O‘zbekiston tarixi
Dashti Qinchoqda yashagan
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- No’kuz Jot Uyg’ur Chimboy Xitoy Qarliq Toymas
- «O’zbek nomi qachon paydo
Dashti Qinchoqda yashagan
urug’larning nomlari: Burkut Kenagas Qiyot Do’rmon Qushchi Qurlovut Qo’ng’irot Tub Ushun (usun) Oyi O’tachi Mang’it Nayman No’kuz Jot Uyg’ur Chimboy Xitoy Qarliq Toymas Echki Tuman Qirq Yuz, ming v.b. Yuqoridagi ma’lumotlardan yaqqol ko’rinib turibdiki, Dashti Qipchoqda yashagan aholi turli urug’ga mansub bo’lib, har birining o’ziga xos nomi bo’lgan. Ular XV asrda «O’zbek» degan umumiy nom bilan atala boshlaganlar. Dashti qipchoqlik ko’p sonli urug’, qabilalar Movarounnahr hududlariga kirib kelar ekanlar, ular, eng avvalo, mahalliy qardoshlari, elatdoshlari bilan tabiiy suratda yaqinlashib, ulardek o’troq hayotga moslashib, ularning turmush tarziga xos hamma eng yaxshi narsalarni o’zlariga qabul qilib, singdirib bordilar. Eng muhimi, kirib kelgan urug’, qabilalar bu zaminda o’zlarining ikkinchi vatanlarini topish barobarida asta-sekin bu yerning tubjoy aholisi tarkibiga singishib bordi. Bu 1 Қаранг: Б.Аҳмедов. Ўзбек улуси, Т.Мерос, 1992, 13-бет. narsa ayniqsa ularning avvalgi ko’chmanchilik hayotiga xos turmush tarzidan o’zlaridan madaniy va maishiy sohalarda ancha yuqori darajada bo’lgan mahalliy halqning ilg’or turmush tarziga o’tishida, uning ko’p asrli boy ma’naviy merosi sarchashmalaridan bahra topib borishida yaqqol namoyon bo’ldi. Shuning uchun ham ular mahalliy qardoshlari bilan qorishib, ma’nan yuksalishga yuz tutib, ularning ilg’or hayot tarzini o’zlariga uzil-kesil singdirib bordilar. Temuriylar saltanati o’rnida dastlab XVI asr boshlarida vujudga kelgan Buxoro va Xiva xonliklari XVIII asr boshlarida Qo’qon xonligining vujudga kelishi natijasida yagona tarixiy makonda yashagan xalqlar siyosiy jihatdan turli davlatlar tasarrufiga tushib qolgan bo’lsada, bu holat o’zbek elati birligiga jiddiy putur etkaza olmagan. Siyosiy chegaralar bo’lishiga qaramasdan uch davlat tarkibidagi aholi o’zaro doimiy etnik, iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lib kelganlar. Tarixiy manbalarda keltirilgan 92 o’zbek urug’lari nafaqat O’zbekiston hududida, balki butun O’rta Osiyo hududlarida tarqalgan. Bu 92 o’z bek urug’lariga O’rta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan tub yerli aholi, miloddan avvalgi birinchi ming yillikning ikkinchi yarmida, milodimizning birinchi ming yilligi davomida, mo’g’ullar istilosi davrida hamda Shayboniylar davrida kirib kelgan etnik guruhlar ham kiradi. Shuningdek, O’rta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan chig’il, yag’mo, usun, tuxsi, xalaj, qipchoq va turkmanlar kabi etnik guruhlar ham garchi X-XII asrlarda va undan keyingi davrlarda bu yerda o’rnashganliklariga qaramasdan 92 o’zbek elati tarkibiga kirganlar. O’rta Osiyo xalqlarining XIX asrning ikkinchi yarmi XX boshlarida hayoti rivojlanish bosqichlari chor Rossiyasining mustamlakachiligi davri bilan bog’liq holda kechadi. Keyinchalik mintaqada sovet hokimiyatining o’rnatilishi bilan O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o’tkazilib, 5 ta milliy respublikalar tashkil etildi. Oqibatda aholi asrlar davomida birgalikda yashab kelgan tarixiy makon suniy ravishda bo’lib yuborildi. Mintaqa xalqlarining assimlyatsiya, kansuldatsiya jarayonlariga jiddiy ta’sir o’tkazildi. Keyinchalik «Sovet xalqi» nomli yagona etnik birlikni yaratish xaqidagi nazariyani amalga oshirish borasida siyosat yuritildi. Biroq, bu urinishlar o’zbek xalqining milliy-etnik qiyofasiga, mentalitetlariga rahna sola olmadi. Endi «O’zbek» atamasi va uning iste’molga kirib kelishi hamda keng yoyilishi xususida to’xtaladigan bo’lsak, aytish joizki, bu masala ham ma’lum ma’noda printsipial ahamiyatga molikdir. Negaki, bu nom zamirida butun bir xalqning tarixiy kechmishi, taqdiri bilan bog’liq holatlar kuzatiladi. Sobiq sovet tarixshunosligida, shuningdek, ayrim qo’shni davlatlarning mualliflari qarashlarida ham «o’zbek» atamasini o’zbek halqining kelib chiqishi bilan atayin bog’lashga urinish hollari kuzatiladi. Bu esa mazkur nozik masalani chalkashlashtirish yoxud suvni loyqalatishdan boshqa narsa emas, albatta. Yurtboshimiz o’zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida mana bu so’zlarni bejiz ta’kidlab o’tmagan: «O’zbek nomi qachon paydo Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling