O‘zbekiston tarixi
– mavzu: Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va unga
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
10 – mavzu: Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va unga
qarshi qurolli harakati REJA: 1. 1917 yil fevral inqilobining Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’siri. 2. Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi, uning shovinistik siyosati. 3. Turkiston muxtoriyati. Sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat. 4. Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o‘sib borishi. Adabiyotlar: 1. Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida… -T.: O’zbekiston, 1997, 49- 69 betlar. 2. Usmonov Q. va boshqalar.O’zbekiston tarixi. Darslik.. –T.: Iqtisod-moliya, 2006, 249-278-betlar. 3. O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida. -T.: Sharq. 2000, 10-113 betlar. 4. Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. -T.: Universitet, 1999, 66-75 betlar. 5. Usmonov Q,. Sodiqov M O’zbekiston tarixi (1917-1991 yillar). -T.: Sharq, 2002, 1 bob. 5-69 betlar. 6. Murtazaeva R.X. O`zbekiston tarixi. Darslik. -T.: 2003, 381-426-betlar 1. 1917 yil fevral inqilobining Turkiston jtimoiy-siyosiy hayotiga ta’siri. Chor Rossiyasining Turkistonda joriy etgan ma’muriy boshqaruvi tizimi xalqning boshiga solingan siyosiy sirtmoq bo‘ldi. Bosqinchilar avvalo Turkiston boyliklarini talon-taroj qildi, so‘ngra o‘lkani xom ashyo bazasiga aylantirib iqtisodiyotni o‘z manfaatlari yo‘lida jilovlab oldi. Og‘ir soliqlar, g‘ayri majburiyatlar aholini tabora qashshoqlashtirib bordi. Mustamlakachilar mahalliy aholining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini oyoq osti qilardi, ma’naviy zug‘um kuchayib bordi. Turkiston xalqlarining Chor Rossiyasi qo‘shinlarining bosqinchilik yurishlariga qarshi Vatan ozodligi uchun kurashi oldingi mavzuda yoritilgan edi. Rossiya Turkistonni o‘z mustamlakasiga aylantirgach, uning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy zulmi kuchayib bordi. Chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi xalqni noroziligi, nafrati oshib bordi, qo‘zg‘olon ko‘tarishiga sabab bo‘ldi. Qo‘zg‘olonlarning harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblari, kambag‘allar bo‘ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniylar, milliy g‘ururini yo‘qotmagan boy zamindorlar ham ishtirok etdilar. 1879 yilda 600 ga yaqin g‘alayonchi Farg‘ona viloyat boshqarmasi binosini qurshab olib, harbiy gubernatordan Marg‘ilon tumanidan olinayotgan soliqlarni kamaytirishni talab qiladi. G‘alayonchilar avzoidan cho‘chigan, vaziyatning jiddiyligini anglagan viloyat harbiy gubernatori bo‘lajak katta janjalning oldini olish maqsadida xalqqa yon bosib, ularning talablarini o‘rganib chiqishga va’da beradi va g‘ayriqonuniy soliq yig‘uvchilarni aniqlab, ularni ishdan chetlashtirishga majbur bo‘ladi. 1880-1883 yillarda mustamlakachilik zulmiga qarshi qator chiqishlar bo‘lib o‘tdi. Xo‘jand, O‘ratepa, Namangan, O‘sh va Chustda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar bunga misol bo‘laoladi. Mustamlakachilar harbiy kuch bilan qo‘zg‘olonlarni bostirib, harakat boshliqlarini qamoqqa olib, faollarni qattiq jazoladilar. 1885 yilning yozida Farg‘ona vodiysida xalq qo‘zg‘olonlari qaytadan avj olib ketdi. Endi qo‘zg‘olonchilar kurash usullarini o‘zgartirib, boylar va volost hokimlarining qo‘rg‘onlariga o‘t qo‘yadilar. Qo‘zg‘olon birin-ketin viloyatning barcha uezdlariga yoyiladi, ba’zi joylarda qurolli harakat tusini oladi. Manbalarda 1885-1892 yillarda Farg‘ona viloyatida xalqning 205 marta siyosiy chiqishlari, xarakatlari ko‘tarilgani qayd etilgan. Farg‘onadagi vaziyatdan cho‘chigan viloyat harbiy-gubernatori Verevskiy aholidan ko‘z- quloq bo‘lib turish uchun Markaziy hukumatga maxfiy siyosiy politsiya xizmatini tashkil etish taklifini ilgari suradi. U Farg‘ona viloyatining har bir tumanida maxfiy ayg‘oqchilar tarmog‘ini vujudga keltirish uchun o‘z ixtiyoridagi mablag‘dan foydalandi. O‘lkaning oliy harbiy-siyosiy doiralari tobora kuchayib borayotgan norozilik to‘lqinini pasaytirish uchun ta’sirchan vosita izlay boshladi. Qurolli kuchlar va politsiya xizmatini kuchaytirish tadbirlari uchun bir yilda 5,5 mln. so‘m sarflanadi. Holbuki, undan ham muhim hisoblangan temir yo‘l uchun bor yo‘g‘i 190 000 so‘m ajratilganini hisobga olsak, chor hukumatining xalq harakatidan naqadar xavotirga tushgani aniq bo‘ladi 2 . 1892 yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda rus mustamlakchilarini talvasaga solgan va tarixga «vabo isyoni» yoki «toshotar voqeasi» sifatida kirgan qo‘zg‘olon bo‘ldi. Iyun oyida Toshkentda vabo tarqaldi. Shahar ma’muriyati shoshilinch choralar ko‘rdi. Vabo kasali bilan o‘lganlarni shahar ichkarisidagi 12 ta qabristonga ko‘mish man etildi, shahar tashqarisida 4 ta yangi qabriston ochiladi, deb e’lon qilindi. Shahardan chiqish va kirish nazorat ostiga olindi. Shaharda vabo kasaliga chalinganlar yo‘q qilinar ekan, degan mish-mishlar tarqaldi. Mustamlaka ma’muriyati tibbiyot nuqtai nazaridan to‘g‘ri bo‘lgan bu tadbirlar haqida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib bormadi, musulmonchilik odatlari, marosim, qonun-qoidalarini hisobga olmadi. Va’da qilingan 4 ta yangi qabriston o‘rniga faqat bittasi ochildi. Boshqa kasallik bilan o‘lganlarni shahar ichkarisidagi qabristonlarga ko‘mish ishlarini rasmiylashtirish ham cho‘zilib ketdi, suiiste’molliklar kuchaydi. Odamlar noiloj o‘likni eski qabristonlarga olib borib ko‘mishga majbur bo‘ldi. Politsiya bundaylarni topib hibsga ola boshladi. Qabristonni ochib, o‘lganlarning ruhi haqorat qilindi. Shaharning eng taniqli kishilaridan hisoblanmish Azizyor Eshon, Abulqosim xo‘ja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad va boshqa kishilar boshchiligidagi mingga yaqin kishi shahar boshlig‘i mahkamasi tomon yo‘l oldilar. Ularga hokim to‘ra-shahar boshlig‘i polkovnik S.R.Putintsev va eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub to‘qnash kelishdi. Qamchisini o‘ynatib kelgan oqsoqol xalqning so‘zlarini, arz-dodini tinglash o‘rniga unga dag‘dag‘a qila boshladi. Halq uning boshiga toshlar yog‘dirdi. Mashhur «Toshotar» voqeasi boshlanib ketdi. Oqsoqol otdan tushib hokimning idorasiga qochib yashirindi. Polkovnik Putintsev esa o‘zining sodiq qulini panohiga olib, xalqni tinchitishga urindi. Xalq undan oqsoqolni berishini talab qildi. Putintsev ham muzokara o‘rniga kuch ishlatishni afzal ko‘rib, to‘pponchasini g‘ilofidan chiqarib, dag‘dag‘aga o‘tdi. Sabr kosasi to‘lgan xalq, uzoq o‘ylab o‘tirmay, hokimga hujum boshladi, Putintsev va uning mirshablarini do‘pposladilar, haloyiq mahkamani ham ostin-ustun qildilar. Qurollangan soldatlar etib kelgach, xalq ayamay o‘qqa tutildi. Natijada ko‘p kishi halok bo‘ldi va yaralandi. O‘lganlar va yaradorlarning miqdori haqida aniq ma’lumotlar saqlanmagan. Chunki xalqning o‘zi jasadlarni va yaradorlarni o‘zlari bilan olib ketishdi. Keyingi kunlari Anhordan topilgan mayitlar soni 80 taga etgan. Qo‘lga olingan 60 kishi turli muddatlarga qamoq jazosi va surgunga hukm qilindilar. Mustamlakachilarning zo‘ravonligi xalqning ozodlik harakatini to‘xtatib qololmadi. Turkistonda ko‘tarilgan ozodlik harakatining eng yirigi 1898 yilgi Andijon qo‘zg‘olonidir. Qo‘zg‘olonga Andijon yaqinidagi Mingtepa qishlog‘ida yashovchi Muhammad Ali Eshon boshchilik qildi. U otasining kasbini olib duk yasardi, shuning uchun uni Dukchi Eshon deb atashardi. Muhammad Ali Buxoroda o‘qidi, Makkaga hajga boradi, Farg‘ona viloyatidagi Sultonxon To‘ra Eshon xizmatida bo‘ldi. Uning vafotidan keyin o‘zi Eshon bo‘ladi. Uning maqsadi rus hukmronligidan qutilish, Farg‘onada o‘z kishisini xon qilib ko‘tarish edi. Uning atrofida kambag‘allar to‘plana bordi, bog‘lar yaratdi, suvsiz erlarga suv chiqardi. Muhammad Ali Eshon o‘z muridlari bilan kengashib mustamlakachilarga qarshi hujum qilish rejasini tuzadi. 2 Қаранг: Ўзбекистоннинг янги тарихи. Ьиринчи китоб, 344-348 бетлар. 1898 yil 17 may kuni bir guruh kishilar Muhammad Ali Eshonni oq kigiza o‘tqazib, xon deb ko‘tardilar, xaloyiqni qo‘zg‘olonga da’vat qildilar. Shu kuni xufton paytida har kim qo‘liga tushgan narsani olib, taxminan olti yuz kishi Andijon shahariga jo‘nadilar. Eshon boshliq qo‘zg‘olonchilar Qo‘tchi qishlog‘iga kirishganda yana 200 kishi qo‘shilgan. Qoraqo‘rg‘on va Oqchidan o‘tib Qo‘yliga yaqinlashganida ularga mingboshi G‘ayibnazar o‘z yigitlari bilan qo‘shiladi. Qo‘zg‘olonchilar Andijonga yaqinlashganlarida ularga boy savdogar Aliboy qurollangan 190 yigiti bilan qo‘shiladi. Qo‘zg‘olonchilar soni 2000 kishiga etadi. Qo‘zg‘olonchilar Andijondagi mustamlakachilarning harbiy garnizoniga bostirib kiradi va kazarmaning piramidalarida turgan 30 ga yaqin miltiqni o‘lja qilib olib, birinchi qatordagi soldatlar ustiga tashlanishadi. Ularga ichkaridagi soldatlar qarshilik ko‘rsatadilar. Chorak soat davom etgan otishmadan so‘ng qo‘zg‘olonchilar to‘rt o‘lgan sheriklarini tashlab chekinadilar. Harbiy garnizondagilardan 23 kishi halok bo‘ladi, 24 tasi yarador bo‘ladi. Andijonda, ayniqsa Rossiyaliklar yashaydigan yangi shaharda mustamlakachi amaldorlardan tortib to oddiy fuqarogacha vahimaga tushib, uylariga bekingan va musulmonlar yalpi hujumini kutgan. Hatto tumanboshi polkovnik Konshevskiy ham ko‘chaga chiqishdan qo‘rqib uyida bekinib yotadi. Eski shahar oqsoqoli Xolbahodir mingboshi uning oldiga kelganidagina u voqeaning tinch tugaganini bilgan va darhol askar chaqiradi. Ular yangi shahardan boshlab ko‘ziga ko‘ringan musulmonlarni otadi. Bu voqealardan mutlaqo bexabar, ertalab ishlashga chiqqan minglab dehqonlar va hunarmandlar mustamlakachilar o‘qidan nobud bo‘lishadi. Harbiy qo‘shinlar shaharni o‘rab olib, qo‘zg‘olonni harbiy kuch bilan shafqatsizlarcha bostiradi. Mustamlakachilar Muhammad Ali Eshonni tutish uchun Mingtepaga yurdilar, yo‘lda duch kelgan kishini otib o‘ldirib Mingtepaga bostirib kirdilar, uch soatcha otishma va tintuv o‘tkazdilar. Nihoyat, Eshon Arslonbob yaqinidagi Toshko‘prikda qo‘lga tushirildi. Eshon va uning muridlari, tanish-bilishlari, maslakdoshlariga nisbatan dahshatli qatag‘on uyushtirildi. Dukchi Eshon osib o‘ldirildi, uning 45 nafar yordamchilari qatl etildi, 208 kishi Sibirga surgun qilindi. Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni izsiz ketmadi. Butun Farg‘ona vodiysida mustamlakachilarga qarshi harakat davom etdi. Yakkatut, Namangan, Beshariq, Marg‘ilon va boshqa tuman va qishloqlarda bosqinchilarga qarshi harakatlar bo‘ldi. 1898 yilgi qo‘zg‘olon chorizmga qattiq zarba berdi, uning negizlarini titratdi. Qo‘zg‘olonchilar Vatan ozodligi uchun kurash tarixi sahifalaridan munosib o‘rin egalladilar. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling