O‘zbekiston tarixi


Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san’at va musiqa madaniyati rivoj topdi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san’at va musiqa madaniyati rivoj topdi. Bu 
sohada Mirali Tabriziy, Shayh Muhammad, Junand Naqqosh, Temuriylar davri xattotligi va 
naqqoshligi maktabi atoqli vakillari Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Darvesh 
Muhammad Toqiy, Mirali Qilqalam, Sulton Muhammad Nur va boshqalarning ijodi benazirdir. 
Masalan, nastalik xatining mislsiz ustozi, «Qiblat ul-kuttab» (Kotiblar peshvosi) unvoni sohibi 
bo‘lgan S.Mashhadiy A.Navoiy va H.Boyqaroning ko‘plab bebaho qo‘lyozmalarini kitobot 
holiga keltirishda katta zahmat chekkan. Bundan tashqari Nizomiy, Farididin Attor, Xo‘ja Xofiz, 
Sa’diy Sheroziy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz adabiyotimiz 
daholarining ko‘plab asarlari ham uning betinim sa’y-harakatlari bilan ko‘chirilib, avlodlarga 
armug‘on etilgan. 
Tasviriy san’atda Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx Turoniy, Abdulla 
Xiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko‘zga tashlanib turadi. Ular chizgan 
yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o‘zining tabiiyligi, tiniqligi 
va originalligi bilan kishini hayratga soladi.
Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o‘g‘li) Boysunqur Mirzo homiyligida bunyod 
topgan o‘ziga xos badiiy akademiya rolini o‘ynagan uning Nigoristonida ijod qilgan ko‘plab 
mo‘yqalam sohiblari tomonidan mukammal tarzda ishlangan son-sanoqsiz rangli tasvirlar
miniatyura namunalari, kitob bezaklari, chunonchi, hind xalqi eposi «Kalila va Dimna», 
Sa’diyning «Guliston», Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning «Xamsa» va boshqa asarlarga 
ishlangan tasviru-bezaklar hanuzga qadar ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. 
Musavvirlik san’atining tengi yo‘q yulduzi Kamoliddin Behzod (1455-1537) ijodi ham 
Temuriylar davri san’atining yuqori cho‘qqisi hisoblanadi. Uning mo‘yqalamiga oid hadsiz-
hisobsiz rangin tasvirlar, chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning «Salomon va Ibsol», 
Sa’diyning «Bo‘ston» va «Guliston», Nizomiyning «Xamsa» asarlariga ishlangan miniatyura 


namunalari yohud Hirotdagi «Bog‘i Behisht», «Ov qilayotgan Bahrom Go‘r», «Tuyalar jangi» 
tasvirlari va shunga o‘xshash rassomlik asarlari bu tug‘ma ijodkor iste’dodining yuksak 
mahoratidan shahodat beradi. 
Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san’ati ham shubhasiz, alohida o‘rin tutgan. 
Alisher Navoiy «Mezonul-avzon» asarida xalq qo‘shiqchiligining sakkiz turi rivojlanganligini 
qayd etadi. Bular - tuyuq, changchi, turkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va shu kabilar. 
Amir Temur davrida san’at va musiqa olamida mashhur bo‘lgan siymolardan biri Abduqodir 
Go‘yanda (1334-1435) bo‘lib, uning hayotining katta qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar 
davri musiqa san’atida Hirot ijodiy muhitining o‘rni katta bo‘lgan. Hirot musiqashunoslari o‘z 
ijodlarida Navoiyning she’r va g‘azallaridan keng foydalanganlar. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling