O‘zbekiston tarixi
Ayniqsa ona yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, uni ajnabiy kuchlar tajovuzi va
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurtimiz hududida kechgan etnik jarayonlar. O’zbek xalqining shakllanishi
Ayniqsa ona yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, uni ajnabiy kuchlar tajovuzi va
bosqinidan himoya qilish zaruriyati turli qardosh va qondosh urug’, qabilalar, elatlarni bir- birlari bilan yaqinlashtirgan, do’stlashtirgan, bir yoqadan bosh chiqarib faol harakatlarga chorlagan. Shu tarzda davom etgan o’zaro yaqinlik, birodarlik, og’a-inilik tuyg’usi bu qavm, elatlarni ma’nan, ruhan va jismonan bir jonu bir tan bo’lib o’zaro intensiv etnik jarayonlarga kirishib borishlariga bois bo’lgan. 1. Yurtimiz hududida kechgan etnik jarayonlar. O’zbek xalqining shakllanishi O’zbeklar alohida etnik birlik (elat) bo’lib, O’rta Osiyoning markaziy viloyatlari - Movaraunnahr, Xorazm, Ettisuv, qisman sharqiy Turkistonning g’arbiy mintaqalarida shakllangan. O’zbek xalqining asosini hozirgi O’zbekiston hududida qadimdan o’troq yashab, sug’orma dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan mahalliy sug’diylar, baxtariylar, xorazmiylar, farg’onaliklar, yarim chorvador qang’liklar, ko’chmanchi sak-massaget kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Yuqorida nomlari keltirilgan etnoslar, asosan, turkiy va sharqiy fors-Eroniy tillarda so’zlashganlar. Shuningdek, janubiy Sibir, Oltoy, Ettisuv, sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi bo’yida turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik komponentlar ham o’zbek xalqi etnogenezida ishtirok etadilar. Milloddan avvalgi III asrda Sirdaryoning o’rta oqimida turkiy va sug’diylar ittifoqi asosida tashkil topgan Qang’ davlati davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalarda iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustivorlik qilib, yangi turkiy etnoslardan biri – Qang’lar elati paydo bo’ladi va o’ziga xos uyg’unlashgan madaniyat shakllanadi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat Qovunchi madaniyati nomini olgan. Antropolog olimlarning ta’kidlashicha, aynan mil. av. III-II asrlarda kelib, O’rta Osiyo vodiy va vohalarida yashovchi sug’diylar va qang’arlarning tashqi qiyofalarida hozirgi, o’zbek va voha tojiklariga xos O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i antropologik tipi (qiyofasi) to’liq shakllanadi. O’zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar - miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmida shimoli-sharqdan o’lkamizga kelgan kushonlar hamda IV-V asrlarda O’rta Osiyoning markaziy viloyatlariga Janubiy Sibirdan, Jung’oriyadan, Sharo’iy Turkistondan kirib kelgan xioniylar, kidariylar va eftaliylardir. Shuningdek, o’zbeklar etnogeneziga Turk xoqonligi (VI-VII asrlar) davrida O’rta Osiyoning markaziy mintaqalari (Farg’ona vodiysi, Toshkent, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari) va Xorazmga kelib o’troqlashgan turkiy etnik komponentlar ham faol ta’sir ko’rsatadi. Kirib kelgan Turkiy komponentlar va mahalliy aholi o’rtasidagi etnik-madaniy munosabatlarning rivoji natijasida turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy- xo’jalik an’analar bilan jadal uyg’unlashuvi yuz berdi. Ayni paytda bu yerlarda o’rnashgan turkiy etnik guruhlar o’zlariga xos ko’plab milliy an’analar, udumlar va marosimlarni ham olib kelganlar. Bu esa, bir tomondan, bu hududda aholining aralashish-qo’shilish jarayoniga sezilarli ta’sir ko’rsatgan, bu yerda azaldan yashab kelgan aholining turkiy qatlami salmog’ining ko’payib borishiga bois bo’lgan. Ikkinchi tomondan, o’lka hayotida kechgan bu tarzdagi etnik o’zgarishlar, shu hududda yashagan xalqlarning bir-birlari bilan yaqinlashib, madaniy-ma’naviy aloqalarining o’zaro boyib, taraqqiy etishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib borgan. VIII asrdan arab va ajam xalqlarining O’rta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta ta’sir etmagan. Bu davrda aholi etnik tarkibida ma’lum bir o’zgarishlar bo’lsa- da, Movarounnahrdagi o’troq va yarim o’troq turkiyzabon aholi, sug’diylar va Xorazmning tub yerli aholisi o’z hududlarida qolib, arablar hukmronligi ostida yashaganlar. IX asrdan boshlab Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va o’z navbatida sug’diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo’lib, bu qatlam asosining aksariyat ko’pchiligini o’troqlashgan turg’un turkiy etnoslar tashkil qilgan. Qoraxoniylar davrida X-XI asrlar Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolarga o’tishi munosabati bilan o’zbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich bo’ldi. X asrning ikkinchi yarmidan boshlab Qoraxoniylar davlati hududining Turonzamin tomon kengayib borishi va buning natijasida Somoniylar sulolasining inqirozga yuz tutib, butun Movarounnahr bo’ylab Qoraxoniylar hukumronligining o’rnatilishi jarayonida bu zaminga sharqdan ko’plab turkiy urug’ va qabilalarning kelib joylashishi sodir bo’ldi Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling