O‘zbekiston tarixi


-mavzu: Mustabid sovet tuzumining O‘zbekistondagi qatag‘onchilik


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

13-mavzu: Mustabid sovet tuzumining O‘zbekistondagi qatag‘onchilik 
siyosati va uning oqibatlari
REJA: 
1. Sobiq Ittifoqda ma’muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning qaror topishi. 
Respublika huquqlari, manfaatlarining cheklanishi. 
2. Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda yuritgan qatag‘onlik siyosati va uning 
oqibatlari. 
3. Urushdan keyingi yillarda ma’muriy-buyruqbozlik tizimi zo‘ravonligining 
kuchayishi. 
4. Milliy ziyolilarni qatag‘on qilishning yangi to‘lqini. 
 
Adabiyotlar: 
1. 
Karimov I.A. «Har qanday muxolifat bilan bahslashmoqqa tayyorman». T. 
1. –T.: O’zbekiston, 1996, 227-237 betlar. 
2. 
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida… -T.: O’zbekiston, 1997,
49-69 betlar.
3. 
Usmonov Q. va boshqalar. O’zbekiston tarixi. Darslik.. –T.: Iqtisod-moliya, 
2006, 335-350-betlar. 
4. 
O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet 
mustamlakachiligi davrida. -T.: Sharq, 2000, 385-410 betlar. 
5. 
Usmonov Q., Sodiqov M. O’zbekiston tarixi. (1917-1991 yillar). -T.: Sharq, 
2002, 121-132 betlar 
6. 
Murtazaeva R.X. O`zbekiston tarixi. Darslik. -T.: 2003, 464-451-betlar 
1.Sovetlar mamlakatida totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining shaklllantirilishi
XX asrning 20-yillari davomida sovetlar mamlakatining boshqaruv idora qilish tizimi 
ham keskin o‘zgarishlarga yuzi tutib bordi. Ayniqsa, “sotsialistik inqilob” yo‘lboshchisi V.Lenin 
vafotidan keyin (1924) partiya va davlat hokimiyati muruvatlarini o‘z qo‘liga to‘play borgan 
I.Stalin tez orada o‘z hokimiyatparastlik va amalparastlik nafsoniyatlariga erk berib, butun 
mamlakatni boshqarishda yakka xukmdor bo‘lishga zo‘r berib intildi. Bunda u o‘ziga bildirilgan 
katta ishonch hamda berilgan vakolatlarni suiiste’mol qilib, o‘z atrofiga bir gurux 
xushomadgo‘y, laganbardor, labbaychi raxbar kadarlarni to‘plab, ularni o‘z izmiga bo‘ysindirib, 
o‘z bilganicha xohlaganicha, o‘zboshimchalik bilan siyosat yuritish yo‘lini tutdi. V.M.Molotov, 
K.Ch.Voroshilov, L.M.Kaganovits, A.A.Jdanov keyinroq esa G.M.Molenkov, N.I.Ejov, 
L.P.Beriya singari malakdosh-u, hamfikr safdoshlar bu borada unga elkadosh bo‘lib, sadoqad va 
sodiqlik namunalarini ko‘rsatdilar. Bundan mamnunlikni his etgan Stalin esa ilmiy va nazariy 
bilimlari bo‘sh sayoz, g‘oyaviy saviyasi past asosan ma’muriy metodlar bilan ish ko‘rish, 
irodasini boshqalarga majbur qilishga ustamon bo‘lgan bu sinashta arboblar bilan bir yoqadan 
bosh chiqarib, partiyaning etuk, bilimdon inqilobiy kurashlarda toblangan raxbar kalrlarni birin-
ketin o‘z yo‘lidan supra bordi. Masalan, mamlakat va partiya hayotining juda ko‘plab bolzarb 
masalalarida xusussan industriallashtirish, qishloqda dexqon xo‘jaliklarini jamoalashtirish, 
yohud aholining turli ijtimoiy, tabaqalariga munosib, xarbiy qurilish sohalarida o‘x xolis. 
xaqqoniy qarashlari nuqtai nazarini bayon qilgan Protskiy, Kamenov, Buxarin, Tomskiy, Rikov, 
Krestinskiy, Raskolnikov singari o‘nlab etuk arboblar partiyaning bosh yo‘liga qarshi chiqishda 
ayblanib, har-hil asossiz tuxmat-bo‘xtonlar bilan qoarlanib, vazifalardan chetlashtirildi. 
Keyinchalik esa Stalin qatag‘onchiligi avjiga mingan 30-yillarga kelib, ular deyarli jismonan 


yo‘q qilib yuborildi. Ayni chog‘da ularning milliy respublikalardagi “dumlari” topilib, ular ham 
turli partiyaviy va jinoiy jazo choralariga duchor etildi. Agar mazkur masalaga chuqurroq 
mantiqan yondashadigan bo‘lsak, u holda sovetlar mamlakatida 20-yillarda shakllanib, muayyan 
shaklu tamoyil va qiyofa kashf etib borgan totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi faqat birgina 
Stalin va uning yaqinlarining xohish-irodasi, mayl-istagi bilangina qaror topgan deyish etarli 
asosga ega bo‘lmagan bo‘lardi. bu tizimga xos va mos bo‘lgan sinfiylik, partiyaviylik, 
mafkuraviylik tamoyillari hamda shu pozitsiyadan turib voqea, xodisalarga yondashish, jamiyat 
kuchlariga zulm-zo‘ravonlik o‘tkazish, o‘z irodasi, g‘oyalarini majburlash bunga ko‘nmaganlarni 
esa qiyin-qistovlarga olish, irodasini so‘ndirish, xatto ularni ma’nan va jismonnan yo‘q 
qilishgacha borish xollari va ko‘rinishlari aslida sovetlarning dastlab zo‘rlik bilan hokimiyat 
tepasiga kelishidan shuningdek, Turkison o‘lkasida ham uning jangu jadal bilan o‘rnatilishidan 
boshlanganligi ayni xaqiqatdir.
Demak, SSRda totalitar va avtolitar xarakterdagi ma’muriy-boshqaruv tizimi sovet 
xokimiyatining butun borishi, jamiyat hayotining barcha jabxalarida uning pozitsiyasi va 
mavqeyining kuchayishi davomida shakllantirib borilgan, uning sarchashmalarida eng avvalo 
kompartiya dohiysi Leninning o‘zi turgan. Uning sinfiylik partiyaviylik negiziga qurilgan 
odamlarni aldash, chalg‘itish, tafakkuri, dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish maqsadlariga 
yo‘nalgan usti yaltiroq, jimjimador puch komunistik g‘oya, ideallari bu tizimni oziqlantirgan, 
to‘yintirgan va asosiy manba bo‘lgan. Stalin esa Lenindan so‘ng partiya va davlat boshqaruvi 
tizimidagi katta xokimiyatga ega bo‘lib olgach, siyosati va an’analarini davom ettirib, buni o‘z 
mayl-maqsadlariga xoxish-irodasiga yanada moslashtirib bordi. Yagona sotsializm qurayotgan 
mamlakatning alohida o‘ziga xos mavqei, uning kapitalistik dunyo qurshovida ekanligi , shu bois 
bu tuzumga nisbatan turli ichki va tashqi kuchlar xuruji xavf-xatari bo‘lishi ehtimolining 
saqlanib qolyotganligi va shu singari holatlar uning rahbariyati, yo‘lboshchilari uchun tabiiy 
suratda shu qadar katta, chegara bilmas xuquq va vakolatlarni bergan ediki, bulardan Stalin o‘z 
nafsoniyati va yakka xukmdorligini to‘la qaror toptirish boarsida g‘oyatda ustamonlik bilan 
foydalangan. Ayniqsa bunday qulay vaziyat va imkoniyatlar uning partiya va mamlakat nomidan 
bir yoqlama tarzda o‘zboshimchalik bilan o‘tkazib borgan siyosatiga, Markazqo‘mning “bosh 
siyosatiga”, u yoki va darajada e’tiroz bildirgan ichki muhofatchi kuchlarni o‘ziga yoqmagan 
partiya va davlat arboblarini qoralash va daf etishda qo‘l kelgan. Ayni paytda tarix saxniga 
ko‘tarilgan bu shaxs nomini ayricha ulug‘lash, ko‘klarga ko‘tarish, mamlakat erishb borgan 
barcha yutuq, zafarlarni unga nisbat berish, uni har qanday xatto nuqsonlardan holi buyuk dohiy, 
sifatida ta’rif tavsiflash an’anaviy tusga kirib, komfirkaning barcha mafkuraviy kuril, vositalari, 
tuzui moddoxlarining betinim da’vati to‘lig‘icha oqibati xunuk va xalokatli shu mumtoz 
maqsadalar sari yo‘naltirilgan. 
20-yillar ohiri, 30-yillar boshlariga kelib, partiya Marazqo‘mi va uning bosh yo‘liga, 
ichki va tashqi siyosatiga qarshi yo‘nalgan xar-xil muxolifatchilik chiqishlari barham toptirilib, 
partiya saflari “yot unsurlardan” to‘la “tozalangach”, Stalin bosh bo‘lgan tanho hokimiyat rejimi 
qz bilganicha, xohish-istagicha faoliyat yurita boshladi. Endilikda to‘la shakllanib avjiga mingan 
totalitar mustabid tizimning po‘lat panjasi etaydigan ijtimoiy hayotning biror bir sohasi 
qolmagandi.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling