O’zbekiston tarixi o’rganishning nazariy-metodologik asoslari, va ahamiyati. Reja
Download 50.22 Kb.
|
O’ZBEKISTON TARIXI O’RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI, VA AHAMIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Tarixga murojaat kilar ekanmiz - bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bulmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi»
Kimki tutmas qalbida tarixni,
U inson ham emas, olim ham emas. Biroq kimki uqsa o’tmishini, Ko’p boyitar o’z turmushini. Tarix odamlarni o’ylatadi, bo’lib o’tgan tarixiy hodisalar va voqealarni tahlil qilish, fikrlash va ulardan amaliy hayotiy xulosalar chiqarish asosida dasturiy harakatlar yo’llanmasini belgilashga yordam beradi. Milliy o’zlikni anglashda, milliy birlikni shakllantirishda shajaramiz ulug’ligi va pokligini bilishda, dono xalqimizning jahon xalqlari orasida tutgan o’rniga munosib baho berishda, uning boy hayotiy tajribalaridan kengroq foydalanishda, xalqimizning olijanob, hurriyatparvar va erkparvar an’analarini izchil o’rganish va yanada boyitishda, xullas barkamol haqiqiy inson shaxsini yaratishda Vatan tarixining o’rni benihoya kattadir. Vatan tarixi mustaqil davlatimiz ijtimoiy hayotida faol katnasha oladigan, idrokli va qobiliyatli, o’zining tarixiy ildizlarini anglashga qodir, yurtiga, vataniga, ona xalqiga cheksiz mehr-muhabbat his-tuyg’ulari bilan to’lib- toshgan avlodni kamol toptirish, ularning ongida milliy istiqlol tafakkuri va harbiy vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirish qurolidir. Vatan ostonadan, inson yashab nafas olib turgan go’shadan, insonni kindik koni to’qilgan xonadon tuprog’idan boshlanadi. SHu bois, inson ilk bor nafas olib, ulg’ayib voyaga yetgan ona zaminga mehr-muhabbat va sadoqatda bo’lishi, uning har bir hovuch muqaddas tuprog’ini ko’ziga tutiyodek surtishi, unga nisbatan bir umr farzandlik hissi bilan yashashi uning uchun ham farz ham karzdir. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Vatan tarixining barkamol insonni shakllantirishdagi o’rniga yuksak baho berib, «Tarixga murojaat kilar ekanmiz - bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bulmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi», - degan edi. O’tmishni bugun yaratib bo’lmaydi, o’tmish bugunni yaratadi. Tarixdagi har bir ijtimoiy yuksalish jamiyatning o’z merosiga, o’z o’tmishiga bo’lgan munosabatini isloh qilishdan boshlangan. o’tmishga bo’lgan har qanday ijodiy murojaat esa hamisha inqilobiy o’zgarishlarga zamin tayyorlagan, o’tmish aqidalari bugun uchun xizmat qilgan. Biroq, o’tmishga murojaat qilishdan avval, unga bo’lgan munosabatni halol, to’g’ri yo’lga solish kerak. Busiz tarixni holisona yaratish mumkin emas. XXI asr bo’sag’asida Vatanimiz tarixida yangi davr boshlandi. O’zbekiston o’zining davlat mustaqilligini qo’lga kiritdi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil davlat - O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. Har bir xalq, har qaysi mamlakat o’zining uzoq va betakror tarixiga ega bo’lganidek, O’zbekistonning, o’zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Tarixiy voqealarni o’rganishda ilmiy, nazariy-metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. SHo’rolar davrida uni o’qitish va o’rganish ishlari marksistik metodologiyaga bo’ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga komfirqa mafkuraviyligi, partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshildi. Oqibatda ko’pgina tarixiy voqea-hodisalar soxtalashtirildi, o’tmish koralandi, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi. YOsh avlodga ularni jirkanch illat, xurofot, eskilik sarqitlari deb o’rgatildi. Tarix faqat jangu - jadal, urushlardan iboratdek qilib o’rganildi. O’zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa bashariyat tarixi bilan chambarchas bog’langan. Qadim zamonlardan yaqin yillargacha Vatanimiz O’rta Osiyo minta-qasidagi ko’pgina davlatlar bilan - Afg’oniston, Eron, SHimoliy Hindiston kabi mamlakatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo’lib keldi. Bu katta hududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o’zaro ta’sir va aloqada bo’lganlar, qo’shilish jarayonini boshdan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti bir-biri bilan o’zviy bog’liq o’tgan. SHu sababli O’zbekiston tarixini qo’shni mamlakatlar tarixi bilan bog’liq holda o’rganish taqozo etadi. Qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg’on, hind, arab va boshqa xalqlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, u O’zbekistonni xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama o’rganishga imkon yaratadi, ko’maqlashadi. Tarixiy voqea, hodisalarlarni o’rganish, tahlil etish va yoritishda holisona, haqqoniy, adolatli yondoshuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarlarni o’rganayotganda, ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning xech bir istisnosiz butun majmuani birga olib tekshirishni, aniq haqqoniy dalillarga asoslanib ishlashni talab qiladi. Tarixiy hodisalarlarni bir butun holda o’zaro aloqada va munosabatda deb tekshirish lozimdir. Tarixni o’rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarlarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqea-hodisalarlarni o’rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga e’tibor qilmoq zarur. Har bir voqea, hodisalarni boshqa, voqea-hodisalarlar bilan bog’lab o’rgangandagina mazkur voqea-hodisalarning umumiy tarixiy jarayonidagi o’rnini to’g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo’ladi. Har-bir voqea-hodisalarga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo’lagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisalarga qanday tarixiy sharoitda, muxitda paydo bo’lganligini bu hodisalar o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishini, hozirgi zamon va kelajagini yagona tabiiy tarixiy jarayon deb, o’tmish Hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz. Tarixiy jarayonni o’rganishda ijtimoiy yondashuv printsipiga rioya etish zarur bo’ladi. Ijtimoiy yondoshuv metodologiyasini tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa-kambag’allar, yo’qsillar yoki mulkdor, boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondoshuv bo’lib, u tarixni soddalashtiradi, to’g’ri xulosaga olib kelmaydi. Mamlakatimiz tarixini o’rganishda milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urf-odatlarini, din, islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishga, yoritishga tsivilizatsion munosabatda bo’lib, ularni hurmatlash, e’zozlash nuqtai nazaridan yondoshmok kerak. Xayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma’naviy madaniyatini ahloqiy mezonlarini ikkiga – ekspluatatorlik madaniyati va ahloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va ahloqiga bo’lish va birinchisini qoralashdan iborat bol’sheviklarcha yo’riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko’rsatdi. Ma’naviy merosga bunday yondashuv ma’naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga, ko’pgina olimlar, ma’rifatparvar ziyolilar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini xech kachon unutmaslik kerak. Tarixni o’rganishda yuqoridagi metodologik qoidalar bilan bir qatorda faktlarni takkoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsialistik tadqiqotlar o’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalaniladi. Download 50.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling