O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ta’lim jarayoni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana09.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

 
 
 
Arab qabilalari o’rtasida hukm surgan ma’naviy tarqoqlik, badaviy qabilalar 
o’rtasidagi  o’zaro  nizo,  totemistik  va  animistik  e’tiqodlar  asosidagi  budparastlik 
mahdudligi, bularning oqibatida yuzaga kelgan o’zaro talonchilik urushlari, arab 
qabilalarining iqtisodiy, siyosiy yuksalishiga katta putur yetkazmoqda edi. 
Tarqoq  qabilalarni  jipslashtirishning  birdan-bir  yo’li  ularni  yagona 
e’tiqodga  birlashtirishdan  iborat  edi.  Bu  tarixiy  vaziyatni  o’z  vaqtida  payqagan 
Muhammad binni Abdulloh (570-632 y.y.) bu harakatga rahnomalik qildi. Bu din 
tavhidlik  yo’nalishida  bo’lib  barcha  kishilarning  yagona  Xudo  oldida  teng 
ekanligini  targ’ib  etuvchi,  inson  yaratgan,  yolg’iz  Allohgagina  e’tiqod  qilishni 
targ’ib qiluvchi Islom dini nomi bilan shuhrat topdi. 
Islom  dinining  asoschisi  Muhammad  (s.a.v.)  musulmonlarning  payg’ambari, 
Alloh taoloning Rasuli, yerdagi elchisi sifatida tarix maydoniga kirib keldi. 
Alloh  Muhammadga  yuborgan  “Muqaddas  vahiylar”  majmui  bo’lgan 
“Qur’on” barcha arablarning umumiy qardoshligi va yagona xudo oldida barcha 
teng  ekanligini  tasdiqladi.  Barcha  mulkdorlar  o’z  daromadlarining  2,5  foizini 
kambag’allar  foydasiga  o’tkazish,  shuningdek  ko’ngilli  hadya  (sadaqa)  berish 
ko’zda  tutilar  edi.  Talaba  Islomda  mulk  muqaddas  hisoblanib,  u  dahlsiz  bo’lib, 
avloddan-avlodga  o’tish  huquqi  qattiq  himoya  qilinganligini  tushunishi  zarur. 
O’g’rilik, odam o’ldirish, xar qanday hiyonat eng og’ir gunoh hisoblanib el-yurt 
oldida sharmanda qilinar edi. 
Muhammad  butun  Arabistonning  tarqoq  qabilalarini  yagona  Islom  diniga 
birlashtirgach, 632 yilda 63 yoshida vafot etdi. 
Muhammad  payg’ambar  vafot  etgach,  u  boshlagan  muborak  ishni  uning 
xalifalari,  ya’ni  o’rinbosarlari  avval  Abu-Bakr  (632-634),  so’ngra  Umar  (634-
644), Usmon (644-656) va Ali (656-661) lar davom ettirdilar. 
Talaba  bu  davrda  Arabistonda  islom  dini  to’la  g’alaba  qozonib,  tarixda  ilk 
bor  o’ta  markazlashgan  musulmon  davlati  –  Arab  xalifaligi  tashkil  topganligiga 
alohida  e’tibor  berishi  maqsadga  muvofiqdir.  CHunki  xalifalik  davrida  Misr, 
Suriya,  Quddus,  Falastin,  Iroq,  Vizantiya,  Eron,  SHimoliy  Afrika  va  O’rta  Osiyo 
mintaqasidan Sosoniylar imperiyasini siqib chiqarib, jahon diniga, ulkan imperiya 
diniga aylandi. 
Bu  qadar  ulkan  muvaffaqiyat  islom  aqidalari,  e’tiqod  talablari,  shariat 
ahkomlari,  huquqiy  va  axloqiy  maromlarini  o’z  ichiga  qamrab  olgan  yangi 
mafkurani boy va o’ta nodir manbai – “Qur’oni Karim” ning ahamiyati nihoyatda 
buyuk bo’ldi. 
Amudaryoning  shimolida  joylashgan  yerlarni  arablar  Movarounnahr  ya’ni 
“Daryoning narigi tomoni” deb ataydilar. 
Arablar  Movarounnahrga  yurishlarni  Xuroson  noibi  orqali  amalga  oshirib 
kelganlar.  Hozirgi  Afg’onistonning  shimoli,  Eronning  shimoli  –  sharqiy  qismi 
hamda  Janubiy  Turkmanistondan  to  Amudaryogacha  bo’lgan  hududlar  qadimda 
Xuroson  deb  yuritilganligini  talaba  bilishi  zarur.  Uning  markazi  Marv  shahri 
bo’lgan. 
Marv  651  yilda  arablar  tomonidan  bosib  olingach,  Movarounnahrni  bosib 
olish  Xalifalik  tomonidan  Xuroson  noibiga  topshirilgan.  Xurosonda  va  undan 
keyin  bosib  olinishi  rejalashtirilgan  Movarounnahrda  o’z  harbiy  mavqelarini 

 
 
 
kuchaytirish  va  bu  mintaqalarni  arablashtirish  maqsadida  Basra  va  Kufadan  50 
ming arab oilasini Xurosonga ko’chirib keltirganlar.  
Talaba  arablarning  Movarounnahrga  qarshi  harbiy  yurishlarni  o’rganar 
ekan,  u  bu  yurish  o’z  maqsad  va  vazifalariga  qarab  ikki  qismga  bo’linishiga 
e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir. 
Bosqinchilik yurishlarining birinchi bosqichi Movarounnahr hukmdorlarining 
kuch-qudratini  sinab  ko’rish  va  iloji  boricha  ko’proq  o’ljalar  orttirish  rejasini 
amalga oshirishni ko’zda tutgan edi. Ikkinchi bosqich O’rta Osiyoni reja asosida 
izchillik bilan tez istilo etish ko’zda tutilgan edi . Istilochilikning ikkinchi bosqichi 
705 yil Qutayba Ibn Muslim Xurosonga noib etib tayinlangach boshlandi. 
U  707  yil  birinchi  bor  Amudaryodan  o’tib  boy  savdogarlar  shahri  bo’lgan 
Poykentni  bosib  olib,  ko’pdan-ko’p  boyliklarga  ega  bo’ladi.  Gap  shundaki,  arab 
boshliqlari  “din  uchun  kurash”  niqobi  ostida  birinchi  galda  shaxsiy  boylik 
orttirish  maqsadida,  avvalo  talonchilikdan  iborat  istilochilikni  ko’zladilar.  Talab 
olingan  butun  boylikning  beshdan  bir  qismi  Xalifaning    mulki  hisoblanib  har  yili 
Bag’dodga – arablarning oliy hukmdori qarorgohiga jo’natilib turilardi. Boshqa, 
beshdan  bir  qismi  Xuroson  noibiga,  qolgan  qismi  esa  sarkardalar,  qo’shinni 
kuzatib borgan ayonlar, Xuroson ma’muriyati va oddiy askarlar ixtiyoriga berilar 
edi.  Tabiiyki,  bu  “din  askarlari”  ni  yangidan  –  yangi  viloyatlarni  bosib  olish 
uchun jang qilishga undar edi. 
Qutayba qo’shinlari 708-709 yillarda Buxoro va uning atrofidagi hududlarni, 
710 y. Nasaf va Kesh, 711 yilda esa Xorazm, 712 yilda Samarqandni bosib olgach, 
birin-ketin  Ustrushona,  CHoch,  Farg’ona  va  Turk  xoqonligiga  qarshi  kurashni 
davom ettirdi. 
Talabalar Arab bosqinchilari O’rta Osiyo yerlarini bu qadar tez bosib olish 
sabablarini  bilib  olishlari  zarur.  Gap  shundaki  Movarounnahrda  siyosiy 
parokandalik, markazlashgan va kuchli davlatning yo’qligi, viloyat hokimlarining 
o’zaro urushlari bosqinchilarga qo’l kelganidadir. Birgina misolni olsak Qo’tayba 
Buxoro  va  uning  atroflarini  bosib  olgach,  reja  asosida  Samarqandga  xujum 
boshlash uchun tayyorgarlik ko’rayotgan bir paytda, Xorazm shohi CHag’on ukasi 
Xurzod  boshliq  xalq  qo’zg’olonidan  qo’rqib  711  yilda  bosqinchilardan  yordam 
so’rab ularni Xorazmga chorlaydi. 
Garchi  dushman  qo’li  bilan  ukasi  Xurzod  o’ldirilgan  bo’lsada,  ammo 
Xorazmshoh  bundan  hech  narsa  yutmaydi.  Aksincha  u  Xorazmni  o’z  qo’li  bilan 
dushmanga topshirishga majbur bo’ladi. 
Xorazm  qo’shinlari  esa  Qutayba  qo’shinlariga  qo’shib  olinib,  ularning 
keyingi  harbiy  yurishlarida  ishtirok  etishga  majbur  etiladi.  Qutayba  qaysi  yurtni 
bosib olsa, o’sha yurtning harbiy qo’shinlari hamda aholi o’rtasidan askar to’plab 
o’z  harbiy  qudratini  oshirib  borgan.  Bunga  misol,  711  yilda  Xorazm,  712  yilda 
Samarqand  bosib  olingach,  Buxoro,  Kesh,  Nasaf  va  Xorazm  aholisidan  20  ming 
Askar  to’plab  barcha  kuchlarni  ikki  qismga  bo’ldi.  Bir  qismini  SHosh  viloyatiga 
tashlab,  o’zi  boshliq  asosiy  kuch  Ustrushona  va  Xo’jand  orqali  Farg’ona 
vodiysiga xujum boshlaydi. Bu yurish 715 yilda Farg’ona vodiysining to’la taslim 
bo’lishi  va  dushman  qo’shinlarining  Qashg’argacha  kirib  borishi  bilan 
tugallanadi. 

 
 
 
Talaba  bu  mavzu  bo’yicha  mustaqil  bilim  olar  ekan  arab  bosqinchilari 
Movarounnahrning barcha boy shahar va qishloqlarini shafqatsiz ravishda talab, 
ko’p joylarga o’t qo’yib yuborganliklariga e’tibor berishi darkor. SHu  bilan birga 
zabt  etilgan  shahar  va  qishloqlar  aholisidan  zo’rlik  bilan  tortib  olingan  oltin, 
kumush  va  qimmatbaho  buyumlar  hamda  ko’plab  kurol-yaroqlardan  tashqari, 
bosib olingan viloyatlardan katta miqdorda tovon undirib olindi. 
Bosqinchilar  aholini  itoatda  tutish  maqsadida  yirik  shaharlarda  o’z  harbiy 
qismlarini  qoldirib,  aholiga  turli  soliqlar  solib,  ularni  xilma-xil  jamoa  ishlariga 
safarbar etib keldilar. 
Movarounnahrni  arablashtirish  maqsadida  shahar  va  yirik  qishloqlarda 
xonadonlarning yarmi arablarga zo’rlik bilan bo’shatib berildi. 
Istilochilar  o’z  siyosatini  o’tkazar  ekanlar,  boshqa  barcha  xalqlar  ustidan 
arablar madaniy ustunligini o’rnatish maqsadida arab tilini keng tarqatish, islom 
dinini  aholi  o’rtasida  yoyishga  alohida  ahamiyat  berdilar.  O’z  kuchli  e’tiqodiga 
ega  bo’lgan  Movarounnahr  taqvodor  aholisini  uzil-kesil  bo’ysindirish,  yagona 
islom diniga birlashtirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ular yaxshi tushunar 
edi.  SHu  boisdan  bosqinchilar  yerli  aholi  ma’naviy  xayotida  muhim  o’rin  tutgan 
otashparastlik,  xristian  –  nestorian,  moniy,  Budda  va  tangrichilik  ham  kabi 
dinlarni  xurofiy  –  soxta  dinlar  deb  e’lon  qildilar.  Ayniqsa,  aholining  asosiy  dini 
hisoblangan Zardushtiylik diniga qarshi qattiq kurash olib borildi. 
Otashparastlik  ibodatxonalari  vayron  etilib,  uning  o’rniga  jome’  masjidlari 
bino  qilindi.  Barcha  diniy  kitoblar,  ibodatxona  mulozimlari,  koxinlar,  mahalliy 
yozuv  va  adabiyot  bilimdonlari  yo’q  qilib  yuborilganligini  talaba  o’rganib 
chiqishlari lozim. 
O’rta  Osiyo  aholisini  islomlashtirishni  tezlashtirish  uchun  islomning  asosiy 
ruknlariga  amal  qilish  zarur  edi.  Jumladan,  namoz  o’qish  niyatida  masjidga 
borgan  kishilarga  dastlabki  yillarda  ovqat,  ikki  dirhamdan  pul  berilib,  islomni 
qabul  qilganlar  xiroj  va  jizya  soliqlaridan  ozod  etildilar.  Bundan  bosh  tortgan 
kishilar  jazoga  tortildi.  Bunday  amaliy  tadbir  va  choralar,  shubhasiz  aholi 
o’rtasida islom dinining tez tarqalishini ta’minlagan. 
Islom  dinining  Movarounnahrda  tez  tarqalishining  eng  asosiy  sababi  bu 
“Qur’oni Karim” da ta’rif  etilgan din ahkomlarining inson tarbiyasidagi ajoyib 
fazilatlari  edi.  Yaratuvchi  Allohning  vahdoniylik  g’oyasi  Arabistonda  islom  dini 
paydo  bo’lishidan  bir  necha  ming  yillar  ilgari  O’rta  Osiyoda  zardushtiylik  dini 
orqali vujudga kelganligini nazarda tutishimiz kerak. 
SHuni  ham  talabalar  bilib  olishlari  zarurki,  “Qur’oni  Karim”  va 
Otashparastlik  dinining  muqaddas  kitobi  “Avesto”  ta’limotlarining  asosi  bir-
biriga yaqin ekanligi ham islom dinini bu yerda tez tarqalishiga sabab bo’ldi. 
SHu  bilan  birga  islom  dini  bilan  unga  yaqin  bo’lgan  zardushtiylikning 
qorishuvi  natijasida  O’rta  Osiyoda  o’zi  xos  bo’lgan  islom  dini  qadriyatlari 
vujudga keldi. 
Arab tili o’z etnik tarkibiga ko’ra qadimgi arab davlati hududlarida yashagan 
suriyalik, grek, fors, yahudiy va boshqa xalqlar madaniyatining sintezidan vujudga 
kelgan o’ziga xos madaniy, adabiy til bo’lib, unda so’zamollik va she’riyat yuqori 
qadrlangan. 

 
 
 
Arab tili davlat tili bo’lishi bilan birga, fan tili ham edi. SHuning uchun arab 
tiliga  bo’lgan  ehtiyoj  uni  o’zlashtirishga  bo’lgan  intilishni  kuchaytirdi.  O’rta 
Osiyo xalqlarining bilimga bo’lgan chanqoqligi, e’tiqodi tufayli ko’p vaqt o’tmay 
bu  yerda  o’z  ona  tilidan  ko’ra  arab  tili  va  yozuvini  yaxshiroq  o’zlashtirib  olgan 
fan arboblari paydo bo’ldi. 
Dunyoviy  fan  olimlari  bilan  bir  qatorda  bu  davrda  islom  ta’limoti  va 
mafkurasining  takomili  yo’lida  Movarounnahrlik  muxaddis  ulamolarning  ham 
xizmati  katta  bo’ldi.  Bu  borada  ayniqsa,  imom  Ismoil  al-Buxoriy  va  uning 
zamondosh  va  shogirdi  imom  Iso  at-Termiziy  hamda  Imom  al-Motrudiylarning 
xizmatlari nihoyatda buyuk bo’ldi. 
Ismoil  al-Buxoriy  islom  ta’limotiga  oid  yigirmadan  ortiq  asar  yozdi.  Uning 
“Jo’me  as-saxih”  nomli  shoh  asari  musulmon  sharqida  qariyib  o’n  ikki  asr 
davomida  Islom  ta’limotida  Qur’oni  Karimdan  keyingi  asosiy  manba  sifatida 
yuqori  baholanib  kelinmoqda.  Bu  bebaho  asarga  kiritilgan  7275  xadislar  va 
ularga  berilgan  ko’pdan  –  ko’p  sharxlarda  faqat  shariat  ahkomlariga  oid 
qoidalargina  ifodalanmay,  balki,  inson  ma’naviy  kamolining  ramzi  hisoblangan 
mehr-muhabbat, 
hurmat–izzat, 
xalloligu 
mehnatsevarlik, 
sahiyligu-ochiq 
ko’ngillilik  hamda  o’zaro  tinch-totuvlik  kabi  insoniy  fazilatlar  o’z  aksini  topgan 
bo’lib,  keyinchalik  insoniyat  tarbiyasida  asosiy  dasturulamalga  aylandi.  Gap 
shundaki,  Islom  dini  tarqalgan  nafaqat  Arab  mamlakatlarida  balki  butun  islom 
olamida Qur’oni Karim ta’limotlariga chanqoqlik kuchayib borayotgan sharoitda 
ko’pchilik  Qur’onni  o’qiy  olmas,  o’qigan  taqdirda  ham  uning  asl  mazmuniga 
tushuna  olish  hammaga  ham  nasib  etmas  edi.  SHu  ma’noda  Qur’oni  Karimni 
sharhlash  ya’ni  uning  tafsirini  bayon  qilib  berish,  xadislar  yaratish  hayotiy 
zaruratga  aylangan  edi.  Hadislar  -  Muhammad  s.a.v.ning  diniy  va  ahloqiy 
ko’rsatmalari, hikmatli so’zlari bayonidir. 
Talabalar  eng  to’g’ri  hadislarni  yaratgan  muhaddislar  O’rta  Osiyodan 
chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj, Abu Iso Muhammad 
ibn  Iso  at-Termiziy,  Imom  Abu  Dovud  Sulaymon  Sijistoniy,  Imom  Ahmad  an-
Nasoiy, 
Imom 
Abu 
Adullo 
Muhammad  ibn  Yazit 
ibn 
Majjo  kabi 
Vatandoshlarimizdir.  
Bu xaqda keng ma’lumotlarni talabalar Ismoil al Buxoriy
1
 Nasafiy, Sulaymon 
Baqirg’oniyga  oid  asarlar  hamda  Ubaydullo  Uvatov,  S.Olim,  O.Usmon  va 
boshqalarning ilmiy asarlaridan chuqur bilib olishlari mumkin
2

 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1.
 
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T., Ma’naviyat. 2008. 
2.
 
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. -T.: 1998. 
                                                           
1
  Абу  Абдуллоҳ  Муҳаммад  ибн  Исмоил  ал-Бухорий.  Хадис.  1-жилд  Ал-Жомеъ  ас-
Саҳих. -Т., 1991 й. 
2
  Уватов  У.  Донолардан    сабоқлар.  -Т.1994;  Насафий.  Хожа  Аҳмад  Яссавий.  -Т., 
1993;  Султонмурод  Олим.  Буюк  Нақшбандия.  Кеча,  бугун,  эртага  //  Фан  ва 
турмуш.  1993;  Ориф  Усмон.  Вахдат  шаробин  ичдим  //  Мулоқот,  1991,  6-сон; 
Сулаймон Боқирғоний. Боқирғон китоби. -Т., 1991 й. 

 
 
 
3.
 
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadis, 1-jild. Al-Jome’ as-
Sahih. -T.: 1991. 
4.
 
Ahmedov B. O’zbek ulusi. -T.: “Nur”, 1992.  
5.
 
Uvatov U. Donolardan saboqlar. -T.: 1994. 
6.
 
Nasafiy. Xoja Ahmad Yassaviy, -T.: 1993. 
7.
 
Sulaymon Boqirg’oniy. Boqirg’on kitobi. -T.: 1991. 
8.
 
Sultonmurot Olim, “Buyuk Naqshbandiya”, “Kecha, bugun, ertaga”, “Fan va 
turmush”, -T.: 1993. 
9.
 
Orif Usmon. Voxdot sharobin ichdim. “Muloqot”, 1991. 6-son 
 
 
VI.2. Referat tayyorlash 
 
Talabaga  qiyinchilik  darajasi  uning  shaxsiy  imkoniyatlari,  qobiliyati  va 
bilim  darajasiga  muvofiq  bo’lgan  biror  mavzu  bo’yicha  referat  tayyorlash 
topshiriladi. 
Bunda 
talaba 
asosiy 
adabiyotlardan 
tashqari 
qo’shimcha 
adabiyotlardan  (hujjatlar,  yozma  manbalar,  monografiyalar,  ilmiy,  uslubiy 
maqolalar,  internetdan  olingan  ma’lumotlar,  elektron  kutubxona  materiallari) 
foydalanib  materiallar  yig’adi,  tahlil  qiladi,  tizimga  soladi  va  mavzu  buyicha 
imkon  darajasida  to’liq,  keng  ma’lumot  berishga  harakat  qiladi.  Zarur  hollarda 
o’qituvchidan  maslahat  va  ko’rsatmalar  oladi.  Yakunlangan  referat  kafedrada 
ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi. 
 
 
1-namuna 
 
MAVZU: TURKIY XALQLARNING KELIB CHIQISHI, TARQALISHI VA 
HOZIRGI ZAMON 
Reja: 
I.
 
Kirish 
II.
 
Asosiy kism 
1.Turkiy xalqlarning shakllanishida geografik muhit 
2.“Turk” atamasi va Turkiy xalqlarning kelib chiqishi asosini tashkil etgan 
urug’, qabila va elatlar, ularning Yevroosiyo mintaqasida joylashuv xususiyatlari. 
3.Turkiy xalqlarning Turon zaminida azaliy etnos ekanligi. 
4.Turkiy tilli mustaqil davlatlar hamdo’stligida O’zbekiston Respublikasining 
o’rni. 
 III. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati 
 
Kirish 
Turkiy xalqlarning etnogenezi tushunchasi xronologik, hududiy va ayrim 
etnoslarga bo’linish dinamikasi nuqtai nazaridan bugun yaxlit ilmiy muammo 
holatidan kengroq ma’no kasb etmoqda. Binobarin, turkiy xalqlar tarixiy ildizlari 
tutash o’nlab etnik tarmoqlardan tashkil topganki, ularning har biri alohida 
etnogenetik masalani tashkil qiladi. Lekin shunga qaramay muammoning qadimiy 

 
 
 
asoslari haqida gap ketganda, ilk mushtarak davrni chuqurrok tadqiq etish 
zarurati dolzarbligicha qolmoqda.  
Avvalo, biror xalqning kelib chiqishi haqida fikr yuritganda fanda o’rnashib 
qolgan umumturkiy, umumeroniy, umumslavyan, umumariy, hind-evropa 
umumiyligi, oltoy xalqlari umumiyligi singari farazlar yashashga qanchalik xaqli 
ekanini o’ylab ko’rish lozim. Bordi-yu, shu kabi umumlashma tasavvurlar fanda 
amal qilar ekan, genezis masalasida aniq xulosalar uchun yetarli asos yo’qligi 
tufayli shartli ravishdagina ulardan foydalanish mumkindir. Zero, bizningcha, 
etnik jarayonlarda qachonlardir birdan bir, yagona yadro, umum birlik hech 
qachon bo’lgan emas. Etnik birlik tuyg’usi ko’p ming yillik jarayon oqibatidir. 
Qadimiy negizning o’zidayoq urug’ va qabilalarning o’zaro muloqoti, iqtisodiy-
ijtimoiy manfaatlari, hududiy vosita orqali yaqinlasha borgan. Bu esa etnik 
mansublik tuyg’usining bosh omilidir. SHu jarayon ko’p hollarda yetakchi etnik 
birlik, ya’ni iqtisodiy-ijtimoiy etnik guruh atrofiga unga tobe guruhlarni yig’ish 
salohiyatiga ega bo’lgan. Natijada etnik umumiylikning ijtimoiy asosi vujudga kela 
boshlagan.       
 
Asosiy kism 
Talaba bu mavzuni mustaqil o’rganar ekan, ma’ruza va mavzu bo’yicha 
tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalangan holda, Turkiy xalqlarning asosini 
tashkil etgan urug’, qabila va elatlarning xo’jalik yuritish usullariga turtki bo’lgan 
tabiiy-geografik muhitni o’rganishi muhim ahamiyatni kasb etadi. 
Ma’lumki, O’rta Osiyo Markaziy Osiyoning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu  
mintaqada  qadim zamonlardan boshlab odamzodning ibtidoiy ajdodlari minglab 
yillar davomida o’z mehnati tufayli turmushning eng quyi bosqichi bo’lgan ibtidoiy 
to’da asta-sekinlik bilan xo’jalik yuritishning ilg’or tarziga o’tish kabi 
mashaqqatli yo’lni bosib o’tganligi tarixda sir emas. 
Odamzod hayvonot dunyosidan o’zining aqliy jihatidan ya’ni ongli ravishda 
mehnat qilish qobiliyati bilan ajaralib chiqdi. SHunday ekan, inson yashashi 
uchun qulay bo’lgan tabiiy-geografik o’lkalardagina paydo bo’lib, odiylikdan 
murakkablikka tomon tinmay intilib bordi. 
Ma’lumki, insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida yer kurrasida bir 
qator tabiiy-geografik o’zgarishlar yuz berib bordi. Ana shunday tabiiy 
o’zgarishlardan eng muhimi arxeolog olimlar paleolit (qadimgi tosh davri), 
geologlar to’rtlamchi davr deb atashgan davrga to’g’ri keldi. 
Bu tabiiy geografik o’zgarishlar davomida Markaziy Osiyoda hozirgi 
Tyanshanь, Pamir, Ximolay, Tibet va boshqa ko’plab katta–kichik tog’lar qad 
ko’targanligi olimlarimiz tomonidan isbotlab berilgan. Qalin qorlar yog’ilishi 
munosabati bilan ob-havo keskin soviy boshlashi natijasida ulug’ tog’larning tepa 
qismlarida qalin muzliklar (1000 metr qalinlikgacha) hosil bo’lib bordi. Bu 
muzliklar hisobiga Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon kabi daryolar Orol, Kaspiy 
dengizlari, Issiqko’l va Balxash ko’llari vujudga keldiki, ular mintaqada yashab 
kelayotgan ajdodlarimizning keyingi turmush tarzini belgilab berdi. 
Uchlamchi davrning oxiri to’rtlamchi davrning boshlarida qad ko’targan 
Tyanshanь tog’i Markaziy Osiyoni ikki  qismga ajaratib, uning sharqiy qismida 

 
 
 
Buyuk Xitoy tekisligi, Taklamakon, Olashanь va Gobi cho’llarini, g’arbiy qismida 
esa Turon pasttekisligini  hosil qildi. 
Talaba tarixiy-geografik ma’lumotlar asosida bundan taxminan 12-10 ming 
yil oldin Markaziy Osiyo sharoitida qadimgi muzliklar (Gyunts, Mindelь, Ris, 
Vyuri) eriy boshlab, iqlim issiqlashi borishi natijasida sekin-asta o’simliklar va 
hayvonot dunyosi hozirgi zamon qiyofasiga kirib borganligiga alohida ahamiyat 
berishi kerak. CHunki, tabiatdagi va hayvonot dunyosidagi bu o’zgarishlar insonni 
tabiat qulligidan ozod bo’lishi, yashashi, mehnat qilishi uchun qulay imkoniyat 
yaratdi. 
Muzlikning tugashi va issiq iqlimning hosil bo’lishi Janubiy Sibir, 
Qozog’iston va O’rta Osiyo hududlarida juda ko’plab ko’llar, pastqam joylarda 
esa botqoqliklarni vujudga keltirdi. Inson uchun ato etilgan bu tabiiy qulayliklar 
ularga ov qilish, yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgatish, yovvoyi o’simliklarni 
madaniylashtirish kabi imkoniyatlarni berdiki, inson tabiatga tobelikdan qutilib 
mehnatiga yarasha yashashi mumkinligi tushunchasiga ega bo’ldi.  
Markaziy Osiyo janubida Kopetdog’, Hindiqush, Pomir, Kunlun, Tibet va 
shimolda Oltoy Sayan, Xingan tog’ tizmalari janub va shimolning keskin tabiiy-
iqlimiy ta’siridan himoya vazifasini o’tadi. 
Umuman bu geografik joylashuv holati Xitoy hududlarida Xuanxe daryosi 
bo’ylab, o’rta Osiyoda esa Sirdaryo va Amudaryo oralig’ida chorvachilik bilan 
birga dehqonchilik uchun qulaylik yaratdi. Qolaversa, tog’ oldi hududlarida ham 
qadimgi SHarq an’analariga xos bo’lgan o’troq dehqonchilik madaniyatlari 
vujudga kelganligi bejiz emas edi. 
Markaziy Osiyoning Turon pasttekisligi SHimoliy Qozog’iston, g’arbiy Sibir 
janubidan o’tib, Oltoy tog’ yonbag’irlarigacha yetib borgan, hamda ichki Osiyoda 
davom etib  Sibirda Xokasiya, Tuva,  Abakan  tog’  oraliqlaridan Yoqutistonning 
shimoligacha kirib borardi. Bu ulug’ dasht Boyko’l orti orqali Mo’g’iliston 
dashtlari bilan tutashib ketgan dunyodagi eng ulug’ dasht va chaladasht 
mintaqalarini xosil qilar edi. 
Bu hudud zamini bahorning iliq yomg’iri, kuzning sharros jalalari va 
qishning qalin qorlari hamda tog’lardan oqib keluvchi suvlaridan oziqlanib erta 
bahordan boshlab o’t-o’lanlar bilan qoplangan edi, tabiat yaratgan bunday 
mo’jiza bu yerda chorvachilik xo’jaligining taraqqiyoti uchun barcha 
qulayliklarga zamin hozirlagan. 
Ana shu dasht va chaladasht hududlar tabiati  qulay va saxovatli 
bo’lganligidan ibtidoiy dexqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik ham tez 
gurkirab rivoj topib boradi. 
Bu holat Turon pasttekisligida va yashovchi ko’pdan-ko’p qabilalarning  turli 
tillarda so’zlashuvchi xalqlar sifatida uyushuviga olib keldi. Bu jarayon ibtidoiy  
jamo tuzumining yemirilishiga va mulkiy tengsizlikning vujudga  kelishiga sabab 
bo’ldi. 
Talabalar mustaqil o’qir ekanlar kishilik tsivilizatsiyasida muhim rolь 
o’ynagan Turon pasttekisligida yashovchi turli qabilalar faqatgina chorvachilik 
bilangina  kun kechirib  qolmasdan balki ekin ekish uchun qulay bo’lgan  yerlarda 
dexqonchilik bilan ham shug’ullanganligini unutmasliklari kerak. Bu xalqlar 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling