O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ta’lim jarayoni
MAVZU: O’ZBEKISTON DAVLAT MUSTAQILLIGINING QO’LGA
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI.5. Ilmiy makola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash
- Ilk o’rta asrlar Markaziy Osiyo siyosiy tarixida So’g’dning o’rni
- Ilk O’rta asrlar Markaziy Osiyo siyosiy tarixida So’g’dning urni
- 2005. -№2. –Б. 13.
MAVZU: O’ZBEKISTON DAVLAT MUSTAQILLIGINING QO’LGA KIRITILISHI TARIXIY ZARURAT SIFATIDA: SHAXS VA TARIX. A-variant 1.«Davlat tili to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni qachon qabul qilingan? A) 1988 yil 15 oktyabrda V) 1989 yil 21 martda S) 1990 yil 24 martda D) 1989 yil 21 oktyabrda E) 1990 yil 20 iyunda 2.O’zbekistonda prezidentlik lavozimi qachon joriy etilgan? A) 1989 yil 20 aprelda V) 1990 yil 24 martda S) 1990 yil 20 iyunda D) 1991 yil 31 avgustda E) 1991 yil 29 dekabrda 3.O’zbekiston Respublikasining hududi qancha? A) 460,4 ming km. kv. V) 346,6 ming km. kv. S) 576,7 ming km. kv. D) 447,4 ming km.kv. E) 364,4 ming km. kv. 4.O’zbekistonda birinchi muqobil prezidentlik saylovlari qachon bo’lib o’tgan edi? A) 1991 yil 29 dekabrda V) 1990 yil 24 martda S) 1991 yil 31 avgustda D) 1992 yil 2 martda E) 1995 yil 9 yanvarda 5.O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilish bo’yicha nechta viloyatdan iborat? A) 14 ta V) 10 ta S) 12 ta D) 13 ta Ye) 9 ta 6.«Demokratiya» so’zining grekchadan aniq tarjimasini aniqlang? A) SHaxs erkinligi V) Xalq erkinligi S) Xalq hokimiyati D) Teng huquqlilik E) Xalq va shaxs erkinligi 7.O’zbekiston bayrog’i nechta rangdan iborat? A) 3 ta V) 4 ta S) 5 ta D) 6 ta 8.Mustaqil O’zbekiston yangi pasporti qachondan joriy qilindi? A) 1994 yil 1 martdan V) 1993 yil 1 apreldan S) 1996 yil 1 iyuldan D) 1992 yil 1 yanvardan E) 1995 yil 1 yanvardan 9.«Mustaqillik deklaratsiyasi» qachon qabul qilindi? A) 1989 yil 20 aprelda V) 1990 yil 24 martda S) 1990 yil 20 iyunda D) 1991 yil 31 avgustda E) 1991 yil 29 dekabrda 10.O’zbekiston quyidagi qaysi tashkilotga oldinroq a’zo bo’lgan? A) YuNESKO V) MDH S) BMT D) NATO Ye) YeXHT 11.O’zbekiston Konstitutsiyasi qaysi sessiyada qabul qilingan? A) 10-chaqiriq, XI sessiyada V) 10-chaqiriq, XII sessiyada S) 12-chaqiriq, XI sessiyada D) 12-chaqiriq, XIII sessiyada E) 13-chaqiriq, X sessiyada 12.O’zbekiston pasporti necha betdan iborat? A) 38 V) 30 S) 32 D) 36 Ye) 25 13.O’zbekiston Respublikasi nechta davlat bilan chegaradosh? A) 4 ta V) 5 ta S) 6 ta D) 7 ta 14.O’zbekiston Respublikasi milliy hokimiyat qurilmasida hokimiyat ... A) 3 ga bo’linadi V) 2 ga bo’linadi S) 4 ga bo’linadi D) 5 ga bo’linadi E) bo’linmaydi 15.1991 yil 18 noyabrda ... A) davlat gerbi qabul qilindi V) davlat madhiyasi qabul qilindi S) prezidentlik saylovlari o’tkazildi D) davlat bayrog’i qabul qilindi E) mustaqillik e’lon qilindi 16.Davlat madhiyasi qachon qabul qilingan? A) 1992 yil 8 dekabrda V) 1992 yil 10 dekabrda S) 1991 yil 31 avgustda D) 1992 yil 2 martda E) 1994 yil 9 yanvarda 17.O’zbek milliy volyutasi-«so’m» qachondan muomalaga kiritildi? A) 1991 yil 18 noyabrdan V) 1992 yil 8 dekabrdan S) 1994 yil 1 iyuldan D) 1992 yil 2 iyuldan E) 1995 yil 1 yanvardan 18.O’zbekistonning qaysi viloyati hududi jihatdan eng katta? A) Samarqand V) Buxoro S) Navoiy D) Qashqadaryo Ye) Surxondaryo 19.O’zbekiston mustaqilligini birinchi bo’lib qaysi davlat tan olgan edi? A) Rossiya V) AQSH S) Turkiya D) Janubiy Koreya Ye) Qozog’iston 20.O’zbekiston Konstitutsiyasining tarkibi... A) 5 bo’lim, 24 bob, 128 moddadan iborat V) 6 bo’lim, 25 bob, 126 moddadan iborat S) 5 bo’lim, 26 bob, 138 moddadan iborat D) 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat E) 5 bo’lim, 24 bob, 128 moddadan iborat V-variant 1.O’zbekistonda birinchi muqobil prezidentlik saylovlari qachon bo’lib o’tgan edi? A) 1995 yil 9 yanvarda V) 1990 yil 24 martda S) 1991 yil 31 avgustda D) 1992 yil 2 martda E) 1991 yil 29 dekabrda 2.O’zbekiston Respublikasi nechta davlat bilan chegaradosh? A) 4 ta V) 6 ta S) 5 ta D) 7 ta 3.O’zbekistonda prezidentlik lavozimi qachon joriy etilgan? A) 1989 yil 20 aprelda V) 1991 yil 29 dekabrda S) 1990 yil 20 iyunda D) 1991 yil 31 avgustda E) 1990 yil 24 martda 4.O’zbekiston Respublikasining hududi qancha? A) 460,4 ming km. kv. V) 346,6 ming km. kv. S) 447,4 ming km. kv. D) 576,7 ming km. kv. E) 364,4 ming km. kv. 5.1991 yil 18 noyabrda ... A) davlat gerbi qabul qilindi V) davlat madhiyasi qabul qilindi S) prezidentlik saylovlari o’tkazildi D) mustaqillik e’lon qilindi E) davlat bayrog’i qabul qilindi 6.O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilish bo’yicha nechta viloyatdan iborat? A) 12 ta V) 10 ta S) 14 ta D) 13 ta Ye) 9 ta 7.O’zbekiston Konstitutsiyasining tarkibi... A) 5 bo’lim, 24 bob, 128 moddadan iborat V) 6 bo’lim, 25 bob, 126 moddadan iborat S) 5 bo’lim, 26 bob, 138 moddadan iborat D) 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat E) 5 bo’lim, 24 bob, 128 moddadan iborat 8.O’zbekiston bayrog’i nechta rangdan iborat? A) 3 ta V) 4 ta S) 5 ta D) 6 ta 9.Mustaqil O’zbekiston yangi pasporti qachondan joriy qilindi? A) 1994 yil 1 martdan V) 1993 yil 1 apreldan S) 1996 yil 1 iyuldan D) 1992 yil 1 yanvardan E) 1995 yil 1 yanvardan 10.O’zbekiston quyidagi qaysi tashkilotga oldinroq a’zo bo’lgan? A) YuNESKO V) NATO S) BMT D) MDH Ye) YeXHT 11.O’zbekiston Konstitutsiyasi qaysi sessiyada qabul qilingan? A) 10-chaqiriq, XI sessiyada V) 10-chaqiriq, XII sessiyada S) 12-chaqiriq, XI sessiyada D) 12-chaqiriq, XIII sessiyada E) 13-chaqiriq, X sessiyada 12.O’zbekiston pasporti necha betdan iborat? A) 38 V) 30 S) 32 D) 36 Ye) 25 13.«Davlat tili to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni qachon qabul qilingan? A) 1988 yil 15 oktyabrda V) 1989 yil 21 martda S) 1990 yil 24 martda D) 1989 yil 21 oktyabrda E) 1990 yil 20 iyunda 14.O’zbekiston Respublikasi milliy hokimiyat qurilmasida hokimiyat ... A) 3 ga bo’linadi V) 2 ga bo’linadi S) 4 ga bo’linadi D) 5 ga bo’linadi E) bo’linmaydi 15.Davlat madhiyasi qachon qabul qilingan? A) 1992 yil 8 dekabrda V) 1992 yil 10 dekabrda S) 1991 yil 31 avgustda D) 1992 yil 2 martda E) 1994 yil 9 yanvarda 16.O’zbek milliy volyutasi-«so’m» qachondan muomalaga kiritildi? A) 1991 yil 18 noyabrdan V) 1992 yil 8 dekabrdan S) 1994 yil 1 iyuldan D) 1992 yil 2 iyuldan E) 1995 yil 1 yanvardan 17.O’zbekistonning qaysi viloyati hududi jihatdan eng katta? A) Samarqand V) Buxoro S) Navoiy D) Qashqadaryo Ye) Surxondaryo 18.O’zbekiston mustaqilligini birinchi bo’lib qaysi davlat tan olgan edi? A) Rossiya V) AQSH S) Turkiya D) Janubiy Koreya Ye) Qozog’iston 19.«Demokratiya» so’zining grekchadan aniq tarjimasini aniqlang. A) shaxs erkinligi V) xalq erkinligi S) xalq hokimiyati D) teng huquqlilik E) xalq va shaxs erkinligi 20.«Mustaqillik deklaratsiyasi» qachon qabul qilindi? A) 1989 yil 20 aprelda V) 1990 yil 24 martda S) 1991 yil 31 avgustda D) 1990 yil 20 iyunda E) 1991 yil 29 dekabrda VI.5. Ilmiy makola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash Talaba biron bir mavzu bo’yicha (mavzuni talabaning o’zi tanlashi ham mumkin (referativ xarakterda) maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlab topshirishi mumkin. Bunda talaba o’quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda internet va boshqa axborot manbalardan mavzuga tegishli materiallar to’playdi, tahlil qilishga zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va ilmiy natijalariga asoslangan holda qo’shimchalar, izohlar qilish, o’z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi. Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada himoya qilinadi. Namuna MaVZU: Eftaliylar, Turk xoQonligi, arablar istilosi va Hukmronligi davrida O’rta Osiyo Ushbu mavzuning ma’lum qismini yoritishga asoslangan ilmiy maqola: Ilk o’rta asrlar Markaziy Osiyo siyosiy tarixida So’g’dning o’rni O’rta Osiyo xalqlari tarixida, xususan O’zbekiston xalqlari tarixida So’g’d davlat tuzilmasining o’rni va ahamiyati katta bo’lgan. Eng qadimiy yozma manba «Avesto» kitobida «So’g’dlar yashagan» Gava yurti deb qayd etilgan mamlakat ahamoniylar saltanati qaramligiga tushgan satrapliklardan biri tarkibida «Sug’uda» tarzida nomlangani ma’lum 25 . Yunon manbalari «Sogdiana» deb ko’rsatsalar, bu yurtni xitoy manbalari «Suli» deb ataganlar. Bu ma’lumotlar So’g’dning qadimiy hududiy va davlatchilik birligi bo’lganligini ko’rsatadi. So’g’dning nisbiy va to’la-to’kis mustaqil siyosiy hayot kechirgan bosqichlariga bu o’lkada miloddan avvalgi III-II asrlardan boshlab zarb etilgan tangalar ham guvohlik bera oladi. Ammo So’g’d goh Yunon-Baqtriya, goh Kushonlar, goh Xionlar yo Kidarlar va Abdallar hukmronligi ostiga tushib 25 Авеста. Видевдот. 1-фрагард, 5-банд: Авесто. Тарихий адабий ёдгорлик. А.Маҳкам таржимаси. Т.: Шарқ.-2001. –Б.107. yashashga, ularga tobe bo’la turib, o’z ichki mavjudligini saqlash yo’lida kurashib kelgan. So’g’dning Makedoniyalik Aleksandr bosqinidan keyingi taqdiri alohida diqqatga sazovor. CHunki bu tarixiy bosqich So’g’dlarning o’sha zamon miqyosida xalqaro maydonga chiqishiga sabab bo’ldi. Endi So’g’dlar asta sekin miloddan avvalgi II asrdan boshlab Buyuk ipak yo’li – xalqaro karvon savdo yo’llari bo’ylab eng faol savdogarlarga, diplomatlarga, madaniy ilg’or alomatlarning tashuvchilariga aylandilar. So’g’dlarning ayni shu xususiyati So’g’d mamlakati uchun qaysi davlat tarkibida bo’lishdan qat’iy nazar ichki avtonomiyani saqlash imkonini berdi. So’g’dning nisbiy erkinligi hukmron davlat uchun ko’prok foyda keltirishi ayon edi. Binobarin, agar So’g’dning ichki ijtimoiy- siyosiy hayotiga kuch bilan o’zgacha boshqaruv kiritilsa barqaror an’analar buzilishi, hukmron davlat xazinasiga keladigan daromad to’xtashi tayin edi. So’g’d ustidan Turk hokonligi hukmronlik qilgan davrda ham mazkur an’ana buzilmadi. So’g’d o’zining ilk o’rta asrlarda erishgan yer mulkchiligi asosidagi konfederativ siyosiy tuzumini ichki boshqaruv tizimi sifatida saqladi. Qolaversa, So’g’d ayni shu ilk o’rta asrlarda bir tomondan Sosoniylar Eroni, ikkinchi tomondan Xitoy kabilarning ta’zyiqidan o’lkan va qudratli Turk xoqonligi himoyasida o’zini asrashi qulay edi. Xoqonlik uchun esa So’g’d barqaror va ishonchli daromad manbai sifatida nisbiy va ichki avtonomiya holatida bo’lgani ma’qul edi. SHunday qilib, V asr oxiri – VI asr o’rtalariga qadar Sudda ijtimoiy mulkiy munosabatlar sohasi chuqur o’zgarishlarga uchradi. Ilgari podsholikning mulki deb yaxlit qaralgan mamlakat asta-sekin ijtimoiy tabaqalanish oqibatida mayda va yirik zamindorlik tizimiga aylanib parchalanib ketdi. Markaziy podsholik hokimiyatining mutlaq hukmronlik xossasi ham yuqola bordi. Zamindorlar yerga egalik hisobiga podsholikka harbiy drujinalari hamda o’z mulklarida mehnat qilgan erkin dehqon va hunar ahlini umumiy mehnat majburiyatlariga yuborib turish orqali xizmat qilishlari lozim bo’lgan. Jamiyat taraqqiyotining So’g’ddagi ushbu manzarasi Markaz Samarqand va unga bevosita tobe bo’lgan yuqori oqim va O’rta Zarafshon mintaqasidagi zamindorlik mulklari, Qarshi vohasidagi va Kesh (SHahrisabz) atrofidagi mulklar uchun xos edi. Mazkur konfederativ tuzilmaning ichki munosabatlarida Samarqandning yetakchi siyosiy mavqei yaqqol ko’rinib turgani holda Buxoro So’g’di konfederatsiyada yanada mustaqilroq siyosiy mavqega ega bo’lgan. Buning isbotini Buxoroda buxarxudatlar sulolasi hukmronligining nisbiy mustaqil tangalarida, hukmdorlarining shajarasida kuzatish mumkin . So’g’dda ilk o’rta asrlardagi davlat tizimining siyosiy xususiyati haqida turli fikrlar bildirilgan. So’g’diy, xitoy, keyinroq esa, arab tilli manbalarning ma’lumotlariga ko’ra, bu davrda Turk xoqonligining siyosiy nazorati ostida nisbiy mustaqil holda So’g’d konfederativ davlat tuzilmasi amal qilgan. Unda bir muddat Kesh hokimligi, 650 yillardan boshlab Samarqand yetakchilik qilgan. Buxoro vohasida Samarqand ixshidlari xonadoni bilan yaqin qarindosh «Anь chjaou»lari bir necha yuz yil («yigirma ikki avlod») davomida hukmron bo’lganlar. Kesh esa VII asr o’rtalarida Samarqandga itoat etib, ixshid SHishpir (xit. SHa-she-pi) hukmronligi tugagan, undan keyin Keshda hokimiyatga kelgan SHiagye (Che-a- ho) Varxumanga tobe bo’lgan. Xitoy mualliflari Syuanь TSzan va Xoy CHaolar So’g’dning markaziy va mahalliy mulklarining o’zaro pog’onalashgan itoat tizimi haqida yetarli ma’lumot qoldirishgan. So’g’dcha Mug’ tog’i hujjatlarida ham So’g’dning konfederativ davlatchilik tizimi haqida xulosa beruvchi boy ma’lumotlarni ko’rish mumkin. So’g’d VI–VII asr birinchi yarmi davomida siyosiy jihatdan muhim voqealarni boshdan kechirgan. Bu o’lkada qadim zamonlardan davom etib kelgan tarixiy davlatchilik jarayonlari xioniylar, abdaliy (eftaliy)lar davri oxirlarida sifat jihatdan yangi bosqichga o’ta boshladi. Tobelikdan xalos bo’la borgani sari So’g’d hududlarida zamindorlikka asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar avvalgi saltanatchilik (imperial) xususiyatlarni yo’qota bordi. Natijada VII asr boshlarida So’g’d hududlarida uch siyosiy markaz Kesh, Samarqand va Buxoro mahalliy hukmdorliklari barqarorlashdi. Buxoroda buxorxudotlar hokimiyati nominal ma’noda G’arbiy So’g’d siyosiy markazi bo’lsa-da, nisbatan mustaqil an’anaga ega edi. Narshaxiyning ko’rsatishicha, Buxoro hukmdorlari 22 avlod uzluksiz sulola zanjiriga ega edilar. Kesh va Samarqand hukmdorliklari esa o’zaro raqobatda edilar va bu masala VII asr o’rtalarida (658–659 yy.) Samarqand xonadoni foydasiga hal bo’ldi. Lekin Kesh hamda Naxshab hukmdorliklari o’zlarining nisbiy avtonomiyasini saqlagan holda konfederativ davlat atrofiga birlashdilar. Ularning tanga zarblari davom etgani bu avtonomiyaning bir ifodasi edi. Masalan, VII–VIII asrlarda Naxshabda ot, S-shaklidagi belgi va turkiy qiyofali hukmdorning tasviri ishlangan mis tangalar chiqarilgan 26 . VIII asr boshlarida ushbu tangalarda So’g’diy yozuv bilan bir qatorda arab yozuvlari ham paydo bo’ldi. VIII asr ikkinchi yarmidan boshlab bu tangalar «felьslar» deb atala boshlandi 27 . Qashqadaryo vodiysida Kesh va Naxshab kabi ikkita yirik hukmdorliklar bo’lib, VII asr boshlarida Kesh hukmdori So’g’d hukmdorlari orasida eng kuchlisi sifatida birinchilardan bo’lib Xitoy bilan diplomatik aloqalarni o’rnatadi. G’arbiy Turk xoqonligining inqirozi va Xitoy xokimiyati tomonidan o’tkazilgan ma’muriy islohotdan so’ng 658–659 yillarda So’g’dning siyosiy markazi Keshdan Samarqandga o’tadi 28 . VII–VIII asr boshlarida siyosiy boshqaruv tizimidagi tarkibiy tuzilish hamda hokimiyatning funktsional taqsimoti ma’nolarini o’zida mujassam etgan martaba va lavozimlarning tarixiy atamalari Samarqand va Kesh uchun deyarli bir, mushtarak. Faqat ixshid/ixrid shakllaridagi fonetik farq bundan mustasno. Lekin, 26 Бобоёров Ғ. Турк хоқонлиги даврида Нахшаб (бошқарув тизими) // Қарши шаҳрининг жаҳон цивилизацияси тарихидаги ўрни. Қарши шаҳоининг 2700 йиллик таваллудига бағишланган халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент – Қарши, 2006, Б. 133-138. 27 Камалиддинов Ш.С. Историческая география Южного Согда и Тохаристана по арабоязычным источникам IX- начала XIII в. // web site: www.kroraina.com .; Яна қаранг: Смирнова О.И. Сводный каталог…-С. 425; Сулейманов Р.Х. Древний Нахшаб. Т., 2000. –С.69. 28 Ўша жойда. Buxoro So’g’di uchun pwx’r xwβ k’n’ kabi unvon o’ziga xos avtonomlik darajasini ifodalasa kerak. Antik davr oxirida tog’li rayonlarda tuz, mis, kumush, temir rudalarini qazib olishning rivojlanishi ilk o’rta asrlarga kelib Oqsuv va Yakkabog’ kabi tog’ sanoati hududlarining shakllanishiga olib keldi. Hududda tog’ sanoatining shakllanishi, strategik joylashuv, irrigatsiya, iqtisodiy, siyosiy jihatdan vohaning rivoji Keshning ma’lum bir vaqtga Kan (Samarqand) konfedertsiyasining markaziga, ilk o’rta asrlarga kelib esa So’g’dning markaziga aylanishiga turtki bo’ldi 29 . 2-namuna Tezis Ilk O’rta asrlar Markaziy Osiyo siyosiy tarixida So’g’dning urni Ilk o’rta asrlarda So’g’d Markaziy Osiyoning siyosiy hayotida quyidagicha o’ringa ega edi: - VI–VIII asrlar So’g’dning tarixiy geografik jihatdan uchta bir biridan tabiiy chegaralar orqali ajralgan hududlarida (Buxoro vohasi, Zarafshon daryosining o’rta va yuqori oqimlari, Qashqadaryo vohasi) o’ziga xos konfederativ So’g’d davlat uyushmasi shakllanish, takomil topish, arab istilosi tufayli so’nish davrlarini boshdan kechirdi; - So’g’d konfederatsiyasi sub’ektlari dastlab har uch mintaqada ma’lum o’zaro avtonom holatda bo’lgan bo’lsa, VII asr o’rtalaridan boshlab Samarqand So’g’dining gegemonligi asosida yagona davlat atrofida birlashish tendentsiyasini namoyon qildi. Ammo bu tendentsiya amalda Samarqand So’g’di va Qashqadaryo So’g’dini o’zaro yaqinlashtirish darajasida to’xtab qoldi. Buxoroda esa mahalliy hokimiyat nisbiy mustaqilligini saqlagan holda faoliyat ko’rsatdi; - Qashqadaryo So’g’didagi ichki siyosiy munosabatlar Kesh bilan Naxshab o’rtasida nisbiy avtonom xususiyat bo’lganini ko’rsatadi. Naxshabda va Keshda tanga zarblari mustaqil an’analarga ega ekani buning yaqqol dalilidir. Kesh masalasida yana shu narsa ma’lumki, bu viloyat VIII asr o’rtalarigacha umum So’g’d podsholigining poytaxti roliga da’vogar bo’lgan. Nihoyat bu da’vo Kesh hukmdori So’g’d podshosi SHishpirdan keyin 654–655 yillarda Samarqandning ustun kelishi yangi sulola qo’lida hokimiyat to’planishi bilan barham topdi; - VI–VIII asrlarda Samarqand markaziy hokimiyati va Panch (Panjikent) o’rtasidagi munosabatlarning siyosiy mazmuni e’tiborga loyiqdir. Panch hukmdorlari haqidagi aniq ma’lumotlar CHakin CHur Bilga va Devashtichlar davri bilan bog’liq. SHuning o’ziyoq aniq ko’rsatadiki, Panchda hukmdorlar oqsoqollar «oliy» kengash tomonidan saylanishi, ya’ni aristokratik demokratiya tamoyiliga tayangan; 29 Омельченко А. Восточные районы Южного Согда в конце IV в. до н.э. –IV в. н.э. (вопросы политической и экономической истории) // Ўзбекистон тарихи. 2005. -№2. –Б. 13. - VI–VIII asrlarda yer mulkchiligining iqtisodiy-ijtimoiy asoslari yirik yer egalari, zamindorlar manfaati tomon o’zgaradi. Xazinaning to’lishi, tashqi xafga qarshi harbiy kuch to’plash kabi muhim masalalarni hal qilishda markaziy podsholik hokimiyati zamindorlar bilan hisoblashishga majbur bo’lgan; - So’g’d konfederatsiyasi o’z siyosiy hayoti bilan yashash imkoniyatiga ega bo’lganiga qaramay doimo Turk xoqonligining siyosiy hukmronligi bilan hisoblashgan. Binobarin, Turk xoqonligining o’z davri uchun jahoniy saltanat sifatida So’g’dga himoyachilik qilishi tarixan maqbul hodisa edi; - VII asr o’rtalarida Farg’ona, CHoch, Iloq, Ustrushona, Samarqand, CHag’oniyon, Buxoro, Kesh kabi hududlar qariyb ikki asr davomida Turk xoqonligiga siyosiy jihatdan qaram bo’lib kelgan edilar. SHu sababli VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Turk xoqonligi avtonom hukmdorlar bilan birga asosiy harbiy-siyosiy kuch sifatida istilochi arablarga qarshi harakat qildi. 3-namuna Ma’ruza Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling