаси ҳудуди 447,8 минг 
км. кв. ни ташкил этади. Мазкур ҳудудда 12 вилоят, 174 туман, жумладан, 
19  шаҳар  туманлари,  124  шаҳар,  97  та  шаҳарча,  1214  қишлоқ,  101  овул 
мавжуд.  Вилоятларга  бўйсунувчи  шаҳарлар  сони  50  та,  65  шаҳар 
туманларга  бўйсунади.  Қорақалпоғистон  республикасига  бўйсунувчи 
шаҳарлар сони 8 та. 
 

 
 
 
2000  yil
  9  yanvardagi  Prezident  saylovlarida  navbatdagi  5  yil  muddatga 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylangan 
2002 yil
 27 yanvarda O’zbekistonda Prezidentlik lavozimi vakolat muddatini 
5  yildan  7  yilga  cho’zish  masalasida  Referendum  o’tkazildi.  93  %  saylovchi  bu 
tashabbusni yoqlab ovoz berdi. 
2007    yil
  23  dekabrda  bo’lib  o’tgan  Prezidentlik  saylovlarida  I.A.Karimov 
yetti yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi 
I.A.Karimov  Respublika  ichki  va  tashqi  siyosatida  tinchlik  va  barqarorlikni 
ta’minlashda jonbozlik ko’rsatgani uchun “O’zbekiston Qahramoni” fahriy unvoni 
(1994),  “Mustaqillik”  (1996),  “Amir  Temur”  (1998)  ordeni  bilan  taqdirlangan. 
I.A.Karimov  shuningdek,  xalqaro  munosabatlarni  rivojlantirishdagi  salmoqli 
hissasi uchun qator xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning 30 ga 
yaqin  orden  va  medallari  bilan  mukofotlangan.  I.A.Karimov  O’zbekiston  Fanlar 
Akademiyasining  Akademigi  (1994),  nufuzli  xalqaro  akademiyalarning  fahriy 
a’zosi. 
   
 
9-ilova 
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari 
 
1-jild.  O’zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura.  –T.: 
«O’zbekiston». 1996. 
2-jild. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. –T.: «O’zbekiston». 1996. 
3-jild. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. –T.: «O’zbekiston». 1996. 
4-jild. Bunyodkorlik yo’lidan. –T.: «O’zbekiston». 1996. 
5-jild. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. –T.: «O’zbekiston». 1997.    
6-jild. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. –T.: «O’zbekiston». 1998.    
7-jild.  Biz  kelajagimizni  o’z  qo’limiz  bilan  quramiz.  –T.:  «O’zbekiston». 
1999. 
8-jild.    Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  pirovard  maqsadimiz.                 
–T.: «O’zbekiston». 2000. 
9-jild.  Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. –T.: «O’zbekiston». 2001. 
10-jild.    Xavfsizlik  va  tinchlik  uchun  kurashmoq  kerak.  –T.:  «O’zbekiston». 
2002. 
11-jild.    Biz  tanlagan  yo’l-demokratik  taraqqiyot  va  ma’rifiy  dunyo  bilan 
hamkorlik yo’li. –T.: «O’zbekiston». 2003. 
12-jild.  Tinchlik va xavfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va 
qat’iy irodamizga bog’liq. –T.: «O’zbekiston». 2004. 
13-jild.    O’zbek  xalqi  hech  qachon  va  hech  kimga  qaram  bo’lmaydi.  –T.: 
«O’zbekiston». 2005. 
14-jild.  Inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat. –T.: «O’zbekiston». 
2006. 

 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling