O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ta’lim jarayoni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana09.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

jihatlar 
 
Manbani, ya’ni kitobni mustaqil o’rganish uchun o’qish madaniyatini chuqur 
egallash  kerak.  O’qish  madaniyati  nima?  Bu  avvalo  ko’plab  kitoblar  ichidan 
kerakli  materialni  topa  bilish,  ilg’ab  olish  va  kitobning  mazmunini  chuqur 
tushunish,  uning  qimmatli,  tarixiy,  ilmiy  tomonlargiga  eьtiborni  qaratish,  ustalik 
bilan ayrim yozuvlar qilish, reja asosida konspekt tuzish, referat yozish demakdir. 
Manbani  o’qishda  faqat  u  yoki  bu  kitobni  o’qib,  bilimli  bo’lib  qolish  bilan 
kifoyalanmaydi,  balki  har  bir  ishda  bo’lganidek,  bu  yerda  ham  qunt  bilan  aqliy 
mehnat qilish juda ham zarur.   
Manbalarni  o’rganishda  sizga  nomaьlum  ilmiy  tushunchalar,  siyosiy 
terminlar,  chet  el  so’zlari  uchrashi  mumkin.  Bunday  sharoitda  u  yoki  bu  kitob 
yozilgan  davrni  yaxshi  bilib,  uni  taxlil  eta  oladigan  mustaqil  fikrga  ega 
bo’lmog’ingiz nur ustiga nur bo’lur. 

 
 
 
Ba’zi hollarda talabalar savol berishadi, ya’ni nima uchun biz ijtimoiy-siyosiy 
adabiyotlarni  ko’proq  o’qiymiz?  Javob  shuki,  albatta  ijtimoiy  fanlardan  olgan 
bilimlarimizni  boyitish, to’ldirish, ilmiy  dunyoqarashimizni  yanada  shakllantirish, 
jamiyat  taraqqiyoti  qonunlarini  yaxshiroq  tushunish,  mustaqil  davlatimiz  olib 
borayotgan ichki va tashqi siyosatni aniq anglab yetish va boshqalar uchun zaruriy 
holdir. 
Yana  bir  masala.  Qanday  qilib  notanish  kitobni  o’qish  usuli  va  maqsadni 
oldindan  aniqlash  mumkin?  Ko’p  hollarda  talabani  bu  ishga  ma’ruza  va  amaliy 
mashg’ulot  darslarini  olib  boruvchi  o’qituvchi  yo’naltiradi.  Ma’ruza  yoki  amaliy 
mashg’ulot  jarayonida  tavsiya  etilgan  kitoblar  yoki  manbalar  to’g’risida  qisqa 
tushuncha  beradi.  Agar  maьlum  masala  bo’yicha  kitobni  mustaqil  tanlab  olish 
zarur  bo’lib  qolsa,  uni  o’qishdan  oldin  kerak  yoki  kerak  emasligini  siz  kitob 
muqovasi,  so’zboshi,  so’ngi  so’z,  mundarija  va  qisqa  annotatsiyasi  bilan  tanishib 
olishingiz  mumkin,  agar  varaqlab  ko’z  yugurtirib  chiqsangiz  uning  kerakligiga 
yanada ko’proq ishonch hosil qilasiz. 
Ko’p hollarda talabalar kitob olganda yoki u bilan tanishayotganda, uning na 
so’zboshisiga  va  na  eslatmasiga  hatto  mundarijasiga  eьtibor  bermaydi.  Bu  juda 
xato fikrdir. CHunki kitobni o’qishda bir necha yo’llar bor. Masalan, ayrim qoida 
va xulosalarni yozib borishi, lekin so’zma-so’z ko’chirmaslik kerak. Yozib borish 
sizning  vaqtingizni  tejaydi  va  kitobni  qayta-qayta  o’qishga  ehtiyoj  qoldirmaydi. 
Bunda  albatta  tushunchangizni,  xulosangizni,  o’z  fikringizni  aniqlab  yozganingiz 
maьquldir.  Yozib  olingan  har  bir  so’z  yoki  jumlaning  qaerdan  olinganligi, 
masalan, kitobning nomi va betlari ko’rsatilishi shart. 
Mustaqil o’qishda reja tuzish, tezis shaklida yozish yo’llari ham bo’lib,  unda 
asosiy fikr nihoyatda qisqa shaklda beriladi yoki manbaning asosiy mazmuni ifoda 
etiladi.  Konspekt  qilish  ham  mustaqil  ishlashning  muhim  usullaridan  biridir. 
Konspekt  qisqacha  yoki  keng  bo’lib,  kitob  butunlay  o’qib  chiqilgan  yoki  uni 
bo’limlar bo’yicha o’qish orqali tuzilishi mumkin. Konspektda ham o’z so’zingiz 
bilan  tushunchangizni  yozganingiz  ma’qul.  Ayrim  qoida,  xulosa,  raqam,  nom, 
familiya, yillar bundan mustasno albatta. 
SHuni  aytish  kerakki,  o’qituvchi  ma’ruza,  amaliy  mashg’ulot  va  mustaqil 
ishlarni tashkil qilish va uni nazorat etish jarayonida, ilg’or, iqtidorli talabalar bilan 
ishlashni  yuqori  saviyaga  ko’tarmog’i  lozim.  Kafedradagi  navbatchilik  kunlarida 
talabalar bilan o’tkaziladigan suhbat  konsulьtatsiyalarda har bir  talabada  mustaqil 
ishlash,  erkin  fikrlash  tuyg’usini  shakllantirmog’i,  ilmiy  muloqotda,  munozarada 
qatnashish,  muayyan  mavzu  bo’yicha  mustaqil  ishlash  ko’nikmalarini  kamol 
toptirmog’i  hozirgi  zamon  talabidir.  SHundagina  talabalarning  mustaqil  ishlash 
faoliyati ko’zlangan maqsadga muvofiq bo’ladi. 
 
III. Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarda  turli  malakalarning  
shakllantirilishi 
 
Talabalar    mustaqil    ta’lim    jarayonida    quyidagi    bir    qator    xususiyatlarni  
(malakalarni)    o’zlashtirishlari    va    o’zlarining    ilmiy-ijodiy    faoliyatlarini  
shakllantirishlari  ham  ko’zda  tutiladi. 

 
 
 
Mustaqil  ta’limni  amalga  oshirish  jarayonida talabalar: 

 
Topshirilgan    vazifa    (mavzu)  ni    o’rganishda    auditoriyada    olgan  
bilimlari    (yoki    masalalar    (muammolar)  ning  quyilishiga)    asoslangan    holda  
mustaqil  yondashishlari; 

 
Topshirilgan  vazifa  (mavzu) ning  maqsadini  va  kutilayotgan  natijani  
oldindan  ko’ra  bilish  (anglash); 

 
Mustaqil    ta’lim    jarayonida    talaba    o’zi    uchun    yangi    va    hali  
o’zlashtirilmagan  bilim  va  ma’lumotlarga  ega  bo’lishi; 

 
Auditoriyada    va    mustaqil    ta’lim    jarayonida    olgan    ma’lumotlari    va  
bilimini  qayta  ishlash; 

 
Qo’lga  kiritilgan  natijalarni  va  to’plangan  ma’lumotlarni  tahlil  etish; 

 
Mustaqil    ta’limni    amalga    oshirish    jarayonida    natijalar    to’g’risida  
mustaqil  fikrlay  bilish  malakasi  va  ehtiyojining  shakllanishi; 

 
Topshirilgan    vazifa    (mavzu)  ning    natijasi    (echimi)  ni    oldindan  
anglash  va  uni  hal  qilish  yo’llarini  izlay  bilish; 

 
Yuqori    kurs    talabalarida    topshirilgan    vazifa    (mavzu)  ni    ishlash  
jarayonida    fanning    metodologik    uslublardan    foydalana    olish    malakasining  
shakllanishi; 

 
Talabalarda    ijtimoiy    hayot    hodisalarini    bilib    olish,    ularning  
mohiyatini  tushuntirish  kabi  qobiliyatlarini  shakllantirish; 

 
Mustaqil  tayyorgarlik  vaqtida  ma’lumotlarga  tanqidiy  yondashish  va  
xulosalar  chiqarish  malakasining  shakllanishi; 

 
Mustaqil    ta’limni    amalga    oshirish    (topshirilgan    vazifa    (mavzu)  ni  
bajarish)  jarayonida  o’zining  mustaqil,  shaxsiy  nuqtai-nazarining  (fazilatlari  
yoki  malakalarining)  shakllanishi; 

 
 Prezident    I.A.Karimov    asarlarini    o’rganish    va    ularni    tarix    fanini  
o’rganishda  metodologik  asos  sifatidagi  tushunchalarni  o’zida  shakllantirish. 

 
Dastlabki  manbalarni,  arxiv  manbalari  va  tarixiy  hujjatlarni  mustaqil  
o’rganish  qobiliyati  va  malakasini  shakllantirish; 

 
Ilmiy    adabiyotlar    bilan    ishlash    va    ularni    tahlil    qila    olish  
malakasining  shakllanishi; 

 
 Ilmiy  tadqiqot  ishlari,  dissertatsiyalar,  monografiyalar  va  boshqalar  
bilan  ishlash  va  xulosalar  chiqarish  malakasining  shakllanishi; 

 
Adabiyotlar  bilan  ishlash  malakasining  shakllanishi; 

 
Manbalar  bilan  ishlash  malakasining  shakllanishi; 

 
Vaqtli  matbuot  materiallari  bilan  ishlash  malakasining  shakllanishi; 

 
INTERNET  tarmog’idan  foydalangan  holda  ma’lumotlarni  olish  va  
ular  bilan  ishlash  malakasining shakllanishi; 

 
Mustaqil    ta’lim  jarayonida  axborot  texnologiyalari  va  komьpyuterdan  
foydalangan    holda    jadvallar,    chizmalar,    diagrammalar,    slaydlar    va  
boshqalarni    yaratish    va    ularni    matnlarga    joylashtirish    malakasining  
shakllanishi; 

 
Ilmiy  va  ijodiy  tafakkurlay  olish  qobiliyatining  shakllanishi; 

 
 
 

 
O’quv    mehnati    (vaqt,    soat    taqsimoti)  ni    to’g’ri    tashkil    etish  
malakasini  shakllantirish; 

 
Bilim  va  malakani  amalda  qo’llashga  o’rgatish; 

 
Ilmiy  ishlarni  yoza  olish  malakasining  shakllantirilishi; 

 
Referat,    kurs    ishi,    bitiruv    malakaviy    ishi,    magistrlik  
dissertatsiyalarini    yozish,    maqola,    risola,    qo’llanmalar    tayyorlay    olish  
malakasining  yuzaga  kelishi  va  iqtidorning  keng  qamrovli  bo’lishi; 

 
Mustaqil    ta’lim    jarayonida    qo’lga    kiritilgan    natijalarni    himoya    eta 
olish  malakasining  shakllanishi; 

 
Auditoriyada,    to’garaklarda,    ilmiy    anjumanlarda    o’z    fikrini    bayon  
etib  bera  olish; 

 
Ilmiy-pedagogik  mahoratni  shakllantirish; 

 
Nutq madaniyati  va  mahoratini  shakllantirish; 

 
Ilmiy    (intellektual)    mehnat    va    muomala    madaniyatining  
shakllantirilishi; 

 
Topshirilgan    vazifalarni    o’z    vaqtida    bajarish    mas’uliyati    hissini  
orttirish; 

 
Mustaqil  ta’lim  uchun  belgilangan  topshiriqlarni  bajarish  jarayonida  
o’tmish  tarixiy  jarayonlar  va  bugungi  kun  taraqqiyoti  jarayonlarini  bog’lagan  
holda    milliy    g’oya    va    uning    mohiyatini    to’la    anglash    fazilatlariga    ega  
bo’lishlari  ko’zda  tutiladi. 
 
Albatta    yuqorida    keltirilgan    xususiyatlar    nisbiy    bo’lishi    ham    mumkin. 
Mustaqil    ta’limni    amalga    oshirish    chog’ida    har    bir    talaba    o’z  
imkoniyatlaridan    kelib    chiqqan    holda    yana    boshqa    bir    qatorda    ijobiy  
hususiyatlarni    ham    o’zlarida    shakllantirishlari    tabiiydir.    Bu    esa    ularning  
kelgusida    yetuk    va    har    tomonlama    malakali    mutaxassislar    bo’lib  
yetishishlarida  xizmat  qiladi. 
 
 
IV. Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilishda  rahbar  (o’qituvchi) ning  
faoliyati 
Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilishda  rahbar  (o’qituvchi) ning  roli  va  kasbiy 
(professional) mahorati  eng  ahamiyatli mas’uliyat  kasb  etadi.  Mustaqil  ta’limni  
to’g’ri    tashkil    qilish    va    talabalar    bilan    birgalikdagi    faoliyat    jarayonida  
muvaffaqiyatli    natijalarga    ega    bo’lish    rahbar    (o’qituvchi)  dan    nafaqat    o’zi  
o’qiyotgan    fan    yuzasidan    chuqur    bilimga    ega    bo’lishi,    balki    ayni    vaqtda  
talabalar    bilan    ishni    to’g’ri    tashkil    qilish,    har    bir    talabaning    iqtidori    va  
qobiliyatini  imkon  qadar  hisobga  olgan  holda  yondashishni  ham  talab  qiladi.  
Albatta    bu    anchayin    murakkab    jarayon.    Rahbar    (o’qituvchi)    fan    (kurs)  
yuzasidan  ma’ruza  va  seminar  (amaliy, laboratoriya)  mashg’ulotlari  jarayonida  
turli  pedagogik  texnologiyalar  va  interaktiv  uslublarni  qo’llagan  holda  har  bir  
talabaning    o’ziga    xos    hislatlarini    aniqlashtirib,    mustaqil    ta’lim    bo’yicha  
maslahat    darslarida    talabalarga    to’g’ri    yo’nalish    ko’rsata  olsa,    mustaqil  

 
 
 
ta’limni    tashkil    qilishdan    ko’zlangan    maqsadga    erisha    oladi.    Ya’ni  
talabalarning    mustaqil    ta’lim    yuzasidan    o’zlashtirishlari    ko’zda    tutilgan  
bilimlarga    to’liq    ega    bo’lishlari,    pirovard    natijada    kelgusida    yetuk    va  
malakali  mutaxassis  bo’lib  yetishishlariga  zamin  hozirlashga  erishadi. 
Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  rahbar  yoki  fan  o’qituvchisi: 
1.
 
Har  bir  talabaning    iqtidori    va    mustaqil    ta’limni    amalga    oshirishga  
qobiliyatini  aniqlash; 
2.
 
SHundan  kelib  chiqqan  holda  imkon  qadar  individual  tarzda  talabalarga  
maslahatlar    (masalaning    yechimini    topilishi    uchun    yo’nalishni    aniqlash)  
berish; 
3.
 
Mustaqil ta’lim  uchun  aniq  va  muammoviy  mavzularni  tavsiya  etishi; 
4.
 
Mustaqil    ta’lim    mavzularini    belgilash    chog’ida    fan    dasturi    va    ishchi  
dasturga  qatьiy  rioya  etish; 
5.
 
Ma’lumotlarni  to’plash  va  ularni  klassifikatsiyalash  yo’llarini  o’rgatish; 
6.
 
Ko’yilgan    masalani    ochish    uchun    tavsiya    qilinishi    mumkin    bo’lgan  
adabiyotlar  haqida  ma’lumotlar  berish; 
7.
 
Adabiyotlar  bilan  ishlash  yo’llari  haqida  tushuncha  berish; 
8.
 
Manbalardan  foydalanish  jarayonida  eьtibor  berilishi  lozim  bo’lgan  jihatlar  
haqida  tushuncha  berish; 
9.
 
Matbuot    materiallaridan    foydalanish    chog’ida    ma’lumotlarni    yig’ish    va  
ularni  solishtirish,  taqqoslash  va  xulosalar  chiqarish  to’g’risida  tushuncha  
berish; 
10.
 
Nazorat  qilishni  va  tekshirishni  amalga  oshirish; 
11.
 
Rahbarlik  qilish  va  tekshirishni  amalga  oshirish; 
12.
 
Mavzular    yuzasidan    maьlum    vaqtlar    oralig’ida    muloqot    tarzida    erkin  
suhbatlar    uyushtirib    borish    va    talabalarning    fikrlariga    eьtiborli    bo’lish  
mustaqil  ta’limning  samarali  bo’lishiga  asos  bo’lishi  mumkin. 
 
IV.1. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda aniq maqsadning belgilanganligi 
va rahbar (o’qituvchi) tomonidan aniq topshiriqning qo’yilishi 
 
Mustaqil  ta’lim  shakli  talabalar  tomonidan  mustaqil  tarzda,  rahbar 
(o’qituvchi)ning  bevosita  ta’sirisiz  amalga  oshirishi  lozim  bo’lgan  jarayon 
hisoblansada,  biroq  rahbar  (o’qituvchi)  talabalarga    mustaqil  ta’lim  uchun 
belgilangan  mavzularni  berar  ekan,  mavzu  mazmunidan  kelib  chiqqan  holda 
erishilishi  lozim  bo’lgan  natijalarning  umumiy  tavsifi,  bu  jarayonda  bajarilishi 
lozim    bo’lgan  vazifalar,  tavsiflangan  natijalarga  erishish  yo’llarining  taxminiy 
uslublari va tavsiya qilinayotgan adabiyotlar (manbalar) haqida umumiy tushuncha 
berib  o’tishi  zarurdir.  Bu  tavsiyalar  va  maslahatlar  talabalarning  mustaqil  holda 
o’zlashtirishi  belgilagan  mavzularni  batafsil  o’rganishlari    va  zaruriy  darajadagi 
bilimga  (ma’lumotga)  ega  bo’lishlarini  osonlashtiradi.  Biroq  bu  jarayonda  rahbar 
(o’qituvchi) belgilangan mavzuning o’zi tavsiflagan holda “aynan shunday bo’lishi 
kerak” degan tushunchadan talabalarni holi qilishi zarur va ayni vaqtda talabalarga 
mavzu  yuzasidan  erkin  tadqiqot  olib  borishlari  uchun  o’zi  tomonidan  yetarli 
sharoit  yaratishi  lozim.  Bu  holat  o’z  navbatida  talabalarga  belgilanagan  mavzu 

 
 
 
yuzasidan  o’z  dunyoqarashlari  (yoki  o’zlari  lozim  deb  hisoblagan  tushunchalar) 
asosida  ma’lumotlar  yig’ish  va  ularni  tahlil  qilishlariga  imkon  beradi.  Bu 
jarayonda  rahbar  (o’qituvchi)  talabalarni  doimiy  ravishda  maslahat  darslarida, 
individual  suhbatlar  vaqtida  «O’zbekiston  tarixi»  metodologiyasining  asosiy 
jihatlari  bilan  tanishtirib  borishi  va  bajarilayotgan  mustaqil  ta’lim  mavzulari 
yuzasidan to’g’ri xulosalar chiqarishga yo’naltirib borishi lozim. 
Iqtidorli  va  ilmiy  tadqiqot  olib  borish  malakasiga  ega,  fan  (kurs)  yuzasidan 
aniq  tadqiqot  mavzusi  ustida  ish  olib  borayotgan  talabalar  bilan  mavzu  bo’yicha 
individual (yoki kichik guruhlar tarzida) ish olib borish maqsadga muvofiqdir. 
 
IV.2. Mustaqil ta’lim natijalarining rahbar (o’qituvchi) tomonidan 
tekshirish jarayoni (shakllari), baholash mezonlari va ballar miqdorlari 
 
Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: 
Auditoriyada  amalga  oshiriladigan  talaba  mustaqil  ishlari.  Bunda  o’tilgan 
mavzuni  qayta  ishlash,  kengaytirish  va  mustahkamlashga  oid  topshiriqlar 
bajariladi. 
Auditoriyadan  tashqari  amalga  oshiriladigan  talaba  mustaqil  ishlari.  Bunda 
o’quv  dasturidagi  ayrim  mavzularni  mustaqil  holda  o’zlashtirish,  uyga  berilgan 
vazifalarni  bajarish,  amaliy  va  laboratoriya  ishlariga  tayyorgarlik  ko’rib,  kelish, 
ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.k. 
Birinchi  tur  ishlari  talabalarning  nazariy  va  amaliy  bilimlarini  o’zlashtirib 
borish  darajasi,  amaliy  mashg’ulotlarga  (amaliyot,  laboratoriya,  seminar  darslari) 
tayyorgarlik  saviyasi  va  uy  vazifalarining  bajarilish  sifatini  tekshirish  maqsadida, 
odatda,  nazorat  ishlari  olish,  savol-javob, suhbat,  munozara,  amaliy  topshiriqlarni 
bajartirib  ko’rish  va  h.k.  usullarda  asosan  amaliyot  darslarida  nazorat  (joriy 
nazorat) qilinadi. 
Joriy  nazoratda talabaning dars paytida o’tilgan  materiallarni o’zlashtirish va 
uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o’zlashtirish 
darajasi e’tiborga olinadi.  
Ikkinchi  tur  ishlari  fanning  ishchi  o’quv  dasturida  auditoriyadan  tashqarida 
o’zlashtirlishi  belgilangan  mavzu  buyicha  ma’lumot  va  axborotlarni  mustaqil 
ravishda  izlab  topish,  tahlil  qilish,  konspektlashtirish  (yoki  referat  tarzida 
rasmiylashtirish)  va  o’zlashtirish,  ijodiy  yondashishni  talab  qiladigan  amaliy 
topshiriqlarni  bajarish  ko’rinishida  amalga  oshiriladi.  Bu  turdagi  ishlarni  bajarish 
jarayoni  va  o’zlashtirish  sifatining  nazorati  darsdan  tashqari  paytlarda,  maxsus 
belgilangan konsulьtatsiya soatlarida amalga oshiriladi. 
Talabalar  mustaqil  ishi  natijalari  amaldagi  «Oliy  ta’lim  muassasalarida 
talabalar  bilimini  nazorat  qilish  va  baholashning  reyting  tizimi  to’g’risidagi 
Nizom»ga asosan baholab boriladi.   
Mustaqil ta’lim natijalari talabalarga reyting asosida baholanishlariga bevosita 
ta’sir ko’rsatadi. SHunday ekan, har bir talaba o’zi  bajarayotgan mustaqil ta’lim 
natijalarining  qay  tartibda  baholanishi  va  qancha  balga  ega  bo’lishini  oldindan 
bilishlari  shart.  Buni  fan  o’qituvchisi  fan  bo’yicha  umumiy  reyting  jadvalini 
talabalarga yetkazish chog’ida aytib o’tsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ayni vaqtda 

 
 
 
talabalar  tomonidan  tayyorlangan  mustaqil  ta’lim  mavzularining  natijalari 
baholanish  jarayonida  bir  tomondan  talabalarni  rag’batlantirish  vazifasini  bajarsa, 
ikkinchi  tomondan  talabalarga  topshirilgan  vazifalarni  o’z  vaqtida  bajarishlari 
uchun ma’suliyat hissini shakllantiradi. 
SHu  o’rinda  ta’kidlab  o’tish  joizki,  mustaqil  ta’limning  amalga  oshirilishida 
asosiy  ishtirok  etuvchilar  -  talabalardir.  Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilishdan 
ko’zlangan    asosiy  maqsad  ham  talabalar  bilimini  boyitish  va  ularning  kelgusida 
har  tomonlama  yetuk  va  malakali  mutaxassislar  bo’lib  yetishishlari  uchun  zamin 
hozirlashdir. SHunday ekan, mustaqil ta’lim jarayonini tashkil qilish va uni amalga 
oshirish  jarayonida  har  bir  talaba  o’ziga  topshirilgan  mustaqil  ta’lim  mavzusini 
belgilangan  tartibda o’rganishi,  tayyorlashi va  bu  jarayonda bevosita  faol  ishtirok 
etishi shartdir. Bu mustaqil ta’limni tashkil qilishdagi eng muhim omildir. Mustaqil 
ishlar  natijalarini  baholashda  rahbar  (o’qituvchi)ga  quyidagi  mezonlarni  tavsiya 
etish mumkin: 
 
 
B
all 
Baho 
Mustaqil ishlarning bajarilganlik darajasi 
86-
100 
A’lo 
“5” 
Mustaqil  ishlar  to’liq  va  aniq  bajarilgan,  olingan 
ma’lumotlar  tahlil  etilib,  izchil  va  tizimli  ravishda 
muammoning  yechimiga  qaratilgan  loyihalash  jarayoni 
amalga 
oshirilgan, 
mustaqil 
ishni 
bajarishga 
ijodiy 
yondoshilgan,  muammoga  tegishli  adabiyotlardan  unumli 
foydalanilgan,  internet  ma’lumotlaridan  ijodiy  tahlil  asosida 
aks etgan mustaqil ishlarga qo’yiladi. 
71-85 
Yaxshi 
“4” 
Axborotlar 
ahamiyatiga 
ko’ra 
tabaqalashtirilgan, 
mustaqil  ishni  bajarishga  qisman  ijodiy  yondoshilgan, 
muammoga  tegishli  adabiyotlardan  unumli  foydalanilgan, 
internet ma’lumotlari aks etgan mustaqil ishlarga qo’yiladi. 
55-70 
Qoniqarli 
“3” 
Mustaqil  ish  bajarish  uchun  lozim  bo’ladigan  shart-
sharoitlar va imkoniyatlardan to’liq foydalanilmagan, berilgan 
namunalarga  asoslanib,  mantqiy  yechimlar  keltirilgan, 
mustaqil  ishni  bajarishga  ko’rsatmalar  asosidagi  tayyor 
ma’lumotlardan foydalanilgan mustaqil ishlarga qo’yiladi. 
0-55 
Qoniqarsiz 
“2” 
Mustaqil  ishlar    yetarlicha  izchillikda  va  tizimlilik 
darajasida  bajarilmagan,  namunalarga  o’xshash  tarzda,  ijodiy 
yondoshilmagan  holda  bajarilgan,  mustaqil  ishni  bajarishga 
ijodiy  yondoshilmagan,  muammoga  tegishli  adabiyotlardan 
unumli 
foydalanilmagan, 
internet 
ma’lumotlaridan 
ko’chirilgan mustaqil ishlarga qo’yiladi. 
 
 
 
V. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilash 
  

 
 
 
Talabalarga mustaqil ta’lim mavzulari berilar ekan, rahbar (o’qituvchi) har bir 
mavzuning  o’ziga  xos  xususiyatlari,  mavzularni  o’rganishga  bo’lgan  yondashuv, 
mavzu  natijalarini  qay  tarzda  umumlashtirish,  tahlil  qilish,  xulosalar  chiqarish  va 
ularni  oxirgi  jarayon  sifatida  baholash  uchun  taqdim  qilish  holatlarini  tushuntirib 
berishi lozim. 
Mavzularning  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  o’rganish  jarayonida 
uning  natijalarini  umumlashtirishda  eng  maqbul  uslublar,  xususan,  reja  asosidagi 
konspekt,  tezislar,  xronologik  jadvallar,  diagrammalar,jadvallar,  chizmalar, 
xaritalar  (yoki  xaritalar  asosida  ishlash),  grafiklar,  yozma  yoki  og’zaki  axborot, 
referat,  ilmiy  ish,  ijodiy  ish  tarzida  amalga  oshirilishining  qo’llanishi  haqida 
ma’lumotlar va tushunchalar berib o’tishi maqsadga muvofiqdir. 
SHuningdek,  talabalar  o’zlari  tayyorlagan  mustaqil  ta’lim  topshiriqlarining 
yozma  yoki  og’zaki,  referat  yoki  ijodiy  ish  sifatida  topshirishlarini  ham  oldindan 
belgilashlari zarur. 
Talabalar  mustaqil  ishlarining shakli va hajmini belgilashda  quyidagi  jihatlar 
e’tiborga olinishi lozim: 
- o’qish; 
-  muayyan  fanning  o’ziga  xos  xususiyati  va  o’zlashtirishdagi  qiyinchilik 
darajasi; 
-  talabalarning  qobiliyati  hamda  nazariy  va  amaliy  tayyorgarlik  darajasi 
(tayanch bilimi); 
- fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi; 
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi. 
Mustaqil  ish  uchun  beriladigan  topshiriqlarning  shakli  va  hajmi,  qiyinchilik 
darajasi  semestrdan-semestrga  ko’nikmalar  hosil  bo’lishiga  muvofiq  ravishda 
o’zgarib,  oshib  borishi  lozim.  Ya’ni,  talabalarning  topshiriqlarni  bajarishdagi 
mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va 
ijodiy yondashishga o’rgatib borish kerak bo’ladi.    
TMIni  tashkil  etishda  talabaning  akademik  o’zlashtirish  darajasi  va 
qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin: 
-  fanning  ayrim  mavzularini  o’quv  adabiyotlari  yordamida  mustaqil 
o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash; 
- amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish; 
- ma’lum mavzu buyicha referat tayyorlash; 
- kurs ishi (loyihalari)ni bajarish; 
-  bitiruv  malakaviy  ishi  va  magistrlik  dissertatsiyasi  uchun  materiallar 
to’plash; 
- hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish; 
- maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash; 
-  amaliyotdagi  mavjud  muammoning  yechimini  topish,  test,  munozarali 
savollar va topshiriqlar tayyorlash; 
- ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash; 
- amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash; 
- uy vazifalarini bajarish va boshqalar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling