O’zbekiston tarixi o’rganishning nazariy-metodologik asoslari, va ahamiyati. Reja


Zardushtiylikning vujudga kelishi. «Аvesto» - vatanimiz tarixini o'rganishda muhim manba


Download 50.22 Kb.
bet8/9
Sana27.02.2023
Hajmi50.22 Kb.
#1234720
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’ZBEKISTON TARIXI O’RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI, VA AHAMIYATI





5. Zardushtiylikning vujudga kelishi. «Аvesto» - vatanimiz tarixini o'rganishda muhim manba.
 
Akademik YA. G’ulomovning 1959 yilda nashr etilgan «Xorazmning sug’orilish tarixi» asaridan ayonki, bu hududda qadim davrlardayok murakkab sug’orish tizimlari va shahobchalari (kanallar, to’g’onlar, chig’irlar) bo’lgan, ular aniq hisob-kitob asosida barpo etilgan. Demak sug’orma dehqonchilikning muhim asoslari o’sha paytlardayok mavjud bo’lgan. Muallif aniq dalillarga tayangan holda bu o’lka inson tsivilizatsiyasining dastlabki o’choqlaridan biridir, degan asosli xulosaga kelgan edi. Darhaqiqat vaqtlar o’tishi bilan odamlarning hayotiy kuzatuvchanlik qobiliyatlari asta-sekin yuksalib bordi. Natijada esa xayotga, mehnat jarayonlariga munosabatlar o’zgarib, ijobiy tomonga yuksalib bordi. Bu holatlar o’z natijasini bera boshladi va ular sekin-asta hunarmandchilikni, dehqonchilik va chorvachilikni kashf etdilar. Bu, albatta xo’jalikning ilg’or unumdor shakli edi. SHu boisdan tarixchi olimlar bu jarayonni tsivilizatsiya tomon qo’yilgan muhim odim, deb hisoblaydilar. Dehqonchilik va chorvachilikning Markaziy Osiyoda bundan 7-6 ming yil avval ilk asoslari paydo bo’lgan.
«Zamonbobo va Capazm» madaniyati dalolat beradiki, Zarafshon vohasi yurtimizdagi qadimiy dehqonchilik mintaqalaridan biri hisoblangan. U eneolit davriga to’g’ri keladi. Qadimgi dehqonchilik O’zbekiston janubi hamda Xorazm vohasida mavjud bo’lgan. SHu davrda odamlar o’troq yashashga o’ta boshladilar, natijada sug’orma dehqonchilik vujudga kela boshlagan. CHust madaniyatining tahlili shuni ko’rsatadiki, Farg’ona vodiysida ham o’troq dehqonchilik mavjud bo’lgan va ko’plab katta kichik qishloqlar yaratilgan. Toshkent vohasida, Xususan Ohangaron atrofida ham qadimdan dehqonchilik bilan shug’ullanib kelganlar.
YAngi tosh davrida ajdodlarimiz loydan idish yasab, ularni olovda pishirish, ip yigirish, kanop va zig’irdan mato to’qish, yog’och va qamishdan qayiq yasashni o’rgandilar.
O’lkamizda bundan 6 ming yil muqaddam kulolchilik rivojlana boshladi. Paxsa binokorligi paydo bo’lganiga 5 ming yildan oshdi. Eneolit davrida temirdan foydalanish kashf etildi, odamlar o’z mehnat qurollarini yasash uchun har xil mustahkam toshlar qidirib tabiiy misga duch keldilar va undan turli buyumlar yasadilar. Keyinchalik misni olovda eritib ishlatishni kashf qildilar. Markaziy Osiyoda ochiq ruda konlari va ular atrofidagi temir eritish ustaxonalari mavjud bo’lgan. Xususan, sof misdan qurollar yasaganlar. Ungacha ibtidoiy odamlar uzoq davrlar davomida faqat tosh, suyak va yog’ochdan yasalgan qurollardan foydalanayotgan edilar. Qadimgi «temirchilar» keyinrok qalayni misga qorishtirib jez (bronza) olishni o’rganganlar. Jezdan foydalanish mehnat qurollarining turini ko’paytirish imkoniyatini yaratdi. Maxsus temirchilik, chilangarlik va zargarlik ustaxonalari paydo bo’ldi.
O’tmishimizda yuz bergan yirik ijtimoiy o’zgarishlardan biri dehqonchilikni chorvachilikdan ajralib chiqishi bo’ldi. Bu insoniyat tarixida birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti edi. Bu o’ta muhim voqea O’zbekiston hududida bronza davrida, ya’ni bundan 4 ming yil muqaddam yuz bergan. Hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi kishilik jamiyatida ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti bo’ldi. Sodir bo’lgan bu jarayonlar kishilarni ijtimoiy tabaqalanishga, turli guruh va sinflarga bo’linishiga olib keldi.
Bundan 3,5 ming yil burun paxtachilik va ipakchilik paydo bo’ldi. Dehqonchilikdagi bu yangi turlarni vujudga kelishi inson tsivilizatsiyasida katta ahamiyatga ega edi. U xususan hunarmandchilik yangi turlarining vujudga kelishida sezilarli turtki bo’ldi. O’zbekiston Prezidenti I.Karimov Xiva shahrining 2500 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim)dagi nutqida bunday degan edi:-«o’zingiz o’ylang, miloddan avvalgi VIII-VII asrlardayok uzunligi 60-70 kilometr, eni 35-40 metr bo’lgan kanallardan iborat murakkab va ulkan sun’iy sug’orish tizimlarini yaratib, dehqonchilik qilgan ko’hna Xorazm ahli zakovati va matonatiga qoyil qolmay bo’lmaydi.
Sun’iy sug’orishni paydo bo’lishi tsivilizatsiyaning muhim odimlaridandir, chunki uning vujudga kelishi aniq hisob - kitobni, tadbirning maqsadga muvofiqligini anglashni, yetarli mablag’ va mehnatni katta tashkilotchilikni, odamlarni shu ishga safarbar qilishni taqozo etadi. Bu jamoalar tomonidan tashkiliy ravishda rahnamo, ya’ni hokimiyat nazoratida ko’pchilik manfaatini ko’zlab qilingan katta tadbirdir.
Qisqasi ana shunday keng ko’lamdagi ijtimoiy rivojlanish asosida Markaziy Osiyoda dastlabki tsivilizatsiya shakllandi.
Ma’lumki qadim o’tmishda shaharlar, qal’alarning vujudga kelishi tsivilizatsiyaning yaqqol bir ko’rininshi bo’lgan. Qadimshunoslarni keyingi yillardagi izlanishlari natijasida mintaqamizda o’nlab noma’lum shaharlar xarobalari ochildi. Ular Turkmaniston hududidagi Elkantepa va YOrqal’a, Farg’onada Dalvarzin, Surxondaryoda, Qiziltepa, Xorazmda Ko’zaliqir, Qashqadaryoda yerqo’rg’on va boshqa manzilgohlardir. Arxeolog V.Masson o’sha davr shahar xarobalarini tahlil qilib ularda bir birlariga yaqinlik bo’lgan ilk shaharlarga xos madaniyat saviyasi yuqori darajada bo’lgan deb yozadi. Mutaxassislarning takidlashicha O’zbekiston qadimgi SHarq shahar tsivilizatsiyasi ilk bor shakllangan hududga kirgan. Unga Sopolli tepa va Jarqo’ton topilmalari ham misol bo’ladi.
Mintaqamizda agrar taraqqiyot asosida shaharlarni paydo bo’lishi jamiyatni ijtimoiy tabaqalanishi va sinflarga bo’linishi dastlabki davlat uyushmalarini vujudga kelishiga olib keldi. Qadimshunos olimlar A.Sagdullaev, T.SHirinovlar fikricha yurtimizda davlatchilik miloddan avvalgi 2 ming yillikning oxirlarida paydo bo’la boshlagan. Odamlar qadimda urug’, qabila, so’ng elat bo’lib yashaganliklari ma’lum. Ularning o’z ma’murlari, yo’lboshchilari, rahbarlari bo’lgan.
Bevosita davlatchilik esa uch boskichdan iborat degan taxminlar bor. Avval qal’a, yirik manzilgohlar, shaharlar birlashmasi (polislar), keyin podsholiklar–kichik davlatlar, so’ng ularning konfederatsiyasimon birlashmalari vujudga kelgan. «Avesto» kitobidagi ma’lumotlar, shuningdek yunon, hind, xitoy manbalaridagi geografik nomlar ham shundan dalolat beradi. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda esa davlati va 
Download 50.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling