O‘zbekiston tarixi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

Ilm-fan ravnaqi. Temuriylar ma’naviy madaniyati to‘g‘risida gap borganda, dastavval, 
ona yurtimiz Uyg‘onishi davrining ikkinchi bosqichi bo‘lgan bu oltin asrda ilm-fanning 
nechog‘lik ravnaq topganligi hamda uning jahon ilmu urfoni taraqqiyotiga qo‘shgan bebaho 
hissasi haqida har qancha g‘ururlansak arziydi.
Ulug‘bek davrining taniqli tarixchisi va adibi Davlatshoh Samarqandiyning mana bu 
so‘zlari ham harakterlidir: «Olim, odil, g‘olib va himmatli podshoh Ulug‘bek Ko‘ragon ... 
yulduzlar ilmida osmon qadar yuksalib bordi, Maoniy ilmida qilni qirq yordi. Uning davrida 
olimu fozillar martabasi nihoyat cho‘qqisiga ko‘tarildi ...»
1

1
Самарқандий Д. «Шоирлар бўстони», Т., Ғафур Ғулом нашр, 1981, 148-бет. 


Ulug‘bek ilmiy maktabining eng katta yutug‘i, avvalo, astronomiya va matematika 
fanlari sohasida yaratilgan muhim kashfiyotlardir. Masalan, Ulug‘bek qalamiga mansub «Ziji 
ko‘raganiy» asari o‘zining beqiyos to‘g‘ri ilmiy echimlari, xulosalari bilan hozirga qadar ham 
olimlar e’tiborini qozonib kelmoqda. Shuningdek bu ilmiy maktab olimlarining uchinchi darajali 
aligebraik tenglamalarini echib, bir darajali yoyning sinusini aniqlash borasidagi tadqiqotlari 
ham matematik tafakurning katta yutug‘idir. Ulug‘bek davrining fan peshvolaridan Qozizoda 
Rumiyning «Risola fil hisob» («Hisobga doir risola», «Sharhi Mulaxxas» fil-hay’at 
(Astronomiya asoslariga sharh), «Risolatul jayb» («Sinus haqida risola»); G‘iyosiddin 
Jamshidning qomusiy mazmunga molik besh kitobdan iborat yirik matematik asari- «Miftoxil 
hisob» («Hisob ilmi kaliti»), Ali Qushchining «Risola dar ilmi hisob», «Risola dar handasa», 
«Risola dar falokiyot», «Risolai mantiq» singari asarlari o‘z davri ilmiy tafakkurining bebaho 
yutug‘i bo‘lib qolmay, ular ayni chog‘da ilm-fanning keyingi rivojiga ham samarali ta’sir 
ko‘satdi. Bu davrning yana bir muhim yutug‘i-bu ijtimoiy fanlar, xususan tarixshunoslik 
sohasida ham katta tadqiqotlarning yaratilganligidir. Bu xayrli ishning kushoyish topishida ham 
temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo‘lgan. Jumladan, Amir Temurning 
«Tuzuklari», Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy 
fanlar rivojiga ayricha ta’sir ko‘rsatganligi shubhasizdir. Temuriylar davrida salmoqli iz 
qoldirgan alloma olimlardan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», 
Xofizu Abruning «Zubdat at-tavorix», A.Samarqandiyning «Matla ul-sa’dain» va «Majma’ ul-
bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqishi o‘rni va ikki azim daryoning quyilish joyi»), Ibn 
Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning etti jildli «Ravzat ul-safo» («Poklik bog‘i»), 
Xondamirning «Makorimul axloq» («Yaxshi fazilatlar»), «Xabibus siyar fi axboru afodul 
bashar» («Xabarlar va bashariyat odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari o‘sha zamon 
tarixshunoslik ilmining yuksaklik darajasini o‘zida ifoda etadi. Ularning har birida nafaqat u yoki 
bu hukmdorlarning davlat siyosati yohud harbiy yurishlari, yohud shaxsiyatlariga oid 
ma’lumotlar aks etib qolmay, balki shu bilan birga tilga olinayotgan davrning barcha murakkab, 
ziddiyatli jarayonlari, tarixiy voqealar, hodisalar silsilasi ham ishonarli tarzda yoritilganligiga 
amin bo‘lamiz. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling