O‘zbekiston tarixi
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
Katta qozi (Qozi kalon) - davlatning oliy qozisi (sudyasi). Amir aralashmaydigan
barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozi kalon «Shariat panoh» deb atalardi. Qozi kalon huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat devon tuzilgan. Uning vazifasi jinoiy ishlarni har tomonlama ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lgan. Muftiy - qozi kalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo‘yicha, shariat qonunlariga asoslanib fatvo chiqargan. Bu fatvo uning yoki bir necha muftiyning muhri bilan tasdiqlangach, qoziga berilar edi. Qozi bu fatvoga asoslangan holda hukm chiqarardi. Amirlikda amaldorlardan tashqari diniy ulamolar ham hukmron mavqega ega edi. Ular o‘zlarini Muhammad payg‘ambarning avlodlarimiz deb hisoblovchi sayyidlar hamda choryor halifalar - Abubakr, Umar, Usmon va Ali avlodlaridanmiz deyuvchi xo‘jalardan iborat edi. Ular katta er-suvga, savdo do‘konlariga, hunarmandlik ustaxonalariga ega edilar. Amirlikda jo‘ybar shayxlari alohida mavqega ega bo‘lib, XIX asrda ular Buxoroda 16 mahalla bo‘lib yashardi. Sudlov ishlarida shariat qonun - qoidalariga rioya etilishini ta’minlashda shayxulislom, a’lam va qozilar amirning eng yaqin yordamchilari edi. Amirlikda eng katta mansabdorlardan biri Qozi kalon hisoblanardi. Uning mahkamasida har bir viloyatdan bittadan qozi ish olib borardi. Ularni amirning o‘zi tayinlardi. Qozi din masalalari, oila, meros, jinoiy ishlarga oid masalalar bo‘yicha hukmlar qabul qilardi. XIX asr 30-yillarida amir qo‘shinida 19 mingga yaqin yollangan askarlar bo‘lib, ular turli shahar va istehkomlarda harbiy xizmatni o‘taganlar. Qo‘shin askarlari, asosan, o‘q-yoy, nayza, qilich, xanjar, oybolta kabilar bilan qurollangan. Manbalar amir qo‘shinida piltali miltiqlar va kichik to‘plar ham bo‘lganligidan guvohlik beradi. Amir qo‘shinining jangovorlik darajasi past edi. Askarlar harbiy mashqlarga nisbatan ko‘proq mehnat bilan band bo‘lardi. Sipohlikka 15 yoshdan 70 yoshgacha erkaklar olinardi, qo‘shin safida keksayib qolganlar anchagina bo‘lardi. Amirlikning yillik daromad 2 mln. 300 ming so‘m bo‘lgani holda, ulardan 1 mln. 300 ming so‘mi qo‘shinni saqlashga sarflanardi. Oziq- ovqat etishmasligidan sipohlar qochardi, kiyimi yupun edi. XIX asr o‘rtalarida askarlar soni, piltali miltiq va to‘plar ham anchagina ko‘paygan. Qo‘shinda yuz boshi, ming boshi singari harbiy lavozimlar bo‘lib, umumiy qo‘mondonlikni lashkarboshi boshqargan. Amirlikning qo‘shini muntazam bo‘lmay, zaruriyat bo‘lganda to‘planardi, ularni to‘plash qiyin kechardi. Bu amirlikning zaiflik omillaridan biri edi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling