O'zbekiston tarixi


-  §. Amirlik tuzumining


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

10- 
§. Amirlik tuzumining 
ag‘darilishi. Buxoro hududlarining 
bosib olinishi
 
1920-yil yanvarida F.Xo„jayev Moskvadan qaytib kelgach, iyunning 
o„rtalarida ilgari kompartiya safiga kirishdan bosh tortgan «yosh 
buxoroliklar» partiyasining konferensiyasini chaqirdi. Konferensiya 
F.Xo„jayev tomonidan yozilgan dastumi qabul qildi. 
Dasturda yangi jamiyat va davlat qurilishi asoslari ishlab chiqildi, odil 
sudlov ishlarining asosida shariat qoidalari turishi ko„rsatildi. Bundan 
tashqari unda yana amirlik tugatilgach, umumiy saylov asosida Ta‟sis 
majlisi chaqirilishi, demokratik xalq respublikasi tashkil etilishi belgilangan 
edi. 
Dastuming asosiy mazmuni RKP (b) dasturidan olingan edi. Shuning 
uchun ham F.Xo„jayev mahalliy kommunistik partiya rahbarlari bilan o„zi 
o'rtasidagi kelishmovchilikni hisobga olib, to„g„ridan-to„g„ri Leninga xat 
yozdi va o„z partiyasini Rossiya kompartiyasiga qo„shib olinishini iltimos 
qildi. 
Lenin ushbu xatga ilova qilingan dastur bilan tanishdi va uni RKP (b) 
Tashkiliy byurosiga topshirdi. Tashkiliy byuro dasturdagi sotsializmga zid 
boigan g„oyalami hisobga olib, bu partiyani Rossiya kompartiyasiga qabul 
qilishni vaqtincha kechiktirdi. 
Nihoyat, bu masala Toshkentda Turkkomissiyaning muhoka- masiga 
qo„yildi. Turkkomissiya o„zining 1920-yil 3-avgustdagi majlisida 
markazning ko„rsatmasiga ko„ra «yosh buxoroliklar»ning inqilobiy guruhi 
bilan Buxoro kompartiyasini birlashtirish masalasini muhokama qildi. Har 
ikki tomon o„z faoliyati va asl maqsadi to„g„risida axborot berdi. «Yosh 
buxoroliklar» o„zlarini kommunistik nuqtai nazarda ekanliklarini ko„rsatib, 
Buxoroda amir hokimiyati ag„darilganidan keyin kompartiya safiga kirish 
to„g„risida fikr bildirdilar. Ushbu g„oyani hisobga olgan holda turkkomissiya 
bu ikki partiya hozir birgalikda ittifoq tuzib, amirga qarshi inqilobiy is h olib 
borishi mumkin, degan mazmunda qaror qabul qildi. Bu qaror sho„ro 
hukumati va kompartiyasining Buxoroga nisbatan dushmanlik, bosqinchilik 
va mustamlakachilik harakatini amaliy jihatdan yangi bosqichga ko„tardi. 
«Buxoroda revolyutsiya yetilib kelayotganligi sababli qurolli qo„zg„olonni 
tayyorlash va o„tkazishga rahbarlik qilish uchun Harbiy revolyutsion byuro 
tuzildi. Byuroga Turkfront bosh qo„mondoni M.V.Frunze, «Yosh buxorolik 
inqilobiylar» markaziy byurosi raisi F.Xo„jayev, Sharqda intemasional 
targibot 
230 


olib boruvchi kengashning raisi Geller va Turkiston Kompartiyasi vakili 
N.To„raqulov kiritildi. 
Voqealaming rivojlanib borishi shundan dalolat bermoqdaki, Buxoroda 
hech qanday inqilobiy vaziyat ham, inqilobchilaming o„zi ham bo„lgan 
emas, u bolsheviklar va ularga aldangan bir guruh «Mahalliy inqilobchilar» 
tomonidan sun‟iy ravishda tayyorlandi. Nomigagina tuzilgan Buxoro 
«Harbiy inqilobiy byurosi» Turkfront va uning qo„mondoni M.V.Frunzega 
bo„ysunar va uning buyrug„ini bajarar edi. Shu bois ham bu soxta «Harbiy 
inqilobiy byuro»ni «qonunlashtirish» maqsadida 1920-yil 16 avgustda 
Choijo„yda Buxoro kompartiyasining IV qurultoyi chaqirildi. 
Qurultoy asosan ikki masalani hal qildi: 1) Amirga qarshi to„g„ridan-
to„g„ri urush eion qildi; 2) «Yosh buxoroliklar»ning vaqtinchalik ittifoqini 
tuzdi. 
Bu ikki partiya o„rtasida amirga qarshi tuzilgan ittifoq g„ayri tabiiy 
boidi. 
Buxorodagi «Yosh buxoroliklar» partiyasi bilan kommunistik partiya 
o„rtasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjud edi. Shu sababdan hatto «yosh 
buxoroliklar»ning rahbari F.Xo„jayev qurultoy ga delegat qilib saylanmagan 
ham edi. Buning ustiga qurultoyda bir guruh kommunistlar (Shayx Hasan 
Galsev, Mirza Bigram va Abdulla Sa‟dullayev) F.Xo„jayevni xoin sifatida 
otishga hukm chiqarish taklifi bilan chiqdilar. Kommunist Ergash Darg„a 
esa minbarga chiqib, cho„ntagidan bir g„aram pul va revolver «smit»ni 
chiqarib bulami menga Fayzulla Shayx Hasan va Mirza G„ulomni oidirish 
uchun bergan deb aytdi. Fayzulla Xo„jayevni qurultoyga kooptasiya qilish 
kerakligi to„g„risidagi takliflar ham boidi. F.Xo„jayev esa qurultoyga 
kooptasiya qilinib chaqirilsa ham kelmaydi
1
. Qurultoyda asosiy ma‟ruzachi 
boigan A.Akchurinning yozishicha, uni «yosh buxoroliklar» bilan birlashish 
masalasida sotqin deb ayblaganlar ham boigan. Abduqodir Muhitdinov 
boshliq bir guruh kommunist deputatlar hatto qurultoyni tashlab chiqib 
ketdilar. Bundan ko„rinadiki, qurultoy ikki guruh o„rtasida to„qnashuv 
maydoniga aylangan, o„ta murosasizlikda o„tgan. Lekin shunga qaramay 
qurultoyga bosh-qosh boigan V.Kuybishev boshliq bolsheviklar ikki 
qarama-qarshi guruhni amirga qarshi kurashish uchun bir «ittifoq»qa 
(blokka) birlashtirishga muvaffaq boidilar. Chunki Turkkomissiya
1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling