O‘zbekiston tarixi
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
3-mavzu: O‘zbek xalqining etnik shakllanishi REJA: 1. Urug‘, qabila, elat, xalq, millat tushunchalari. Turonzaminda turkiy xalqlarning azaliy etnos ekanligi. 2. Vatanimiz hududida kechgan etnik jarayonlar. O‘zbek xalqining shakllanishi. 3. XV asr oxiri - XVI asrda o‘zbek xalqining etnik tarikibida yuz bergan o‘zgarishlar. «O‘zbek» atamasi va uning keng yoyilishi. 4. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda millatlararo hamjihatlikning mustahkamlanishi. Adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.7. -T.: O’zbekiston, Sharq, 1998, 132-147 betlar. 2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida …. -T.: O’zbekiston, 1997. 69-85 betlar. 3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yyengilmas kuch. Toshkent, «Ma’naviyat» 2008. 4. Shoniyozov K.O’zbek xalqining shakllanish jarayoni -T.: Fan, 2001. 64-98 betlar. 5. Usmonov Q. va boshqalar. S. O’zbekiston tarixi. Darslik.. –T.: Iqtisod- moliya, 2006. 6. Ibrohimov A. Biz kim, o’zbeklar … -T.: Sharq, 2000, 55-66 betlar. 7. Murtazaeva R.X. O`zbekiston tarixi. Darslik. -T.: 2003. 1. Turonzaminda turkiy xalqlarning azaliy etnos ekanligi Milliy istiqlolga erishganimizdan keyin o’zbek xalqining etnologiyasi, etnik tarixini o’rganish, haqqoniy yoritish tarix fanining muhim va dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Negaki, mustaqillik sharofati bilan xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi o’sdi. Farzandlarimiz tarix ijodkori bo’lgan o’z ajdodlari kimlar bo’lganligini, o’zbek xalqi qachon va qanday shakllanganligini chuqur anglashni, bilishni xohlaydi. Prezidentimiz I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida ta’kidlanganidek: «har qaysi inson men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim kimlar bo’lgan, millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turish, tiklanish, shakllanish jarayoni qanday kechgan, degan savollarni o’ziga berishi tabiydir… Tarixiy ildizini izlagan odam, albatta, bir kun mana shunday savollarga duch keladi va aminmanki, to’g’ri xulosalar chiqaradi». 1 Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling