O'zbekiston tarixi


Ходжаев Ф. Избранные труды. T.l. - Т.: Fan, 1970, 184-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

Ходжаев Ф. Избранные труды. T.l. - Т.: Fan, 1970, 184-bet. 
231


va Turkfront RSFSR va RKP (b) rahbarlaridan «qanday qilib boisa ham 
Buxoroni egallash, uni Russiya manfaatiga moslash» haqida aniq topshiriq 
olgan edi
1

Buxoroga to„satdan va shiddat bilan hujum qilib, uni bosib olish 
rejasini 0„rta Osiyo musulmonlarining qonxo„ri, shaxsan Frunzening o„zi 
ishlab chiqdi. Mazkur rejaga ko„ra Qizil armiya besh guruhga boiinib besh 
joy dan hujumga o„tishi va quyidagi vazifalami bajarishi belgilandi: 1) 
Yangi Buxoro (Kogon) guruhi 29-avgust tong otarda eski Buxoroni egallab, 
amir va uning hukumatini qoiga olishi; 2) Chorjo„y guruhi 28-avgustda eski 
Chorjo„yni egallashi; 3) Qarshi guruhi ikkinchi poytaxt Qarshini egallashi
4) Samarqand guruhi Kitob, Shahrisabz, G„uzomi egallab Sharqiy Buxoroga 
o„tadigan yoilami qoiga kiritishi; 5) Kattaqo„rg„on guruhi Xatirchi, 
Ziyovuddin, Karmana shaharlarini egallashi kerak edi. M.V.Frunze ishlab 
chiqqan reja asosida 1920-yil 28-avgustda Chorjo„yda Buxoro amiriga 
qarshi harakatlar boshlanib ketdi. 29-avgustdayoq shahar Qizil askarlar 
tomonidan egallandi
2

Belgilangan va ishlab chiqilgan rejaga asosan Buxoro shahriga qarshi 
hujum 1920-yil 29-avgust tongda boshlandi. Sho„rolaming bu galgi 
bosqinida zamonaviy harbiy texnikaviy qurollar bilan qurollangan 10 ming 
qonxo„r qizil askarlar, 74 ta zambarak to„p, 
12 ta bombardimonchi aeroplanlar amirdan norozi boigan, ammo inqilobni 
xayollariga ham keltirmagan mehnatkash xalq ustiga yopirildi. Eng 
ajablanarli joyi shunda ediki, sho„rolar Sankt- Peterburgda podshoh 
hokimiyatini ag„darish chogida ham bunchalik katta harbiy kuchni tashlab 
shafqatsizlik qilmagan edilar. 
Boigan voqealami o„z ko„zi bilan ko„rgan shaxsning hikoya qilishicha: 
«Shahar yer bilan yakson qilindi. Jang davomida yuzlab zambaraklar va 
samolyotlar ishga solindi. Minglab snaryadlar va bombalar Eski Buxoro 
ustiga yog„dirildi. Shahar himoyachilaridan tashqari ko„plab begunoh 
keksalar, ayollar va bolalar halok boidi. Yuzlab aholi uy-joylari, 
me‟morchilik va tarixiy obidalar yer bilan yakson boidi. Registon 
yondirildi»
3

Turkiston xalqlarining jallodi M.V.Frunze buyrugiga binoan Buxoroni 
samolyotda bombardimon qilgan uchuvchilardan biri 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling