O‘zbekiston tarixi


XV asr oxiri – XVI asrda o’zbek xalqi tarkibida yuz bergan muhim o’zgarishlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

XV asr oxiri – XVI asrda o’zbek xalqi tarkibida yuz bergan muhim o’zgarishlar. 
«O’zbek» atamasi va uning keng yoyilishi 
O’zbek xalqi etnik tarkibining evolyutsion o’sish jarayoni XV asr oxiri va XVI asrda yana 
muhim o’zgarishlarga duch keldi. Bu jarayon mamlakatda hokimiyatning Temuriylar sulolasidan 
Shayboniylar sulolasiga o’tishi bilan bog’liq holda kechdi. Movarounnahr va Xurosonda 
hokimiyatni shayboniylar sulolasi egallagach, bu hududlarga Dashti Qipchoqda yashovchi turkiy 
xalqlar, keyinchalik o’zlariga o’zbek degan nomni qabul qilgan urug’-qabilalar kirib keldilar. Bu 
ko’p sonli urug’ va qabilalarning kirib kelishi, yer-suv va mulk olib, o’troq hayot kechirishga 
o’tishi, mamlakatni boshqarish jilovi markazda va joylarda shu sulola vakillari qo’lida 
to’planishi o’z navbatida o’lka hayotida keskin o’zgarishlarning yuz berishiga olib keldi. Bu hol 
ayni paytda etnik jarayonlar borasida ham aks etmay qolmadi.
Qadim-qadimdan turkiy etnik guruhlar nafaqat bizning ona zaminimizda, balki shu bilan 
birga keng sharqiy va shimoliy jug’rofiy hududlarda, jumladan Dashti Qipchoqda ham uzoq 
1
А.Иброҳимов. Биз ким, ўзбеклар.-Т:. Шарқ, 1999, 25-бет. 


yillar davomida istiqomat qilib kelganlar. Dashti Qipchoq deb atalgan, Sirdaryoning quyi havzasi 
va Orol dengizidan shimol sari cho’zilgan hamda hozirgi Ural va G’arbiy Sibir orolig’idagi keng 
dashtli yerlarni ishg’ol etgan hududlarda turkiy qavmlarga mansub urug’ qabilalar olis asrlardan 
buyon yashab kelganlar. Akademik B.Ahmedovning yozishicha, «Hozirgi o’zbeklar, qozoqlar, 
qoraqalpoqlar va boshqa xalqlarning ajdodlari shu xalqlar hozir yashayotgan yerlarda qadim 
zamonlarda ham yashaganlar, lekin o’zbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar deb atalmaganlar. 
Tarixiy, adabiy manbalarda Dashti Qipchoqning sharqiy qismida qadim zamonlardan beri turk 
qabilalari yashaganligi haqida anchagina ma’lumotlar mavjud. Bu yerlarni XIII asr boshida zabt 
etgan mo’g’ullar bo’lsa, Dashti Qipchoqning turk qabilalari orasida tez orada singib ketganlar va 
hatto o’z milliyligini yo’qotganlar»
1
Bu fikru qarashlardan kelib chiqadigan qat’iy xulosa shuki, XVI asr boshlarida Vatanimiz 
sarhadlarida ro’y bergan etnik o’zgarishlar, tariximiz kechmishini qiyshiq oynada ko’rmoqchi 
bo’lgan ba’zi muxoliflarimiz da’vo qilganlaridek, ajnabiy xalqlaru elatlar bosqini orqasida yuz 
bermagan. Shuningdek, bu jarayonlar majburiy, zo’rlik asosida ham kechmagan. Buning aksi 
o’laroq, bu o’zgarishlar uzun o’q tomirlari bir bo’lgan, bir-birlari bilan qon-qardoshlik rishtalari 
ila bog’langan, azaldan turli aloqalarda bo’lib kelgan turkiy xalqlarning asta-sekin o’zaro 
qo’shilishi, birikishi davomida yuz bergan. To’g’ri, Dashti Qipchoqda yashovchi o’zbek urug’, 
qabilalari bilan Movarounnahr va Xuroson xalqi o’rtasida turli ob’ektiv va sub’ektiv omillar 
orqasida hamma vaqt ham doimiy aloqalar, bordi-keldilar bo’lmagan, ularni katta masofadagi 
bo’sh, sahroli hududlar ajratib turgan. Shu bois ularning turmush tarzi, mashg’ulot turlari, kasb-
korlari, urf-odatlari, udumlari boshqacha ko’rinishda bo’lganligi tabiiydir. Buning ustiga Dashti 
Qipchoq aholisining aksariyat qismi keng yaylovlarda chorvachilik, yilqichilik xo’jaligi bilan 
mashg’ul bo’lgan. Buning aksicha, Movarounnahr aholisi uzoq asrlar davomida o’troq hayotga 
o’rganib, ona zamin hayotida muqim yashab kelgan. Ular azaldan mirishkor bobodehqonlar
mohir hunarmandlar, ustamon savdogarlar sifatida nom qozonganlar. Ularning sa’y-harakatlari, 
mehnati, zahmati bilan yurt obod etilib, bir-biridan ko’rkam, gavjum shaharlar bunyod topib, 
dovrug’ topgan.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling