O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ta’lim jarayoni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana09.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1938
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN MUSTAQIL 
TA’LIM JARAYONI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
KIRISH 
 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir 
qatorda tanlangan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va 
malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda 
muammoli vaziyatlarni to’g’ri aniklab, tahlil kilib, sharoitga tez moslasha oladigan 
mutaxasislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilanadi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  o’zining  “Yuksak 
ma’naviyat  –  yengilmas  kuch”  asarida  yosh  avlod  qalbida  yuksak  ma’naviyatni 
shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimining o’rni yuksakligiga alohida e’tibor qaratib 
“...  farzandlarimizni  mustaqil  va  keng  fikrlash  qobiliyatiga  ega  bo’lgan,  ongli 
yashaydigan  komil  insonlar  etib  voyaga  yetkazish  –  ta’lim  tarbiya  sohasining 
asosiy  maqsadi  va  vazifasi  bo’lishi  lozim,  deb  qabul  qilishimiz  kerak”,  -  deb 
ta’kidlab o’tadi
1
.    
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan 
hozirgi  sharoitda  barcha  ma’lumotlarni  faqat  dars  mashg’ulotlari  paytida 
talabalarga  yetkazish  vaqt  nuqtai  nazaridan  amalga  oshirish  mushkul  vazifa 
hisoblanadi.  
Tajribalar  shuni  ko’rsatadiki,  talaba  mustaqil  ravishda  shug’ullansa  va  o’z 
ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. Talabalarning 
asosiy  bilim,  ko’nikma  va  malakalari  mustaqil  ta’lim  jarayonidagina  shakllanadi, 
mustaqil  faoliyat  ko’rsatish  qobiliyati  rivojlanadi  va  ularda  ijodiy  ishlashga 
qiziqish paydo bo’ladi.  
SHuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil 
qilish  va  buning  uchun  barcha  zaruriy  shart-sharoitlarni  yaratish,  dars 
mashg’ulotlarida  talabalarni  o’qitish  bilan  bir  qatorda  ularni  ko’proq  o’z  ustida 
mustaqil  ta’lim  olish  uchun  yo’llanma  berish  oliy  ta’lim  muassasasining  asosiy 
vazifalaridan biri hisoblanadi.  
Talaba  mustaqil  ishi  (TMI)  –  muayyan  fandan  o’quv  dasturida  belgilangan 
bilim,  ko’nikma  va  malakaning  ma’lum  bir  qismini  talaba  tomonidan  fan 
o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida 
o’zlashtirilishiga yo’naltirilgan tizimli faoliyatdir.  
O’kishning boshlang’ich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar 
bilan  bog’liq.  Ayniqsa,  birinchi  kurs  talabalarining  ta’limining  navbatdagi  turi  – 
oliy  ta’limga  ko’nikishi  qiyin  kechadi.  CHunki  ular  ta’lim  olish  jarayonida  o’z 
mustaqil  faoliyatlarini  tashkil  qilishni  deyarli  bilishmaydi.  Ma’lumotlarni  qaysi 
manbadan,  qanday  qilib  topish,  ularni  tahlil  qilish  va  zarurlarini  ajratib  olib 
tartibga  solish,  konspektlashtirish,  o’z  fikrini  aniq  va  yorqin  ifodalash,  o’z 
vaqtlarini to’g’ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to’g’ri 
baholash  ular  uchun  katta  muammo  bo’ladi.  Eng  asosiysi,  ular  mustaqil  ta’lim 
olishga ruhan tayyor bo’lishmaydi.  
                                                           
1
 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. -Т., Маънавият. 2008. 60-61-
бетлар.  

 
 
 
SHuning uchun har bir professor-o’qituvchi dastlab talabada o’z qobiliyati va 
aqliy  imkoniyatlariga  ishonch  uyg’otish,  ularni  sabr-toqat  bilan,  bosqichma-
bosqich  mustaqil  bilim  olishni  to’g’ri  tashkil  qilishga  o’rgatib  borish  lozim.  Bu 
jarayon  dastlab  dastur  asosida  amalga  oshirilishi  lozim  bo’lgan  amaliy 
mashg’ulotlarni  bajarish  jarayonida  o’qituvchi  tomonidan  adabiyotlar  ustida 
ishlash  jarayonidan  boshlash  maqsadga  muvofiq  deb  o’ylaymiz.  Talabalar 
tomonidan mustaqil ravishda o’zlashtiriladigan bilim va ko’nikmalarning kursdan-
kursga  murakkablashib,  kengayib  borishini  hisobga  olgan  holda  ularning 
tashabbuskorligi  va  rolini  oshirib  borish  zarur.  SHundan  mustaqil  ta’limga 
ko’nikma  orttirgan  talaba  faqat  o’qituvchi  tomonidan  belgilab  berilgan  ishlarni 
bajaribgina  qolmay,  o’zining  ehtiyoji,  qiziqishi  va  qobiliyatiga  qarab,  o’zi  zarur 
deb hisoblagan qo’shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o’zlashtirishga 
o’rganib boradi.  
I. MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH 
 
Mustaqil  ta’limni  amalga  oshirish  bugungi  kun  ta’lim  jarayonining  muhim 
bo’g’inlaridan biri sifatida amalda joriy etilgan bo’lib, uni tashkil qilish jarayonlari 
va uslublari yildan-yilga takomillashtirib borilmoqda. Mustaqil ta’lim talabalarning 
qo’shimcha  bilim  va  ma’lumotlarga  ega  bo’lishi,  o’z  ustida  ishlash  malakasi  va 
mas’uliyatining  shakllantirilishi,  mazkur  jarayonda  xosil  qilingan  turli 
malakalarning takomillashtirib borilishi asnosida talabalarning kelgusida yetuk va 
malakali  mutaxassislar  bo’lib  yetishishlari  uchun  asos  bo’lishi  lozim  bo’lgan 
omillardan  biri  sifatida  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Fanning  muayyan 
qismlarini  o’rganish  va  o’zlashtirishni  talabalar  tomonidan  mustaqil  ravishda 
amalga oshirilishi mustaqil ta’limning mazmunini tashkil qilar ekan, uning tashkil 
etilishi,  aniq  maqsad  va  vazifalarning  qo’yilishi  hamda  yo’nalishlarning 
aniqlanishi  bu  jarayonni  amalga  oshirilishini  osonlashtiradi.  Ayni  vaqtda 
talabalarning  mustaqil  ta’limni  amalga  oshirishi  jarayonida  e’tibor  berilishi  lozim 
bo’lgan asosiy jihatlar, mavzularning asosiy xususiyatlari, ularning tadqiq qilinishi 
va  o’rganilishi  uslublari,  mustaqil  ishlarning  tayyorlanish  usullari  va  turlari, 
mavzularning  mazmunidan  kelib  chiqqan  holda  mustaqil  topshiriqlarning 
bajarilishi  turlarining  xilma-xilligi  talabalarning  bu  jarayonni  to’liq  bajarish  va 
maqsadga erishish imkoniyatlarini oshiradi. 
Mustaqil  ta’limni  amalga  oshirilishi  jarayonida  quyidagilarga  alohida 
ahamiyat berish zarur bo’ladi: 
1.
 
Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilish  namunaviy  va  ishchi  o’quv  rejalariga  mos 
ravishda amalga  oshirilishi; 
2.
 
Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilish  va  uni  amalga  oshirish  kafedra  yig’ilishida 
ko’rib chiqilib, ma’qullanganligi; 
3.
 
Mustaqil ta’limni tashkil qilish va mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzular 
fan  dasturi  va  ishchi  dasturda  belgilangan  tartibda  ishlab  chiqilib, 
tasdiqlanganligi; 
4.
 
Mustaqil  ta’lim  uchun  ajratilgan  mavzular  muayyan  bir  mavzuning  biror 
qismini yoritib bergan holda umumiy tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda bilim 
olish uchun yo’naltirilganligi; 

 
 
 
5.
 
Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilishda  mavzular  yuzasidan  adabiyotlar  (manbalar) 
ro’yxatining oldindan talabalarga taqdim qilinishi; 
6.
 
Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilishda  aniq  maqsadning  belgilanganligi  va  rahbar 
(o’qituvchi) tomonidan aniq topshiriqning qo’yilishi. 
7.
 
Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilish  jarayonida  mustaqil  ta’lim  mavzularini 
tayyorlash  shakllarining  avvaldan  belgilab  berilishi  ((reja  (oddiy  yoki 
murakkab)  asosidagi  konspekt,  tezislar,  xronologiya,  jadvallar  va  boshqa 
shakllarda yozma, og’zaki yoki ijodiy ish (referat) tarzida)); 
8.
 
Mustaqil ta’lim natijalarining rahbar (o’qituvchi) tomonidan tekshirish jarayoni 
(shakllari)  va  uning  baholanish  tartiblari  va  ballar  miqdorlarining  talabalarga 
avvaldan taqdim qilinishi. 
9.
 
Yuqorida  sanab  o’tilgan  shartlarning  har  birining  alohida  xususiyatlari  haqida 
so’z yuritamiz. 
 
I.1. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning namunaviy va ishchi o’quv 
rejalariga mosligi  
Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilish  namunaviy  va  ishchi  o’quv  rejalariga  mos 
ravishda amalga  oshirilishi quyidagi talablarga mos kelishi ko’zda tutiladi: 

 
Mustaqil  ta’limni  tashkil  etilishi  eng  avvalo  barcha  ta’lim 
yo’nalishlarning  namunaviy    va  ishchi  o’quv  rejalariga  asoslangan  holda 
belgilangan bo’lishi shart. 

 
“O’zbekiston tarixi” fani barcha ta’lim yo’nalishi namunaviy va ishchi 
o’quv  rejasi  bo’yicha  nomutaxassis  yunalishidagi  fakulьtetlarning  I  bosqich 
talabalariga o’tilishi belgilab qo’yilgan. 

 
Har  bir  semestr  uchun  mustaqil  ta’limning  amalga  oshirilishi  ko’zda 
tutilib, unga ajratilgan soatlar miqdorining taqsimotini quyidagi o’quv-uslubiy 
xarita tarkibiga kiruvchi jadvalda ko’rish mumkin: 
 
Fan 
Kurs 
Semestr 
Mustaqil 
ta’lim 
soatlari 
miqdori 
O’zbekiston 
tarixi 

1 yoki 2 
50 
Jami 

1 yoki 2 
50 
 
I.2. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirishning kafedra 
yig’ilishida ko’rib chiqilishi  
 
Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilish  va  uni  amalga  oshirish  kafedra  yig’ilishida 
ko’rib chiqilib, ma’qullanishi uchun quyidagilar bajarilishi zarurdir: 
–  Mustaqil  ta’lim  uchun  fan  dasturida  tavsiya  qilingan  mavzular  aniqlanishi 
(bankining yaratilishi); 
–  Mustaqil  ta’lim  uchun  belgilangan  mavzularning  ishchi  o’quv  dasturida 
soatlar bilan ta’minlanishi (ishchi o’quv rejaga asoslangan holda); 

 
 
 
–  Kafedra  uslubiy  yig’ilishigacha  kamida  ikkita  professor-o’qituvchi 
tomonidan tahlil qilinishi (mavzularning fan (kurs) mavzulari doirasiga tegishliligi, 
soatlar  miqdorining  mos  kelishi,  mavzularning  qo’yilishi  va  talabalar  bilimini 
boyitishi  uchun  ahamiyatliligi  va  boshqalar)  va  yig’ilish  muhokamasi  jarayonida 
tegishli xulosalar berilishi; 
–  Kafedra  yig’ilishida  ma’qullangandan  so’nggina  ishchi  dasturga  kiritilishi 
va  belgilangan  tartibda  tasdiqlangandan  so’ng  talabalarga  taqdim  qilinishi 
mumkin. 
 
I.3. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning fan dasturi va ishchi dasturga 
mosligi  
 
Mustaqil ta’limni tashkil qilish va mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzular 
fan  dasturi  va  ishchi  dasturda  belgilangan  tartibda  ishlab  chiqilishi  zaruriy  holat 
bo’lib,  bunda  mustaqil  ta’limni  amalga  oshirish  va  uning  bajarilishi  uchun 
belgilangan zaruriy holatlar hamda tavsiyalar namunaviy dasturda umumiy holda, 
ishchi  dasturda  esa  batafsil  holda  ko’rsatib  berilishi,  ishchi  dasturda  mustaqil 
ta’lim  uchun  belgilangan  mavzularning  umumiy  ro’yxati  hamda  adabiyotlar 
(manbalar) ro’yxati berilgan bo’lishi shartdir. 
 
I.4. Mustaqil ta’lim mavzularining muayyan bir mavzuning biror qismini 
yoritib berish va bilim olish uchun yo’naltirilganligi 
 
Mustaqil  ta’lim  uchun  ajratilgan  mavzular  muayyan  bir  mavzuning  biror 
qismini  yoritib  bergan  holda  umumiy  tasavvur  hosil  qilish  va  ayni  vaqtda  bilim 
olish  uchun  yo’naltirilganligi  katta  ahamiyatga  ega  holatdir.  O’zbekiston  tarixi 
faninig 1-bosqich talabalari uchun ajratilgan qismi eng qadimgi davrlardan  hozirgi 
kunlargacha  bo’lgan  davrni  o’z  ichiga  olgan  bo’lib,  kurslar  uchun  belgilangan 
ma’ruza  soatlarida  tarixiy  jarayonlarni  to’liq  va  batafsil  ochib  berish  imkoniyati 
cheklangan. Garchi har bir mavzu yuzasidan ma’lum miqdorda ma’ruza va seminar 
mashg’ulotlari  uchun  soatlar  ajratilgan  bo’lsada,  talabalarning  mazkur  mavzular 
yuzasidan  to’liq  va  chuqur  bilim  olishlari  uchun  to’g’ri  tashkil  qilingan  mustaqil 
ta’lim juda katta samara beradi. Bunda o’tilayotgan har bir mavzuning aynan qaysi 
qismini mustaqil ta’lim uchun ajratish va uni qay tariqa tashkil qilish muayyan bir 
mavzuning  talabalar  tomonidan  har  tomonlama  va  batafsil  holda  o’rganish, 
xulosalar chiqarish, tasavvurga va bilimga ega bo’lishi uchun zamin bo’ladi.    
SHu o’rinda ta’kidlab o’tish kerakki, ayrim iqtidorli va ilmiy tadqiqotlar qilish 
malakasini    ma’lum  darajada  shakllantirgan  talabalarga  aniq  bir  muammoga 
yo’naltirilgan  mavzularni  mustaqil  ish  (yoki  ilmiy  tadqiqot  ishi)  sifatida  berish 
malakali mutaxassislarni tayyorlashda beqiyos ijobiy ta’sir ko’rsatishi  mumkin va 
eng  ahamiyatli  tomoni  shundaki,  bunday  ishlar  mustaqil  ta’lim  tarzida,  rahbar 
(o’qituvchi)  tomonidan  ko’rsatilgan  tavsiyalar  yordamida  amalga  oshiriladi,  ayni 
vaqtda talabada tadqiqot malakasini shakllantirishga yordam beradi. 
 
I.5. Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish 

 
 
 
 
Talabalar  mustaqil  ishini  samarali  tashkil  etishda  quyidagi  jihatlarga  alohida 
e’tibor berish talab etiladi: 
-tizimli yondashish; 
-barcha bosqichlarni muvofiqlashtirsh va uzviylashtirish; 
-bajarilishi ustida qat’iy nazorat o’rnatish; 
-tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish zarur. 
Mustaqil ish topshiriqlarini muvaffaqiyatli yakunlashi uchun quyidagi talablar 
bajarilishi lozim: 
-maqsad,  bilimni  mustahkamlash,  yangi  bilimlar  o’zlashtirish,  faollikni 
oshirish, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish aniq asoslanishi; 
-vazifa va topshiriqlarning aniq va ravshan belgilanishi; 
-topshiriqlarni  bajarish  algoritmi  va  metodlaridan  talabalarning  yetarli 
darajada xabardor bo’lishi; 
-maslaxat  va  boshqa  yordam  turlarining  to’g’ri  belgilanishi  (yo’llanma  va 
ko’rsatma  berish,  mavzuning  mazmuni  va  mohiyatini  tushuntirish,  muammoli 
topshiriqlarni  bajarish  usullari  bo’yicha  tushuncha  berish,  ayrim  muammoli 
xolatlarni birgalikda hal qilish); 
-hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash; 
-nazorat  vaqti,  shakli  va  turlarini  aniq  belgilab  olish  (amaliy  seminar, 
laboratoriya  mashg’ulotlari,  konsulьtatsiya  uchun  yoki  nazorat  uchun  maxsus 
ajratilgan  vaqt,  ma’ruza  yoki  referat  matni, bajarilgan topshiriqlar daftari,  nazorat 
ishlari,  uy  vazifasi  daftari,  kurs  ishlari,  test,  maqola,  nostandart  topshiriqlar, 
savollar,  maqola, ko’rgazmali  jixozlar  va ijodiy  ishlar,  savol-javob, bajarilgan ish 
mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish). 
 
I.6. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda adabiyotlar ro’yxatining  taqdim 
qilinishi 
 
«O’zbekiston tarixi» fanining ishchi o’quv dasturida har ma’ruza va seminar 
darslari  uchun  hamda    fan  uchun  umumiy,  asosiy  va  qo’shimcha  adabiyotlar, 
manbalar  ro’yxati  beriladi.  Mustaqil  ta’limni  tashkil  kilish  jarayonida  shuni 
inobatga  olish  zarurki,  talaba  ma’ruza  uchun  belgilangan  asosiy  adabiyotlardan 
mustaqil  ta’lim  mavzusi  uchun  yetarli  ma’lumot  ololmasligi  mumkin.  CHunki, 
mustaqil  ta’lim  mavzusi  aynan  bir  muammoviy  mavzuga  yoki  aniq  bir  masalaga 
yo’naltirilgan bo’ladi. Bu esa aynan shu masala uchun tegishli bo’lgan adabiyotlar 
va  manbalar  ro’yxatini  qo’shimcha  tarzda  talabalarga  yetkazib  berish  zaruriyatini 
yuzaga keltiradi. 
Adabiyotlar  va  manbalar  ro’yxatiga  ega  bo’lgan  holda  aniq  bir  mavzu 
yuzasidan  ma’lumotlar  yig’ish  va  uni  tahlil  qilish  talabaga  osonlik  tug’diradi, 
uning vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil qilishga yordam beradi, bu esa o’z navbatida 
mustaqil ta’lim jarayonida olingan natijaning samarali bo’lishiga zamin yaratadi. 
 
 
II. Mustaqil ta’lim jarayonida adabiyotlar bilan mustaqil ishlash uslubiyati 

 
 
 
 
Maьlumki,  ijtimoiy  fanlardan  olingan  bilimlarni  puxta  egallashda  ma’ruza, 
amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ishlash, nazariy-ilmiy anjumanlar, o’zaro suhbatlar 
o’tkazish,  radio-televidenie  orqali  beriladigan  ijtimoiy-siyosiy  eshittirish  va 
ko’rsatuvlar, matbuotdan hamda internetdan keng foydalanish kabi turli yo’nalish 
va uslubiyatlardan foydalanish mumkin.         
Adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ikki, ya’ni keng va tor ma’noga ega bo’lib, 
keng  ma’noda  deganda,  umuman  bilimlarni  mustaqil  o’rganish  tushuniladi.  Tor 
ma’noda esa birinchi  manbalar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar ustida yakka tartibda 
mustaqil o’qish, ya’ni «akl-zakovat bilan ishlashga katьiy kirishish» tushuniladi. 
Kitob ustida ishlash uzoq tarixga borib taqaladi. Insoniyat paydo bo’lishi bilan 
uz  tarixi,  madaniyati,  fan  yutuqlarini  keyingi  avlodga  asosan  shu  kitob  orqali 
qoldirganlar. Demak, kitob ustida tinimsiz ishlagan kishigina o’z bilimini oshirib, 
mustahkamlab  boradi.  Misol  uchun  SHarqning  buyuk  allomalaridan  al-Forobiy, 
Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Farg’oniy, Mirzo Ulugbek, Navoiy va 
boshqalar  tinimsiz  mehnat  orqali  o’z  bilimlarini  oshirib  borganlar  va  yangi-yangi 
muammolar  yechimini  topishga  harakat  qilganlar.  Demak,  biron-bir  fanni 
egallashda, uni chuqur va har tomonlama o’rganmoq uchun ko’plab kitoblar bilan 
ishlash zarurdir. 
«O’zbekiston tarixi» fanini o’rganish jarayonida kitob bilan mustaqil ishlash 
eng  avvalo  o’quvchiga  juda  katta  tushuncha  beradi,  chunki  kitob  bir  avlodning 
ikkinchi  avlodga  vasiyati.  Biz  ko’p  narsani  kitobdan  o’rganamiz,  o’z 
dunyoqarashimizni, 
ongimizni, 
bilimimizni, 
maьnaviyatimizni 
boyitamiz. 
Adabiyot  bilan  mustaqil  ishlashda  fakat  u  yoki  bu  kitobdan  olingan  ma’lumot 
emas, balki ish jarayoni, uning usullari xam katta ahamiyatga ega. 
Bilimni  egallash  ikki  yo’nalishda  bo’lishi  mumkin:  berilgan  materialni 
to’g’ridan-to’g’ri  yodlab  olish  va  faktlarni  tankidiy  tahlil  qilib,  mustaqil  fikrlash. 
Birinchi  holda  material  passiv  egallandi,  faqat  yodlanadi,  ikkinchi  holda  esa  turli 
manbalardan  bilimlarni  tanqidiy  fikrlab  va  amalda  ongli  yondashib,  aniq  dalillar 
asosida boyitish mumkin buladi. Xaqiqatni to’g’ri anglab yetishda bilimlarni qat’iy 
ishonch bilan izlanish natijasida egallash nixoyatda katta ahamiyatga ega. 
Mustaqil o’qishda xech qachon birinchi manbani chuqur tahlil qilmasdan yoki 
mag’zini tushunmasdan turib muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. SHu tufayli, 
kitob  ustida  mustaqil  ishlash  bilan  materialni  og’zaki  bayon  qilishni  aralashtirib 
yurmang,  o’rganilayotgan  mavzuning  asosiy  masalalarini,  murakkab  nazariy 
koidalarini  egallab,  ularning  to’g’riligiga  ishonch  hosil  qilishga  erishganingiz 
maьquldir.  CHunki  ayrim  talabalar  ma’ruza  va  amaliy  mashg’ulot  darslari  bilan 
chegaralanib qoladilar. 
Xaqiqatdan  ham  ma’ruza  qanchalik  keng  qamrovli,  mukammal  bo’lishga 
qaramay  unda  u  yoki  bu  muammo  bo’yicha  asosiy  qoidalar,  ya’ni  cheklangan 
material beriladi. SHuning uchun ham ma’ruza kimnidir qondiradi, boshqa birovni 
qondirmaydi,  birov  konspekt  qilishga  ulguradi,  birov  esa  yuk.  Demak,  materialni 
o’rganish  uchun  ko’prok  kitob  bilan  mustaqil  ishlashga  to’g’ri  keladi.  Mustaqil 
ishlashda  har  kim  kitob,  ya’ni  manba  bilan  o’z  qobiliyat  va  ko’nikmasiga  qarab 
ishlaydi, birov bir vaqtning o’zida bir necha kitobdan foydalanish, materialni puxta 

 
 
 
egallash  uchun  uni  qayta-qayta  o’qishi  mumkin.  To’g’ri,  hamma  talaba  ham 
mustaqil  ishga  bir  hilda  tayyor  emas,  bu  hol  “Kadrlar  tayyorlashning  milliy 
dastur”ida  taьkidlaganidek  “har  bir  o’qituvchi-murabbiyning  to’g’ridan-to’g’ri 
vazifasi bo’lib, talabani mustaqil ishlashga ko’nikma hosil etishga har tomonlama 
uslubiy  yordam  berish”ni  talab  etadi.  CHunki,  hozirgi  zamon  yangi  pedagogik 
texnologiyasi  shuni  taqozo  etmoqda,  yoki  bu  o’qituvchi  qanchalik  talabani 
qiziqtira olishiga bog’liq jarayondir. Maьlumki, inson ko’p hollarda o’zi qiziqqan 
ishga  ishtiyoq  bilan  kirishadi.  SHunday  ekan,  mustaqil  o’qish  mahorati  ham 
tinimsiz mehnat, izlanish, ko’nikma va maьlum darajada chidam va tirishqoqlikni 
talab qiladi. 
Manba  ustida  mustaqil  ishlash  ko’p  qirrali  bo’lib,  o’z  ichiga  ayrim  so’zlarni 
tagiga  chizish,  matniga,  hoshiyaga  belgilar  qo’yish,  reja  tuzish,  konspekt  qilish 
kabi turli  usullarni oladi.  Tabiiyki,  bu usullarning biri oson  bo’lsa, biri  murakkab 
yoki uzoq mehnat talab qiladi. 
Mustaqil  ishlash  uchun  tavsiya  etilgan  adabiyotlar  asosiy  mezon-maqsadli 
bo’lishi kerak.  Agar siz biror  kitobni olib  u  to’g’risida  umumiy  tushunchaga ega 
bo’lmoqchi  bo’lsangiz,  buning  uchun  so’zboshi  va  mundarijasini  ko’zdan 
kechirish,  yangi  material  bormi,  qoida  va  xulosalar  qanday  yoritilganligini  qarab 
chiqishingiz  zarur.  Agar  maqsad uni  chuqur  o’rganish  bo’lsa  vazifa ham  kengroq 
qo’yiladi.  Berilgan  adabiyotlarni  ayrimlari  bilan  chegaralanib  qolmasdan,  balki 
to’liq tavsiya etilgan kitoblar ustida mustaqil ishlash o’z samarasini beradi. Bunda 
qiyinchiliklar  va  to’siqlar  bo’lishi  tabiiy.  CHunki  mustaqil  ishlash  ko’nikmasi 
birdaniga  shakllanmaydi.  SHuning  uchun  undan  cho’chimasdan,  ishtiyoq  bilan 
mehnat  qilish,  intizomga  rioya  etish,  qo’yilgan  maqsad  sari  tinmay  intilish, 
to’siqlarni yenga bilish kerak. 
Yana  bir  uslubiy  ko’rsatma  shuki,  ijtimoiy-siyosiy,  tarixiy  manbalarga  oid 
kitobni birdaniga boshidan oxirigacha o’qib chiqishga harakat qilmasdan turib, uni 
bo’lib-bo’lib  o’qish,  o’rganish,  konspekt  qilish,  tezislar  tuzish,  belgilar  qo’yish, 
tsitatalar olish, ularning mag’zini chaqish, fikr yuritish maqsadga muvofiqdir. 
 
II.1. Adabiyotlarni mustaqil o’qishda eьtibor berish kerak bo’lgan 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling