O‘zbekiston tarixi
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
Moddiy madaniyat. Amir Temur va uning avlodlari hukm surgan tarixiy davrni
nazardan o‘tkazar ekanmiz, bunda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yuksak marralari sari ko‘tarilgan Movarounnahr va Xurosonning butun tarovati, yorqin manzarasi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Markaziy Osiyo xalqlari tsivilizatsiyasi va madaniyati ravnaqining yuqori cho‘qqisi hisoblangan Temuriylar davri nafaqat shu mintaqa doirasida, balki umumjahon miqyosida ham o‘ziga xos yuksak bosqich bo‘ldiki, uning qudratli aks sadosi asrlar osha minnatdor avlodlar dili va tafakkurini hamon nurlantirib kelmoqda. Ona tariximizning mana shu muhim bosqichida halq dahosi, qudrati bilan betimsol moddiy va ma’naviy madaniyat namunalari, mislsiz asori atiqalaru monumental me’moriy obidalar bunyod etildi, ilm-fan yuksaldi. Bunday yuksalish Amir Temur va uning avlodlarining donoligi, ilm-fan, ma’rifat ravnaqiga rag‘bat, katta sa’y-harakat bog‘langanliklari natijasidir, albatta. Xususan Amir Temur siymosiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning o‘zi yuksak ma’rifatparvar hukmdor sifatida xalq ichidan chiqqan qanchadan-qancha noyob iste’dodlar, ilmu urfon va din ahillari, me’moru hunarmandlarni parvarishlab o‘stirish barobarida mamlakat obodonligi, ravnaqi uchun ham doimiy harakatda, izlanishda bo‘ldi. Uning davrida Samarqandda va yurtning boshqa hududlarida qad rostlagan serhasham saroylar, bog‘-rog‘lar, masjidu madrasalar, ravotu karvonsaroylar, ko‘priklar, suv havzalari va boshqa inshootlar sohibqiron salohiyati va faoliyatining nechog‘lik ko‘p qirraliligidan dalolat beradi. Amir Temur davrida Samarqandda bunyod etilib, tevarak-atrofga husnu latofat bag‘ishlagan, bir-biridan ko‘rkam o‘nlab bog‘lar, chunonchi, «Bog‘i Dilkusho», «Bog‘i Jahonaro», «Bog‘i Davlatobod», «Bog‘i Nav», «Bog‘i Zag‘on», shuningdek o‘z davrining tengsiz me’moriy obidalari - «Ko‘ksaroy», «Bo‘stonsaroy», Go‘ri Amir maqbarasi, Registon majmui, Shohi Zinda ansambli, Bibixonim masjidi va madrasasi, Shahrisabzdagi mashhur Oqsaroy, Turkiston shahridagi Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasi va shu singari noyob inshootlar Amir Temur davrida moddiy madaniyatning yuksak darajada rivoj topganligiga ishonchli guvohdir. Mirzo Ulug‘bek zamonida (1409-1449) Samarqand, Buxoro, G‘ijduvon va boshqa shaharlarda qurilgan muhtasham masjidu madrasalar, ilm-urfon maskanlari, saylgohlar va boshqa noyob inshootlar bunyod etilgan. Uning rahnamoligida 1420-1428 yillar mobaynida qurilgan rasadxona o‘sha davrning tenggi yo‘q oliy inshooti bo‘lgan. Bu mahobatli bino tsilindr shaklida, uch oshiyonli bo‘lib, aylanasi 47, balandligi esa 31 m. atrofida edi. Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan. Olimlar va xodimlar uchun rassadxona atrofida ko‘plab hujralar barpo qilangan. Rassadxonaning boy kutubxonasi bo‘lib, uning kitob fondi 160 mingdan oshar edi. Rassadxona etagida Ulug‘bek bobosi Amir Temur an’anasini davom ettirib, ikkita chorbog‘ qurdirdi. Ularning biri «Bog‘i maydon», ikkinchisi esa «Chinnixona» nomi bilan ataldi. Bog‘i maydon o‘rtasida bunyod etilgan ikki oshiyonli binoning devor va ustunlari oq marmar bilan qoplangan edi. Chinnixonadagi binolarning biri toshdan, ikkinchisi esa chinnidan bo‘lgan. Xurosonning obod o‘lka sifatida gullab-yashnashi ham Temuriylar davriga to‘g‘ri keladi. Shohruh Mirzo va uning vorislari tomonidan barpo etilgan 150 dan ziyod mashhur obidalar, jumladan «Bog‘i Zog‘on», «Bog‘i jahon» qal’a maskanlari, «Gavharshodbegim» madrasasi, Boysunqur «Nigoristoni» (kutubxonasi), yoxud Husayn Boyqaro davrida (1469-1506) uning do‘sti, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy rahnamoligida Hirot va uning atrofida qurilgan 300 dan ziyod noyob bino va inshootlar: masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh, hammom, shifoxona, saroylar, istirohat bog‘lari, rabot, karvonsaroylar, suv havzalari, ko‘prik, qorizlar- bular hammasi tumuriylar zamonasi madaniy yuksalishining ishonchli tasdig‘idir. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling