O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ta’lim jarayoni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana09.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

 
 
 
nafaqat dexqonchilik va chorvachilik, balki zamonasidan ancha ilgarlab metall 
qazib olish, unga ishlov berishning ham mashxur ustalari bo’lishgan, ayrim 
qabilalar dastlab o’troq dexqonchilik uchun imkoniyati   bo’lmagan joylardagina 
yarim ko’chmanchi ya’ni ma’lum muddatga qishda yashash uchun qurilgan 
qishloqlarda mavsumiy to’xtaganlar. Bahordan boshlab esa, keng yaylovlarda 
ko’chmachilik tarzida o’zlarining ko’plab chorva mollarini boqish bilan mashg’ul 
bo’lganlar. SHunday qilib dehqonchilik, chorvachilikning qaror topishi, metall 
qazib olish va undan turli mehnat va harbiy qurollar yasash takomili, chorva 
mollarining tabiiy ravishda tez ko’payishi aholining boyib borishiga sabab bo’ldi. 
Ayniqsa, chorvaning ko’payishi va uning qabilalar ichidan chiqqan ayrim shaxslar 
qo’lida to’planishi mulkiy tengsizlikning yuzaga kelishiga omil bo’ldi.  
Dehqonchilik mahsulotlari, turli ashyolardan, ayniqsa metaldan yasalgan uy-
ro’zg’or buyumlari, mehnat qurollari va turli xildagi harbiy qurollar eng asosiy 
boylik hisoblangan. Jamiyatda chorva mollariga nisbatan tovar 
munosabatlarining shakllanishi, qabilalar o’rtasida yaylovlar uchun tinimsiz 
kurash ularni oliy hukmdor tomonidan boshqarilib turiladigan ijtimoiy-siyosiy 
tashkilot-davlatga birlashishga majbur etdi.  
SHu bilan birga talaba, har bir qabila o’z lashkarlariga ega bo’lganligiga 
unga ko’chmanchi jamoa orasidan ajralib chiqqan badavlat, yuqori tabaqa 
vakillaridan biri boshchi sifatida saylab qo’yilganligiga alohida e’tibor berishi 
lozim. Dastlab ana shunday qudratli harbiy qabilaviy ittifoq 24 ta yirik qabilalar 
o’rtasida harbiy jihatdan qudratli hisoblangan xunn qabilasi atrofida birlashdilar. 
Ittifoqda har bir qabila oqsoqoli tumanboshi hisoblanib 10 ming suvoriyga 
boshchilik qilgan. U o’z armiyasida har o’n suvoriyga-o’nboshi, yuz suvoriyga-
yuzboshi, ming suvoriyga-mingboshi tomonidan boshqaruvni yo’lga qo’ygan. Ana 
shunday 24 ta ya’ni 240 ming qo’shin ulug’ hoqonga xizmat qilgan.  
Davlat ma’muriy jihatdan 24 ta oqsoqol tomonidan dashtning qattiq 
qonunlariga bo’ysundirilgan. Qonunga ko’ra, o’g’rilik qilganlik uchun butun oila 
mulki musodara qilinar, katta jinoyat ishlari o’lim jazosiga mahkum etilar edi. Bu 
davlatga O’g’uzxon (mil.avvalgi 209-174 yillar) boshchilik qilgan. O’g’uzxon 
imperiyasi–Buyuk xunn tangriqutligi (mil.avvalgi 220-mil. 216 yil) yirik saltanatga 
aylandi. 
Bu davrda Xitoy tangriqutlik imperiyasini, Tangut podsholigini, shuningdek 
Mo’g’ulistondan Hindistongacha bo’lgan ulkan hududlarida o’z mulkiga qo’shib 
oldi. 
Mustaqil o’qishda talaba, eramizdan avvalgi 1 asrda Xunlar, davlati 
parchalanib ketishi natijasida uning janubiy qismi xitoylar tomonidan bosib 
olinishi, Janubiy Sibir va Mo’g’uliston hududlaridagi ko’chmanchi xalqlar Oltoy 
va SHarqiy Qozog’iston dashtlarida yangi podsholikni tashkil etganligi, II asr 
boshlarida ular Volga ortiga o’tib Don dashtlariga kirib borganligi ularning 
qudratining tobora oshib borayotganligidan dalolat berishini inobatga olishi 
kerak.  
Xunn qabilalari miloddan avvalgi I asr millodimizning IV asr o’rtalarida 
Yettisuv va undan sharqroqdan Orol dengizi atroflarini o’zlashtirdilar. Unga 
qadar bu hududlarda yashagan sak-massaget qabilalariga o’z ta’sirini o’tkaza 

 
 
 
boshladilar. Bu haqda talabalar yirik sharqshunos olimlar V.V.Bartolьd, 
A.Yu.Yakubovskiy, A.N.Bernshtam, Markvert Xerman asarlaridan bilib olishlari 
mumkin.  
Xunlar imperiyasi o’rnini mil. IV-VI asr o’rtalarida, yangidan tashkil topgan 
Yevropa Xunlar imperiyasi (mil. 374-469 yillar) va Eftallar-Oq Xunlar davlatlari 
(mil. 420-565 yillar) egallagan edi. Bu davlatlar mintaqada yetakchi kuch edi. VI 
asr o’rtalarida xun davlatchiligi o’rnida Oltoy, Yettisuv va o’rta Osiyodagi turli 
qabilalar va elatlarni birlashtirgan Turk hoqonligi davlati egalladi. Xuddi shu 
davrdan boshlab ikki daryo oralig’ida  yashovchi  aholi  bo’lgan  baxtarlar,  
sug’diylar, xorazmliklar, chochliklar hamda farg’onaliklar bilan ko’chmanchi 
chorvador bo’lgan turkiyzabon aholining qorishib ketish jarayoni tezlashib bordi. 
Bu ko’chmanchi Turkiy qavmlarning o’troqlashuv jarayoni boshlanganligidan 
darak berar edi. CHunki, Turk hoqonligi asosini tashkil etgan qabilalar uyushmasi 
bu o’lka uchun begona emas edi. Ularning ajdodlari bu zaminda o’tmishimizning 
bronza davridan beri yashab keladilar. Ular avval chorvachilik bilan birga yarim 
o’troq dehqonchilik xo’jaligiga o’tganligi arxeologik materiallar asosida isbot 
etilgan
1
. Talabalar Turkiyzabon xalqlarga berilgan umumiy nom “Turk” 
atamasining kelib chiqishini bilishlari lozim. Turkshunos olimlar I.Bichurin, 
N.Gumilev va boshqalarning bergan ma’lumotlariga ko’ra, eng qadimgi 
Turkiyzabon xalqlar Xitoy solnomalarida miloddan avvalgi 1756 yildan boshlab 
tilga olingan. Faqat bu turklar “Turk” nomi bilan emas, balki yuqorida aytib 
o’tganimizdek “Xunn”, “Xunlar” deb atalganlar. “Turk” so’zi milodimizning V 
asridan boshlab uchraydi. Demak, Xunlar turkiy xalqlarning ajdodlari bo’lib juda 
boy va qadimiy tarixga egadirlar. “Xunlar Markaziy Osiyo, Kaspiy Dengizi 
bo’ylari hamda SHimoliy Kavkaz va g’arbiy Yevropa yerlarigicha cho’zilgan 
hududlarda yashaganlar”
2
.  
Tarixdan ma’lumki, 374-469 yillarda Yevropada Xunlar saltanati mavjud 
bo’lgan. Bu saltanatning asoschisi Balamir (374-400 yillar) hisoblanadi. Bu 
davlat tarixda Attila xunlari saltanati deb ham yuritiladi. SHarqiy Rus, Ruminiya, 
Yugoslaviyaning shimoli, Vengriya, Avstriya, CHexiya, Slovakiya, SHarqiy va 
o’rta Germaniya mamlakatlari Attila xunlari saltanati tarkibiga kirgan.  
Oq xunlar o’rta SHarqda Xun-Eftaliy saltanati deb yuritilib, uning tarkibiga 
Hindistonning yarmi, Afg’oniston  va Turkistonning katta qismi kirgan. 
Talaba Turkiy xalqlarning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlarni 
darsliklardan o’rganib “Tukuyu”, “Turk-yut”, “Turk-utu”, “Tukue”, “Turk” 
atamasining kelib chiqishi haqida fikr yuritishlari lozim. 
Oltoy tog’ etaklarida yashovchi diniy nuqtai nazardan turli-tuman g’oyalar 
ta’sirida bo’lgan, xatto jismoniy va psixik tuzilishi, madaniy an’analari va urf-
odatlari turlicha bo’lgan qabilalar birlashib turk xalqlarni tashkil qildilar. 
                                                           
1
 Аскаров А. Памятники андроновской культуры в низовьях Зарафшана. ИМКУ, вып. 
3. -Т.: 1962; Степной   компонент в оседлых комплексах Бактрии и вопросы его 
интерпретации  “Взаимодействие  кочевых  культур  и    древних  цивилизаций.  Алма  –
Ата. 1989 
2
 Маҳмудов Ў. Туркий хонликлар // Тўрон тарихи. -Т., 1992, 30-бет. 

 
 
 
Xitoy manbalarining ta’kidlashicha, G’arbiy dengiz (Orol yoki Kaspiy) 
sohillarida yashagan Turkiylarning ota-bobolari bo’lgan xunlar qo’shni qabilalar 
tomonidan qirib tashlangan. Omon qolgan lekin xali bir xalq bo’lib ulgurmagan 
turli qabilalar har tomonga o’z jonlarini saqlash uchun qochishga majbur 
bo’lganlar. Ana shu urug’lardan biri Turfon tog’lari tomon ketadi. Bu urug’ 
Turfon tog’larida boshqa urug’lar bilan qo’shilishib asta-sekin ko’payishib bir 
avloddan tarqalgan bir necha urug’larni tashkil qildilar. Turli urug’lardan tashkil 
topgan qabila boshlig’i-boshqalardan tadbirkor, aqlliroq bo’lgan Ashina ismli 
kishi qabilaning rahnamosiga aylandi. SHunday qilib Ashina nomi qabilaning 
nomiga aylanadi. 
Ashina qabilalari Turfondan Jujonlar yoki avarlarga  qarashli bo’lgan Oltoy 
etaklariga ko’chib keldilar. Avar soliq to’lash o’rniga Temir qazib olib berish 
majburiyati hisobiga bu yerda o’rnashib qoldilar.  
Ko’chib kelgan xalq o’ta mehnatkash, shu bilan birga sho’x, xushchaqchaq 
bo’lganlar. Oltoyning tabiati sahovatli va qulay bo’lganligidan Turkiy xalqlar soni 
tez ko’payib, boyib yashash sharoitlari yaxshilanib bordi.  CHorvachilik,   
dehqonchilik gurkirab tez rivojlandi. Temir, oltin, mis kabi metall qazib olish 
ustalari bo’lgan mehnatkash qabilalarning mulklari ko’paydi. Bu esa ularning V 
asrning oxirlariga kelib butun Yettisuvga qadar tez tarqalishiga zamin hozirladi. 
Turkyutlar qazib olgan yuqori sifatli temir, oltin, kumush, qo’rg’oshin va 
misdan mahalliy ustalar har xil bezaklar, idish-tovoq, qurol-yaroq, ro’zg’or 
buyumlari, harbiy qurollar yasaganlar. SHu bilan birgalikda ularda chorva 
mahsulotlari go’sht, sut-qatiq, jun, teri serob bo’lganligi savdo qilishlari uchun 
qulay sharoitni vujudga keltirgan. SHu munosabat bilan VI asrda savdo yo’li 
shimol tomonga siljib, savdo karvonlari Samarqanddan chiqib Farg’onani chetlab 
o’tib, Toshkent orqali Yettisuvdagi hozirgi Jambulga, CHu sohillariga, u yerdan 
esa Issiqko’lning janubiy sohillari bo’ylab Bedil davoni orqali Oqsuvga o’tar 
edilar. Savdo aloqalarining rivoji Turkiy qabilalarining qudratini yanada 
oshuviga turtki bo’ldi. Bu esa o’tmishda psixik tuzilishi, madaniy jihatdan, hatto 
urf-odatlari turlicha bo’lgan qabilalarning birlashuviga asos bo’ldi. VI asrga kelib 
Amudaryo bilan CHu o’rtasidagi butun mintaqa qabilalari madaniy jihatdan bir 
butunni tashkil etib ular til, yozuv, hududiy, birligini vujudga keltirganlar. Ekin 
ekish uchun qulay bo’lgan tog’ etaklari va daryolarning bo’ylarida yashovchi 
aholilar dehqonchilik qilgan bo’lsa, boshqalar ko’chmanchi chorvachilik bilan 
shug’ullangan. o’nlab shaharlar vujudga keldi. Ushbu shaharlarda turli soha 
hunarmandlari yashab, bu shaharlar savdo markazlariga aylangan. har bir 
shaharning o’z hukumdori bo’lib, ularning barchasi turklarga bo’ysinardi. 
Yuqorida aytib o’tilganlardan kelib chiqib talaba, “Turk” degan atama 
bironta millatga berilgan nom yoki etnik termin bo’lmay, balki “Turk” 
qabilalarning siyosiy birlashmasini bildirishini anglamog’i zarur. 
Yuqorida  ta’kidlab  o’tganimizdek,  VI-VIII asrlarda Markaziy Osiyoda Turk 
siyosiy birlashmasiga kirgan turli etnik elementlarning assimilyatsiyalashuvi  
natijasida bir-biriga  yaqin  bo’lgan  til va shevalarda gaplashadigan 
qabilalarning keng ma’nodagi birlashuvi sodir bo’ldiki bu xalqlarga “Turklar” 
degan umumiy nom berildi.  

 
 
 
Bu nom aslida Oktyabr to’ntarishidan so’ng CHor Rossiyasi mustamlakasiga 
bo’lgan Markaziy Osiyo xalqlari hokimiyat bolьsheviklar tomonidan qo’lga 
olingunga qadar davom etib keldi. 
Talabalar mustaqil bilim olar ekan, Turkiy xalqlar Markaziy Osiyoning ichki 
va eng SHarqiy chekkalari to Dunaygacha, Dashti Qipchoqning shimolidan to 
Janubiy Turon mintaqalarigacha qadimdan yashab kelgan tub joy aholisi 
bo’lganligini unutmasliklari kerak. Bu haqda kengroq ma’lumotlarni  taniqli  
sharqshunos olim M.Ishoqov tadqiqotlaridan, chuqurroq bilib olishlari mumkin
1

Gap shundaki, bu davrda xo’jalik yuritishning dehqonchilik bilan 
ko’chmanchi chorvachilikning alohida ajralib chiqishi uchun sharoitni vujudga 
keltirdi. Bunday o’tish davridan boshlab, qadimda dehqonchilik bilan shug’ullanib 
kelgan qabilalar ekin uchun qulay bo’lgan yangi yerlarni o’zlashtirishga, 
ko’chmanchi chorvadorlar esa chorva mollari uchun yangi o’tloqlarni egallashga 
kirishdilar. 
Talabalar O’rta Osiyoning janubida yashovchi qadimgi aholi asosan 
dehqonchilik bilan shug’ullangan bo’lsa, shimoldagi qabilalar tabiiy 
sharoitlardan kelib chiqib xo’jalik hayotlari chorvachilik bilan bog’langanlar. 
Ular o’rtasida o’zaro iqtisodiy va qon-qarindoshlik munosabatlari qadim 
zamonlardan beri rivojlanganligini unutmasligimiz lozim. Buni taniqli olim 
A.Asqarov uzoq yillar davomida Sibir, O’rta Osiyo va Qozog’iston hududlarida 
olib borgan arxeologik tadqiqotlarining natijalari asosida isbotlab bergan
2

SHunday ekan o’troq hayot kechiruvchi baxtarlar, So’g’diylar, xorazmliklarga 
ko’chmanchi chorvador aholini qarama-qarshi qo’yish mantiqqa to’g’ri kelmaydi. 
CHunki Markaziy Osiyo hududlaridan topib o’rganilgan odamzodning ilk 
ajdodlari qoldirgan paleolit, mezolit, neolit hamda bronza davriga oid bo’lgan 
yodgorliklarning ashyoviy dalillari bir-birini takrorlab borishi ularning bir xalq 
ekanligidan dalolat beradi. Fikrimizning isboti sifatida Xorazmda bronza davriga 
oid Tozabog’yob madaniyatiga xos bo’lgan sopol buyumlarni, Qozog’iston va 
Sibir cho’l hududlaridagi shu davrga oid yodgorliklarini hamda SHarqiy 
Yevropadagi chorvador aholi tomonidan yaratilgan fanda “Yog’ochband 
madaniyati” deb nom olgan madaniyat sohiblari tomonidan ishlab chiqarilgan 
sopol idishlarning o’zaro yaqinligini ko’rsatib o’tishimiz mumkin. 
 Talaba bu yodgorlik materiallari bilan tanishar ekan, albatta ularning har 
birining o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligini bilishlari kerak. 
Talaba turkiy xalqlarning kelib chiqishi va tarqalishi masalasini o’rganishda 
qadim yozuv masalasiga alohida e’tibor berishi lozim. 
CHunki, turkiy xalqlarning kelib chiqishi va tarqalish hududlari ularning eng 
qadim yozuv yodgorliklari geografiyasidan ham bilib olish mumkin. Bu haqda 
taniqli So’g’dshunos olim M.Ishoqov o’z tadqiqotlarida isbotlab bergan. Bunga 
ko’ra qadimgi Urxun-Oltoy, Yoqutiston, Ob-Irtish havzalari, Mo’g’ulistondan to 
                                                           
1
  Исҳоқов  М.  Қадимги  Туркий  ёзма  ёдгорликлар  географияси  ва  туркий  халқлар 
этногенетик  муносабатлар  масалалари  //  Туркология.  Туркистон  қозоқ-турк 
университети. -№2. Туркистон. 2003, 7-12 бетлар. 
2
  Асқаров  А.А.  Орийлар  муаммоси;  янгича  қарашлар  ва  ёндашувлар  //  Ўзбекистон 
тарихи моддий ва ёзма манбаларда. –Т.: Фан, 2005 йил. 69-80 бетлар.   

 
 
 
Yettisuv o’lkasigacha, Talas, Farg’ona vodiylari, Qashqadaryo vohasi, 
Qozog’iston cho’llari, Volga bo’yi, Don daryosi havzasi, SHimoliy Kavkaz, Kuban 
daryosi havzasi, Qirim Moldova, Vengriya, Bolgariya hududlari bo’ylab 
tarqalganligini bilib olamiz
1
.  
Qadimgi Turk yozuvining bu qadar keng maydonlarga tarqalishi turkiy 
xalqlar faqat Tog’li Oltoy, SHarqiy Turkiston va Janubiy Sibir o’lkalaridagina 
mavjud edi degan fikr noto’g’ri ekanligidan dalolat beradi. Bu haqda talabalar 
Akademik A.Asqarovning shu kunga qadar mavjud bo’lgan barcha arxeologik va 
tarixiy tilshunoslik materiallari asosida turkiy xalqlar Markaziy Osiyoning sharqiy 
chekkalari hisoblangan Yoqutiyadan to Dunaygacha, Dashti Qipchoqning 
shimolidan to Janubiy Turon mintaqalarigacha qadimdan yashab kelgan tub joy 
aholisi edi degan xulosasiga alohida e’tibor berishlari kerak. Osiyoda tub joy 
aholisi bo’lgan o’troq baxtar, So’g’d, Xorazm, Farg’ona, CHoch aholisi arablar 
bosqiniga qadar (VI-VIII asrlar) iqtisodiy, madaniy-ma’naviy aloqalar ta’sirida 
ko’chmanchi turkiy qabilalar bilan qorishib ketishi jarayoni yuz berdi. Natijada 
“...So’g’d va baxtariylarning katta qismi hamda barcha xorazmiylar turk etnosi 
bilan qorishib turkiy tilni o’zlashtirib oldilar So’g’d va baxtariylarning boshqa 
bo’lagi qisman turkiylar bilan qorishib, islom dinini qabul qilish jarayonida kuchli 
fors tili muhiti tufayli somoniylar davrida Eron zabon tojik xalqi tarkibini 
shakllantirdilar
2

Talaba mavzu ustida mustaqil ishlar ekan, ko’pdan-ko’p qabilalardan tashkil 
topgan Turkiy jamiyat xalqlari ijtimoiy tizimi jihatidan turli taraqqiyot 
bosqichlarida yashaganligini unutmasligi lozim. Bu jarayon ayniqsa, ko’chmanchi 
chorvador Turkiy qabilalar o’rtasida mulkiy tengsizlik yuz berishi, chorva 
mollarining katta qismi qabilalar ichidan chiqqan ayrim kishilar qo’liga o’tishi 
bilan boshlangan bo’lsa, VI-VII asrlarga kelib aholining bir qismi ekanchilik 
qilish uchun qulay bo’lgan joylarda dehqonchilik xo’jaligiga o’tish, ya’ni o’troq 
hayotga o’tish davrida ayniqsa, ko’chmanchi chorvador Turkiy qabilalar o’rtasida 
mulkiy tengsizlik yuz berishi, chorva mollarning katta qismi qabilalar ichidan 
chiqqan ayrim kishilar qo’liga o’tishi bilan boshlangan bo’lsa, VI-VII asrlarga 
kelib aholining bir qismi ekinchilik qilish uchun qulay bo’lgan joylarda 
dehqonchilik xo’jaligiga o’tish, ya’ni o’troq hayotga o’tish davrida ayniqsa 
tezlashib borganligini bilishlari kerak. SHu bilan birga dehqonchilik xo’jalik 
yuritishga o’tgan aholining o’troq qismi jamiyatning ilg’or madaniy jihatdan 
rivojlangan qatlamini tashkil etib borganligiga alohida e’tibor berish zarur. 
Urug’-qabila tuzilishining asosiy qismi yirik oiladan iborat katta patriarxal jamoa 
edi. Aholining ko’pchiligini tashkil etgan qismi “budun” yoki “qora budun” 
qabilalaridan ajralib chiqqan boy–badavlat zadagonlarning vakillari “bek” deb 
atalib, jamiyat “hoqon” va qabilalar oqsoqollari Kengashi- “qurultoy” tomonidan 
boshqarilib borilgan. 
                                                           
1
  Исҳоқов  М.М.  Қадимги  Туркий  ёзма  ёдгорликлар  географияси  ва  туркий  халқлар 
этногенетик  муносабатлар  масалалари  //  Туркология.  Туркистон  қозоқ-турк 
университети. -№ 2, Туркистон, 2003, 7-12-бетлар.  
2
  Асқаров  А.А.  Орийлар  муаммоси,  янгича  қараш  ва  ёндошувлар  //  Ўзбекистон 
тарихи моддий ва ёзма манбаларда. -Т.: Фан, 2005 йил, 74-бет.  

 
 
 
Talabalar ilgari chorvachilik bilan shug’ullanib ko’chib yuruvchi turkiy 
qabilalarning o’troqlashuvi VIII-XII asrlarda ham davom etganligini 
unutmasliklari kerak. Bu tarixiy jarayonda qabilalar o’troqlashuvi ma’lum 
hududlar bilan bog’liq bo’lib qoldi. Masalan, VIII asrda Farg’onada qarluqlar, 
SHoshda o’g’uzlar katta mavqega ega bo’lgan. 
Bu masalani o’rganishda talaba ma’ruza va tavsiya etilgan adabiyotlardan 
foydalangan holda har qanday millatning etnik shaklini belgilashda asosiy mezon 
hisoblangan qadimgi urug’, qabila, elat, xalq va millat tushunchalarini 
ta’riflashga e’tibor berib, bu tushunchalarning bir-biridan farqi nimada ekanligini 
ochib beradi. 
O’zbek, qozoq, qirg’iz, turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq va boshqa ko’plab 
hozirgi zamon turkiy tilli xalqlarning ijtimoiy madaniy hayotida qadimgi turkiy 
qabilalarning o’rnini tushunib yetishga harakat qiladi. 
Hozirgi zamon turkiy davlatchilikning ilk bosqichlarida o’g’iz, qarluq, 
qoraxoniy va boshqa turk davlat uyushmalari Markaziy Osiyoda qadimgi 
dehqonchilik, ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi turkiy qabilalarga suyangan 
holda o’z davlat uyushmalarini o’rnatganlar. Mustaqil o’qishda 1917 yil Oktyabrь 
to’ntarishidan so’ng bolьsheviklarning o’rta Osiyo xalqlariga nisbatan yurgizgan 
shovinistik siyosati natijasida yagona Turk respublikasi tuzilmay qolganligi 
sabablarini tushuntirib, nima uchun milliy Vatanparvarlarga salbiy ma’noda 
“Panturkizm” tamg’asi bosilgan
1

1924-1930 yillardan Markaziy Osiyoda “Etnik belgilari”ga qarab 
o’tkazilgan “Milliy chegaralanish” siyosati tufayli besh milliy respublikalar 
tashkil etilishi azaldan bir tarixiy taqdirga ega bo’lgan bu xalqlarni bo’lib 
tashlash orqali ularni “Markaz” dan boshqarish yo’lga qo’yilganligi sababini 
oching. 
Nima sababdan 1920 yillarda Turkiy tilli  xalqlarni Turkiston nomi bilan 
mustaqil davlatga birlashtirish  mumkin ediyu, hozir nima sababdan bu ishni 
amalga oshirib bo’lmaydi degan savolga talaba o’ylanishi zarur bo’ladi.  
XX asr boshlarida vujudga kelgan tarixiy vaziyat va tarix taqozosi bilan 
mustaqillikka erishgan milliy Respublikalar o’zligini anglab, o’z huquqini o’zi 
belgilab turgan o’zbek, qozoq turkman, ozarbayjon va boshqa turkiy zabon 
xalqlarni tarix tan olib, ular mustaqil ichki va tashqi davlat siyosatini 
yurgizayotgan bir vaziyatda, ularni mustaqil millat sifatida mavjudligiga 
boshqacha qarash endilikda maqsadga muvofiq emasligini talaba tushunmog’i 
lozim. Bugungi kunda o’zligini anglagan turkiy zabon o’zbek, qozoq, qirg’iz, 
ozarbayjon millati va davlati qaror topdi. Endilikda, o’zbek, qozoq, qirg’iz, 
turkman ozarbayjon atamalari etnonimga aylandi.  
                                                           
1
  Турк  файласуфи  Зиё  Кўкалп,  Туркистон  миллий  жадидлари  Беҳбудий,  Фитрат, 
Чўлпон,  Мунаввар  Қори  Абдурашидхонов  шунингдек  Туркистон  совет  автоном 
республикаси  Марказий-ижроия  қўмитаси  раиси  Турар  Рисқулов  ва  унинг  аъзолари 
А.Рахимбоев,  С.Ходжанов  ва  кўплаб  зиёлиларга  “Пантуркизм”  тамғаси  босилиб, 
жисмоний жиҳатдан йўқ қилиндилар.  

 
 
 
SHunday ekan, Markaziy Osiyoda yagona turk davlatini tuzish emas, balki 
Turkiy  zabon  mustaqil  davlatlarning konfederatsiyasini mustahkamlash hayotiy 
zaruratga aylandi. 
SHu ma’noda Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Markaziy 
Osiyoda Mustaqil davlatlar konfederatsiyasi tuzishga qaratilgan “Turkiston 
umumiy uyimiz” nomi ostida yuritayotgan siyosati bugungi kunning eng muhim 
masalasi bo’lib qolmoqda.    
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling