O‘zbekiston tarixi
Urushdan keyingi davrda O‘zbekistonning ma’naviy-madaniy hayoti. Unga hukmron
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
2. Urushdan keyingi davrda O‘zbekistonning ma’naviy-madaniy hayoti. Unga hukmron
kommunistik mafkura tazyiqining kuchayishi. Ikkinchi jahon urushidan keyin kechgan va to yurtimiz milliy istiqloliga qadar davom etgan so‘nggi o‘n yilliklar davridagi ma’naviy-madaniy hayotimiz qiyofasini ko‘zdan kechirarkanmiz, bunda juda ko‘plab murakkab holatlarga duch kelamiz. Dastavval, bu davr nechog‘liq ziddiyatli, bo‘hron va tanazzullik hollar bilan kechmasin, u respublikaning ma’naviy- madaniy hayotida ancha sezilarli iz qoldirdi. Eng muhimi, hukmron mafkuraning har qanday zo‘rligi, tazyiqiga qaramay xalqimiz o‘zligi, imon-e’tiqodi e’timadini, yorqin istiqlolga bo‘lgan chuqur ishonchini saqlab qololdi. Bugina emas, u shu istiqlolga erishish uchun o‘zida etarli qudrat, iroda topa bildi. Shu bilan birlikda ma’naviy-madaniy hayotning barcha sohalarida, chunonchi,xalq ta’limi, tibbiyot, ilm-fan, adabiyot, sa’nat singari jabxalarda muayan o‘zgarishlar, ijobiy siljishlar qo‘lga kiritib borildi. Ayni zamonda bu soxaga oid jiddiy muammolar ham ko‘paygandan ko‘payib, hayot kun tartibiga qo‘yila bordi. Respublika ma’naviy hayotining muhim soholaridan biri hamma vaqt ham halq ta’limi tizimi bo‘lib kelgan. 1958 yil dekabrida SSSR Oliy Soveti «SSSR dagi maktabning turmush bilan aloqasini mustahkamlash va xalq maorifi tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» qonun qabul qildi. Unda o‘qitishni turmush bilan bog‘lab olib borish, yoshlarni aqliy axloqiy va ma’naviy etuk shaxslar etib shakllantirish, ularga umumiy politexnik ta’lim berish vazifalari ilgari surildi. Bu qonun va undan kelib chiqadigan vazifalar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining rivojlanishi uchun ham asos qilib olindi. 10 yillik maktablar 11 yillik maktablarga aylantirildi. Maktablar uchun yangi zamonaviy o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklar yaratildi. Maktablarda ustaxonalar qurildi, tajriba lobaratoriyalari barpo etildi. O‘quvchilarga politexnik ta’lim berish uchun mashinasozlik, qurilish, sanoat va qishloq ho‘jligi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot darslari o‘tish yo‘lga qo‘yildi. 1962 yilga kelib umumiy majburiy 8 yillik ta’limga o‘tish amalga oshirildi. Barcha 7 yillik maktablar 8 yillik maktablarga aylantirildi. Respublika hukumati xalq ta’limi sohasini takomillashtirib borishga doimiy e’tibor qaratib bordi. Buning konkret ifodali o‘laroq 1966 yilda chiqarilgan «Respublika umumta’lim maktablari ishini yanada yaxshilash choralari to‘g‘risida» va 1969 yildagi «Respublika umumiy o‘rta ta’limga o‘tish munosabati bilan xalq maorifini yanada yaxshilash choralari to‘g‘risida»gi qarorlarni keltirib o‘tish joizdir. Bu qarorlarda yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga katta e’tibor berish umumiy o‘rta ta’limga o‘tish bilan bir qatorda xalq ta’limi muassasalarining moddiy bazasini mustahkamlash, kapital qurilishi ishlarini kuchaytirish masalalariga ham alohida urg‘u berildi. 70-yillar o‘rtalariga kelib respublikada umumiy o‘rta ta’limga o‘tish yakunlandi.1965- 1985 yillar davomida barcha turdagi umumta’lim maktablari 8716 tadan 9188 taga ko‘paydi, o‘quvchilar soni esa 3055,8 ming nafar boladan 6519,6 ming nafar bolaga ortdi. 1965-1985 yillarda respublika maktablarida o‘rta ma’lumot olganlar soni 5,7 mln. kishidan oshib ketdi. Biroq xalq ta’limi tizimi manzarasini ko‘rsatuvchi bu raqamlar bu sohada ko‘zga tashlanib borgan jiddiy kamchiliklar va nuqsonlarni ko‘rish va ularni tahlil etishimizga xech bir monelik qila olmaydi. Negaki, totalitar tuzum zug‘umi va bedodligi, qolaversa ijtimoiy xayot sohalarida va kechgan turg‘unlik jarayonlari bu sohaga ham o‘z asoratini o‘tkazmay qolmagan. Ta’lim tizimi mazmuni va mundarijasining kompartiya dasturlari va rejalari asosida belgilanishi va xuqmron mafkura tamoyillari va talabalariga bo‘ymingirilishi, o‘quv dasturlari qo‘llanmalari va darsliklarning har bir milliy respublika xalqning o‘ziga xoslik, milliylik xususiyatlaridan ayricha umumsovet andozalari asosida tuzilishi - bular novqiron avlodning to‘laqonli shaxs sifatida kamol topishiga o‘z yurti, xalqi ona zamini uchun munosib farzand bo‘lib ulg‘ayishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmay qolmagan. Muhtaram Yurtboshimiz sobiq sovet tuzumi davridagi ta’lim tizimining nomaqbul, qusurli jihatlari xususida fikr yuritib, bunda shularni aloxida uqtirgandi: o‘quv jarayonida o‘quvchi va talabalarni mustaqil va erkin fikrlashga yo‘l qo‘yilmaslik xar qaysi o‘quv yurtini bitiruvchilarning bilimiga qarab emas, avvalo, uning sobiq sovet tuzimiga va sohta g‘oyalarga sadoqatini xisobga olib baholash va hayotga yo‘llash tamoyili asosiy o‘rin egallardi. Ko‘p joylarda sifat o‘rniga son ketidan quvish ustunlik qilardi. Bu tizim Vatanga, xalqiga, millatiga fidokor mustaqil fikrlaydigan, biron bir masalani ongli, ijodiy ravishda yoki izlanuvchan tarzda hal qiladigan kadrlarni emas, balki sayoz saviyali, mute xodimlarni ko‘plab etishtirgani sir emas. 1 Shu bois ham umumta’lim maktablarini tamomlab chiqqan yoshlar hayotga etarli tayyor bo‘lmaganligidan ular na biror ishning boshini ushlay olar va na biron bir kasb-xunar bilan shug‘ullana olardilar. Shuningdek maktab binolarining etishmasligi, moddiy – texnik bazaning zaifligi ham xalq ta’limi tizimining umumiy ta’lim va tarbiya sifatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Respublikaning Oliy va O‘rta maxsus ta’lim tizimi ham urushdan keyingi davrlarda ancha murakab jarayonlarni boshdan kechirdi. Xukmron tuzum o‘z mafaatlaridan kelib chiqib O‘zbekistonda bu tizimni rivojlantirish uning muammolarini hal etish, uni davr talabalari darajasida tashkil etishga qarata yo‘l tutdi. Hayot taqazosi, zamon zayli bilan Respubikada Oliy ta’lim dargohlari ko‘payib, ularda turli yo‘nalishlarda yuqori ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash ishlari olib borildi. Jumladan, 50 yillarda 3 ta Oliy o‘quv yurti –Andijon tibbiyot, Toshkent elektrotexnika aloqa, fizkultura institutlari; 60 yillarda yana 8 ta oliy o‘quv yurtlari - Andijon paxtachilik, Farg‘ona politexnika, Samarqand arxitektura - qurilish institutlari, Termiz, Sirdaryo, Toshkent viloyat pedagogika institulari, Andijon tillari pedagogika instituti, Toshkent rus tili va adabiyot pedagogika Instituti tashkil etildi. 70 yillarda yana 5 ta Oliy o‘quv yurti Nukus davlat universiteti, Toshkent avtomobil- yo‘llar instituti, Toshkent pediatriya instituti ochildi. Shuningdek yangi fakultetlar viloyatlarda esa yirik oliy o‘quv yurtlarining filiallari tashkil etildi. Yangi zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlana boshladi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling