O'zbekiston tarixi
0‘zR MDA, R-1714-fond, 5-yozuv, 1163-ish, 7-30-33-varaqlar
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
0‘zR MDA, R-1714-fond, 5-yozuv, 1163-ish, 7-30-33-varaqlar. 2 O'sha manba, 1164-ish, 1-2, 14-varaqlar. 3 O'sha manba, 1168-ish, 13-14, 32-33-varaqlar. 4 O'sha manba, 1169-ish, 7-39^0-varaqlar. 420 tuzumining ichki mohiyatidan kelib chiqadigan siyosiy, ijtimoiy hodisa edi. Chunki, sho„rolar faqat zo„rlik, qirg„in, bosqin va kuch ishlatish orqaligina mustamlakachilik tartib-qoidalarini o„z qo„llarida tutib turishlari mumkin edi. Xalq ommasining milliy istiqlol va ozodlik uchun kurashiga esa shu xalq orasidan yetishib chiqqan, vatanga, millatga fidoiylar boshchilik qiladilar. Shu boisdan ham mustamlakachilar xalqning ana shu ongli, tashkilotchi va obro„li fidoiylarini vaqti-vaqti bilan qatag„on qilib turmasdan o„z maqsadlarini amalga oshira olmaydilar. Buni biz sho„rolaming o„z maxfiy xizmat korchalonlariga bergan to„g„ridan to„g„ri ko„rgaz- masidan ham yaqqol ko„ramiz: «Siyosiy raqiblaming hammasi qamalgan bo„lish haqida ham qayg„urish lozim. Mahalliy aholi ixlos qo„ygan g„animlarimizni og„dirib olmoq yoki kaltaklamoq zarur. Ulami qandaydir qonunni buzganlikda ayblab qamash yoki baxtsiz hodisa atalmish bahonai sabab bilan yo„q qilib yubormoq kerak» 1 . Sho„ro hukumati Turkistonda 20-30-yillardagi jang maydonida milliy istiqlolchilarga qarshi bir daqiqa bo„lsa-da, qirg„inbarotni to„xtatmagani holda aholi o„rtasida sho„rolar tomoniga o„tganlarga umumiy afv e‟lon qilinadi, deb tilyog„lamalik qildi, ularga hatto mansab va unvonlar ulashdi. Ammo ma‟lum bir muddat o„tgach Sho„rolar tomoniga o„tgan «ishbilarmonlar»ni birma-bir «yaganalab» bordi. Sho„rolar qo„llagan mantiq yo„li oddiy, sodda va tushunarli edi, u ham bo„Isa, o„z milliy birligiga xiyonat qilib biz tomonga o„tganlarga ishonib bo„lmaydi, ulami tez- tez almashtirib, tozalab turmoq kerak. Aslida 20-yillarda to„qib maxsus uyushtirilgan «0„n sakkizlar guruhi», «Inog„omovchilik», «Qosimovchilik», «Badriddinovchilik», «Ko„r kalamushchilik» kabi o„nlab «ish»lar 30- yillardagi ommaviy qatag„onliklar uchun o„ziga xos tayyorgarlik edi. Jumladan, sho„rolar davrida yozilgan adabiyotlarda «18 lar guruhi» 0„zbekiston Kompartiyasi saflarida aksilpartiyaviy gumh sifatida baholandi. Go„yoki bu guruhga a‟zo bo„lgan va davlat hamda partiya tashkilotlarida mas‟ul lavozimlarda ishlab kelgan Fayzulla Xo„jayev, Inomjon Xidiraliyev, U.Ashurov, R.Rahimboboyev, M.O„rinxo„jayev, Hojiboyev, Saidjonov, Rahmat Rafiqov, Eshonov, Mirkomilov va Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling