O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ta’lim jarayoni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana09.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

 
 
 
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa 
shakllardagi  vazifalar  ham  topshirilishi  mumkin.  Talabalarga  qaysi  turdagi 
topshiriqlarni  berish  lozimligi  kafedra  tomonidan  belgilanadi.  Topshiriqlar  puxta 
o’ylab  chiqilgan  va  ma’lum  maqsadga  yo’naltirilgan  bo’lib,  talabalarning 
auditoriya  mashg’ulotlarida  olgan  bilimlarini  mustahkamlash,  chuqurlashtirish, 
kengaytirish va to’ldirishga xizmat qilishi kerak. 
  
VI. Mustaqil ta’lim topshiriqlarini tayyorlash usullari 
 
Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilish  jarayonida  belgilangan  mavzularning turli  
mazmunga    va    turli    davrlarga    oid    tanlanishi    muhim    ahamiyat    kasb    etadi.  
Agar    mustaqil    ta’lim    uchun    topshirilgan    mavzular    bir    xil    mazmundagi  
(masalan,    faqat    siyosiy    tarix    yoki    faqat    iqtisodiy    masalalar    va    hokazo)  
mavzulardan    iborat    bo’lsa,    talabalarning    fanni    faqat    bir  tomonlama    (yoki  
cheklangan   holdagi   maьlum    bir    soha   bo’yicha)   o’rganishlariga  majbur    qilib  
qo’yadi.    Bu    esa    o’z    navbatida    talabalarning    eng    avvalo    tarix  sohasidagi   
bilimlarini    cheklanishiga    yoki    bir    yoqlama    bo’lib    qolishiga    olib    kelsa,  
ikkinchidan    ularning    tarixiy    jarayonlarni    o’rganishdagi    turli  uslublardan  
foydalanmaslikka  (chunki  maьlum  uslublar  hamma  mavzular  uchun  ham  mos  
kelavermaydi)    va    ularni    chetlab    o’tishiga    olib    keladi.    Natijada    talaba    fan  
(kurs)  yuzasidan  o’rganishi  lozim  bo’lgan  (ko’zda  tutilgan)  barcha  mavzularni  
o’rganmaydi  va  yetarli  bilimga  ega  bo’lmaydi. 
Yuqoridagilardan    xulosa    qilib    aytish    o’rinliki,    fan    (kurs)    yuzasidan  
berilayotgan  har  bir  mavzu  rahbar  (o’qituvchi)  tomonidan  avvaldan  atroflicha  
o’rganilishi    va    shundan    so’nggina    talabalarga    tavsiya    qilinishi    lozim.    Bu  
jarayonda  kafedraning  o’rni  haqida  yuqoridagi  bandlarda  aytib  o’tilgan  edi. 
Mustaqil    ta’lim    uchun    belgilangan    (tavsiya    etilgan)    mavzular    tarix  
fanining  turli  sohalarini  qamrab  olar  ekan,  albatta  ularni  o’rganishda  o’ziga  
xos  tarzda  yondashish  talab  etiladi.  Mustaqil  ta’lim  mavzulari  mazmunidan  
kelib    chiqqan    holda    mustaqil    ta’lim    topshiriqlari    bir    necha    ko’rinishda  
(usulda)  tayyorlanishi mumkin. 
 
Mustaqil ishlarni tayyorlash usullari 
 

 
 
 
 
      
 
Talaba  tomonidan  mustaqil  ta’lim  uchun  tavsiya  etilgan  mavzuning  qay  
tarzda    bajarilishidan    (mavzudan    kelib    chiqqan    holda)    qatьiy    nazar,  
adabiyotlar  va  manbalar,  hujjatlar  va  matbuot  materiallarining  to’liq  ro’yxati  
(ishda    foydalanilganlari)    va    qisqa    tavsifi    berilishi    shartligi    maqsadga  
muvofiqdir. 
VI.1. Mavzuni mustaqil o’zlashtirish 
 
Fanning  xususiyati,  talabalarning  bilim  darajasi  va  qobiliyatiga  qarab  ishchi 
o’quv  dasturiga  kiritilgan  alohida  mavzular  talabalarga  mustaqil  ravishda 
o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va 
ochib  berishga  xizmat  qiladigan  tayanch  iboralar,  mavzuni  tizimli  bayon  qilishga 
Режа (оддий, 
мураккаб) 
асосидаги 
конспект 
Тезислар  
Турли 
суровномалар  
Хронология  
Жадваллар  
Чизгилар  
Хужжатли 
материаллар 
Фотосуратлар  
Хариталар  
Диаграммалар  
Графиклар  
Ёзма ёки 
огзаки 
ахборот 
Атамалар лугати 
(илмий, сиёсий, 
иктисодий, харбий, 
таянч тушунчалар) 
Реферат  
Илмий иш 
Ижодий иш 
Слайдлар  
Ахборот техноло-
гиялари асосида 
электрон овозли 
намойиш ва мулти-
медия махсулоти 

 
 
 
xizmat  qiladigan  savollarga  e’tibor  qaratish,  asosiy  adabiyotlar  va  axborot 
manbalarini ko’rsatish lozim.  
Topshiriqni  bajarish  jarayonida  talabalar  mustaqil  ravishda  o’quv 
adabiyotlaridan  foydalanib  ushbu  mavzuni  konspektlashtiradilar,  tayanch 
iboralarning  mohiyatini  anglagan  holda  mavzuga  taalluqli  savollarga  javob 
tayyorlaydilar.  Zarur  hollarda  (o’zlashtirish  qiyin  bo’lsa,  savollar  paydo  bo’lsa, 
adabiyotlar  yetishmasa,  mavzuni  tizimli  bayon  eta  olmasa)  o’qituvchidan 
maslahatlar  oladilar.  Mustaqil  o’zlashtirilgan  mavzu  buyicha  tayyorlangan  matn 
kafedrada himoya qilinadi.  
 
Namuna 
 
MaVZU: Eftaliylar, Turk xoQonligi, arablar istilosi va Hukmronligi davrida O’rta 
Osiyo 
Reja: 
1.
 
Eftaliylar  sulolasi  hukmronligi  davrida  O’rta  Osiyoda  ijtimoiy,  iqtisodiy  va 
madaniy hayot. 
2.
 
Turkiy xoqonlik davrida O’rta Osiyo. 
3.
 
Arab  xalifaligi  istilosidan  so’ng  O’rta  Osiyoda  islom  dinining  tarqalishi, 
uning  mahalliy urf-odat va udumlar bilan uyg’unlashuvi. 
4.
 
O’rta  Osiyo  xalqlari  ma’naviy-madaniy  yuksalishida  ulkan    hissa  qo’shgan 
islomshunos olimlarning tutgan o’rni. 
 
 
Bu  masalalar  ustida  mustaqil  ishlashda  talaba  ma’ruza,  darslik  va  tavsiya 
etilgan adabiyotlardan foydalangan holda eftaliylar, turk hoqonligi va arablarning 
kelib chiqishi ularning dastlabki egallab turgan xududlari haqida qisqacha bo’lsa 
ham  aniq  ma’lumotga  ega  bo’lmoqlari  lozim.  SHu  bilan  birga  ular  yashagan 
davrda  mavjud  bo’lgan  ijtimoiy  tuzilmalari  haqida  ham  ma’lum  tushunchalarga 
ega bo’lmog’imiz zarur. 
Ma’lumki,  eftalitlar  hukmronligi  (420–565  yillar)  o’rnatilgan  davrda 
mamlakatimiz  hududlarida  yerga  egalik  munosabatlari,  ya’ni  quldorlik  tuzumi 
o’rniga  dehqon-er  mulkchiligi,  ishlab  chiqarish  munosabatlari  qaror  topa 
boshlagan davr edi. 
Talaba  mamlakatimiz  hududida  feodalizm  ma’lum  darajada  o’ziga  xos 
xususiyatlarga  ega  bo’lganligiga  alohida  e’tibor  berishi    lozim.  CHunki,  feodal 
ishlab  chiqarish  usuli  turli  mamlakatlarda  turlicha  tarkib  topgan  bo’lib,  har  bir 
mamlakatning  o’z  turmush  tarzi,  o’z  an’analariga  moslashtirilgan  edi.  Masalan. 
Rossiyada feodal yer egasi hisoblangan krepostnoy feodal yer egasi – pomeshchik 
foydasiga tekin ishlab berishga  majbur  edilar.  Bu  hol  1861  yil  19 fevralь  Nizomi 
bilan krepostnoylik huquqi bekor qilinganga qadar davom etib kelgan. 
Markaziy  Osiyoda  esa  feodalizmning  ilk  bosqichlaridan  boshlab  jamoaaga 
uyushgan  erkin  dehqonlar,  yer  egasiga  ya’ni  feodalga    yerga  ishlov  berganligi 
uchun olingan hosildan renta – soliq tarzida to’lab borganlar. Bu erkin dehqonlar 
“Kashovarzlar” deb atalganlar. 

 
 
 
Er egasi bo’lgan feodal zodagonlar esa “dehqon” deb atalgan. “Dehqon” - 
“Qishloq  xo’jayini”  ma’nosini  anglatgan.  Qishloq    aholisi  yer  egasi  bo’lgan 
“Dehqon” ga soliq to’lab, unga bo’ysunishga va uning uchun ishlashga mahkum 
etilgan.  CHunki,  yuqorida  ta’kidlaganimiz  singari  yer  “Dehqon”  ning  xususiy 
mulki,  “Kashovarz”  esa  butunlay  mulkdan  mahrum  edi.  SHuning  uchun  ham 
“Kashovarz” lar “dehqon” xo’jaligida hosilning ma’lum qismi evaziga ishlashga 
majbur  bo’lganlar.  Bu  esa  qishloq  aslzoda  qatlami,  din  peshvolari  qo’lida  juda 
katta  ekin  maydonlari  va  undan  keladigan  mislsiz  boyliklar  to’planishiga  sabab 
bo’ldi.  Markaziy  hokimiyatning  kuchsizligi  tufayli  xududlarda  mayda  xo’jalik 
markazlari  vujudga  kela  boshladi.  Bu  markazlarning  o’z  hokimlari  bo’lib,  ularni 
asirlar  va  qaram  kishilardan  iborat,  yaxshi  ta’lim  olgan  harbiy  drujinalar  – 
chaqarlari qo’riqlab turgan. 
Bu 
hokimiyat 
Buxoroda–buxorxudot, 
CHag’aniyonda–chag’anxudot, 
Vardanzida–varzanxudot,  Toshkentda–tudun,  Samarqand  va  Farg’onada–ishxid, 
Usrushanada–afshin,  Xorazmda–xorazmshox,  Termizda-Termizshoh,  Iloqda-
dehqon kabi nomlar bilan atalgan. 
Ko’rsatib o’tilgan mayda feodal hukmron tabaqalarning har biri boshqalari 
ustidan hukmron bo’lish va markazlashgan kuchli hokimiyatga ega bo’lish uchun 
kurash  olib  borganlar.  Ana  shunday  tarixiy  sharoitda  tashkil  topgan  yirik 
davlatlardan biri – Eftaliylar davlatidir. 
427 yildan 487 yilgacha bo’lgan 60 yildan ko’proq vaqt mobaynida eftaliylar 
O’rta  Osiyodagi  barcha  katta-kichik  davlatlar  ustidan  o’z  hukmronliklarini 
o’rnatishga erishdilar. 
Talabalar  eftaliylar  mil.av.  I  asr  bilan  milodimizning  IV  asr  o’rtalarida 
Yettisuvdan  yanada  sharqroqdagi  xududlardan  Orol  dengiziga  kelib  qolgan 
xunnlar bilan aralashib ketgan holda Xun qabilalaridan turkiy tilini qabul qilgan 
Orol  bo’yi  sak  –  massaget  qabilalaridan  tarqagan  degan  ilmiy  xulosalarni  bilib 
olishlari  zarur.  Buning  uchun  talaba  eftaliylar  tarixi  bilan  shug’ullangan  yirik 
olimlardan 
P.I.Lerk, 
N.I.Veselovskiy, 
V.V. 
Bartolьd, 
A.Yu.Yakubovskiy, 
S.P.Tolstov, A.N.Bernshtam, Markvart Xerman asarlaridan foydalanishi mumkin. 
Eftaliylar  turlicha  nomlar  bilan  talqin  qilingan.  Masalan.  Xitoylarda  –  Ye  – 
da  yoki  I  –  va  armanlarda  –  Xettal  va  Tetal,  arablarda  –  Xeytal,  yunonlarda  – 
Abdel,  “Eftaliylar”  degan  nomning  o’zi  V  asrning  ikkinchi  yarmidan  paydo 
bo’lgan. 
Eftaliylar 
Kaspiy 
dengizidan 
Qashqargacha 
va 
Orol 
dengizidan 
Hindistongacha cho’zilib ketgan o’lkan imperiyani barpo etdilar. 
Talabalar adabiyotlar ustida ishlash davomida eftaliylar hukmronligi davrida 
O’rta  Osiyoda  feodal  taraqqiyot  vaqtinchalik  bo’lsa  ham  sezilarli  darajada 
susayib  jamiyatda  jamoa  –  urug’  va  harbiy  –  demokratik  an’analar 
mustahkamlanib  borganligini  sezadilar.  SHu  bilan  birga  ular  O’rta  Osiyo 
xalqlariga xavf solib turgan Eron sosoniylari bosqinidan himoya qilib kelganligiga 
alohida e’tibor berishlari lozim. 
Eftaliylar 
hukmdorlarining 
madaniy 
siyosati 
Budda 
an’analarini 
rag’batlantirishga  qaratilganligi  tufayli  bu  yerda  ko’plab  Budda  ibodatxonalari 
qurildi.  Bu  O’rta  Osiyoda  san’at  va  madaniyatda  alohida  O’rta  Osiyocha  uslub 

 
 
 
rivojida  yangi  bosqich  boshlanganligidan  dalolat  beradi.  Bunga  misol  tariqasida 
talaba  jahonga  mashxur  bo’lgan  Tuproqqal’a  va  Buxoro  yaqinidagi  Varaxsha 
yodgorliklarini aytib o’tishi mumkin. 
Talaba  tarix  sahnasida  paydo  bo’lgan  Eftaliylar  davlati  qudrati  oshib 
borayotganligidan tashvishga tushgan Eron sosoniylari shohi Peroz ularga qarshi 
kurash natijalaridan xulosa chiqarib olishlari eftaliy davlatining qanchalik harbiy 
qudratga  ega  ekanliklarini  his  qilishlariga  imkon  beradi.  Bu  xulosaga  eftaliylar 
podsholigi  hukmronligi  ta’sirida  bo’lgan  juda  ko’plab  xalqlar  turli  xil  diniy 
g’oyalarga  e’tiqod  qilganliklari  uchun  ham  ular  qudratining  oshib  borishiga 
imkon  bergan.  Bu  yerda  Zardushtiylik,  Manixeizm,  Mazdak ta’limoti  shuningdek 
buddizmning  yoyilishi  bilan  birga  davom  etib  kelgan.  Bu  podsholikda  diniy 
qarashlar singari qadimgi til madaniyati, yozuv uslublari ham turlicha bo’lganligi 
olimlar  tomonidan  isbot  etilgan.  Eftaliylarda  So’g’d  tili,  So’g’d  yozuvi  keng 
qo’llanilishi  bilan  birga  Buxoro  yozuvi,  Xorazm    va  Eftaliy  yozuvlari  ham  keng 
tarqalganligi xaqida ma’lumotlar yetarli ekanligini talabalar bilib olishlari zarur. 
Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra Eron shohi Perozning vafotidan so’ng hokimiyat 
tepasiga kelgan uning o’g’li Kovad (488-551 yillar) undan so’ng Kavadning o’g’li 
Xusrav  I,  Anushirovon  davrida  eftaliylar  bilan  sosoniylar  o’rtasida  iliq 
munosabatlar  o’rnatilib  borgan.  Lekin  turk  xoqonligining  eftaliylarga  qilgan 
hujumidan foydalangan Xusrav I 554 yilda eftaliylardan Toharistonni tortib oldi. 
563-567  yillarda  turk  yabg’u  xoqoni  Istami  (Silsivul)  Eron  bilan  ittifoqda 
eftaliylarga zarba berib bu davlatni o’ziga qaram qilib oldi. VI asr oxirlariga kelib 
eftaliylar turk xoqonligi roziligi bilan Eronga qarshi urush olib borib Toharistonni 
qaytarib oldi. Lekin eftaliylar endilikda Turk xoqonligiga qaram davlatga aylanib 
qolgan  edi.  SHu  tariqa  eftaliylar  davlati  asta-sekin  yemirilib  borganligini 
talabalar  anglamog’i  darkor.  Bunga  sabab  olib  borilgan  to’xtovsiz  urushlar, 
ishlab chiqarishning izdan chiqishi, yangi xo’jalik  munosabatlar paydo bo’lishiga 
qaramasdan  eski  tuzum  sarqitlari  saqlanib  qolishi  edi.  Garchi  eski  tuzumdagi 
shaharlar  inqirozga  uchrab  qabila  boyliklari  bir  necha  boy  qatlamlar  qo’liga 
o’tishsa  ham  yangi  qo’rg’on  qal’alarining  mustahkam-lanishi  orqali  yangi 
shakldagi shahar qal’alar yuzaga kelishi ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. 
Talabalar  VI  asr  o’rtalarida  Oltoy,  Yettisuv  va  Markaziy  Osiyodagi  turli 
qabilalar  birlashuvi  natijasida  vujudga  kelgan  yangi  tipdagi  davlat  ekanligini 
bilishlari lozim. Bu davlat 460 yilda SHarqiy Turkistondagi Jujan xonligi qadimgi 
turk  qabilalarini  o’ziga  tobe  qilib  Oltoyga  ko’chirib  yuborishi  va  Oltoyning 
sahovatli zaminida chorvachilik va metall qazib olishni o’zlashtirishi orqali tezda 
boyib, qabilalar sonining ortib borishi tufayli Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyoda 
ko’chib  yuruvchi  ko’chmanchi  qabilalarni  birlashtirgan  qudratli  davlatga 
aylanganligiga alohida e’tibor berishi kerak.  
Gap  shundaki,  turkiy  qabilalar  boshlig’i  Bumin  boshchiligida  o’zlari  tobe 
bo’lgan  Jujan  xonligini  yengib,  Bumin  o’zini  Ilixon  xoqon  deb  e’lon  qiladi.  555 
yilga  kelib  ular  Markaziy  Osiyodagi  barcha  qabilalar,  harbiy  Manjuriyadagi 
Kidanlar  va  Yeniseylik  qirg’izlar  ham  bu  davlatga  qo’shib  olinadilar.  Turklar 
O’rta Osiyodagi eftaliylar davlatini bosib oladilar. VI asrning uchinchi choragida 

 
 
 
SHimoliy Xitoydagi CHjou va TSi davlatlari hamda Eronga yurish qiladi. Nihoyat 
576 yil turklar Bospor (Kerchь) ni, 581 yil Xersonesni bosib oldilar. 
VI  asr  o’rtalarida  shakllangan  bu  davlat  o’zaro  kurashlar  natijasida  davlat 
boshqarish  jarayoni  susayib  bordi.  Bu  o’zaro  kurashlarga  Xitoyning  Suy 
imperiyasi  aralashishi  oqibatida  Turk  xoqonligi  SHarqiy  va  harbiy  Turk 
xoqonliklarga  bo’linib  ketdi.  Bu  I  Turk  xoqonligi  qudratining  susayishiga 
keyinchalik  uning  merosxo’ri  SHarqiy  Turk  xoqonligining  Xitoy  bilan  tinimsiz 
urushlari  soliqlarni  og’irlashtirdi.  Bu  xalqning  qashshoqlashuviga  olib  keldi. 
Natijada  Bilge  xoqon  vafotidan  (734  yildan)  so’ng  o’zaro  urushlar  natijasida 
SHarqiy Turk xoqonligi mayda xonliklarga bo’linib ketdi. G’arbiy Turk xoqonligi 
745  yilda  uyg’ur  xonligi  vujudga  keldi.  O’zining  siyosiy    va  harbiy  qudratini 
saqlabgina qolmay balki, u VII asrning ikkinchi choragida SHarqiy Turkistondan 
to  Kaspiy  dengizigacha  bo’lgan  xududlarga  qadar  kengayib  borgan.  Markaziy 
Osiyoning  g’arbiy  qismini  tashkil  etgan  qadimgi  Turon  yerlarida  qadim  va  ilk 
o’rta  asrlarda  madaniy  jihatdan  turli  bosqichlarda  bo’lgan,  lekin  ma’naviy 
dunyosi  bir-biriga  yaqin  bo’lgan  CHoch,  Farg’ona,  Ustrushona,  So’g’d, 
Tohariston,  Marg’iyona,  Parfiya,  Isfijob,  Kabadiyon,  CHag’oniyon,  Xutalon, 
Bomiyon, SHug’nom, CHitrol o’lkalari vujudga kelgan edi
1
.    
Bu  xalqlarning  bir  qismi  ekin  ekish  uchun  qulay  bo’lgan  xududlarda 
dehqonchilik,  shahar  aholisi  savdo  va  hunarmandchilik  bilan,  uning  tog’lik  va 
cho’l  hududlarida  istiqomat  qiluvchi  aholining  bir  qismi  asosan  ko’chmanchi 
chorvachilik, qisman dehqonchilik bilan shug’ullanib kelganlar. 
Ko’pdan–ko’p  turk  qabilalari    vohalar  bo’ylab  alohida  bir-biridan  hududiy 
jihatdan  ajralgan  holda  qabila–qabila  bo’lib  yashab  kelganligiga  e’tibor 
berishimiz kerak. Masalan, turkiy xalqlarning eng yirik qabilalaridan biri bo’lgan 
borloslar  asosan  Surxondaryo,  Qashqadaryo  va  qisman  Zarafshon  vohalarida, 
Muso  bozor  qabilasi  esa  Qashqadaryo  va  uning  yuqori  oqimlarida  yashagan 
bo’lsa,  Kaltatoy  qabilasi  asosan  Surxondaryo  vodiysida  yashab  kelganlar.  
Yuqorida  aytib  o’tganimizdek  Yevrosiyo  cho’l,  cho’l  oldi  va  daryo  sohillarida 
yashab  kelgan  ko’pdan-ko’p  turkiy  qabilalar  o’zlarining  qabilaviy  tillari,  hatto 
antropologik  jixatdan  bir-birlaridan  farq  qilsalar  ham  keyinchalik  ularning  yirik 
bir  ittifoqqa  birlashuvi  natijasida  ularning  til  birligi,  hayot  tarzi  bir-birlariga 
yaqin bo’lgan xalqlarni vujudga keltirdi.  
SHu  sababli  ham  turkiy  qabilalar  ma’naviy  jihatidan  farqlanmasalarda, 
ayrim urf-odatlari va xo’jalik yuritish faoliyati bilan bir-biridan farq qilganlar. 
Talabalar mavzu bo’yicha mustaqil bilim olar ekanlar g’arbiy Turk xoqonligi 
tarkibiga  kirgan  Marv,  CHorjo’y,  Buxoro,  Samarqand,  CHoch  (Toshkent), 
Sayram, Talos vodiysi, Yettisuv xududlarida ko’plab yirik shaxarlar bo’lganligi va 
bu shaharlarda ishlab chiqarilgan hunarmandchilik mahsulotlarining Xitoy, Eron 
va  Vizantiya  shaharlariga  olib  borilganligi  mintaqada  savdo-sotiqning 
yuksalishiga sabab bo’lganligiga diqkatni jalb qilishlari kerak. Bu yuksalish 634-
638 yillarga qadar davom etib keldi. G’arbiy Turk xoqonligiga Xoqon SHabolo – 
                                                           
1
 Ахмедов Б. Ўзбек улуси. -Т.: Нур, 1992 й.  

 
 
 
Ishbara  Xilishi  hukmronlik  qilgan  qisqa  davrda  g’arbiy  Turk  xoqonligining  xalqi 
10  toifaga  bo’linib  ketdi.  CHu  daryosining  garbiy  tomonida  istiqomat  qiluvchi 
qabilalar  besh  toifali  “Nushubi”  ga  daryoning  sharqiy  tomonida  yashovchi  besh 
toifa qabilalari “Dulu” nomlari bilan ajralib ketdilar. 
Ularning har biri  mustaqil  davlat bo’lib  o’zaro  urushlarga  kirishib  ketdilar. 
Bundan  foydalangan  Xitoy  qo’shinlari  bostirib  kelib,  bu  yerlarda  o’zlarining 
mustamlakachilik siyosatini olib bordilar.  
Aholi  Xitoy  mustamlakachilariga  qarshi  qo’zg’olonlar  ko’tardilar.  Natijada 
704  yil  Xoqon  Ashina  Xuaydao  mamlakatni  yana  birlashtirishga  erishdi.  Lekin, 
ichki  kurashlar,  shimoliy  qo’shinlarning  tinimsiz  hujumi  Turk  xoqonligining 
yemirilishiga  sabab  bo’ldi.  Natijada  SHarqiy  Turkiston  chegarasida  yashovchi 
qabilalar  o’zlarining  siyosiy  ittifoqini  barpo  etdilar.  Ularni  Xitoyliklar  “SHato 
turklar”  ya’ni  sahroyi  turklar,  arablar  esa  “To’g’iz  g’uzlar”  ya’ni  to’qqiz 
o’g’izlar nomi bilan yuritganlar. 
VIII  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  Turk  xoqonligi  hokimiyati  Oltoydan 
chiqqan Qorluqlar qo’liga o’tdi. 
Talaba mustaqil ishda o’z davrida harbiy demokratiya asosida tashkil topgan 
bu  qudratli  ittifoq,  markazlashgan  davlat  bo’lmaganligi  tufayli,  davlat  ko’plab 
yarim  mustaqil  turk  hokimliklari  tomonidan  boshqarilishga  yo’l  qo’yilganligini 
bilishi zarur. 
Masalan, shu davrda So’g’d va Farg’onada Yueji qabilasidan chiqqan jabg’u 
–  ixshidlar,  Buxoroda  mahalliy  Buxorxudot,  CHoch  va  Iloqda  budunlar, 
Toharistonda malikshoxlar, Xorazmda xorazmshoxlar hukmronlik qilganlar. 
ULARNING HAR BIRI TURK XOQONLIGIGA QARAM BO’LSALARDA 
AMALDA  MUSTAQIL  ISH  YURITISHGAN.  SHU  SABABDAN  HAM 
XAQONLIK  TARKIBIGA  KIRGAN  XUDUDLARDA  SIYOSIY  TARQOQLIK 
HUKM  SURIB  YUQORIDA  KELTIRIB  O’TILGAN  YARIM  MUSTAQIL  ISH 
YURITGAN  MAYDA  HOKIMLIKLAR  O’RTASIDA  O’ZARO  URUSHLAR 
TINIMSIZ  DAVOM  ETIB  KELGAN.  MAMLAKATNING  ICHKI  ZAIFLIGI 
VA  SIYOSIY  IQTISODIY  JIHATDAN  TARQOQLIGI  ARABLARGA  KATTA 
QARSHILIKKA 
UCHRAMAY 
O’RTA 
OSIYONI 
BOSIB 
OLISH 
IMKONIYATINI  YARATIB  BERGANLIGINI  O’QUVCHI  TUSHUNMOG’I 
KERAK.  BU  XAQDA  TALABA  O’ZBEK  OLIMLARI  A.ASQAROV, 
M.M.ISHOQOV, 
B.AHMEDOV, 
RUS 
OLIMLARI 
L.N.GUMILYOV,  
V.V.BARTALЬDLARNING  ADABIYOTLAR  RO’YXATIDA  KO’RSATILGAN 
ASARLARI 
YORDAMIDA 
CHUQUR 
MA’LUMOTLARGA 
EGA 
BO’LISHLARI MUMKIN. 
Talaba  bu  savolni  mustaqil  o’rganar  ekan  u  Islom  dinining  paydo  bo’lishi 
haqida ma’lumotga ega bo’lishi lozim. 
Ma’lumki,  Arabiston  yarim  orolida  qadimdan  yashab  kelgan  ko’pdan-ko’p 
arab qabilalari har-hil majusiylik sanamlariga e’tiqod qiluvchi ko’p xudolik joriy 
bo’lgan  urug’  –  qabilalarga  bo’linib  tarqoq  holda  yashar  edilar.  Qabilalar 
o’rtasida  ma’naviy  birlikning  yo’qligi  tufayli,  o’zaro  qarama-qarshilik  kuchli 
bo’lib, bu doimiy  urushlarning sababchisiga aylangan edi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling