O‘zbekiston tarixi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

 
 
 
IX-X asrlarda Movarounnahr 
xududlariga kelib o’rnashgan 
turkiy elatlar
 Qarluqlar 
 Chigillar 
Yag’molar 
 Arg’ular 
 Turgeshlar 
 Uyg’urlar 
 Qirg’izlar 
Yabakular v.b. 
Agar avval boshda bu qavmlarga mansub aholi asosan Movarounnahr o’lkasining Farg’ona 
vodiysi yoxud Shosh vohalariga kirib kelgan bo’lsa, keyinchalik ular bu zaminning boshqa 
hududlarida ham o’rnashib, o’troqlashib bordi. Bu hol, shubhasiz, yurtimiz aholisining etnik 
tarkibida jiddiy o’zgarishlarga olib keldi. Buning natijasida o’lkada yashab kelgan tubjoy aholi 
tarkibi, uning turmush tarzi, ma’naviy hayoti, milliy qadriyatlari sezilarli o’zgarishlarga ro’baro 
keldi, muhim yangiliklar bilan boyidi. Ayni chog’da aholi tarkibida yuz bergan qo’shilish 
jarayoni orqasida turkiy etnoslarning salmog’i va ta’siri ortib bordi. Kirib kelgan turkiy elatlar 
Turonzamin hududini makon tutib, bu yerdagi yerli aholi bilan qo’shilishib, ularning turmush 
tarzi, udumi, urf-odatlari, marosimlarini o’zlashtirish, qabul qilish barobarida o’zlariga xos 
ko’plab betakror udumlaru qadriyatlarni, ma’naviyat sarchashmalarini o’lka hayotiga olib kirdi, 
singdirdi. Zotan, «Har qanday sivilizatsiya ko’pdan-ko’p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining 
va samarali ta’sirining mahsulidir».
1
Shu tarzda o’zbek xalqining shakllanishida muhim omil 
hisoblangan madaniy, ma’naviy, psixologik umumiylik tarkib topadi.
Eng muhimi, xuddi shu asrlarda o’zbek adabiy tili uzil-kesil shakllandi. O’zbek tilining 
shakllanishida qarluq-chigil lahjasi muhim o’rin tutdi. O’zbek tilida umumbashariy g’oyalar va 
qarashlarni o’zida ifoda etgan ko’plab yuksak umrboqiy asarlarning yaratilishi buning yorqin 
isbotidir. O’zbek tilining yuksak badiiy jarangdorligi, boyligi va qudrati jihatidan o’sha davrda 
keng e’tirof topgan arab va fors-tojik adabiyotlaridan sira qolishmasligini ko’rsatadi. Xususan, 
1
Каримов И.А Асарлар 7-том, 146-бет.


Mahmud Qoshg’ariyning «Devoni lug’atit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», 
Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar»i singari yuksak 
insonparvarlik g’oyalari ruhi bilan sug’orilgan baquvvat asarlar bunga misol bo’la oladi. Taniqli 
yozuvchi A.Ibrohimov so’zlari bilan aytganda, «Barcha turkiy xalqlar davrasida faqat bizkim
o’zbeklar birinchi voris o’laroq Ahmad Yassaviy she’riyatini asliyatida - bevosita o’qiymiz, 
chunki Ahmad Yassaviy tili o’zbek adabiy tilining xalqchil va yorqin namunalaridan biridir. 
Ahmad Yassaviy «Hikmati» barcha o’zbeklar uchun xuddi shu zamonda yozilgandek tushinarli 
va yoqimlidir».
1
Shunday qilib, o’lkamizda uzoq yillar davomida yuz bergan etnik jarayonlar natijasida 
o’zbeklar IX-X asrlarda etnik birlik - xalq bo’lib shakllanadilar. Uning asosini o’lkada muqim 
yashab kelgan tub yerli aholi tashkil etadi. Kirib kelgan turkiy tilli etnik guruhlar ham o’zbek 
xalqining shakllanishida qatnashgan asosiy komponentlar hisoblanadi. Lekin ularning soni 
mahalliy aholidan kam bo’lgan, ular turg’un aholi bilan aralashib, qorishib ketganlar. 
Keyingi davrlarda ham shakllangan o’zbek xalqi tarkibiga boshqa etnik guruhlarning kirib 
kelishi va qorishuvi davom etdi. 
XIII asrda Mavorounnahr va Hurosonda mo’g’ullar bosqini va hukronligi davomida etnik 
aralashuv jarayoni davom etdi. Bir qator turkiy qavmlar - jaloirlar, barloslar, kavchinlar, arlotlar 
kabi turkiy urug’, qabilalar bu yerga kelib vatan topdilar. Jumladan, barloslar Qashqadaryo 
vohasiga joylashgan bo’lsa, jaloirlar esa ko’proq Ohongaron vodiysida qo’nim topdilar. 
Kavchinlar bo’lsa asosan Farg’ona vodiysi, Qoshg’ar hududlari bo’ylab joylashdilar. Arlotlar esa 
Surhon vohasi janubida va Afg’onistonning shimoliy mintaqasida o’rnashib, bu hududlarda 
yashovchi aholi tarkibiga singib ketdilar. 
O’rta Osiyoga kelib joylashgan bu etnik guruhlar asta-sekin o’troq hayotga o’tib, 
o’zlariga nisbatan ancha yuqori madaniyatga ega bo’lgan yerli aholining urf-odatlari, udumlari, 
turmush tarzi, musulmon dini e’tiqodlarini qabul etib, ko’p hollarda ular bilan aralashib bordi. 
Ayniqsa, XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu xududda mo’g’ullarning islomni rasmiy din 
sifatida e’tirof etishi va unga e’tiqod qilishi, shuningdek, ularning o’troq hayotga o’tib borishi, 
turkiy (o’zbek) tilda to’liq muomala yuritishi – bular o’zaro qo’shilish jarayonining muhim omili 
bo’ldi.
Chig’atoy ulusi tilining rivojlanishi hamda keyinchalik Amir Temur va temuriylar davrida 
yuz bergan yuksak iqtisodiy va madaniy taraqqiyot natijasida Movarounnahrda adabiy til yanada 
takomillashdi, bu til ilmiy adabiyotda «turkiy» yoki «chig’atoy turk» tili deb nomlangan. 
Ayniqsa, Alisher Navoiy davrida o’zbek adabiy tili rivojlanib, o’zining yuqori nuqtaga ko’tarildi. 
Ammo, xalqning jonli tili ko’p dialektli bo’lib, adabiy til shakllanishida uchta asosiy sheva – 
qarluq, qipchoq va o’g’iz dialektlari asos bo’lgan.
2. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling