(jensovet) tuzib oilalar ishiga qo„pol sur‟atda aralashdi, ko„p hollarda xotin-
qizlami erkaklarga qarama-qarshi qo„yadi.
Ba‟zi yengil tabiat ayollar bo„lar-bo„lmasga
tashkilotma-tash- kilot
ariza ko„tarib yuradigan odat chiqardilar, qo„ydi-chiqdi ko„paydi,
oilalar
buzildi va yetim-yesirlar soni oshdi. Faqat 1935- yilning o„zida 1172 kishi
1
xotin-qizlar ozodligining dushmani sifatida sud qilindi va jinoiy
javobgarlikka tortildi.
1929-
yil 18-martda Farg„ona viloyatining
Shohimardon qish-
log„ida o„ldirilgan Hamza Hakimzoda Niyoziy ishi Sho„rolar- ning islom
dini va ruhoniy ulamolarga qarshi ommaviy
hujumi va qatli om harakati
uchun bir bahona bo„ldi, xolos. 124-sonli Hamza Hakimzoda Niyoziy ishi
bo„yicha bir yo„la 56 kishi ustidan hukm chiqarildi
va ular dindorlaming
vakillari edilar. Mahbuslarga 0„zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 64-
moddasi bo„yicha jazo belgilandi va ular qatag„on qilindilar
2
.
Ushbu
mash‟um voqeadan so„ng Sho„ro hukumati islom dini va ulamolarga qarshi
ommaviy kurash va qatag„onlikka o„tdi. Bu kurashni Sho„rolar o„z
hayotining so„nggi yillarigacha olib bordi.
Sho„ro hukumati va kompartiya «Hujum». kampaniyasini o„tkazishdan
quyidagi maqsadlami ko„zlagan edi:
Birinchidan, o„zbek xalqining tarixan
tarkib topgan milliy, axloqiy, sharqona an‟ana va qadriyatlarini g„orat qilish
va ma‟naviyatimizga zarba berish;
Ikkinchidan, «xotin-qizlami ozod qilish»
bahonasida sanoat korxonalari, jamoa va davlat xo„jaliklarida arzon garovda
ishlaydigan qo„shimcha ishchi kuchlari sifatida ulardan foydalanish, amalda
ulami sho„ro qullariga aylantirish edi.
Sho„ro idoralarini «порок unsurlardan tozalash» bo„yicha 1931- yil iyul
oyida Usmon Xo„jayev ishi ko„rilgan va u birinchi kategoriya aybnoma
bilan uch yilga barcha fliqaroviy huquqlardan mahrum qilingan.
Usmon
Xo„jayevning o„zi kim va unga qanday aybnoma qo'yilgan? U 1903-yiida
Qo„qon shahrida Xojibek qishlog„ida tug„ilgan, o„zbek, uylanmagan,
Do'stlaringiz bilan baham: