O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ta’lim jarayoni
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- VI.6. Amaliy mazmundagi nostandart masalalar yechish
- 2-ilova Vatan ozodligi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimiz
- Ватанни суймоқ иймондандир! (Ҳадис).
- 1991 yil 15 fevral - Oliy Kengashning «Davlat ramzlari to’g’risida» maxsus
- Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ҳуқуқий асослари
- ОЛИЙ КЕНГАШ БАЁНОТИ 1991 йил 31 августда қабул қилинган.
- 5-ilova 3-savol. Davlat ramzlarining qabul qilinishi. 6-ilova
- 7-ilova
beradi. Ayritom va Ko’hna Termizda Budda ibodatxonalari ochilgan. Fayoztepa, Quva, Xolchayon, Dalvarzin kabi ko’hna shaharlarda ham saroylar, ibodatxonalar ochilib, ular yuksak madaniyatga ega ekanligi kuzatilgan. 1972 yilda Dalvarzintepadan (Surxondaryo) tilla buyumlar xazinasi (32 kg) topilgan. Bu xazina orasida antik davrga oid bilaguzuk, halqalar, to’g’alar, bo’yin taqinchoqlari kabi san’at buyumlari ham bor. Umuman, antik davr Qang’, So’g’d, Farg’ona yerlarida mavjud bo’lgan madaniyat o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko’tariladi. Tayanch tushunchalar: Mehnatning dastlabki yirik taqsimoti, ixtisoslashgan hunarmandchilik, sun’iy sug’orma dehqonchilik, savdo va madaniy aloqalar, qadimgi Misr va undagi qatlamlar, Mesopotamiya, urug’ madaniyati, ilk shaharsozlik, Baqtriya, Sug’diyona, Xorazm, «Avesto», qadimgi Farg’ona, Qang’, Kushonlar. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Isomiddinov M.I. Sopolga bitilgan tarix. Toshkent, 1993. 2.Pidaev SH.R. Sirli kushonlar saltanati. Toshkent, 1990. 3.Pugachenkova G.A., Rtveladze E.V. Severnaya Baktriya-Toxaristan. Tashkent, 1990. 4.Sagdullaev A.S. Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda. Toshkent, 1996. 5.O’zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. A. Sagdullaev, B. Eshov tahriri ostida. Toshkent, 1997, ikkinchi nashri -1999. 6.Baqtriya-Tohariston qadimda va o’rta asrlarda. To’plam, Samarqand, 1993. 7.Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000. VI.6. Amaliy mazmundagi nostandart masalalar yechish Bir mavzu yoki bo’lim bo’yicha nostandart, alohida yondashib qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo’lgan amaliy topshiriqlarga yondashib talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va ishlashga qaratilgan bo’lishi kerak. Talabaning qiziqishi va qobiliyatiga qarab, ilmiy topshiriqlar berish, o’qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy ishlar tayyorlash va chop ettirish mumkin. Bu jarayonni amalga oshirishda rahbar o’qituvchi va talabadan ijodiy yondashuv talab etiladi. Jumladan, ma’lum mavzu bo’yicha ta’lim muassasi yoki respublika miqyosida tashkil etiladigan talabalar hamda yosh olimlar ilmiy ijodlariga bag’ishlangan turli ilmiy-nazariy konferentsiyalarda ishtirok etish. SHuningdek, mustaqil ta’lim jarayoniga oid mavzular mazmun mohiyatini yoritib beruvchi turli slaydlar taqdimotini amalga oshirish ham tavsiya etiladi. Yoki bo’lmasa, texnologik vositalar yordamida ma’lum vaqtga (masalan, 40 daqiqa) mo’ljallangan biror bir mavzuning dars ishlanmasini taqdimot tarzida ishlab chiqish va himoya etish ham o’ziga xos ijobiy natija beradi. Namuna Mavzu: O’zbekiston davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi tarixiy zarurat sifatida. SHaxs va tarix. Taqdimotning texnologiyasi Vaqti – 40 daqiqa Tinglovchilar soni 30 nafar Taqdimotning shakli Vizual ma’ruza Taqdimotning rejasi 1. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi tomon yo’l tutishi. 2. Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi xalqimiz tarixida mislsiz voqea. 3. Davlat ramzlarining qabul qilinishi 4. Islom Abdug’anievich Karimov yangi O’zbekistonning birinchi Prezidenti. SHaxs va tarix. Maqsadi: Mustaqillik o’tmishi ulug’ xalqimizning asriy orzulari ro’yobi, buyuk kelajak sari ezgu niyatlar bilan taraqqiyot yo’lini belgilagan millatimizning ming yillik tarixida mislsiz voqea ekanligini talabalar ongiga singdirish. Pedagogik vazifalar: -XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmidan Sobiq sho’rolar davlatidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy paro- kandalik oqibatlariga to’xtalish; -Ma’muriy buyruqbozlik, totalitar boshqaruvning inqirozi sabablarini ochib berish; -I.A.Karimov rahnamoligida bosh- langan islohotlar dasturi hayotiy va milliy manfaatlardan kelib chiqil- ganligiga e’tibor qaratish; -Mustaqillik tarixiy zarurat ekanligini tushuntirish; -Davlat ramzlarining qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiya-tiga e’tibor qaratish; -Jahon mamlakatlari misolida buyuk shaxslarning millati tarixida tutgan o’rniga baho berish. Faoliyatning natijalari: Tinglovchi: -XX asrning 80-yillaridagi xalqaro munosabatlar, SHo’rolar mamlakati- ning parchalanib ketishi sabablari va oqibatlari yuzasidan shaxsiy fikrga ega bo’ladi; -Totalitar, ma’muriy buyruqbozlik tuzumi mazmun mohiyatiga tushunib yetadi; -O’z ongida Davlat ramzlariga bo’lgan hurmat hissini shakllantiradi va rivojlantiradi; -I.A.Karimovning siyosiy va islohotchilik faoliyati bilan tanishadi; -Mustaqillikning mazmun mohiyatini tushunib, shu Vatanga munosib far-zand bo’lish hissini shakllantiradi. Taqdimot uslubi va texnikasi Vizual ma’ruza, blits-so’rov, bayon qilish, klaster, “ha-yo’q” texnikasi Taqdimot vositalari Ma’ruza matni, proektor, tarqatma materiallar, Jahon siyosiy xaritasi Taqdimot shakli Jamoa, guruh va juftlikda ishlash Taqdimot shart-sharoitlari Proektor, kompьyuter bilan jihoz-langan auditoriya Taqdimotning texnologik xaritasi Bosqichlar vaqti Faoliyat mazmuni Himoyaga chiquvchi Tinglovchi 1-bosqich Kirish (5 min.) 1.1.Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi 1.1.Eshitadi, yozib oladi 2-bosqich. Asosiy (25 min.) 2.1.Tinglovchilarning e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol- javoblar o’tkazadi. -“Vatan” tushunchasga qanday izoh berasiz? -Mustaqillik deganda nimani tushunasiz? -Davlat ramzlari qabul qilingan sanalarni bilasizmi? -Referendum nima? -Saylov bilan referendumning farqi nimada? 2.2.Vizual materiallardan foydalangan xolda ma’ruzani bayon etishda davom etadi. Davlat mustaqilligining qo’lga kiritili-shidan oldingi va mustaqillikning dastlabki yillaridagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar haqida ma’lumot beradi. 2.3.Talabalarga mavzuning asosiy tushuncha- lariga e’tibor qaratishni va yozib olishni ta’kidlaydi. 2.1. Eshitadi. Navbat bilan bir- birini takrorla-may atamalarga izoh beradi. O’ylaydi, javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi. 2.2.Sxema va jadvallar bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi. 2.3.Eslab qoladi. Tarixiy faktlar va ta’riflarni yozib olib ularga misollar keltiradi. 3-bosqich Yakuniy (10 min.) 3.1.Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi. 3.2.Faol ishtirok etgan tinglovchilarni rag’batlantiradi. “Mustaqillik menga va men mustaqillikka nima nima berdim” mavzusida 250-300 so’zdan kam bo’lmagan hajmda qisqa insho yozib kelish vazifa qilib beriladi. Faol tinglovchilar baholanadi. 3.1.Eshitadi, o’z fikrlariga aniqlik kiritadi. 3.2.Topshiriqni yozib oladi. Vizual materiallar 1-savol. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi tomon yo’l tutishi. 1-ilova 2-ilova Vatan ozodligi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimiz - To’maris, SHiroq, Spitamen - Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Torobiy ВАТАН (арабча – она юрт) – инсон яшаб турган, униб-ўсган жой, ҳудуд, ижтимоий муҳит, мамлакат. Ватан остонадан бошланади. Ватанни кенг ва тор маънода тушуниш мумкин. Тор маънода Ватан бу – инсон чақалоқлигида она алласини эшитган бешиги. Ватан бу – инсоннинг ота-онаси, оиласи. Ватан бу – инсон туғилиб ўсган қадрдон маҳалласи, қишлоғи ва эл-юрти. Кенг маънода Ватан бу – серқуёш, жаннатмакон диёримиз ЎЗБЕКИСТОН! Ватан инсон учун энг муқаддас макон. Чунки юқорида келтирилган манзил ва маконларни инсон ҳеч қачон бошқа нарсага алмаштирмайди, пулга айрибошламайди, сотиб ололмайди ёки сотмайди! Ўз юртини, ўз Ватанини севмаган инсон, ўзга юртни ҳам сева олмайди.Бундай инсонлар ватангадоликка маҳкумдирлар. Зеро муқаддас динимиз таомилига кўра Ватанни суймоқ иймондандир! (Ҳадис). - Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur - Po’latxon, Muhammad Ali Eshon (Dukchi Eshon) - Jadidchilik namoyondalari: Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, CHo’lpon, Usmon Nosir - Istiqlolchilik harakati rahnamolari: Madaminbek, SHermuhammadbek, Junayidxon, Ibrohimbek - SHo’ro davri qatag’on qurbonlari 3-ilova O’zbekistonning Davlat mustaqilligi tomon ilk qadamlari 1989 yil 23 iyun - I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasining birinchi kotib etib saylandi 21 oktyabr - O’zbekiston Oliy Sovetida «Davlat tili to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. - O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi 25 noyabr - O’zbekiston rahbariyati Milliy siyosiy masalalarni holislik bilan tahlil etishni Ittifoq raxbariyatidan talab qildi 1990 yil 18 fevral - O’zbekiston Oliy Kengashiga saylovlar bo’lib o’tdi. Oliy Kengash 1990-1994 yillarda faoliyat ko’rsatdi. 24 mart - O’zbekistonda PREZIDENTLIK lavozimi ta’sis etildi I.A.Karimov O’zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi 20 iyun - «Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilindi - I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaning yangi loyihasini yaratish bo’yicha maxsus komissiyasi tuzildi 17 oktyabr - «O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o’tishning asosiy printsiplari» umumxalq muxokamasiga qo’yildi 15 noyabr - «O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to’g’risida» Prezident farmoni e’lon qilindi 1991 yil 15 fevral - Oliy Kengashning «Davlat ramzlari to’g’risida» maxsus qarori qabul qilindi. 1 mart - Respublika Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. 22 iyul - «O’zbekiston hududida joylashgan Ittifoqqa bo’ysunuvchi korxonalarni O’zbekiston tasarrufiga o’tkazish to’g’risida» Oliy Kengash qarori qabul qilindi. 19-21 avgust - Moskvada G.Yanaev rahbarligida davlat to’ntarishiga urinish. SHo’rolar mamlakatida Favqulodda holatning e’lon qilinishi 19 avgust - I.A.Karimov Hindistonga davlat tashrifidan qaytdi 21 avgust - O’zbekiston Prezidentining farmoni bilan «Favqulodda holat Davlat Komiteti» ning faoliyati O’zbekiston qonunlariga zid va noqonuniy deb e’lon qilindi 25 avgust - Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo’mitasi O’zbekiston tasarrufiga o’tkazildi. 2-savol. Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi xalqimiz tarixida mislsiz voqea. 4-ilova Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ҳуқуқий асослари «Ўзбекистон Республикасининг Давлат мустақиллиги асослари тўғрисида»ги ҚОНУНИ 1991 йил 31 августда қабул қилинган. 17 моддадан иборат Ўзбекистон Республикасининг давлат мустақиллиги тўғрисида ОЛИЙ КЕНГАШ БАЁНОТИ 1991 йил 31 августда қабул қилинган. 5-ilova 3-savol. Davlat ramzlarining qabul qilinishi. 6-ilova DAVLAT BAYROG’I – davlatning asosiy ramzlaridan biri bo’lib, uni boshqa davlatlardan farqlovchi belgisidir. Davlat bayrog’i davlat mustaqilligining ramzi sifatida davlat rahbari joyida, oliy qonun chiqaruvchi organ, hukumat, davlat tashkilotlari, elchixonalar, konsulliklar binolarida, xalqaro qatnovdagi havo va dengiz kemalarida va boshqa qonunlarda belgilab qo’yilgan vaziyatlarda ko’tariladi. Davlat bayrog’i har bir mustaqil xalqning dini, qadriyati, an’anasi va milliy ruhiyatidan kelib chiqib yaratiladi. SHuning uchun ham davlat bayrog’ini haqorat СУВЕРЕНИТЕТ (фр. souverainite – олий ҳокимият) – ҳокимиятнинг устунлиги ва мустақиллиги. Суверенитетнинг икки хил кўриниши фарқланади. Давлат суверенитети ва халқ суверенитети. Давлат суверенитети ҳозирги давлатшунослик фанида давлатнинг ички ва ташқи сиёсатидаги тўла мустақиллиги сифатида талқин этилади. Халқ суверенитети халқнинг давлатни бошқаришдаги тўла ҳукмронлиги, халқ ҳокимияти, халқ бошқарувини англатади. Ўзбекистон Республикасининг Давлат мустақиллигини эълон қилиш тўғрисида ОЛИЙ КЕНГАШ ҚАРОРИ 1991 йил 31 августда қабул қилинган. qilgan va unga nisbatan hurmatsizlik qilgan shaxs jinoyat qonunchiligiga binoan jazoga tortilishi belgilab qo’yilgan. DAVLAT GERBI – davlatning rasmiy emblemasi bo’lgan farqlovchi belgisi. Bayroq, pul belgilari, muhrlar va ba’zi bir rasmiy hujjatlarda aks ettiriladi. Davlat gerbining mazmuni konstitutsiya yoki maxsus qonun bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, Davlat gerbi Oliy Kengashning 1992 yil 2 iyulь kuni bo’lgan X sessiyasida “O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to’g’risida”gi qonunni qabul qilish bilan tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi dumaloq ko’rinishiga ega bo’lib, uning o’ng tomoni bug’doy boshoqlari, so’l tomoni ochilgan paxta chanoqlari aks ettirilgan davlat bayrog’i bilan o’ralgan chambardan iborat. Gerbning markaziy qismida Humo qushi, uning orqasida tog’lar, daryolar va serquyosh o’lkamizning manzarasi aks etgan. Gerbning yuqori qismida yarim oyli ozodlik ramzi – sakkiz burchakli yulduz tasvirlangan. Gerbning pastki qismida davlat bayrog’ini ifodalovchi uch rangdagi chambar tasmaga “O’zbekiston” deb yozib qo’yilgan. DAVLAT GIMNI (yun. hymnos – madhiya, maqtov ashullasi, tantanali qo’shiq) – Vatanni, davlatni, tarixiy voqealarni, ularning qahramonlarini ulug’lovchi she’riy-musiqiy asar, davlatning ramzlaridan biri. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasiga binoan, O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi uning tasvirlanishi va rasmiy qo’llanilish tartibi qonun bilan belgilanadi. “O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to’g’risida” gi qonuni 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan . 7-ilova 4-savol. Islom Abdug’anievich Karimov yangi O’zbekistonning birinchi Prezidenti. SHaxs va tarix. 8-ilova ISLOM ABDUG’ANIEVICH KARIMOV Davlat va siyosat arbobi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. 1938 yil 30 yanvarda Samarqandda tug’ilgan. O’rta Osiyo politexnika instituti va Toshkent xalq xo’jaligi institutini tugatgan. 1960 yildan «Tashselьmash» zavodida avval master yordamchisi, so’ng master, texnolog lavozimida ishladi. 1961 yildan CHkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida avval muhandis, so’ngra yetakchi muhandis-konstruktor bo’lib ishladi. 1966-1983 yillarda O’zbekiston Davlat Reja komitetida fan va yangi texnikani joriy etish bo’limining bosh mutaxassisi, so’ngra Respublika Davlat Reja komiteti raisining birinchi o’rinbosari lavozimida ishladi 1983 yildan O’zbekiston Moliya vaziri. 1986 yildan O’zbekiston Ministrlar Soveti Raisining o’rinbosari – Respublika Davlat Reja komitetining Raisi. 1986 yil dekabrdan 1989 yil iyun oyigacha Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi. 1989 yil iyun oyidan O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy komitetining birinchi kotibi. 1990 yil 24 martda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida O’zbekiston Prezidenti etib saylandi. 1991 yil 29 dekabrda birinchi bor muqobillik asosida tashkil etilgan umumxalq saylovida xalq tomonidan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylangan. 1995 yil 26 martda umumxalq Referendumida I.A.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirildi. ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ МАЪМУРИЙ- ҲУДУДИЙ ТУЗИЛИШИ – Ўзбекистон Республикаси ҳудуди 447,8 минг км. кв. ни ташкил этади. Мазкур ҳудудда 12 вилоят, 174 туман, жумладан, 19 шаҳар туманлари, 124 шаҳар, 97 та шаҳарча, 1214 қишлоқ, 101 овул мавжуд. Вилоятларга бўйсунувчи шаҳарлар сони 50 та, 65 шаҳар туманларга бўйсунади. Қорақалпоғистон республикасига бўйсунувчи шаҳарлар сони 8 та. 2000 yil 9 yanvardagi Prezident saylovlarida navbatdagi 5 yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylangan 2002 yil 27 yanvarda O’zbekistonda Prezidentlik lavozimi vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga cho’zish masalasida Referendum o’tkazildi. 93 % saylovchi bu tashabbusni yoqlab ovoz berdi. 2007 yil 23 dekabrda bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovlarida I.A.Karimov yetti yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi I.A.Karimov Respublika ichki va tashqi siyosatida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda jonbozlik ko’rsatgani uchun “O’zbekiston Qahramoni” fahriy unvoni (1994), “Mustaqillik” (1996), “Amir Temur” (1998) ordeni bilan taqdirlangan. I.A.Karimov shuningdek, xalqaro munosabatlarni rivojlantirishdagi salmoqli hissasi uchun qator xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning 30 ga yaqin orden va medallari bilan mukofotlangan. I.A.Karimov O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Akademigi (1994), nufuzli xalqaro akademiyalarning fahriy a’zosi. 9-ilova O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari 1-jild. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. –T.: «O’zbekiston». 1996. 2-jild. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. –T.: «O’zbekiston». 1996. 3-jild. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. –T.: «O’zbekiston». 1996. 4-jild. Bunyodkorlik yo’lidan. –T.: «O’zbekiston». 1996. 5-jild. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. –T.: «O’zbekiston». 1997. 6-jild. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. –T.: «O’zbekiston». 1998. 7-jild. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. –T.: «O’zbekiston». 1999. 8-jild. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. –T.: «O’zbekiston». 2000. 9-jild. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. –T.: «O’zbekiston». 2001. 10-jild. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. –T.: «O’zbekiston». 2002. 11-jild. Biz tanlagan yo’l-demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. –T.: «O’zbekiston». 2003. 12-jild. Tinchlik va xavfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog’liq. –T.: «O’zbekiston». 2004. 13-jild. O’zbek xalqi hech qachon va hech kimga qaram bo’lmaydi. –T.: «O’zbekiston». 2005. 14-jild. Inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat. –T.: «O’zbekiston». 2006. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling