O‘zbekiston tarixi


Ko’plab ishonchli tarixiy ma’lumotlar, manbalar, ashyoi dalillar barcha xalqlarning


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

Ko’plab ishonchli tarixiy ma’lumotlar, manbalar, ashyoi dalillar barcha xalqlarning 
etnik shakllanishi uzoq davrlar davomida, murakkab tarixiy shart-sharoitlar va omillar 
ta’sirida sodir bo’lganligini tasdiqlaydi. O’zbek xalqining shakllanishi ham uzoq tarixiy 
jarayon mahsuli bo’lib, uning o’q tomirlari shu yurt zaminida azal-azaldan yashab, uni o’ziga 
makon tutib, chuqur ildiz otib, muttasil moddiy va ma’naviy madaniyat namunalarini yaratib 
kelgan qadimiy urug’, qabila va elatlarga borib qadaladi. 
Shu o’rinda urug’, qabila, xalq tushunchalari to’g’risida ham bir qadar to’xtalib 
o’tmoqlik joiz bo’ladi. Negaki, ular haqida aniq tasavvur hosil qilish, nazarimizda, etnik 
jarayonlar o’zgarishining mazmun-mohiyatini to’g’ri tushunishda g’oyatda muhimdir.
1
I.A.Karimov. Asarlar. T.7. -T.: O’zbekiston, 1999, 136-137 betlar. 


Qadimdan qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog’langan, bir tomirga borib taqaladigan, 
turmush tarzi, yashash sharoiti bir xil bir necha oilalar birikuvidan urug’lar hosil bo’lgan. 
Urug’ jamoasining o’z etakchisi - oqsoqoli bo’lgan. Urug’ jamoasi hamma narsada, har bir 
masalayu sa’y-harakatlarda oqsoqolning izmida bo’lgan.
Qabila ibtidoiy bosqichga xos etnik birlik bo’lib, qon-qorindoshlik munosabatlari, bir 
necha urug’larning birikuvi natijasida tashkil topgan. Qabilaning o’ziga xos tili, hududi, 
qabila a’zolarining o’zaro hamkorligi, qabila nomi, o’ziga xos an’analari bo’ladi. Qabila 
hayotiga doir ishlarga boshchilik qiladigan qabila oqsoqoli saylangan, muhim masalalar 
bo’yicha qabila yig’inlari o’tkazilgan.
Qabilalar o’rtasida etnik, xo’jalik, moddiy va madaniy aloqalar rivojlanishi natijasida ular 
qo’shilishib, birlashib ketadilar. Natijada ularning etakchi, nufuzli guruhi nomi bilan yangi etnik 
birlik - elat yoxud xalq shakllanadi. Xalq hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida 
tarkib topadi. 
Qadimshunos olimlarimiz tomonidan arxeologik tadqiqotlar yo’li bilan o’rganilib, 
isbotlangan qanchalab dalili ashyolar bu hududda yashagan ulug’ o’tmishdoshlarimiz miloddan 
avvalgi ming yilliklar mobaynida ibtidoiy-jamoa tuzumining barcha asosiy bosqichlarini 
boshdan kechirib, istiqomat qilib, o’ziga xos hayot tarzini yaratib kelganligidan dalolat beradi. 
Buni Xorazm, Surxon, Zarafshon vohallarida, Farg’ona vodiysi hududida olib borilgan qidiruv 
ishlari, Markaziy Osiyo hududida joylashgan 270 dan ortiq tarixiy yodgorliklar tahlili hamda 
boshqa ko’plab mo’’tabar dalillar ham to’la tasdiq etadi. Shularga asoslanadigan bo’lsak, 
miloddan avvalgi ming yilliklar davomida bu zaminning yashashga qulay, tabiiy sharoitlari 
o’ng’ay bo’lgan joylarida yashagan har xil mahalliy urug’, qabilalar dehqonchilik, chorvachilik,
yilqichilik, ovchilik, baliqchilik, hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelganlar. Masalan, daryo, 
ko’llar atroflarida yashagan aholi asosan dehqonchilik yoxud baliqchilik bilan mashg’ul bo’lgan 
bo’lsa, cho’lli, adrli joylarning odamlari esa ko’proq chorva, yilqi boqish bilan band bo’lganlar. 
Qadimiy manbalarda aytilishicha, hozirgi O’rta Osiyo xududlarida massagetlar, saklar, 
sug’diylar nomi bilan atalgan qabilalar yashaganlar. 
Taniqli etnograf olim K.Shoniyozovning ta’qidlashicha, «O’zbek xalqi mazkur hududda 
yashagan tub yerli etnoslardan tomir olgan; ikkinchi ildizi esa qadimgi turkiy xalqlardan 
boshlangan. Har ikkala ildizlarning birikishi - o’zaro sintez o’zbek elatini va keyinchalik o’zbek 
xalqini tashkil etgan. Har qanday xalq alohida etnik birlik (elat) bo’lib ma’lum bir hududda, 
ma’lum tarixiy davrda shakllanadi. O’zbek xalqi ajdodlari ham elat bo’lib, Movarounnahr va 
Xorazm hududida hamda ularga tutash mintaqalarda shakllangan».

Eron manbalarida O’rta Osiyoda yashagan sak (yoki shak) qabila uyushmalarining 3 xil 
toifasi tilga olinadi: 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling