Ko‘kaldosh -(xon bilan bir onadan sut emgan kishi) butun amirlik hududida amirga va
amirlikka nisbatan do‘stona yoki dushmanlik munosabatida bo‘luvchilar haqidagi ma’lumotlarni
to‘plab hukmdorga etkazib turgan.
Mushrif -
lavozimida ishlagan amaldorlar xonga in’om etilgan buyumlarni hamda harbiy
anjomlarni ro‘yxatga olish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Soliq tushumlarini
ham maxsus daftarga
yozib borgan.
Yana bir
lavozim mirshab bo‘lib, tungi qorovullar boshlig‘i vazifasini bajargan.
Dodxoh -
fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi, hal etuvchi mansabdor bo‘lgan,
bularni kerak bo‘lsa xon yoki qushbegiga etkazib turgan.
Inoq - bu lavozimda ishlagan amaldorlarning vazifasi
amir farmoyishlarini bek va
boshqa tabaqadagi mahalliy mansabdorlarga etkazishdan iborat bo‘lgan.
Miroxur - amirning ovchi qushlarini tasarruf
qiluvchilar ustida turgan,
xon ovlarini
uyushtirish ishiga mutasaddi bo‘lgan.
Dasturxonchi - amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor.
Kitobdor - amir kutubxonasi boshlig‘i.
To‘qsobo - amir tug‘i sohibi bo‘lgan harbiy mansabdor.
Parvonachi - biror shaxsning biror lavozimga tayinlanganligi haqidagi yorliqni o‘sha
shaxsga etkazuvchi amaldor.
Sadrlar - vaqf mulklarini boshqaruvchi mansabdorlar. Vaqf
muassasasining boshliqlari
bo‘lgan mutavallilar sadrlarga bo‘ysunganlar. Sadrlarning vazifa va huquqlari vaqf yorlig‘i
shartlarida qayd etib qo‘yilgan. Sadrlar vaqf xo‘jaligi daromadining ma’lum qismini olardilar.
Shayxulislom - musulmon jamoasi boshlig‘i. Qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda
qonunlarga rioya etilishini ta’minlovchi amaldor. Bu lavozim avloddan-avlodga meros bo‘lib
ham o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: