O’zbekiston tarixi o’rganishning nazariy-metodologik asoslari, va ahamiyati. Reja
Download 50.22 Kb.
|
O’ZBEKISTON TARIXI O’RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI, VA AHAMIYATI
«Qadimgi Baqtriya» podsholigi tashkil topdi.
Xullas, davlatchilik asoslarining shakllanishi ham dastlabki tsivilizatsiyaning muhim belgilaridan biridir. TSivilizatsiya xususida so’z yuritar ekanmiz, qadimgi san’at, madaniyat haqida ham to’xtalish tabiiydir. Kaltaminor, Hisor, Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning nodir namunalari topilgan. O’lkamizning tog’li hududlarida esa qoyatosh rasmlarini uchratamiz. Ularning ayrimlari oxra bo’yoqlari bilan, boshqalari esa toshga urib, o’yib chizish usuli bilan ishlangan rasmlardir. Faqat O’zbekiston hududida 100 dan ortiq qoyatosh rasmlar mavjud, ular mazmunan boy bo’lib, nozik did bilan chizilgan. Ularning ko’pchiligi ibtidoiy hayvonlar, ov manzaralarini aks ettiradi. Bu san’at namunalarining aksariyati ham neolit davriga to’g’ri keladi. O’tmishda yashagan ajdodlarimiz yoki qadimgi odamlar hayotida e’tikod, sig’inish, cho’qintirish holatlari ham ongning rivojlanib borish jarayoniga bog’liq bo’lgan, tabiatdagi bo’lib turadigan turli hodisalarlar, keskin iklimlarga to aqli, ongi yetib, tushungunga qadar nimadan qo’rqsa, shunga sig’inish bo’lavergan. Miloddan avvalgi 7-6 asrlarga kelib hududimizda zardushtiylik diniga payg’ambar Zardusht tomonidan asos solingan va bu dinning muqaddas «Avesto» kitobi yuzaga kelgan, bu nafaqat diniy kitob, balki beqiyos tarixiy manba hamdir. Hududimizda miloddan avvalgi 1 ming yillardayoq bahor-Navro’z bayrami sekin-asta nishonlanib, keng tus ola boshlagan. Miloddan avvalgi V-IV asrlarga kelib esa yozuvlarning ilk ko’rinishlari vujudga kela boshladi. Bu yozuvlar hududimizda eng dastlabki davlat, shaharlar bo’lmish qadimgi Xorazmda, So’g’dda paydo bo’lib, Xorazm, Baqtriya, Sak, So’g’d yozuvlari deb ataladi. Xulosa qilib aytganda, yuqorida bildirilgan fikrlardan yaqqol namoyon bo’lib turibdiki, qadim Turkiston hududi insoniyat taraqqiyotining muhim o’choqlaridan biridir. Adabiyotlar: 1. O’zbekiston tarixi T., «YAngi asr avlodi» 2003 y. 7-20 betlar. 2. Istoriya Uzbekistana. T. Universitet, 2004 g. s. 4-7. 3. O’zbekiston tarixi - Toshkent Davlat universiteti - T. Universitet, 1997 yil. 16-23-betlar. 4. SH. Karimov, R. SHamsuddinov «Vatan tarixi» T. «O’qituvchi», 1997 yil. 5-12-betlar. Download 50.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling