Qadimdan qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog’langan, bir tomirga borib taqaladigan,
turmush tarzi, yashash sharoiti bir xil bir necha oilalar birikuvidan urug’lar hosil bo’lgan.
Urug’ jamoasining o’z etakchisi - oqsoqoli bo’lgan. Urug’ jamoasi hamma narsada, har bir
masalayu sa’y-harakatlarda oqsoqolning izmida bo’lgan.
Qabila ibtidoiy bosqichga xos etnik birlik bo’lib, qon-qorindoshlik munosabatlari, bir
necha urug’larning birikuvi natijasida tashkil topgan. Qabilaning o’ziga xos tili, hududi,
qabila a’zolarining o’zaro hamkorligi, qabila nomi, o’ziga xos an’analari bo’ladi. Qabila
hayotiga doir ishlarga boshchilik qiladigan qabila oqsoqoli saylangan, muhim masalalar
bo’yicha qabila yig’inlari o’tkazilgan.
Qabilalar o’rtasida etnik, xo’jalik, moddiy va madaniy aloqalar rivojlanishi natijasida ular
qo’shilishib, birlashib ketadilar. Natijada ularning etakchi, nufuzli guruhi nomi bilan yangi etnik
birlik - elat yoxud xalq shakllanadi. Xalq hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida
tarkib topadi.
Qadimshunos olimlarimiz tomonidan arxeologik tadqiqotlar yo’li bilan o’rganilib,
isbotlangan qanchalab dalili ashyolar bu hududda yashagan ulug’ o’tmishdoshlarimiz miloddan
avvalgi ming yilliklar mobaynida ibtidoiy-jamoa tuzumining barcha asosiy bosqichlarini
boshdan kechirib, istiqomat qilib, o’ziga xos hayot tarzini yaratib kelganligidan dalolat beradi.
Buni Xorazm, Surxon, Zarafshon vohallarida, Farg’ona vodiysi hududida olib borilgan qidiruv
ishlari, Markaziy Osiyo hududida joylashgan 270 dan ortiq tarixiy
yodgorliklar tahlili hamda
boshqa ko’plab mo’’tabar dalillar ham to’la tasdiq etadi. Shularga asoslanadigan bo’lsak,
miloddan avvalgi ming yilliklar davomida bu zaminning yashashga qulay,
tabiiy sharoitlari
o’ng’ay bo’lgan joylarida yashagan har xil mahalliy urug’, qabilalar dehqonchilik, chorvachilik,
yilqichilik, ovchilik, baliqchilik, hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelganlar. Masalan, daryo,
ko’llar atroflarida yashagan aholi asosan dehqonchilik yoxud baliqchilik bilan mashg’ul bo’lgan
bo’lsa, cho’lli, adrli joylarning odamlari esa ko’proq chorva, yilqi boqish bilan band bo’lganlar.
Qadimiy manbalarda aytilishicha, hozirgi O’rta
Osiyo xududlarida massagetlar, saklar,
sug’diylar nomi bilan atalgan qabilalar yashaganlar.
Taniqli etnograf olim K.Shoniyozovning ta’qidlashicha, «O’zbek xalqi mazkur hududda
yashagan tub yerli etnoslardan tomir olgan; ikkinchi ildizi esa
qadimgi turkiy xalqlardan
boshlangan. Har ikkala ildizlarning birikishi - o’zaro sintez o’zbek elatini va keyinchalik o’zbek
xalqini tashkil etgan. Har qanday xalq alohida etnik birlik (elat) bo’lib ma’lum bir hududda,
ma’lum tarixiy davrda shakllanadi. O’zbek xalqi ajdodlari ham elat bo’lib,
Movarounnahr va
Xorazm hududida hamda ularga tutash mintaqalarda shakllangan».
1
Eron manbalarida O’rta Osiyoda yashagan sak (yoki shak) qabila uyushmalarining 3 xil
toifasi tilga olinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: