O'zbekiston tarixi


partiyaning tashkiliy va dasturiy masalalari hamda kurash taktikalari


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix


partiyaning tashkiliy va dasturiy masalalari hamda kurash taktikalari 
muhokama qilindi. 
«Yosh buxoroliklar»ning inqilobiy partiya deb atalgan qismiga 
F.Xo„jayev rahbarlik qildi. U Toshkentda bir oz vaqt boigach, o„zi va o„z 
partiyasi oldida turgan maqsadlami tezroq amalga oshirish uchun yordam 
so„rab Moskvaga bordi. 1918-yilning yozida uni 
228 


у о„Ida - Orenburgda oq gvardiyachi ataman Dutov hukumati qamoqqa oldi. 
To„rt oy qamoqda o„tirgach, undan qochib, oktabr oyida Moskvaga yetib 
bordi. F.Xo„jayev bolsheviklar partiyasi Markaziy Ijroiya Qo„mitasi raisi 
Ya.M.Sverdlovga 1919-yil 29- yanvarda maxsus xat yozdi. Xatda u 
Buxorodagi siyosiy vaziyat haqida, o„zining qanday qilib Moskvaga etib 
kelganligi to„g„risida ma‟lumot berdi. Xatning asosiy mazmuni «Yosh 
buxoroliklar»ning inqilobiy partiyasiga moddiy va ma‟naviy yordam berish, 
unga amir hokimiyatini ag„darish uchun qurol so„rash hamda keng miqyosda 
sotsialistik-targ„ibot olib borish uchun sarmoya ajratish haqidagi iltimosdan 
iborat boidi. 
1918-yil 16-noyabrda Moskvada «yosh buxoroliklar» qo„mitasi 
Turkiston sho„ro hukumatining muxtor Vakolatxonasi a‟zolari bilan 
birgalikda kengash o„tkazdi. Unda F.Xo„jayev yozgan yosh buxoroliklar 
qo„mitasi «Instruksiyasi»ning loyihasi tasdiqlandi. Bu hujjat «o„ta 
inqilobiy» ruhda yozilgan boiib, unda partiyaning maqsadi qurolli 
qo„zg„olon bilan amimi ag„darishdan iborat ekanligi aniq ko„rsatildi. 
Bundan tashqari F.Xo„jayev «yosh buxoroliklar» partiyasi Moskva 
byurosining «Xitobnoma»sini ham yozdi. Bu hujjatda u o„zining 
«sotsialistik inqilob»ga toia sadoqati va ishonchini ko„rsatdi, Buxoro 
dehqonlari va sarboz (askar)larini amirga qarshi kurashga, uning 
hokimiyatini ag„darishga da‟vat etdi. Shu bois F.Xo„jayev Rossiya 
kompartiyasi va hukumati rahbarlarining hurmat va e‟tiboriga sazovor 
boiadi. U 1919-yilda Rossiya hukumati va partiyasining Turkkomissiya 
a‟zolari bilan birga Toshkentga keldi va ish komissiya yordamida amir 
hukumatini ag„darishga tayyorlandi. 1920-yil 15 aprelda F.Xo„jayev 
muharrirligida «Uchqun» gazetasining birinchi soni bosilib chiqdi. Uning 
nomi ham, asosiy shiori ham bolsheviklaming leninchi «Iskra» gazetasidan 
olingandi. «Shunday kun keladiki, o„shanda uchqun alanga oladi». 
Gazetaning jami 5 ming nusxadan 8 ta soni chiqadi. Bu gazeta ham 
«Qutulish» kabi Toshkentda maxfiy ravishda bosilib Buxoroda tarqatilgan 
edi. 
229 



Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling