O‘zbekiston tarixi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

Qadimda 
O’rta 
Osiyoda 
yashagan sak 
qabilalari. 
 Saka –
Xaumavarga 
Ular asosan o’lkaning shimoliy-sharqiy qismida, ya’ni 
Murg’ob vodiysi, Amuning yuqori oqimida, Oloy, 
Farg’ona vodiysida yashaganlar.
Saka - 
Tigraxauda 
(Cho’qqi qalpoq kiyganlar). Ular Amuning quyi oqimi va 
Sirdaryoning o’rta va quyi oqimidan to Orol shimoligacha 
bo’lgan keng cho’lli hududlarda joylashganlar. 
Saka-Tiay 
Tara-
daraya 
Kaspiy 
shimolida, Ural tog’ oldi mintaqalarida 
yashaganlar. 
Bu qabilalar aholisi ham o’ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy turmush tarziga ega 
bo’lib, nisbatan to’laqonli hayot kechirgan, kelgusi nasllar uchun o’zlaridan munosib meros 
qoldirish yo’lida sa’y - harakatlarda bo’lgan. 
1
K.Shoniyozov. O’zbek xalqining shakllanish jarayoni -T.: Sharq, 2001, 9-bet. 


Muqaddas «Avesto» kitobida ham vatanimiz hududida yashagan qavm, elatlar haqida 
ko’plab ishonchli ma’lumotlar bor. Jumladan, unda Xorazm, Sug’d, Baqtriya singari yurtlarning 
iqtisodiy va madaniy-ma’naviy taraqqiyotda yuksak darajada bo’lganligi qayd etiladi.
Firdavsiyning «Shohnoma» asarida va boshqa mo’’tabar manbalarda turkiy etnoslar O’rta 
Osiyoda yashovchi azaliy qavm ekanligi ta’kidlanadi. Shu boisdan bu o’lka qadimdan Turon deb 
atalib kelinadi. Turonzamindagi qo’shni qardosh elatlar o’zaro hamjihatlikda yashab, chuqur 
ildiz otib borish barobarida tabiiy zaruriyat taqozasi o’laroq bir-birlari bilan qo’shilishib, 
birikishib o’zaro etnik jarayonlarni boshdan kechirganlar. Bu esa asta-sekin bu hududda turkiy 
va sug’diyda so’zlashuvchi ikki tilli xalqning shakllanib borishida o’z ifodasini topgan. 
O’rta Osiyo aholisi to’g’risidagi ma’lumotlarni yunon-rim tarixchilari asarlarida ham 
uchratamiz. Ular Qora dengizning sharqiy hududlarida yashovchi qabilalarni umumiy nom bilan 
«skiflar» deb ataganlar. Gerodot «bu xalqlar qadimiylikda misrliklardan qolishmaydi», deb qayd 
etadi. Yozma manbalarda skiflarning ikkita yirik qabilasi – massagetlar va saklar xususida 
ko’proq eslatiladi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling