O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ta’lim jarayoni
Ish bilan band bo’lgan jami aholi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ish bilan band bo’lgan jami aholi – ishchi kuchi (iqtisodiy faol aholi)ning ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan qismi. Ishlab chiqarish – ma’lum davrda alohida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tarmoqlar va iqtisodiy sektorlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymati. Ishlab chiqarish infratuzilmasi – ishlab chiqarishning rivojlanishi uchun tashqi shart-sharoitlarni ta’minlovchi tarmoqlar majmui bo’lib, o’z ichiga temir va avtomobilь yo’llari, elektr, gaz va suv ta’minoti, aloqa kommunikatsiyalari, ombor xo’jaligi va boshqalarni oladi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo’nalish va vositalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarib; zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan almashtirish; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. Ishsizlik – iqtisodiy jihatdan aktiv (faol) aholining bir qismi o’z kuchini qo’llay olmay «ortiqcha» bo’lib, mehnat zaxirasi armiyasi bo’lib qolish hodisasi. Kapital qurilish - yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, asosiy vositalarni mukammal ta’mirlash, shu jumladan loyiha-qidiruv ishlarini bajarish. Kapital ta’mirlash – asosiy vositalarni yirik ko’lamda butkul detallari, qismlarini almashtirish bilan bog’liq qayta ta’mirlash tushuniladi. Kasanachilik – yirik sanoat korxonalari bilan tuzilgan shartnoma asosida uy sharoitida mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish. «Katta yigirmalik» – 20 ta yirik mamlakatlar guruhi bo’lib, unga jahondagi eng boy mamlakatlar va yirik rivojlanayotgan davlatlar kiradi va ular xissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 90 foiz ulushi to’g’ri keladi. Kichik biznes sub’ektlari – korxona ko’lami, ishlab chiqarish hajmi, ishlovchilar soni, moliyaviy mablag’lari miqdori va boshqalar jihatidan imkoniyatlari cheklangan ishlab chiqaruvchi sub’ektlar. Respublikamizda kichik biznes sub’ektlari toifasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar va kichik korxonalar kiradi. Kichik korxona – kichik biznes sub’ektlarining bir turi bo’lib, mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka ko’ra sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida (masalan, yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika sanoati va boshqalarda) 50 kishigacha, xizmat ko’rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik korxona hisoblanadi. «Qishloq qurilish bank» aktsiyadorlik tijorat banki – qishloq qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida hamda «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturiga muvofiq 2009 yil 30 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq qurilish bank» aktsiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq «G’alla- bank» aktsiyadorlik tijorat banki negizida tashkil etilgan. «Qishloq qurilish bank» aktsiyadorlik tijorat bankining ustav kapitali 150 milliard so’m miqdorida shakllantirilgan. Kon’yunktura – bu bozorda ma’lum bir vaqtda yuzaga kelgan iqtisodiy holatdir (asosan talab hamda taklif nisbati va u bilan bog’liq bo’lgan narxlar darajasi orqali yuzaga keladi). Kredit – jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo’sh mablag’larlarini muayyan tamoyillar asosida qaytarish sharti bilan foydalanishga berish jarayonida vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlar majmui. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – mamlakat yaxlit iqtisodiyoti darajasidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni o’lchash va baholash imkoniyatini beruvchi ko’rsatkichlar. Masalan, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy o’sish, ishsizlik, inflyatsiya darajasi va boshqalar. Mamlakat to’lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o’rtasida ma’lum vaqt (odatda bir yil) oralig’ida amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar bo’yicha to’lovlar summasining nisbati bo’lib, u o’z ichiga savdo balansi, xizmatlar balansi, o’tkazmalar balansi va kapital operatsiyalarini oladi. Melioratsiya – yerning unumdorligini tubdan yaxshilashga qaratilgan tashkiliy-xo’jalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi. Mehnat bozori – mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi shartnomalar asosida ishchi kuchi xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi, shuningdek, unga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir. Mikrokredit – xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshlang’ich sarmoyani shakllantirishga beriladigan kreditlar. Mikrokreditlar: a) yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlik faoliyati uchun – eng kam ish haqining 50 barobarigacha; b) mikrofirma va dehqon xo’jaliklariga eng kam ish haqining 100 barobarigacha; v) fermer xo’jaligiga eng kam ish haqining 200 barobarigacha beriladi. Mikrofirma – kichik biznes korxonasining bir turi. Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko’rsatish sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxonalar mikrofirma hisoblanadi. Modernizatsiya – ob’ektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me’yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat ko’rsatkichlariga moslashtirish. Moliya tizimi – moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi. «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi – jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 3 dekabrdagi «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida»gi qarori asosida tashkil etilgan. «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zona hududida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining asosiy yo’nalishi – zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko’lamda ishlab chiqarishdan iborat. Narx – tovar qiymatining puldagi ifodasi. Nodavlat va jamoat tashkilotlari – davlatga qarashli bo’lmagan, ammo ma’lum qonunlar yoki me’yoriy hujjatlarga bo’ysungan holda faoliyat ko’rsatadigan tuzilmalar nodavlat va jamoat tashkilotlari hisoblanadi. Protektsionizm – davlatning xorij raqobatidan ichki bozorni himoya qilish siyosati, mamlakatga olib kelinayotgan tovarlarga yuqori bojlar belgilaydi, ayrim tovarlarni olib kelish cheklanadi yoki umuman taqiqlanadi. Pudrat – shartnoma yoki xo’jalik yuritishning bir turi. Bir tomonning ikkinchi tomon talabiga ko’ra belgilangan ishni bajarishi to’g’risidagi shartnoma. Pul - kredit siyosati – davlat tomonidan iqtisodiy o’sishni ta’minlash maqsadida pul muomalasini tashkil etish va barqarorligini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan barcha chora-tadbirlar majmui. Pul – hamma tovar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar. Rekonstruktsiya (qayta tiklash) faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo’g’inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo’qotish yo’li bilan almashtirish yordamida to’liq yoki qisman o’zgartirish. Qayta tiklashda eski tsexlar o’rniga yangi tsexlarni qurishga ruxsat beriladi. Rentabellik – korxona faoliyatining foydalik darajasi. Uning uch xil ko’rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va sotilgan mahsulot rentabelligi. Bu ko’rsatkichlarni balansdagi (sof) foyda ko’rsatkichini korxona aktivlarining o’rtacha yillik qiymati, muomalaga chiqarilgan aktsiyalar miqdori, xususiy kapital miqdori va sotilgan mahsulot tannarxiga nisbati bilan aniqlanadi. Salьdo - muayyan vaqt davomida moliyaviy tushumlar va sarflar, eksport va import qiymati (savdo balansi salьdosi), xorijiy to’lovlar va tushumlar (to’lov balansi salьdosi) o’rtasidagi farq. Samarali iqtisodiy siyosat – davlatning iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga qaratilgan, har tomonlama asoslangan, izchil va o’zaro uyg’unlashtirilgan chora-tadbirlari majmui. Servis – jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman keng aholi qatlamiga xizmat ko’rsatish; ishlab chiqarish-texnika maqsadlarida mahsulotlarni, moddiy- maishiy, xo’jalik va boshqa sanoat mahsulotlarini sotish hamda ularni ishlatish bilan bog’liq bo’lgan xizmat ko’rsatish sohalari. Soliq imtiyozi – soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq to’lashdan to’liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli. Soliq stavkasi – soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi hisobiga to’g’ri keladigan soliq me’yori. Soliqlar – belgilangan va muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari tushuniladi. Talab – xaridor, iste’molchilarni bozorda muayyan tovarlarni, ne’matlarni sotib olish istagi; bozorga olib chiqilgan va pul imkoniyatlari bilan ta’minlangan ehtiyojlar. Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog’liq barcha xarajatlar. Tashqi qarz – mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik korxonalarining boshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag’larining jami hajmi. Telekommunikatsiya – simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlardan foydalanib signal, belgi, matn, tasvir va tovushlarni yoki boshqa ko’rinishdagi axborotni uzatish, qabul qilish va unga ishlov berish jarayoni. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ma’lumotlarni masofadan uzatish jarayoni. Tijorat banklari – sanoat va savdoni qisqa muddatli kreditlar bilan ta’minlash, shuningdek xususiy mijozlarga turli turdagi bank xizmatlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan banklar. Unifikatsiya – turli xildagi mahsulotlar, detallar, uzellar va boshqa qo’llaniladigan materiallar va texnologik jarayonlarni ratsional jihatdan bir xilligini ta’minlash. Fermer xo’jaligi – ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt. Fond bozori – qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi- sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor. Xalqaro valyuta jamg’armasi – xalqaro savdo va valyuta hamkorligini rivojlantirishga ta’sir ko’rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta jamg’aramasi – a’zo davlatlar o’rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va ularga to’lov balansining kamomadi bilan bog’liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo’li bilan moliyaviy yordam ko’rsatish uchun mo’ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o’z amaliy faoliyatini 1947 yil 1 martdan boshlagan. Xalqaro tashkilotlar – ularning har biri xalqaro siyosatda o’zlarining faoliyat maqsadlari yo’nalishlariga qarab, yer yuzi taraqqiyotida egallab turgan mavqelariga qarab, umuman xalqaro siyosiy-amaliy munosabatlar jarayonida harakatlarga kirishadigan boshqa xalqaro tashkilotlar tizimidagi maqomlariga qarab ahamiyat kasb etadilar. Xizmat ko’rsatish sohasi – ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy- buyumlashgan ko’rinishga ega bo’lmagan iste’mol qiymatlarini yaratishga yo’naltirilgan sohalari. U o’z ichiga moddiy xizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar) hamda nomoddiy xizmatlar ko’rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o’qitish, malaka oshirish va boshqalar)ni oladi. Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o’zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir. SHaxsiy daromad – jismoniy shaxslarning soliq to’lagunga qadar daromadi. Eksport – tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Emissiya – qog’oz pullarning g’aznaxonaga yoki boshqa davlat moliya organlari tomonidan muomalaga chiqarilishi; barcha shakldagi pul belgilarini muomalaga chiqarish. Erkin industrial - iqtisodiy zona – mamlakat hududining xorijiy mamlakatlar tomonidan turli shakllardagi hamkorlikdagi tadbirkorlik bilan shug’ullanishlari uchun ruxsat etilgan qismi. Mazkur zonalarda maxsus imtiyozli shart-sharoitlar, jumladan, imtiyozli soliqlar, bojxona to’lovlari, ijara, viza olish, valyuta ayirboshlash, mehnatga yollashning qulay tartiblari belgilangan bo’ladi. Yalpi ichki mahsulot – mamlakatda bir yil davomida ishlab chiqarilgan jami pirovard tovar va xizmatlarning bozor qiymati. VI.4. Mavzu buyicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash Talabaga muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik darajasi har-xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan testlar tuzish topshiriladi. Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga quyiladigan talablar, uni tuzish qonun-qoidalar, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, turli savollar tuzishda mavzuning munozarali holatlarini qanday amalga oshirish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo’yicha yo’l-yo’riqlar beriladi. Konsulьtatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning holati va talabalarning javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlanishi, aniqlashtirish yoki to’ldirish taklif etilishi mumkin). 1-namuna MAVZU: IBTIDOIY JAMOA TUZUMINING DAVRLARGA BO’LINISHI VA UNING XUSUSIYaTLARI Testlar 1. Ibtidoiy kishilarning tashqi qiyofasiga o’z ta’sirini o’tkazgan omil? A) Qadimgi odamlarning yashash tarzlari B) Yer yuzidagi tabiiy sharoitlar S) Ibtidoiy tuda D) Urug’-aymoqchilik 2. Qadimgi odamlar hayotidagi eng buyuk hodisa A) Mehnat qurollarini yasash B) Olovni kashf qilish S) Dehqonchilik D) Bronza qurollaridan foydalanish 3. Eng qadimgi odamlarning dastlabki uyushmasi A) Urug’-aymoqchilik B) Ibtidoiy tuda S) Qabila D) Urug’ 4. Ibtidoiy jamoa tuzumining qaysi davrida odamlar o’troq hayot kechirishga o’tgan? A) O’rta paleolitda B) Neolitda S) So’nggi paleolitda D) Mezolitda 5. Qadimgi odamlar to’dasi uchun juda katta fojea nima bo’lgan? A) O’rmonning yonishi B) Onaning vafoti S) Makonda olovning o’chib qolishi D) Oziq-ovqatning tugab qolishi 6. Qadimgi odamlar tirikchiligining bosh manbai nima hisoblangan? A) CHorvachilik B) Dehqonchilik S) Termachilik, ovchilik D) To’g’ri javob yo’q 7. Urug’ jamoasi qanday davrlarga bo’linadi? A) Eng qadimgi davrga B) O’rta davrga S) So’nggi davrga D) Ota va ona urug’i davrlariga 8. Eng qadimgi odamlar faoliyatida qaysi davrga kelib urug’ jamoasiga o’tish uchun shart-sharoit vujudga kelgan? A) Ibtidoiy to’da davrining oxiriga kelib B) Bronza davrida S) Qadimgi odamlar paydo bo’lganda D) Temir davrida 9. Xorazm vohasida «Kaltaminor» madaniyati qaysi jamoaning madaniyati hisoblanadi? A) Dehqonlarning B) CHorvadorlarning S) Hunarmandlarning D) Hammasi noto’g’ri 10. So’nggi paleolitda odamlarning kiyim boshlari – A) Gazlamadan tayyorlana boshlagan B) Yirik shoxli va mo’ynali hayvonlarning terisidan S) Daraxt yaproqlaridan D) Har xil matolardan 11. Quyidagi arxeologik manzilgohlardan qaysi biri qadimda Markaziy Osiyo dehqonlarining ikkinchi qarorgohi hisoblanadi? A) CHaqmoqli B) Zamonbobo S) Joytun D) Sarazm 12. Kishilik jamiyatida qanday jarayonlar erkaklar mehnati va mavqeining birinchi darajali kasb etishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan? A) Dehqonchilikning vujudga kelishi B) CHorvachilikning paydo bo’lishi S) Ovchilik bilan shug’ullanish D) Hammasi to’g’ri 13. Mezolit davriga oid qoya tasvirlari O’zbekistonning qaysi hududidan topilgan va o’sha manzilgoh qanday ataladi? A) Samarqand viloyatidan, Omonqo’ton B) Farg’ona viloyatidan, Selung’ur S) Surxondaryo viloyatidan, Zarautsoy D) Navoiy viloyatidan, Uchtut 14. Eng qadimgi odamlar idishni ilk bor nimadan tayyorlashgan? A) Loydan B) Yog’ochdan S) Loy va yog’ochdan D) Misdan 15. Temir buyumlardan birinchi bo’lib, mil. avv. XIV-XII asrlarda kimlar foydalanganlar? A) Orol bo’yi sohillarida massagetlar B) Kichik Osiyoda xettlar S) Sirdaryo shimolida saklar D) Eronda elamlar 16. Mil.avv. 3-2 mln. yillar oldin yashagan odamlarning dastlabki vakillaridan biri bo’lgan «ishbilarmon odam» qoldiqlari qaerdan topilgan? A) Indoneziyaning Yava orolidan B) Xitoyning Pekin viloyatidan S) SHarqiy Afrikaning Olduvoy darasidan D) Frantsiyaning Ashel mavzesidan 17. Insoniyat taraqqiyotining birinchi bosqichida odamlar ibtidoiy to’da tarzida yashaganliklari ma’lum. Ibtidoiy to’da asta-sekin qanday jamoaga aylangan? A) Matriarxat B) Qarindosh-urug’chilik S) Qabila D) Urug’ 18. Qadimgi odamlarda diniy e’tiqodning paydo bo’lganligini bildiruvchi tog’ qoyasiga chekilgan qoya tasvirlari ilk marta qaerda topilgan? A) SHarkiy Afrikaning Olduvoy darasidan B) Ispaniyaning Altamir tog’idan S) Indoneziyaning Yava orolidan D) Surxondaryoning Teshiktosh g’oridan 19. Qadimgi odamlar hayotida yangi tosh asri neolit davrining boshlanishi qanday voqea bilan belgilanadi? A) Turar joylarning qurilishi bilan B) Sopol idishlarning kashf qilinishi bilan S) G’ildirakning kashf qilinishi bilan D) Urug’-jamoasiga o’tish bilan 20. «Neolit inqilobi» deganda nimani tushunasiz? A) Ijtimoiy mehnat taqsimoti B) O’zlashtirishdan ishlab chiqarishga o’tish S) Ona urug’i davridan ota urug’i davriga o’tish D) Sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikning paydo bo’lishi Munozarali savollar 1.Vatanimiz hududida ibtidoiy odamlar manzilgohlarini topib o’rgangan olimlardan kimlarni bilasiz? 2.Ibtidoiy odamlar hayotiga oid qanday topilmalarni bilasiz? 3.Ibtidoiy jamiyat qanday davrlarga bo’linadi va nima uchun? 4.Paleolit davriga doir odamlarning manzilgohlari qaerlarda va kimlar tomonidan topib o’rganilgan? 5.Paleolit davrida odamlar nimalarni kashf etishgan? 6.Urug’chilik jamoasi qaysi davrda shakllanadi, uning bosqichlarini bilasizmi? 7.Uq-yoy qachon kashf etildi, uning inson hayotidagi ahamiyati nimada? 8.Mezolit davriga oid odamlar manzilgohlari qaerlarda, kimlar tomonidan topib o’rganilgan? 9.Neolit davri manzilgohlarini sanang, ularni topib o’rgangan olimlar kimlar? 10.Neolit davrida odamlar nimalarni kashf etishgan? 11.Ishlab chiqarish xo’jaligi nima, u qachon shakllandi? 12.Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik qachon vujudga keldi? 13.Bronza davrida odamlar hayotida qanday yangiliklar sodir bo’ldi? 14.O’troq dehqonchilik, sug’orma dexqonchilikning shakllanishi haqida nimalarni bilasiz? 15.Bronza davriga oid manzilgohlarni, ularni topib o’rgangan olimlarni bilasizmi? 2-namuna Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling