O‘zbekiston tarixi


Buning ustiga o‘quv yurtlariga kirgan talabalar, aytaylik, chinakam milliy ruxda


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

Buning ustiga o‘quv yurtlariga kirgan talabalar, aytaylik, chinakam milliy ruxda 
chuqur bilim va tarbiya olish imkoniyatidan maxrum etilgandi. Negaki, bu ta’lim tizimi o‘z 
mohiyat etibori bilan hukmron tuzum siyosati va mafkurasi qurboniga aylangan edi. U
1
Қарат: баркамол авлод орзуси. Т: Шарқ, 1999 40-бет 


davrda yaratilgan barcha o‘qtuv dasturlari, ta’lim andozalari, qo‘lanmalar, darsliklar va 
boshqa o‘quv jihozlari mana sha ruxda tayyorlanardi. 
Markazda bir guruyuh «bilog‘on» mutaxassislar tomonidan tayyorlanagan, milliy 
huddudlar, u erda yashovchi odamlarning o‘ziga xos hususiyatlari, milliy o‘zliklari, mentaliteti, 
hayotiy tajribalari, an’analarini mutlaqo inkor etgan o‘quv dasturlari, jihozlari ta’lim xujjatlari 
butun bepoyon SSSRdagi maktabalar, o‘quv yurtlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri majbur etilardi. 
Shuningdek o‘quv yurtlarining o‘quv rejalari va dasturlari turli sabablar orqasida 60-70 
yillarda uch marta o‘zgardi. Har safar o‘qitiladigan fanlar yangilar xisobiga ko‘payib, o‘quv 
materiallari hajmi oshib bordi, talabalarning mustaqil o‘qib, o‘rganishlari uchun vaqti tobora 
kamayib bordi. Talabalarning uzoq muddatli qishloq xo‘jalik ishlariga surnakli jalb etishlishi 
ham o‘quv jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. 
O‘quv yurtlari faoliyatida tanish-bilishchilik, 
qarindosh-urug‘chilik, oshna-og‘aynigarchilik, poraxo‘rlik, tamagirlik singari xavfli illatlarning 
urchib ildiz otishi hollari ham bu tizim obro‘siga jiddiy putur etkazdi. Ayniqsa bundan kadrlar 
tayyorlash sifati sezilarli zarar ko‘rdi 
Xullas, mamalakatda bu davrda kechayotgan nosog‘lom muhit, ijtimoiy hayotining turli 
sohalarida yuz berayotgan nohush hollar, turg‘unlik jarayonlari o‘quv yurtlari tarmog‘ini ham 
o‘z domiga tortib borayotganligidan, bu soha tobora jiddiy ahvolga duch kelayotgan edi. Bu
mazkur tizimning chuqur islohga hayotiy ehtiyoji ortib borayotganligini sezish qiyin emasdi. 
O‘zbekistonning bu yillardagi ilm-fan yutuqlari va muammolariga to‘xtaladigan bo‘lsak, 
ta’kidlash joizki, hukmron tuzum siyosati va mafkurasi taziyqi va qiyin-qistoviga qaramay
o‘zbek fani, ilmiy tafakkuri o‘ziga yo‘l topib, rivojlanish, taraqqiy etishda davom etdi. Ulug‘ 
ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelgan ilmu urfonga oshuftalik, intiluvchanlik tuyg‘usi ming-
minlab yorqin iste’dodlarning bu sohaga yuz burib, fan so‘qmoqlaridan ilgarilab borib, uning 
turli yo‘nalishlarida samarali faoliyat yuritishi, o‘z salohiyatini namayon etishda yaqqol ko‘rindi. 
50-60 yillarga kelib ilmiy-texnika taraqqiyotining jadallashuvi orqasida fanning bir qator 
istiqboll i yo‘nalishlari, chunonchi kibernetika, informatika, elektronika, yadro fizikasi, 
polimerlar fizikasi, genetika, mikrobiologiya, seysmologiya, kosmogoniya singari soxalar 
yangidan shakillanib, taraqqiy topa boshladi. Respublika ilm-fanining bosh markazi- Fanlar 
Akademiyasi va uning tarkibidagi o‘nlab ilmiy-tadqiqot institutlari, muassasalari turli 
yo‘nalishlarda muhim muammolar va ularning echimi ustida ilmiy izlanishlar olib bordilar. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling