O‘zbekiston tarixi


Ma’naviy hayotdagi mafkuraviy cheklashlar va byurokratik holatlarning avj  oldirilishi, ularning halokatli oqibatlari


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

3. Ma’naviy hayotdagi mafkuraviy cheklashlar va byurokratik holatlarning avj 
oldirilishi, ularning halokatli oqibatlari. 
 
Adabiyotlar: 
1. Karimov I.A O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida… -T.: O’zbekiston, 1997, 49-
68 betlar. 
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. Toshkent, «Ma’naviyat» 
2008. 
3. Usmonov Q. va boshqalar. O’zbekiston tarixi. Darslik.. –T.: Iqtisod-moliya, 
2006, 316-333-betlar. 
4. O’zbekistonning 
yangi tarixi. Ikkinchi kitob, O’zbekiston sovet 
mustamlakachiligi davrida. -T: Sharq, 2000, 161-428 betlar.
5. Usmonov Q., Sodiqov M. O’zbekiston tarixi. (1917-1991 yillar). -T: Sharq, 
2002, 69-132 betlar 
6. Murtazaeva R.X. O`zbekiston tarixi. Darslik. -T.: 2003, 452-463-betlar.
1. Sovetlarning 20-30 yillarda O‘zbekistonda yuritgan ma’naviy-madaniy va ma’rifiy 
siyosati, uning mustamlakachilik mohiyati. 
Sovetlar hokimiyati xukmronligi kechgan XX-asrning 20-30 yillar tarixiy voqealari 
silsilasini uning butun murakkabligi, keng qamrovliligi va ziddiyatliligi holida nazardan o‘tkazar 
ekanmiz, bunda barcha ijtimoiy jarayonlar qatorida madaniy-ma’naviy sohada yuz bergan o‘ziga 
xos o‘zgarishlar, muhim siljishlar yoxud noxush, g‘ayritabiiy holatlar manzarasi ham ko‘z 
o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Gap shundaki, yangidan shakllantirib borilayotgan sotsialistik 
tuzum (garchi bu jarayon asosan totalitar, ma’muriy, buyruqbozlik tizim zo‘ravonligi, qattiyati 
bilan qaror topdirilayotgan bo‘lsada) o‘z rivojlanishi, olg‘a tomon xarakatlanishi davomida bu 
sohani hech bir chetlab o‘ta olmas edi. Chunki eski tuzim yo‘lboshchilari va mutasaddilarining 
fikricha, faqat ko‘pchilik ommaning ongliligi, bilimdonligiga erishish, ularning ilmiy 
materialistik dunyoqarashini tarkib toptirish va shu yo‘l bilan ularning ijtimoiy faolligi 
jo‘shqinligi, shijoatini yuzaga chiqarish orqaligina sotsializmni hayotga izchil tadbiq etish, uni 
mustahkam zaminda rivojlantirish mumkin bo‘lardi. Bu haqqoniy fikrlarga zarracha ham shubha 
bildirmasa bo‘ladi. 
Shu bois butun sovetlar mamlakatida bo‘lgani singari O‘zbekistonda ham madaniy soha 
masalalarini, dastavval, xalq ta’limi, Oliy ta’lim, tibbiyot, adabiyot, san’at va madaniy-oqartuv 
muassasalari faoliyati bilan bog‘liq dolzarb muammolarni hal etib borish davrning muhim 
vazifalari sifatida kun tartibi qo‘yilganligi bejiz emas. 
Garchand o‘zbek xalqi azal-azaldan boy madaniy meros va katta ilmu fan salohiyatiga ega 
bo‘lib kelgan ijodkor va bunyodkor xalq bo‘lsada, biroq so‘ngi xonliklar va ayniqsa chor 
mutamlakachiligi xukronligi davrida bu soha jiddiy orqada qolgandi. Ajnabiy hukmdorlar atayin 
yuritgan ulug‘davlatchilik va mumtozlik siyosati boisidan yurt ahli zamonaviy ilm-fan va 
madaniyat sarchashmalaridan atayin uzoqlashtirib kelgan. Ammo shunga qaramay xalqimizning 


savdoxonlik darajasi Rossiya aholisinikidan chira kam bo‘lmaganligi ayondir. Sovetlarning 
madaniy siyosatida eng birinchi navbatda xalq ta’limini rivojlantirish masalalari asosiy o‘rin 
tutardi.
Shu bois sovet xukumati mahalliy xalq ishonchini qozonish, kambag‘al tabaqalar 
farzandlarini o‘qitish, ularni savodli, qilish uchun o‘zining dasturiy maqsadlariga javob 
beradigan sovet ta’lim tizimini rivojlantirishga kirishdi. 20-yillarda O‘zbekiston hayotidan 
muhim o‘rin olgan 1 va 2-bosqich maktablari shunday ta’lim berishga mo‘ljallangan edi. 
Masalan, 1921 yilda Turkiston (O‘zbekiston) da 165645 o‘quvchisi bo‘lgan 1-bosqich 
(boshlang‘ich) va 6500 o‘quvchisi bo‘lgan 58 ta 2-bosqich (o‘rta) maktablar faoliyat ko‘rsatdi.
1920 yil 17 sentyabrda Turkiston ASSR xukumati o‘lkada 8 yoshdan 40 yoshgacha 
bo‘lgan kishilarni o‘qitish to‘g‘risida dekret qabul qildi. Ayni chog‘da respublikaning turli 
xududlarida ko‘plab aholi savodsizligini tugatish kurslari tashkil etildi. Jumladan, 1 beshyillikda 
(1928-1932) O‘zbekistonda shunday kurslarni 700ming nafardan ziyod odamlar bitirib chiqdi. 
Ikkinchi beshyillik (1933-1937) da esa bu ko‘rsatkich 1 million 400 ming nafar kishini tashkil 
etdi. Shuningdek, 1 beshyillikda boshlang‘ich ta’lim tizimining joriy etilishi, 2-beshyillikka kelib 
7-yillik ta’limga o‘tilishi ham xalq ta’limi sohasidagi muhim o‘zgarishlardan biri bo‘ldi. Rasmiy 
ma’lumotlarga ko‘ra agar 1924-1925 o‘quv yilida O‘zbekistonda 160 ta sovet tipidagi maktablar 
mavjud bo‘lib ularda 17209 nafar o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 1941 yilga kelib bunday 
maktablar soni 5504 taga va ularda ta’lim olgan o‘quvchilar soni esa 1 milion 315 ming kishiga 
etgan. 
30-yillarga kelib respublikada malakali o‘qituvchi kadrlar tayyorlaydigan ko‘plab
pedagogika institutlari va o‘rta maxsus bilim yurtlari tashkil qilindi. Bu esa pedagogik ta’lim 
tizimining yaxshilanib borishiga turtki berdi. 
Chunonchi, 1928-29 o‘quv yilida o‘qituvchilar soni 5,5 ming kishiga teng bo‘lgan bo‘lsa, 
bu ko‘rsatkich 1932-33 o‘quv yilida 19 ming kishini, 1941 yilda esa 42 ming kishini tashkil etdi. 
Garchand bu raqamlar xalq ta’limining muayyan yutuqlaridan dalolat bersa-da, biroq bu sohada 
shu davrda jiddiy xato, nuqsonlar yo‘qotishlar sodir etilganligidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. 
Eng achinarlisi shuki, yurtimizda asrlar sinovidan o‘tgan, go‘zal sharqona ta’lim namunalarini 
o‘zida mujassam etgan eski maktab va madrasa ta’limi va tarbiyasi Sovetlar tomonidan atayin 
tugatib yuborildiki, buni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek g‘oyat qisqa 
muddatlar ichida o‘zbek yozuvini ikki bor (1928 va 1940 yillar) isloh qilinib, oxir-oqibatda rus 
alfaviti negiziga o‘tkazilishi ham respublikaning xalq ta’liim tizimiga jiddiy zarar etkazdi. Bu 
xalqimiz farzandlarini bebaho asriy ma’naviy bisotlarimizdan bebaxra qolib ketishiga olib keldi. 
Shu bilan birlikda ta’lim tizimining hukmron Markaz qo‘lida monopolloshuvi, uning mazmuni, 
mohiyati va xarakterining ham yuqoridan turib belgilanishi bu soha istiqboliga mislsiz katta 
salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bunga ta’lim tizimi bo‘g‘inlariga doimiy mavkuraviy tazyiq ko‘rsatish 
amaliyoti ham kelib qo‘shildi. Bular hammasi o‘zbek xalqining ta’lim tizimining halqona, 
sharqona tamoyillariga, uning o‘ziga xoslik, milliylik shaklu shamoyilliga xususiyatlariga jiddiy 
ta’sir etmasdan qolmadi, albatta. 
Respublikada oliy ta’limni tashkil qilish va uni rivojlantirish masalasi ham Sovet 
mutasaddilari oldida turgan muhim vazifalardan biri edi. Bu ularning nazarida maxalliy 
xalqlarning ishonchini qozonish, ularni sotsiolizm g‘oyalari va ideallariga ishontirish, sotsiolistik 
qayta qurish ishlariga keng jalb qilishning muhim yo‘li, omil bo‘lib xizmat qilishi kerak edi. 
Yana shunisi ajablanarligi, Toshkentda birinchi oliy o‘quv dargohi universitet ochish g‘oyasi 
ham dastlab Turkiston jadidlaridan chiqqan bo‘lib, ularning tashabbusi bilan 1918 yil may oyida 
milliy universitet tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshlagan edi. Biroq sovet hukmfarmonbardorlari 
bunga zid o‘laroq universiteti ta’limini o‘zlaricha yuritishga yo‘l tutdilar. Shu maqsadda 1920 yil 
sentyabrida Markaz amri bilan Toshkentda Turkiston davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston 
milliy universiteti) ochildi. Biroq bu o‘quv dargohi professor-o‘qituvchilarining mutloq tarkibi 
evropalik millat vakillaridan iborat bo‘lganligidan, undagi darslar faqat rus tilida olib borilgan. 
Bu esa mahalliy yoshlar uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirgan. Shu bois ularning soni ham juda 
oz miqdorda bo‘lgan. Jumladan, 1923-1924 o‘quv yilida universitetga o‘qishga kirgan 2047 


nafar talabadan faqat 51 nafari mahalliy millat yoshlari bo‘lgan, xolos. Keyinroq, 30-yillarga 
kelib bu bosh oliy o‘quv yurti negizida O‘zbekistonda ko‘plab institutlar yangidan tashkil etilib 
mustaqil faoliyat boshladi. O‘rta Osiyo politexnika (hozirgi Texnika universiteti), Moliya-
iqtisod, Tibbiyot, Qishloq xo‘jaligi, To‘qimachilik, Aloqa va boshqa institutlar shular 
jumlasidandir. Shuningdek, respublikaning ko‘plab shaharlarida pedagogika va o‘qituvchilar 
tayyorlash oliygohlari tashkil etildi. 1932 yilga kelib O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari soni 31 
taga etdi. Ularda ta’lim olayotganlar soni,2 ming nafar kishiga teng bo‘ldi. Keyinchalik ham bu 
ko‘rsatkichlar yil sayin oshib bordi. Chunonchi, Oliy o‘quv yurtlari talabalarining soni 1937 
yilda 15,5 mingga, 1941 yilda esa 18 mingtaga etdi. Shu bilan birlikda respublikaning ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti ko‘p jihatdan maxsus bilim, tajriba, ko‘nikmaga ega bo‘lgan 
kadrlarga bog‘liq bo‘lganidan, bu yillarda o‘rta maxsus ta’lim tizimi rivojiga ham alohida 
ahaiyat berildi. Shu maqsadlarda 20-yillarda respublika 6 ta qishloq xo‘jaligi 1 ta tibbiyot 
texnikumi, 16 ta hunar-texnika maktablari tashkil etildi. Ularda 6 ming 800 nafar yoshlar ta’lim 
oldilar. Shuningdek, bu davrda 5 ta pedagogika texnikumi, 2ta pedagogika bilim yurti, 1 ta xotin-
qizlar bilim yurti mavjud bo‘lib, ular orqali ham ko‘plab bilimli, malakali pedagog kadrlar 
tayyorlandi. 40-yillar boshlariga kelib O‘zbekistonda maxsus bilim yurtlari soni 92 taga etib, 
ulrda 12,6 ming nafar yoshlar ta’lim oldi. 
Shu bilan birga oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida bu davrda jiddiy muammolar, 
nuqsonlar ko‘ndalang bo‘lib turganligi faktdir. Jumladan darslar ko‘p xollarda rus tilida olib 
borilgan. Maxsus o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, uslubiy materiallar, milliylik,yurtning o‘ziga 
hoslik jihatlaridan uzoq bo‘lib, ular asosan Markazdan tayyorlanib yuborilardi. Buning ustiga 30-
yillarda avjga mingan stalincha qatag‘oglik shamshiri ko‘proq milliy kadrlar boshida sindiki
undan respublika ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari katta ziyon-zahmat tortdi, beadad 
mahrumliklarga duchor bo‘ldi. O‘z sohasining mohir bilimdonlari bo‘lgan, yurt farzandlariga 
nur, ziyo taratgan qanchalab ziyo ahli bu bedodlikning qurboni bo‘lib ketdi. 
Respublikaning ta’lim tizimi bilan uzviy bog‘liq holda uning ilm-fan salohiyati ham 
murakkab jarayonlar silsilasida o‘ziga yo‘l topib, izlanish va rivojlanishda hamon davom etdi. 
Azaldan xamirturushi butun bo‘lgan bu zaminda sovetlarning har qanday cheklash va 
kamsitishlariga qaramasdan ilm-urfon yo‘liga bel bog‘laganlar safi to‘htovsiz ortib bordi. Buning 
natijasida 30- yillarga kelib o‘zbek fanining turli yo‘nalishlarida o‘z yuksak salohiyatini 
namoyon etgan, o‘z ilmiy maktabiga asos solgan Qori Niyoziy, P.Soliev, Ya.G‘ulomov, 
T.Sarimsoqov, H.Abdullaev, X.Rahmatullin, S.Yunusov singari fan allomalari etishib chiqdi. 
Ayni zamonda respublikada ko‘plab ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilib, ular fanning turli 
dolzarb muammolari ustida samarali izlanishlar olib bordilar. Bular jumlasiga Butun ittifoq 
paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (Soyuz NIXI), madaniy qurilish, sanoat-iqtisod, huquq-
tadqiqot institutlari, Gidrometereologiya instituti, Geliotexnika laboratoriyasi, Astronomiya 
observatoriyasi va boshqalarni nisbat berish mumkin. 1940 yillarga kelib O‘zbekistonda 75 ta 
ilmiy tadqiqot muassasalari mavjud bo‘lib, ularda 3 ming nafardan ziyodroq ilmiy xodimlar turli 
yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib bordilar. O‘zbek fani Butunittifoq miqyosida e’tirof 
topganligidan respublika hukumati qoshida 1932 yildan bayon faoliyat ko‘rsatib kelgan Fanlar 
qo‘mitasi negizida 1940 yilga kelib SSSR FA ning O‘zbekiston filiali tashkil etildi. Biroq shuni 
aytish joizki, respublikadagi jami ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek, olimlar, ilmiy 
xodimlarining faoliyati, salohiyati butunlay hukmron Markaz, uning ilm-fan maskanlari 
tasarrufiga bo‘ysuntirilgan edi. Har qanday ilmiy-tadqiqot ishlari, rejalarining mavzu 
yo‘nalishlari ham ular tomonidan belgilanardi. Olimlar erishgan ilmiy natijalar, xulosalar ham 
faqat Moskva ma’qullashi bilangina hayotga yo‘llanma olardi. 
Buning ustiga 30 yillar qatli omi bedodligi ham respublikaning qanchalab ilm-fan 
fidoyilariga daxl etib, ularning iste’dodi va salohiyatini bevaqt so‘nishiga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatganligi ham shubhasizdir. 
XX asr 20 yillarining ikkinchi yarmida “Hujum” nomi bilan boshlangan harakat o‘z 
mohiyati bilan o‘zbek xotin-qizlarini tutqunlikdan, paranji-chachvon asoratidan ozod qilishga 
qaratilgan edi. Turkiston sharoitida o‘ziga xos o‘ta murakkab xususiyatlarga ega bo‘lgan bu 


ijtimoiy-siyosiy masala hukmron partiya tomonidan chuqur o‘ylamasdan, mahalliy shart-
sharoitlarni, xalq an’analari, udumlarini e’tiborga olmasdan, pisand etmasdan amalga oshirildiki, 
bu esa o‘lka hayotida ko‘plab noxush hollar oqibatlarni keltirib chiqarmay qolmadi. Eng 
afsuslanarlisi shundaki, o‘zbek xotin-qizlarini keng ijtimoiy faoliyatga yo‘llash, ularning 
hayotda munosib o‘rin egallashini ta’minlash, ellar bilan tengligi, barobarligini tayin qilish 
qanchalik o‘ta muqhim ijtimoiy masala bo‘lmasin, biroq buni bir zarb bilan, mavsumiy holda, 
shoshma-shosharlik bilan hal etib bo‘lmasdi. Buning uchun aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan, 
hiyla uzoq davom etadigan keng qamrovli madaniy-oqartuv va ma’rifiy ishlari olib borish talab 
etilardi. Biroq Sovet mutasaddilari bunga mavsumiy tadbir sifatida yondoshdilar. Xotin-qizlarni 
paranji tashlashga da’vat etish yoki ochiq yuz bilan jamoat ishlarida qatnashtirish va hokazo 
hollar oxir-oqibatda jahil, nodon erlar, ota va o‘g‘illarning o‘z jigarbandilariga nisbatan ko‘plab 
qonli fojialarni bilib-bilmay sodir etishlariga olib keldi. Buning orqasida 1927-1928 yillarda 2,5 
mingdan ziyod faol ayollar umri fojiali yakun topdi. Faqt 1928 yilda xotin-qizlarga nisbatan 
g‘ayri-qonuniy xatti-harakatlari uchun 671 kishi jazoga tortildi. Shulardan 7 kishi eng oliy jazo - 
otuvga hukm qilindi. 
Shunga qaramay “Hujum” harakatining amalga oshirilishi o‘z ijobiy samaralarini ham 
bermay qolmadi. 1927 yilga kelib 100 ming ayol paranji tashladi. Ming-minglab ayollar foydali 
mehnatga, jamoatchilik ishlariga tortila bordi. Masalan 1927 yil davomida 7169 ayol kasaba 
uyushmalariga a’zo bo‘lib kirdi. 5916 nafar xotin-qizlar matlubot kooperatsiyalarida ishlay 
boshladilar. 2343 nafar ayollar davlat organlariga saylandilar. 
“Hujum” harakatining o‘sib borishi davomida 1937 yilga kelib 273637 nafar o‘zbek 
xotin-qizlari savdosizlikni tugatish kurslarini bitirib chiqdilar. Ayol ishchilar va xizmatchilar 
soni 1940 yilda 232 ming kishiga etdi. Bu esa butun republikadagi ishchilarning 40,7 foiziga 
teng edi. Ular tikuvchilikda 82,3, qandolatchilikda 65,5, to‘qimachilikda 88 foizni tashkil etardi. 
Shu bilan birlikda bu mavsumiy harakat ko‘plab noxush oqibatlarning ham yuz berishiga 
ham sabab bo‘ldi. bu jarayoning o‘tkazilishida yo‘l qo‘yilgan jiddiy xato va kamchiliklar, 
xalqning asriy udumlari, o‘zbek ayollariga xos sharqona odob ibo ham ahloq tamoyillarining 
buzilishi, bu nozik sohada odamlarning or-nomusini mensimaslik hollari real hayotda ko‘plab 
fojiali voqealarni keltirib chiqardi. Eng achinarlisi shuki, “Hujum” harakatida faol ishtirok etib, 
unda tashabbuskor bo‘lgan, butun borligini, ongli hayoti, jo‘shqin faoliyatini sotsializm ishiga, 
uning yolg‘on, soxta g‘oyalariga ishongan qanchalab ilg‘or xotin-qizlar keyinchalik stalincha 
qatag‘onlik qurboni bo‘ldilar. Bunga o‘zbek xotin-qizlari ozodligi xarakati jonkuyarlari-Tojixon 
T. Shodieva, Sobira Xoldorova, Xosiyat Tillaxonova, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso 
Majidxonova singarilarning fojiali qismatlari to‘la misol bo‘la oladi.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling