O'zbekiston tarixi
0‘zRMDA, 95-fond, 7-ro‘yxat, 1355-ish, 4-11-varaq
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
0‘zRMDA, 95-fond, 7-ro‘yxat, 1355-ish, 4-11-varaq. 2 O'sha manba, 1714-fond, 2s-ro‘yxat, 273-ish, 80-81-varaqlar. 3 O'sha manba. 4 Aytmatov Chingiz. Qoyada qolgan ko‘z yoshlar. - «Jahon adabiyoti». Adabiy- badiiy-publisistik jumal, 1997-yil 2-son, 111-bet. 419 qatag„on qildilar. 0„zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 66-mod- dasiga binoan bu davrda qatag'on qilinganlarga bir xil to„qima aybnomalar qo„yilgan: Eshon, mulla, aksilinqilobchi, quloq, jamoa xo„jaligiga qarshi, xotin-qizlar ozodligining dushmani va hakozo. Farg„ona viloyati va Kosonsoy tumani GPU xodimlari Gilman, Kravchenko va N.Sergeevlar tomonidan ustasi faranglik bilan tayyorlangan ana shu g„irt yolg„on va to„qima ayblar bilan Kosonsoy tumanining fuqarolari Mulla Yo„ldosh Ahmadaliyev (55 yoshda) 1 , Mazaripov Mullaniyoz (56 yoshda), Tursunboev Mulla Jo„ra (37 yoshda) 2 , Yunusxo„jayev Yusupxo„ja (35 yoshda) 3 va Ravshanov Mardon 4 laming har biri 1931-yilning oxiri 1932-yilning boshida 10- yildan ozodlikdan mahrum etilgan edilar. Xullas, Sho„ro hukumati va kompartiya islom dinini o„zining asosiy raqibi deb bildi va unga qarshi muttasil, shafqatsiz kurash olib bordi. 9- §. Ommaviy qatag‘onlar Oktabr harbiy to„ntarishi oqibatida Turkistonda zo„rlik bilan o„matilgan mustamlakachi mustabid Sho„ro tuzumi birinchi kundan boshlab xalqlarimiz boshiga son-sanoqsiz qirg„inlar, dahshatli kulfatlar olib keldi. Yuqorida ta‟kidlanganidek, bu dahshatli tuzum- ni o„lkamiz xalqlari qabul qilmadilar. Istiqlol uchun, erk va milliy ozodlik uchun kurash 16 yil davom etdi. Erksevar, ozodlikka tashna Turkiston xalqlarini sho„ro bosqinchilari zo„rlik bilan qaddini bukmoqchi bo„ldilar. Bu kurash davomida 1 million 200 ming kishi jang maydonida shahid ketdi. 1 million 900 ming vatandoshimiz Turkistondan bosh olib xorijiy mamlakatlarga chiqib ketdilar va 1 million 700 ming vatandoshimiz Sibir va Ukrainaga badarg„a qilinadi. Ona-Vatanimizning shahar va qishloqlarini xonavayron qilib kultepaga aylantirgan, ming-minglab Vatan fidoyilarini shafqat- sizlarcha qirg„in qilgan sho„ro mustamlakachiligi va bosqinchiligi olovi o„chmay turib o„lkamizda fojiali qatag„onlar boshlandi. Bu tabiiy bir hoi edi, albatta. Qatag„on mustamlakachi sho„ro Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling