O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ta’lim jarayoni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana09.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

 
Xulosa 
  
Turkiy xalqlar etnogenezini yuqoridagi fikrlar kabi Oltoy birligi davriga 
bog’lash Xitoy manbalarida turk-turkut-tukyu kabi atalgan etnik konsolidatsiya 
hodisasining makonini Xitoyga nisbatan shimoli-g’arbda joylashgan Oltoy tog’lari 
etagi bilan aloqador ko’rsatilishidan tug’ilgan. Bunday qarash turkiy xalqlarning 
qadimiy asl makonlari haqidagi tasavvurni juda tor qilib ko’rsatadi. Gap 
shundaki, qadimgi Xitoy Oltoydagi tarixiy vaziyatlar bilan yaqinrok tanish 
bo’lgan. SHu bilan barobar miloddan avvalgi I ming yillikdayoq O’rta Osiyo, 
Volga bo’yi, Don, Kubanь havzalari, SHimoliy Kavkaz, Janubiy rus cho’llari – to 
Dunaygacha o’lkan hududlarda kechgan etnik jarayonlardan bexabar edi. Hatto 
turklar-turkyutlar, tu-kyu atamalari bilan Xitoy milodiy V asrdagina tanishgan va 
ularni o’zi uchun shimoldan xavf solib turuvchi kuch sifatida qaragan. Ya’ni, Oloy 
mintaqasida V asrdan avval turkiy muhit hukmron bo’lgan.     
 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
 
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. - T.: “O’zbekiston”, 1998. 
2.
 
Abu  Rayhon  Beruniy.  Tanlangan  asarlar.  1-jild.  -  T.:  “Fan”,  1968.  18-20 
betlar. 
3.
 
Mirzo Ulug’bek. To’rt ulus tarixi. -T.: “CHo’lpon”, 1994. 
4.
 
Abulg’oziy Bahodirxon. SHajarai Turk. - T.: “CHo’lpon”,1992. 
5.
 
Mahmud Qoshg’ariy. Devonu lug’otit turk. 1-3-jildlar, -T.: “Fan”, 1960-1963. 
6.
 
Avanesova  N.A.  Kulьtura  pastusheskix  plemen  epoxi  bronzы  Aziatskoy 
chasti SSSR. –T.: 1991. 
7.
 
Amanjulov A.S.Tyurkskaya runicheskaya grafika. Almatы, 1980.  
8.
 
Asqarov  A.A.  Oriylar  muammosi:  yangicha  qarashlar    va  yondashuvlar// 
O’zbekiston tarixi moddiy va yozma manbalarda. –T.: “Fan”, 2005.  
9.
 
Asqarov  A.A.  Stepnoy  komponent  v  osedlыx  kompleksax  Baktrii  i  voprosы 
yego  interpretatsii//  “Vzaimodeystvie  kochevыx  kulьtur  i  drevnыx 
tsivilizatsiy. Alma-Ata, 1989. 
10.
 
Asqarov  A.A.  Prevobыtnaya  kulьtura  i  vozniknovenie  oroshaemogo 
zemedeliya v nizovьyax Zarafshana, “Fan”, 1966, Kn.1. -S. 257-265 
11.
 
Asqarov  A.A.  Ob  iskonnoy  rodыne  rasselenie  drevnix  tyurkov.  IMKU  vыp. 
32.-T.: “Fan”, 2001. 

 
 
 
12.
 
Ishoqov  M.  M.    Qadimgi  Turkiy  yozma  yodgorliklar  geografiyasi  va  turkiy 
xalqlar  etnogenetik  munosabatlar  masalalari.  “Turkiston    Qozoq  -  turk  
universitetining “Turkologiya” jurnali, №2 Turkiston, 2003, 7-12 betlar. 
13.
 
Mahmudov  Q.  Turkiy  xonliklar.  “Turon  tarixi”  to’plam.  –T.:  1992.  30-32-
betlar. 
 
2-namuna 
 
Manbalar yordamida mavzuni yoritib berish 
 
MAVZU: O’LKAMIZ HUDUDLARIDA YaSHAGAN ENG QADIMGI 
AHOLI VA ULARNING  MASHG’ULOTLARI 
 
   Talaba fan asoslarini puxta egallab olishi, o’z Vatani tarixini yaxshi bilishi 
ko’p jihatdan o’quv-tarbiya ishlarining qanday tashkil qilinishidan tashqari, ko’p 
jihatdan darsliklar, o’quv qo’llanmalarining sifati va saviyasiga ham bog’liqdir. 
  Imoratni mustahkam poydevorsiz qurib bo’lmagandek, tarixni manbasiz 
yozib bo’lmaydi. Tarixiy manba deganda uzoq o’tmishdan qolgan, insoniyatning 
tabiat va jamiyatning ma’lum taraqqiyot bosqichidagi kechmishini o’zida aks 
ettirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklarni tushunamiz. Moddiy yodgorliklar 
turkumiga ko’xna manzilgoh va mozorlar, shaharlar, qasrlar hamda qal’alarning 
xarobalari, o’sha joylardan topilgan ishlab chiqarish va urush qurollari, uy-
ro’zg’or hamda zeb-ziynat buyumlari, qadimiy sug’orish inshootlarining 
qoldiqlari, oltin, kumush va mis tangalar, shuningdek, ibtidoiy odamlar va 
hayvonlarning qoya toshlarga o’yib ishlangan sur’atlari, umuman tosh va boshqa 
qattik buyumlardagi yozuvlar kiradi. Ma’naviy yodgorliklar turkumiga esa uzoq 
o’tmishdan qolgan qo’lyozma asarlar hamda odamlarning turmushi va urf-
odatlarini o’zida aks ettiruvchi materiallar, shuningdek, kishilar ongida saqlanib 
qolgan urf-odat va an’analar kiradi.   
  O’zbeklarning xalq bo’lib shakllanishiga oid biron bir alohida manba yo’q. 
Bu masalaga oid ma’lumotlar tarixiy, geografik, lingvistik va xalq og’zaki 
adabiyotiga oid asarlarning barchasida mavjud. Lekin ularni sinchkovlik bilan 
bittalab terib olish kerak bo’ladi. Ularni Tabariy va arab geograf olimlarning 
asarlarida, Nizomiddin SHomiy va SHarofuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida, 
Juvayniy va Rashiduddinning yuqorida tilga olib o’tilgan asarlarida, 
«Nusratnoma» va «Abdullanoma»da hamda X-XVI asrda yozilgan barcha 
asarlarda uchratish mumkin.  
O’rta Osiyo ham Eron, Hindiston, Mesopotamiya, Yunoniston, Rim, Misr va 
Xitoy singari mamlakatlar ilk madaniyat o’choqlaridan hisoblanadi, lekin uning 
qadimiy madaniyati haqidagi ma’lumotlar juda kam. Biz O’rta Osiyoning faqat 
miloddan avvalgi VI asrlardan keyingi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqidagina ozmi-
ko’pmi ma’lumotga egamiz.  
Eron, Hindiston va ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim manbalarida 
saqlangan ma’lumotlarga qaraganda, qadim zamonlarda O’rta Osiyo hududlarida 
istiqomat qilgan kabilalar (saklar, massagetlar va b.q.) urug’chilik tuzumini 

 
 
 
boshdan kechirganlar, chorvachilik, qisman, dehqonchilik hamda 
hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar.  
Qadimgi Eron manbalari orasida Behistun yozuvlari mashhur hisoblanadi. 
Bu yozuvlar SHimoliy Eronda Zagros nomli tik qoyaga Doro I ning amri bilan 
yozdirilgan g’alaba yodgorligidir. Yozuv elam, bobil va qadimgi eron tillarida 
bitilgan va miloddan avvalgi 523-522 yillari Ahmoniylar saltanatini larzaga 
keltirgan Gaumata, Frada (marg’iyonalik), Skunxa (hozirgi Qozog’iston va 
O’zbekiston hududida istiqomat qilgan sak kabilalarining yetakchisi) boshliq xalq 
xarakatlari haqida hikoya qiladi.  
Saklar, massagetlar, toharlar va qadimgi Kangxa xalqi, ularning ijtimoiy-
iqtisodiy hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlarni hindlarning epik dostoni 
«Mahabxarata»da (Bxarata avlodlari jangnomasi) ham uchratamiz. Asar 
miloddan avvalgi X-VIII asrlarda yaratilgan.  
Asarda, masalan, uzoq Hindistonga savdo-sotiq ishlari bilan borgan saklar, 
toharlar va kangxalar haqida mana bu muhim ma’lumot keltirilgan: «Uning 
(podshox Yudxishtxiraning) eshigi oldida boshqa xalqlar bilan birga saklar, 
toxarlar va kangxaliklar ham navbat kutib turar edilar. Paxmoq soqol, peshonalari 
shohlar bilan bezatilgan, qo’llarida turli-tuman sovg’alar, jun, ipak, kamyob 
matolardan, paxtadan to’qilgan gazlamalar, mayin, nafis terilar, uzun va o’tkir 
qilichlar, shamshirlar, temir nayzalar, har-xil boltalar, ichimliklar, xushbuy 
narsalar, turli-tuman qimmatbaxo toshlar…». 
Qadimgi yunon tarixchilaridan biri Gerodot «Tarix» asarida uzi bayon 
etayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni to’g’ri bayon 
etishi, o’zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtai nazaridan qarashi 
bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi
1
.  
Gerodotning mazkur asarida O’rta Osiyoning qadimiy xalqlari bo’lmish, 
agrippaylar, issedonlar, massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, 
urf-odatlari hamda qo’shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli 
ma’lumotlar uchratamiz.  
Diodorning «Tarixiy kutubxona» nomli 40 kitobdan iborat umumiy tarix 
yunalishida yozilgan asari asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlardan to 
milodning I asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini o’z ichiga oladi. Asarda SHarq 
xalqlari, jumladan, O’rta Osiyo va O’zbekistonning qadimiy xalqlari (skiflar, 
saklar, massagetlar, baqtriyaliklar va boshqalar), O’rta Osiyo – Eron 
munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor
2

Pompey Trog o’zining 44 kitobdan iborat «Filipp tarixi» asarida skiflar, 
Baqtriya haqida, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va So’g’dda qurilgan 
shahar va katta imoratlar, uning vafotidan keyin yuz bergan voqealar, 
parfiyaliklarning kelib chiqishi, Parfiya podsholigining tashkil topishi, 
                                                           
1
 Геродот. История. / Перевод Мишченко Ф.Г. М., 1858-1860. 
2
 Диодор. Историческая библиотека. / Перевод Мишченко Ф.Г. М., 1874-1875. 

 
 
 
parfiyaliklarning urf-odatlari, Baktriya, Parfiya va Midiyaning o’zaro 
munosabatlariga oid muhim  ma’lumotlar keltirib o’tadi
1

Rimlik mashxur yozuvchi, tarixshunos olim va davlat arbobi Gay Pliniy 
Sekundning «Oddiy tarix» nomli asarida O’rta Osiyo va O’zbekistonning qadimiy 
tarixi, unda yashagan xalqlar (masalan, skiflar), Oks (Amudaryo), Yaksart 
(Sirdaryo) va ularning skifcha nomlari, Baqtriya va uning tabiiy boyliklari, 
Antioxiya shaharlarining barpo etilishi haqida qimmatli ma’lumotlar jamlangan. 
Qadimgi Yunonistonning atoqli geograf olimlaridan biri Strabonning 
«Geografiya» nomli asarida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg’iyonaning 
tabiiy holati, shaharlari, qisman ularga borish yo’llari; Oxa (Xarirud), Oks va 
Yaksart daryolari haqida, O’rta Osiyo va Uzbekistonning qadimiy xalqlari: saklar, 
massagetlar, daylar, atasiyalar, toxarlar xamda xorazmliklar va ularning kelib 
chikishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va e’tikodi, shuningdek, Parfiya va 
Baktriyaning miloddan avvalgi III asrning birinchi choragidagi ichki axvoli va 
uzaro munosabatlari haqida muxim va kimmatli ma’lumotlar uchratamiz
2

Mashxur komusiy olim Ptolemey Klavdiyning «Geografiya» nomli asarida 
Girkaniya, Margiyona, Baktriya, So’g’diyona xamda skiflar mamlakatining 
geografik xolati, Baktriya va So’g’diyonaning mashxur shaxarlari, shuningdek 
usha mamlakatlar va ular bilan tutash ulkalar va ularning axolisi haqida asl va 
kimmatli ma’lumotlar keltirilgan. 
Xitoy tarixshunoslarining «otasi» xisoblanmish Sima TSzyanь «SHi TSzi» 
(Tarixiy esdaliklar) nomli 130 bobdan iborat yirik tarixiy asar yozdirib koldirgan
3

Asar Xitoyning kadim zamonlardan to miloddan avvalgi I asr boshlariga kadar 
O’rta Osiyo, uning 123 bobida xususan Farg’ona va uning qadimiy xalqi, hayoti 
haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. 
Asosan IV-X asrlarga oid So’g’d tilidagi manbalar turli mazmundagi xukukiy 
hujjatlar, xukmdorlar (So’g’d, SHosh, Turk, Farg’ona hukmdorlari) o’rtasidagi 
yozishmalar, xo’jalikning kundalik faoliyatiga oid hujjatlar, masalan, harajatlar 
yozilgan hujjat va farmonlar. Bular orasida Mug’ qal’asi xaroblaridan topilgan 
hujjatlar alohida ahamiyatga ega
4
. Hujjatlar So’g’d dehqoni (katta yer egasi), 
podshosi Devashtich va yirik mansabdorlarning, shuningdek, Xoxsar hamda 
Kshtut dehqonlarining shaxsiy arxiviga tegishli bo’lib, So’g’dning VIII asrning 
birinchi choragidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini o’rganishda muhim 
manba rolini o’ynaydi. Ular orasida Nov.3, Nov.4 raqamli nikoh shartnomasi kabi 
                                                           
1
 Помпей Трог. История Филиппа. / Перевод Деконский А.А., Рижский М.И. // 
Вестник древней истории. Вып. 2-4, 1954; Вып. 1, 1955.  
2
 Страбон. География. / Перевод Мишченко Ф.Г. М., 1879; Страбон. География. / 
Перевод Стратанович Г.А. М., 1964. 
3
 Сима Цянь. Ши Цзи. / Перевод Вяткин Р.В., Таскин В.С. М., 1972,1975, 1984, 
1986. 
4
 Согдийские документы с горы Муг / Описание, исследования и публикации / 
А.А.Фреймана. Вып. I. - М.: Наука, 1962. - 90 с.; Юридические документы и 
письма / Чтение, перевод и комментарии В.А. Лившица. Вып. II. –М.: Наука, 
1963.  – 222 с.;  Хозяйственные документы / Чтение, перевод и комментарии 
М.Н.Боголюбова, О.И.Смирновой. Вып. III.  -М.: Наука, 1963. -132 с. 

 
 
 
hujjatlar katta ahamiyatga ega bo’lib, So’g’dlar hamda turklar o’rtasidagi etno-
madaniy aloqalarning qay darajada yaxshi yo’lga qo’yilganligidan dalolat beradi.  
Mamlakatimiz tarixi, xususan unda yashagan qadimiy xalqlar tarixini 
o’rganishda, So’g’d tilida yozilgan «Xalqlar ruyxati» deb atalgan bir hujjat (VIII 
asr) o’ta muhimdir. Unda O’rta Osiyoda yashagan 21 xalq va elatning nomi 
keltirilgan.  
Mo’g’ul va xitoy tillarida yozilgan manbalarda O’zbekistonning XIII-XIV 
asrlardagi tarixiga oid ma’lumotlar ko’p uchraydi
1
. «Mongol-un niucha tobchan» 
(«Mo’g’ullarning maxfiy tarixi) nomli asar XIII asr boshida o’rta asr uyg’ur 
imlosida yozilgan va bizgacha xitoy imlosida yetib kelgan. Asarning xitoycha nomi 
«Yuanь-chao bi-shi» (Yuanь sulolasining mahfiy tarixi) deb ataladi. «Yuanь-chao 
bi-shi» Xitoy, Mo’g’uliston, O’rta Osiyo va O’zbekistonning XIII asrdagi tarixi 
buyicha muhim manba hisoblanadi. Unda nayman, kerait, ungut, uyg’ur, qorliq va 
boshqa turkiy xalqlarning CHingizxon huruji paytidagi tarixi va ularning mo’g’ul 
asoratiga tushib qolishi haqidagi qimmatli ma’lumotlar uchratamiz. 
«TSzin-shi» (TSzin sulolasining tarixi) asari so’nggi yuanь imperatori SHindi 
(Tugon temur) davrida, xitoy olimi va yozuvchisi Ouyanь Sianь tarafidan yozilgan. 
Asar to’rt qismdan iborat bo’lib, to’rtinchi qismida o’sha vaqtlarda Markaziy 
Osiyoda istiqomat qilgan turkiy xalqlar (uyg’urlar, ungutlar va boshqalar) va ular 
bilan olib borilgan elchilik munosabatlari, ularning boshliqlarini harbiy xizmatga 
jalb qilish haqida ma’lumotlar bor.
 
Yuanь sulolasining to’liq rasmiy tarixi hisoblanmish «Yuanь-shi» (Yuanь 
sulolasi tarixi) nomli asarning to’rtinchi qismida turkiy xalqlar tarixi va o’tkir 
aslzodalarining mo’g’ul imperiyasining ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o’rni 
haqida juda qimmatli ma’lumotlar jamlangan
2
. Asarda keltirilgan 
ma’lumotlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, turklar jamiyatda tutgan mavqeiga 
ko’ra xitoylardan keyin ikkinchi o’rinda turgan xalq bo’lgan. Yirik turk 
amaldorlari asosan uyg’ur, qorluq, qipchoq, qangli, ungut, argin, nayman va 
kerait qavmlaridan chiqqan. Ular asosan mo’g’ul imperiyasining ma’muriy 
idoralari va harbiy ishlarini boshqarganlar. 
Turklar orasida olimlar ham ko’p bo’lgan. Bular qorluqlardan chiqqan 
Bayon, ungut Makzuchan, qopchoq Toybuga, Boboxudu, Ulchaybotir, qang’lidan 
chiqqan Buxulu, Urus, Tabrikchi va boshqalar. Mo’g’ul imperatorlari xizmatida 
bo’lgan turklar orasida uyg’urlar ko’p bo’lgan (300 mansabdor va olim). 
X asrning ko’zga ko’ringan arab geografi va tarixshunos olimi al-
Mas’udiyning asarlari Arab xalifaligi, SHarqiy Yevropa, Kavkaz hamda O’rta 
Osiyo va O’zbekistonning IX-X asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’rganishda 
katta ahamiyatga ega. Bu o’rinda uning «Muruj az-zaxab va ma’doin al-javoxir» 
(Oltin tozalagich va qimmatbaho toshlar koni) nomli asari alohida ahamiyat kasb 
etadi. U o’ziga xos tarixiy-geografik qomus bo’lib, unda jahon xalqlari: forslar, 
xaldeylar (arab va yahudiylar bilan birgalikda), yunonlar, vizantiyaliklar, 
                                                           
1
 Козин С.А. Сокровенное сказание. М., 1941. 
2
 Козин С.А. Сокровенное сказание. М., 1941. 

 
 
 
franklar, slavyanlar, liviyaliklar, afrikaliklar, hindlar va turkiy xalqlarning tarixi, 
ijtimoiy-siyosiy ahvoli, urf odati haqida ma’lumotlar keltirilgan.  
Ibn Havqalning asari «Kitob ul-masolik va-l-mamolik» (Yo’llar va 
mamlakatlar haqida kitob) yoki «Kitob surat al-arz» (Erning tasviri) nomi bilan 
mashhur bo’lib, arab klassik geografiya maktabi an’analari uslubida yozilgan: Yer 
rub’i maskun, ya’ni olamning inson yashab turgan qismi iqlimlarga bo’lingan va 
ular tarkibiga kirgan mamlakatlar, shaharlar ularning xalqi tasvirlab berilgan. 
SHuni alohida qayd etib o’tish kerakki, asarda tasvirlangan har bir mamlakat va 
viloyatning xaritasi ham berilgan. Masalan, Movarounnahr qismiga ilova qilingan 
xaritada Jayhun (Amudaryo), Buxoro, Samarqand, Ustrushona (O’ratepa), Ispijob 
(Sayram), SHosh va Xorazm shaharlari va viloyatlari tasvirlangan. Asarda turklar 
va o’g’uzlar, ularning mashg’uloti, shuningdek, Movarounnahr shaharlari, xalqi 
xususida keltirilgan ma’lumotlar nihoyatda qimmatlidir. 
XI asrda o’tgan yirik tilshunos olim Mahmud Qoshg’ariy o’zining turkiy 
tillarga bag’ishlangan ikki muhim asari bilan shuhrat topdi. Bulardan biri 
«Javoxir an-naxv fi lug’at at-turk» (Turk tili sintaksisi asoslari) nomi bilan 
ma’lum. Afsuski, bu muhim asar bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. 
Olimning ikkinchi asari ilmiy jamoatchilikka ko’p vaqtlardan beri ma’lum va 
mashhur bo’lgan «Devon lug’at at-turk» (Turkiy so’zlar lug’ati)dir
1
. Bu asar 
1072-1077 yillar orasida yozib tamomlangan va xalifa Muqta’diyga 
bag’ishlangan. Asar muallifning turk qabilalari va urug’lari orasida yurib 
to’plagan ma’lumotlari asosida yuzaga kelgan va XI asrdagi turkiyzabon qabila va 
urug’larning tili, laxjasini, shuningdek, ularning etnik tarkibini o’rganishda 
muhim manba vazifasini o’taydi. 
«Devonu lug’at at-turk» muqaddima va lug’at qismlaridan iborat.  
Muqaddimada turk tilining boshqa tillar orasidaga o’rni va ahamiyati, uning 
ayrim xususiyatlari, mazkur asarni yozishda muallif o’z oldiga qo’ygan vazifalar, 
shuningdek, asarning tuzilishi haqida so’z boradi. 
Lug’atning tarix fani uchun qimmati shundaki, unda har bir turkiy qabila 
(bijanak-pecheneg, qipchoq, o’g’iz, yamoq, boshqird, bismil, koy, yaboku, tatar, 
qirg’iz, chig’il, tuxsi, yag’mo, uyg’ur, ig’roq, joruq, jumul va boshqalar), ularning 
belgilari (tamg’alari), turar joylari hamda ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o’rni 
atroflicha yoritib berilgan. Bu jihatdan Mahmud Qoshg’ariyning mazkur asari 
O’rta Osiyo, O’zbekiston va Qozog’istonning turkiyzabon xalqlari tarixini 
o’rganishda, qolaversa o’zbek xalqining etnik tarixini o’rganishda bosh 
manbalardan biri hisoblanadi.         
XI  asrning birinchi yarmida yashab o’tgan yirik tarixshunos olim 
Gardiziyning «Zayn ul-axbor» nomli asari rumliklarning madaniyati, turli 
xalqlarning diniy marosimlari va yil hisoblari, O’rta Osiyoning turkiy aholisi va 
Hindiston haqida degan boblardan iborat
2
. Asarning turli xalqlarning 
(musulmonlar, yahudiylar, xristianlar va boshqalar) diniy marosimlari va yil 
                                                           
1
 Маҳмуд Қошғарий. Девону луғат ат-турк. / Муталлибов С.М. таржимаси. Т., 
1960-1963.   
2
 Гардизий. Зайн ул-Ахбар. / Перевод Арендс А.К. Т., 1991. 

 
 
 
hisoblari hamda Hindiston haqidagi boblari Abu Rayhon Bernuniy asarlari, O’rta 
Osiyo va O’zbekistonning turkiy aholisi haqidagi bobi esa qisman ibn Xurdodbex, 
Jayxoniy hamda ibn Mukaffa asarlariga tayanib yozilgan. Gardiziyning ushbu 
asari Xuroson va O’rta Osiyoning arabalar istilosidan to XI asrning 
o’rtalarigacha bo’lgan siyosiy tarixini o’rganishda muhim o’rin tutadi.  
XV asrda yashab o’tgan buyuk olim, yirik davlat arbobi, Temuriy SHoxrux 
Mirzoning o’g’li Mirzo Ulug’bek «Tarixi arba’ ulus» (To’rt ulus tarixi) nomli 
asari muqaddima va to’rt qismdan iborat bo’lib, muqaddimada o’rta asrlarda 
tarixchilar o’rtasida hukm surgan an’anaga ko’ra, islomiyatdan avval o’tgan 
payg’ambarlar, turklarning afsonaviy ota-bobolari hisoblangan Yofas ibn Nux va 
uning farzandi Turkxon, shuningdek, turk-mug’ul qabilalari va CHingizxon tarixi 
bayon etilgan
1
.  
«Tarixi  arba’ ulus»ning ayrim qismlari, xususan uning to’rtinchi qismi, ko’p 
jihatdan SHarafuddin Ali Yazdiyning «Muqaddamayi Zafarnoma»siga o’xshab 
ketadi, lekin «Tarix arba’ ulus» birmuncha to’la asar. Bundan tashqari, unda to’rt 
ulus o’rtasidagi siyosiy munosabatlar, «o’zbek» etnonimining kelib chiqish vaqti 
xususida ham qimmatli ma’lumotlar uchratamiz. 
XV asrning oxiri, XVI asrning birinchi choragida o’tgan yirik olim Fazlulloh 
ibn Ruzbexonning «Mehmonnomayi Buxoro» asari O’rta Osiyo, xususan 
O’zbekiston va Qozog’istonning XV asrning ikkinchi yarmi – XVI asr boshlaridagi 
tarixini o’rganishda muhim manbalardan biri hisoblanadi
2
.  
Asarning biz uchun qimmati shundaki, unda Dashti qipchoq, Turkiston va 
qozoq ulusining geografik holati, Dashti qipchoq  o’zbeklari va qozoqlarning kelib 
chiqishi, ularning etnik tarkibi, turmushi, urf-odati, shuningdek, boylarning 
xo’jaligida qo’l mehnatidan foydalanish hollari haqida benihoyat qimmatli 
ma’lumotlar uchraydi.        
O’zbekiston tarixini o’rganishda XVII asr tarixchisi xoja Samandar 
Termiziyning «Dastur ul-mulk» (Podsholarga qo’llanma) asari katta qimmatga 
ega
3
. Asar Buxoro xonligining XVII asrning 70-90-yillaridagi ijtimoiy-siyosiy 
ahvolini, shuningdek, Buxoro bilan Xiva xonliklari o’rtasidagi siyosiy 
munosabatlarni o’rganishda katta ahamiyatga ega. Asarda o’zaro kurashlar, oliy 
martabali mansabdorlar orasida keng tarqalgan buzuqlik, poraxo’rlik, zulm va 
mehnatkash xalqning og’ir ahvoli haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. «Dastur 
ul-mulk»da o’zbeklarning etnik tarkibi haqida ham muhim dalil va ma’lumotlar 
uchratamiz. 
Ubaydullaxon va Abulfayzxon saroyida xizmat qilgan munajjim, shoir va 
tarixshunos olim Abdurrahmon Davlatning «Tarixi Abulfayzxon» nomli tarixiy 
asarida Buxoro xonligining ma’muriy tuzilishi va o’zbek xalqining o’sha yillardagi 
etnik tarkibi haqida ham ayrim, diqqatga sazovor dalil va ma’lumotlar bor
4

                                                           
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling